Bmt haqida umumiy ma’lumot O’zbekiston Respublikasining bmtga a’zo bo’lishi



Download 50,27 Kb.
bet2/23
Sana16.01.2022
Hajmi50,27 Kb.
#379191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
BMT va O

Xavfsizlik Kengashi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.

Kengash 15 aʼzodan tashkil topgan. Ularning beshtasi — Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya — doimiy aʼzolar hisoblanadi. Kengashning qolgan oʻn aʼzosi Bosh Assambleya tomonidan ikki-yil muddatga saylanadilar. Keyingi-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning aʼzolar tarkibini oʻzgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. Kengashning qarorlari, uning uchun toʻqqiz aʼzo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy aʼzolaridan birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi. Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda bu mojaro avvalo tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini oʻtaydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash oʻt ochishni toʻxtatish choralarini koʻradi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin.

Kengash oʻzi qabul etgan qarorlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qoʻllashi yoki qurollarni yetkazib berishga embargo qoʻyishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda Kengash oʻzi qabul qilgan qarorni bajarish uchun aʼzo-mamlakatga birgalikdagi harbiy harakatlarga qadar boʻlgan „barcha zarur vositalarni“ qoʻllashga vakolat beradi. Shuningdek, Kengash Bosh kotib lavozimiga muayyan nomzodni va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi aʼzolarni tavsiya etadi.



Bosh Assambleya

Bosh Assambleya — oʻziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari koʻrib chiqilayotgan majlislarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi boʻlgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir aʼzo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi aʼzolarni qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablagʻ ajratish singari muhim masalalar koʻpchilik, aniqrogʻi, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.

Boshqa masalalar boʻyicha qarorlar, odatdagidek, koʻpchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yoʻli bilan emas, balki, konsesus asosida qabul etilishi uchun maxsus saʼy-harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000-yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala koʻrib chiqilishi kerak edi. Oʻz qarorlari gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya oʻz qarorlarini majburan qabul qildirmaydi.

Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar boʻlgan muddat davomida oʻtkaziladi. Assambleya zarurat tugʻilganda oʻz ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tugʻdirgan masalalar boʻyicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar oʻtkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita bosh qoʻmitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi.




Download 50,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish