Biznes va innovatsion menejment



Download 131,78 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi131,78 Kb.
#719062
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
REFERAT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI

MAGISTRATURA BO‘LIMI
“BIZNES VA INNOVATSION MENEJMENT” KAFEDRASI
«Operatsion menejment» fanidan
“Sifatni boshqarish va benchmarking” mavzusida
REFERATI

BAJARDI: 5A230201 –Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura
mutaxassisligi magistranti
D.P.Farmonov




ILMIY RAHBAR:
“Biznes va innovatsion menejment”kafedrasi o‘qituvchisi, i.f.n. dots
T.Q.Ergashev

2022 yil.


Sifatni boshqarish va benchmarking.

Reja:

3.1. ISO 9000 Xalqaro standartlari.
3.2. ISO 9000:2000 standarti asosida kompaniyani baholash modeli.
3.3. Faoliyat takomillashuvi modeli.
3.4. Benchmarking
3.5. Etalonning asosiy xususiyatlari
3.6. Etalonning tayanch ko‘satkichlari.
3.7. “SHest sigm” sifat boshqaruvi metodikasi
3.8. Iste’mol talablarini aniqlash
3.9. Sifatning joriy ko‘rsatkichlarini hisoblash (marshrut kartasi, 3 qadam), “SHest sigm” tizimi bo‘yicha biznes-jarayonlarni takomillashtirish (marshrut kartasi, 4a qadam)

KIRISH
«Operatsion menejment» fanidan mashg’ulotlar ma’ruza, amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Kursni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;
- o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, kollokvium o‘tkazish va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash nazarda tutiladi;
- ko‘chma mashg‘ulot rejalashtirilgan mavzu asosida ishlab chiqarish korxonasida olib boriladi.
Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi

«Operatsion menejment» moduli mazmuni o‘quv rejadagi “Strategik menejment” va “Loyihaviy menejment” o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.


Modulning oliy ta’limdagi o‘rni

Modulni o‘zlashtirish orqali tinglovchilar korxona faoliyatini tahlil qilish va baholash, operatsion strategiya ishlab chiqish, yangi mahsulotlarni loyihalash, va korxona samaradorligini oshirishda, korxonalarda xarajatlarni optimal boshqarishga doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar.

Tayanch iboralar:ISO 9000 Xalqaro standartlari, ISO 9000:2000 standarti asosida kompaniyani baholash modeli, takomillashuvi modeli, benchmarking,“SHest sigm” , sifat boshqaruvi metodikasi,iste’mol talablari, biznes-jarayonlarni takomillashtirish.

3.1. ISO 9000 Xalqaro standartlari.


Sifat allaqachonlardan beri firmalarning ayrimlarga nisbatan kuchli raqobatdosh afzallik sanalmaydi. Bugun u biznesda mavjud bo‘lish uchun dastlabki zamindir. Sifatli mahsulot chiqarmaydigan ishlab chiqaruvchilarning kelajagi yo‘q. Bu respublikamizni JST ga kirishi bilan bog‘liq holda yanada dolzarbdir. Sifat tufayli kompaniyalar quyidagilarga erishadilar:
Mijozlarning yuqori darajada qondirilganligi, demak, daromadlilikni ta’minlaydigan sodiqligiga;
Yangi mijozlarni jalb qiluvchi sodiq xaridorlarning og‘zaki reklamasini shakllantiradigan bozorning yuqori ulushiga;
Sifat doirasida kompaniya liderlarining aksiyalari kursi, investorlar uchun yuqori dividentlar oddiy kompaniyalarga qaraganda sezlarli darajada yuqoriligiga;
O‘z ishidan faxrlanadigan va yuqori ishlab chiqaruvchanlik bilan ishlaydigan sodiq personalga;
Birinchi urinishdagi operatsiyalar bajarilishi hisobiga pat xarajatlarga va brakni to‘g‘irlash xarajatlarining pasayishiga;
Yuqori narx raqobatbardoshliligiga.

Sifat – mahsulot, xizmatning mijoz talabini qondirish qobiliyatiga tegishli bo‘lgan shu mahsulot va xizmatlarning xarakteristika va xususiyatlari miqdoridir. Jeneva ko‘li qirg‘og‘idagi standartlar xalqaro institutida (ISO – International Standart Organization) 1987 yilda ishlab chiqarishni boshqarish sifatining birinchi universal standarti – ISO 9000 yuzaga keldi. Ma’lum bo‘ldiki, faqatgina mahsulotni emas, barcha uning tayyorlanish jarayonlarini standartlashtirish mumkin. Agar mahsulot tayyorlash bilan bog‘liq har bir ishlab chiqarish va boshqaruv operatsiyalari nazorat qilinsa, brak umuman bo‘lmaydi.


«ISO 9000 – sifat tizimi standartlari seriyasidir. Sifat tizimini o‘rnatishning maqsadi – sifatsiz mahsulotni bozorga chiqishini cheklashgina emas, shuningdek, uni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi ogohlantiruvchi xarakatdir».
Boshqacha qilib aytganda, kompaniya ishining sifat boshqaruvi tizimi - har bir operatsiya bajarilishini kuzatuvchi qo‘shimcha nazorat tizimidir.

Sifat boshqaruvi tamoyillari:


➢ Iste’molchiga yo‘naltirilganlik


➢ Rahbarning liderligi
Ishchilarni jalb qilish
➢ Jaranli yondashuv
➢ Tizimli yondashuv
➢ Doimiy takomillashuv
➢ Faktlarga asoslangan qaror qabul qilish
➢ Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaromanfaatdor munosabatlar

3.2. ISO 9000:2000 standarti asosida kompaniyani baholash modeli.


ISO 9000:2000 – universal versiya. Faoliyat turidan qat’iy nazar kompaniya o‘ziga zarur bo‘lgan standart qismidan foydalanishi mumkin.


Rossiyadagi ISO 9000 sertifikatini oluvchi kompaniyalarni uch asosiy guruhga ajratish mumkin: eksport uchun ishlovchi korxonalar; xorijiy kompaniyalar va boshqaruv, strategik sabablar bo‘yicha sifat tizimini o‘rnatishdan manfaatdor «jadallashgan» kompaniyalari.
Sifat tizimi Reyestri ma’lumotlriga ko‘ra, Rossiyada ISO 9000 standarti bo‘yicha davlat tomonidan rasmiy, tan olingan sifat tizimi sertifikatiga ega 1000 dan ortiq Rossiya kompaniyalari ro‘yhatdan o‘tgan. Ular bizning davlat tashkilotlarimizda GOST R deb nomlanadi. Sifat tizimi sertifikatlari, asosan, yirik Rossiya kompaniyalari («Lukoyl», «Gazprom», «Mashinasozlik zavodlari uyushmasi», «Severstal» va boshqalar) da bor.
Davlat buyurtmalarini taqsimlashda davlat albatta sifat tizimi sertifikatiga ega kompaniyalarni afzal deb biladilar. Faoliyatning ayrim doiralarida esa sifat tizimi sertifikati majburiydir. Masalan, «Ijorsk zavodlarida» yadro korpuslari va neft-kimyo reaktorlari ishlab chiqarilishi va
savdosida sifat tizimi sertifikatisiz iloji yo‘q.

3. 3.Faoliyat takomillashuvi modeli.


3.4. Benchmarking


Benchmarkeng eng yaxshi amaliyot konsepsiyasi yordamida yuzaga keldi.
Bozorlarning jiddiy ko‘magi ostida ko‘p firmalar raqobatchilarning eng yaxshi afzalliklarini o‘zlashtirish va qayta ishlash zaruratini tan oldilar. Lekin bu bilan bog‘liq holda qator obektiv qiyinchiliklar yuzaga keladi:
kompaniyaning solishtirish muammolari;
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarning solishtirish muammolari (masalan, ichki tollingda yoki usiz).
Ishni qiyoslash mumkin emas, aytaylik, CHSHK xoldingining «Orenteks» tipidagi alohida korxona bilan qiyoslash asosi doimo o‘pirilib ketadi.
(Birinchi holatda olti fabrikadan iborat ikki majmua savdoning, eksportning va 25%li bozor ulushining aylanma savdo infratuzilmasi bilan, ikkinchidan, bir majmua savdo va 7%li bozor ulushining infratuzilmasi bilan).
Nazoratli qiyoslash uchun butun kompaniyani emas, faqatgina tuzilmaviy bo‘linmani olish maqsadga muvofiq (masalan, u yoki bu firmaning yigiruv fabrikasi, to‘quvchilik fabrikasi va pardozlov ishlab chiqarishi).
Tushunarliki, bu firmalar bir iste’molchi uchun raqobatlashishi shart emas.
Faoliyat takomillashuvi modeli qo‘llaniladigan variantni proporsiyada qo‘llash mumkin:
60% - qo‘shimcha qiymat salohiyatini baholash;
40% - ishning faktik natijalarini baholash.
Shunga o‘xshash o‘zaro munosabat ko‘p jihatdan investorlar talablariga javob beradi.

3.5. Etalonning asosiy xususiyatlari


Etalon sifatida dunyoda tarmoqning eng yaxshi korxonasini tanlash ISO 9004:2000 standartiga anketa, takliflarida ko‘rib chiqilgan. Anketa korxona rivojlanishini boshqarish darajasini o‘rnatish uchun yetarli darajada ishonchli va samarali, kompleks yondashuvni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash tuzilmasi korxona tomonidan va uning rivojlanish jarayonlarini 1dan
(rasmiy tizim ishtirok etmaydi) 5 gacha (etalon, o‘z faoliyati doirasida eng yaxshi) balli shkala vositasida boshqaruv tizimi ish darajasining baholanishi uchun mo‘ljallangan. ISO 9004:2000 ning har bir asosiy qismi bo‘yicha anketa to‘ldiruvchi savollarga javob berishi va/yoki ish bahosini keltirishi lozim.
Uni doimiy ravishda taraqqiyotni yaxshilash va kuchaytirishni baholashda qo‘llash mumkin.

Etalonning asosiy xususiyatlari


Etalon parametrlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Darajalar bo‘yicha mumikn bo‘lmagan, lekin istalgan oliy ko‘rsatkichlar;
Bugungi imkoniyatlar chegarasini xarakterlovchi oliy ko‘rsatkichlar;
Tarmoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar.
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarga muvofiq ravishda kompaniyaning uch asosiy etalonini ajratish mumkin:
Yevropada (italyada) – innovatsion, kompaniyada dinamik rivojlanuvchi, tashqi muhit o‘zgarishlariga tez javob bera oluvchi, universal kiruvchi xomashyo oqimlari (paxta, jun, lyon, sintetik tolalar).
Xitoyda – ommaviy ishlab chiqarish (ko‘pchiligi Rossiya to‘qimachilik lider kompaniyalariga yo‘naltirilgan). Bu modelning kuchsiz tomoni gazlamaga talab pasayishida davriy qayta ishlab chiqarish (ombordagi ish) va katta ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Rossiyada – bu ko‘rinish bugun ma’lum bir o‘ringa ega bo‘lmoqda (investor uchun yetarli riskli), eskirgan uskunalar, energiya ko‘p talab qilinadigan mahalliy uskunalar borligida energiyatashuvchilarga narxning o‘sib ketishi krizisining pressingida doimiy bo‘ladi, ishlab chiqarish binolarining energiyasini tejashga moslashmagan, ishlab chiqarish hamda boshqaruv
personallari miqdorining ortiqchaligi, tolling chizmalari bo‘yicha ko‘pgina

korxonalarda ish jarayonida boshqaruv personallarining malakasizligi va boshqalar; hozircha etalon sifatida qaralmaydi.


3.6. Etalonning tayanch ko‘rsatkichlari


Etalon samaradorligining tayanch ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha qiymatga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni kiritamiz:
kompaniya etalon tanloviga quyidagilar dastlabki zamin bo‘la oladi;
kompaniya quvvatlardan samarali foydalanadi;
kompaniya bozorda barqaror holatni namoyon etadi;
kompaniya aktivlardan samarali foydalanishni ta’minlashga qodir;
kompaniya balanslangan quvvatlarga ega.

3.7. “SHest sigm” sifat boshqaruvi metodikasi


Iste’mol talablarini boshqarish:
Iste’mol talablarini aniqlash o‘z ichiga birinchi bosqichni – mijozlar haqida ma’lumtlar yig‘ish va «Mijoz ovozi» startegiyasini ishlab chiqishni oladi.
Marketingga katta summa sarflab kompaniyalar tez-tez «uyqu maydonida» bo‘ladilar va iste’molchilar ehtiyojlarini yaxshi biladilar, mutaxassislar va texnologiyalarga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, amaliyot ko‘rsatganidek, mijozlar ehtiyojlarini kuzatish uchun bugun qo‘llanilayotgan uslublar xavfsizlikning aldamchi xissiyotini yaratadi.
Rossiya to‘qimachilik bozori liderlaridan birining direktori mijozlar bilan qo‘shma seminar o‘tkazilganidan keyin e’lon qildi: «biz birinchi marta shuni tushundikki, o‘z mijozlarimizni mazkur seminarni o‘tkazganimizga qadar unchalik yaxshi bilmagan ekanmiz». Bunday vaziyat nafaqat Rossiyada, shuningdek xorijda ham mavjud. 50 ilg‘or amerika kompaniyalaridan 72% ko‘rsatishicha, 1992 yilda ular iste’molchilar axborot tarmog‘idan tushgan ste’molchilar haqidagi ma’lumotlardan foydalanmaganlar.

3.8. Iste’mol talablarini aniqlash


«Mijoz ovozi» samarali tizimining tayanch omillari quyidagilar hisoblanadi:
Ishning uzluksiz tartibi. Bu tizim sizning doimiy ustuvoringiz va e’tiborning markaziy obyekti bo‘lishi lozim. «Vaqtdan vaqtgacha» tamoyili bo‘yicha yalpi mahsulotning o‘zgarishi sharoitida siz hech narsaga erisha olmaysiz, hattoki, bu oldin o‘zini oqlagan bo‘lsa ham. Yuz berayotgan narsalarni his qila olmaydiganlar, birinchi navbatda o‘z qatorlarini «imperiya»larni qanday ag‘darilayotganini ko‘rayotganlar bilan to‘ldirishda risk qiladilar va taajjublanib, «bu nima gap» deb hayratlanadilar.

O‘z «mijozlarini» to‘g‘ri aniqlash. Savol: «bizning mijozlar kim» savolini maslahatchi kompaniya menejerlaridan juda ko‘p eshitadi. Oddiy marjinal tahlil marjinal daromadning katta ulushini (soliq instpeksiyasi uchun buxgalter tuzatmalaridan keyingi daromadni emas) olib keluvchi mijozlar guruhiga nisbatan rahbariyatning ko‘zini kamdan-kam hollarda ochib qo‘yadi. AVS-tahlil ko‘rsatishicha, bir qator mijozlarni savdodan keying qo‘llab-quvvatlashlariga ketgan xarajatlar ko‘pchiligini «zararli» razryadlarga olib o‘tadi. Kamdan-kam hollarda mijozlarni bizning strategiyalarimizga mos kelmasligi uchun chetga chiqarib tashlaymiz.


Negativning adekvat idroki. Qoniqmagan, «ovoza qiluvchi», talablari standart bo‘lmagan mijozlar – kompaniya uchun bunday qiyinchiliklarni yengish qobiliyatini shakllantirish uchun yaxshi sinovdir (chunki, bu bilan siz ularni siz to‘g‘ringizda yomon qikr tarqatishlarini oldini olasiz). Muammo shundaki, bunda hayqiriq boshqa ovozlarni bosib ketadi va sizning xulosalaringiz bozor va mijozlarga nisbatan serxato bo‘lib ko‘rinadi.

3.9.Sifatning joriy ko‘rsatkichlarini hisoblash (marshrut kartasi, 3 qadam)


Asosiy bines-jarayonlarni qiyosiy o‘lchash uchun yetarli axborotlarni to‘plash uchun bir xafta, hattoki, bir oylik mashaqqatli mehnat talab qilinadi.


O‘lchash – «SHest sigm» tashkilotida «investirlashtirish obyekti» o‘qitilganidan keyingi ikkinchisidir.
«SHest sigm» marshrut kartasi. 3 qadam va qadamchalar bizga o‘lchash
bosqichida duch keladigan tayanch masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) iste’molchilar talablariga qiyoslaganda sifatni o‘lchashni rejalashtirish;
b) kamchiliklarsiz bazis ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va takomillashtirish uchun imkoniyatlarni belgilash.


Xulosa
Sifat tufayli komapniya quyidagilarga ega bo‘ladi: daromadni ta’minlaydigan mijozlarning yuqori darajada qondirilganligi va sodiqligiga; Yangi mijozlarni jalb qiluvchi sodiq xaridorlarning og‘zaki reklamalarini shakllantiradigan bozorning yuqori ulushiga; investorlar uchun yuqori dividentlar, kompaniya liderlarining sifat doirasidagi aksiyalari kursi, oddiy kompaniyalarga nisbatan sezilarli darajada yuqori; o‘z ishi bilan faxrlanadigan va yanada ishlab chiqaruvchanlik bilan ishlaydigan sodiq personal; birinchi urinishda bajariladigan operatsiyalarga past xarajatlar va brakni to‘g‘irlashga xarajatlarni kamaytirish; kata narx raqobatbardoshliligi.
ISO 9000:2000 oxirigi versiyasining yangi tamoyillari, ishni takomillashtirish modeli, tarmoqda etalon /benchmarkingni va «SHest sigm» metodologiyasini ishlab chiqish operatsiyalar va jarayonlarga yangicha qarash va xalqaro darajadagi kompaniyalarga tomon xarakat qilish yo‘nalishida tadbirlar tizimini tashkil qilish imkonini beradi.

Download 131,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish