«Boburnoma» da ayollar obrazi



Download 30,53 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi30,53 Kb.
#746321
  1   2
Bog'liq
«Boburnoma»da ayollar obrazi




Аслонов Илҳом Низомович,
Алишер Навоий номидаги
Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти
университети доценти,
психология фанлари номзоди;
E-mail: ilhom-aslonov@mail.ru


«Boburnoma» da ayollar obrazi


Annotatsiya: “Boburnoma”da Boburning o‘zi va u yashagan davr adabiy muhiti haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlarga asoslanib, O‘rta Osiyoda yashab, forsiy va turkiy tillarda she’rlar yozgan o‘sha davrning ko‘plab taniqli shoirlarining tarjimai hollarini qayta tiklash mumkin. Kitobda shoirning bir qator zamondoshlari, davlat arboblari, rassomlar, sozandalar, tarixchilarning obrazlari tasvirlangan. Maqolada «Boburnoma» da keltirilgan Boburga yaqin va u be’vosita bilgan temuriy malikalar haqidagi ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, tarixiy va adabiy meros, Bobur yashagan davr, temuriy malikalar, badiiy psixologik obraz.


Kirish
«Boburnoma» tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda. Asar materiallarning boyligi va rang-barangligi, tili va uslubi bilan o‘sha davr saroy solnomachilari tuzgan har qanday tarixiy yilnomadan ustun turadi. Binobarin, shuning uchun bu asar va uning dunyosi turli davrlarda o‘lkashunos olimlarning diqqatini tortgan bo‘lsa, ajabmas. “Boburnoma” Bobur faoliyati, omadli va omadsiz harbiy yurishlari tasviri, boy sarguzasht hayotining barcha burilishlarini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. “Boburnoma”ning yaratilish tarixi noma’lum, uning qizi Gulbadan-begimning “Humoyunnoma” kitobida ma’lum qilishicha, Hindistonda, Sikri shahridagi bog‘da minora bo‘lgan va Bobur shu minora tepasida kitob yozar edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsining eng asosiy jihatlaridan biri rostgo‘ylikdir. U tarixiy shaxslar, saroy muhiti, voqea-hodisalar, hatto o‘z xarakteri haqida ham haqqoniy yozadi. O‘z zamondoshlarini baholashda u mas’uliyatli va talabchan bo‘lib, kamchiliklarni ochiq aytadi.
“Boburnoma”da Boburning o‘zi va u yashagan davr adabiy muhiti haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlarga asoslanib, O‘rta Osiyoda yashab, forsiy va turkiy tillarda she’rlar yozgan o‘sha davrning ko‘plab taniqli shoirlarining tarjimai hollarini qayta tiklash mumkin. Kitobda shoirning bir qator zamondoshlari, davlat arboblari, rassomlar, sozandalar, tarixchilarning obrazlari tasvirlangan. Biz quyida «Boburnoma» da keltirilgan Boburga yaqin va u be’vosita bilgan temuriy malikalar haqidagi ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tamiz.


Metodlar
Temuriylar davlatiga xos xususiyatlardan biri ayollarga bo‘lgan munosabat masalasidir. Zero, ayollar ham ulug‘ mav­qega ega bo‘lgan. Bu sifat Bobur misolida ham yaqqol ko‘rinadi. Har bir «xonim» va «begim»­larning mol-mulki, qarorgohlari, xazinadan ulushi, turli xizmat turlarini bajaruvchi xizmatkorlari bo‘lgan. Faqihlar, qozilar, shayxlar, mo‘tabar shaxslar ba’zi holatlarda ular fikrini inobatga olishgan. Hatto Boburning aytishiga ko‘ra uning katta onasi Eson Davlatbegimga shaxsan tegishli bo‘lgan mo‘g‘illardan iborat qo‘shin bo‘lgan (I. A.).
“Бобурнома”da shoh, sulton, xon, mirzalarning, xususan, Umarshayx mirzo, xon dodasi Yunusxon va Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud mirzo, Husayn Boyqarolar bilan bog‘liq «Avlodi» va «Xavotin va sarori» faslidagi fikr-mulohazalar, tarixiy ma’lumotlar berilgan. Bu faslda xotin-qizlar nomma-nom sanab ko‘rsatiladi, izohlar, qisqa, lo‘nda tahlillar ham beriladiki, bu bilan ­Bobur o‘z davrining murakkab saroy hayotiga ham ahamiyat qaratgan, yangi gaplar aytgan.



Download 30,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish