Bog‘lovchi moddalar Reja



Download 26,63 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi26,63 Kb.
#821303
  1   2   3
Bog'liq
Bog‘lovchi moddalar


Bog‘lovchi moddalar

Reja:





  1. Bog‘lovchi moddalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

  2. Bog‘lovchi moddalarning sinflanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo, qo‘shimchalar

  3. Qurilishda bog‘lovchi moddalarni qo‘llash



  1. Bog‘lovchi moddalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

Bog‘lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo‘l bilan hosil qilinganligi tarixdan ma’lum.
Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan ikki- to‘rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan.
Vatanimizda bog‘lovchi moddalar (asosan, ahak va gips) ishlab chiqarish sanoati tosh materiallarni inshootlarda o‘qlab kelinganligi asosida vujudga keldi. Masalan shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari kabi inshootlarning qurilish materiallariga bo‘lgan extiyojini oshirgan.
Xorazm chor atrofi qalin devorlar bilan o‘rab chiqilgan to‘rtta silindr minoradan iborat edi. Minoraning usti tep-tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni qurishda qo‘shilmalar bilan ishlangan ganch qorishmasi va giltuproqdan pishirilgan yapaloq g‘ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan.
Markaziy Osiyoda bundan bir necha ming yil muqaddam sirlangan sopol buyumlar tayyorlash sopol san’atining muhim tarmoqlaridan biri edi.
Kulollar gildan turli-tuman buyumlar yasab, ularni har xil chidamli ranglar bilan bezaganlar.
X asrda Farg‘ona va Samarqandda yasalgan sopol buyumlardan bir necha nusxasi topilgan. Ularda gilli naqshlar va ranglar to‘la saqlangan. Bundan 6 ming yil muqaddam Turkistoning janubiy hududlarida o‘tkazilgan qazish ishlari natijasida sopol tosh va mis buyumlar topilgan.
X-XV asrlarda va undan keyin o‘rta Osiyo xalqlari xashamatli inshootlar qurishda rangli g‘isht, xar xil rangda sirlangan sopol taxtachalarni dekorativ qoplamlar sifatida ishlatganlar.
X asrda qurilgan Buxorodagi Ismoil Somoniyning maqbarasi, XI asrda Buxorodagi balandligi 50 metrli pishiq g‘ishtdan qurilgan minorai Kalon, Samarqanddagi Temur va Shohi-Zinda maqbaralari (XV-asr) va boshqalar o‘sha davrning mashhur me’morchilik yodgorliklaridir.
XIX-asrning birinchi yarmiga qadar asosiy qurilish materiali sifatida yog‘och ishlatilar edi.
Markaziy Osiyo sharoitida yog‘och materiallar sifatida, asosan, terak, qayrag‘och, tol, yong‘oq, tut va archa ishlatilgan. Zilzilabardosh yog‘och sinchli binolardan xozirga qadar buzilmay turganlari juda ko‘p.
Yog‘ochga o‘yib ishlangan ajoyib naqshdor ustunlar eshik va raxlar hozirga qadar sharq san’atini boyitib turibdi.
Qurilish qorishmalari tayyorlashda, asosan, mineral bog‘lovchi moddalardan gil, ohak, gips, ganch, tog‘ mumi (ozorokerit), tog‘ jinsi, trepel, opoka qo‘shilgan ohak (ohak-puts holat bog‘lovchi modda) kabi materiallar ishlatilgan.
Qorishma tayyorlashda o‘zbek quruvchilari xilma-xil qo‘shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulqon shishasi, oq gil (kaolin), hayvon qoni, tuxum sarig‘i, suyak yelimi va shirasi qorishma moddalar mustahkamligi va chidamliligini oshirish vazifasini o‘tagan.
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyini qurishga bunday qorishmalar bilan birga ganch-g‘isht va ohak-g‘isht qorishmasidan iborat betonlar ko‘p ishlatilgan. Keyingi yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bir necha marta ortdi.
Mahsulotning sifati yaxshilandi, turlari ko‘paydi va yangi texnologik usullar ishga tushirildi. Hozirgi qurilish materiallari korxonalari yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir.
Hozirgi kunda sintetik polimerlar ishlab chiqarishda qurilish materiallari sohasini tubdan o‘zgartirdi.
Sintetik materiallarni qurilishda ishlatishning afzalligi shundaki, qurilish qurilmalari yengillashadi va uni tayyorlash uchun kam mehnat sarflanadi, yog‘och, sement, rangli metallar va boshqa ko‘plab qurilish materiallari tejaladi.
O‘zbekistondagi qurilish materiallarini o‘rganish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlarining hissasi juda katta.
Qurilish materiallari texnologiyasini rivojlantirishda va ularni ishlab chiqarish nazariyasini o‘rganishda olimlarimiz M.O‘razboyev, K.Axmedov, A.Ashrabov, E.Q.Qosimov, F.Tojiyev va boshqa ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mineral bog‘lovchi moddalar texnologiyasiga doir ishlar ustida ilmiy izlanishlar olib borgan prof. T.A.Otaquziev, bog‘lovchi moddalarning qotish nazariyasiga asos solgan olimlar P.A.Rebendir, A.R.Shulyachenko, bog‘lovchi moddalarning texnologiyasiga akademik prof. V.A.Kind, V.N.Yung, P.P.Budnikov, M.A.Ribyev, B.G.Skramtayev, va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Sement ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hozir Quvasoy, Ohangaron va Bekobod sement zavodlari portlandsementigina emas balki, gidrotexnika inshootlari uchun juda zarur va sulfatga chidamli yuqori markali portlandsement, temir-beton va yo‘l qurilishi uchun ishlatiladigan tez qotuvchi sementlar ham ishlab chiqarmoqda.
UzRST lari fan va texnika sohasida erishilayotgan eng yangi yutuqlarga asoslanib ishlab chiqiladiarti.
Qurilish materiallari sifatiga bo‘lgan talablar, ularni tanlash va ishlatishga oid ko‘rsatmalar «Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMQ) da batafsil bayon qilinadi.




  1. Download 26,63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish