Bolalar nutqini o`stirish metodikasi o`quv fani reja



Download 119,54 Kb.
bet14/16
Sana31.12.2021
Hajmi119,54 Kb.
#276514
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Болалар нутқини ўстириш

Adabiyotlar;

1. D.R.Babaeva « Nutqo`stirishmetodikasi» Fanvatexnologiya.T.; 2009 y.

2. F.R.Qodirova « Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.;2012y.(electron)

3. Выготский Л.С.Мышление и речь.– М.,Педагогика, 1982. Т.

4. Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№9. С.95-108.

Ўзини-ўзи назорат Қилиш учун саволлар:


  1. Мактабгача ёшда боланинг нутқини ривожлантиришнинг асосий вазифасини айтиб беринг.

  2. Болани нутқан ва интеллектуал ривожлантириш ўртасидаги боғлиқлик нималарда намоён бўлишини аниқ мисоллар ёрдамида асослаб беринг.

  3. Мактабгача катта ёшдаги бола нутқининг функцияларини тавсифланг.

  4. Боланинг ижтимоий ва шахс сифатида шаклланишида диалог қандай аҳамиятга эга?

  5. Боланинг сўзга нисбатан лингвистик муносбатлари нималарда намоён бўлади? Нима учун шундай деб ҳисоблашингизни тушунтириб беринг.

3-Mavzu: MTMda BOLALAR NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR ISHLAR TIZIMI

Nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik

Nutq

Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining talablari hisoblanadi:

nutqni tinglash va tushuna olish;

sо‘zlashish va muloqot yuritishga qodir bо‘lish;

nutq tovush madaniyatini shakllantirish;

sо‘z boyligini rivojlantirish;

nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish;

bog‘lanishli nutqni shakllantirish.

Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi:

muloqot qilish, nutqdan о‘z xatti-harakatlarini tartibga solish, о‘zi va о‘z harakatlarini baholash, о‘zining turli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish;

uy-rо‘zg‘or buyumlari nomini bilish, tabiat va jamiyat hayotidagi hodisalarni aytib berish, fe’llardan faol foydalanish;

rasmlarni, uy-rо‘zg‘or buyumlarini kо‘zdan kechirayotganda, ularning nomlari, vazifalari va ba’zi xususiyatlarini bildiruvchi sо‘zlarni tо‘g‘ri ishlatish;

nutqda otlarni kо‘plikda tо‘g‘ri ishlatish, sifatlarni ot bilan shaxs va sonda moslashtirish, fe’llarni о‘tgan va kelasi zamonda ishlatish;

о‘yinchoq, buyum va rasm mazmuni bо‘yicha 2-3 ta gap tuza olish;

о‘yinchoqlar, turli buyumlar va fasllar bо‘yicha tasvirlovchi hikoya tuza olish;

buyumlarning (kiyim, idish-tovoq, mebel) nomini, belgisi va vazifalarini aytib, tarbiyachining savollari va namunalari asosida kichik-kichik tasviriy hikoyalar tuza olish;

yaxshi tanish bо‘lgan ertaklar mazmuni bо‘yicha savollarga javob berish, rasmlarga qarab ularning asosiy mazmunini ayta olish;

hikoyalarni tinglash va eshitgan, kо‘rganlariga nisbatan о‘z munosabatini bildirish, qо‘shimcha izohlab berishni sо‘rash;

bir necha oddiy gaplardan о‘z bayonlarini shakllantirish;

kitobdagi rasmlarga asoslanib, adabiy asarning mazmunini sо‘zlab berish;

muhokama qilish va savollar berish;

«r», «l» kabi ayrim tovushlarni talaffuz etishda ma’lum qiyinchiliklarga uchrashi mumkinligini hisobga olmaganda ovozli talaffuzni shakllantirish.

3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:

nutqni rivojlantiruvchi muhit yaratish;

bola bilan nutqni rivojlantiruvchi mashqlarni о‘tkazish, didaktik о‘yinlarni о‘ynash;

bolaga turli rasmlar, albomlarni kо‘rsatish;

bola bilan birga tavsiflovchi hikoyalarni tuzish;

bolaning ertaklarni tinglashini rag‘batlantirish;

bolaning boshqa odamlar bilan rolli о‘yinlar о‘ynashini rag‘batlantirish;

bolaga kitoblarni ovoz chiqarib о‘qib berish;

bolaga kо‘proq qiziqarli va kulgili hikoyalarni aytib berish;

bolaning she’r yodlab olishini rag‘batlantirish;

bolaning yaqin atrofidagi narsalar tо‘g‘risida sо‘zlab berishini rag‘batlantirish;

bolani imkoniyat bо‘lganda doimo suhbatlarga jalb qilish;

bolani kо‘rgan va eshitganlariga nisbatan о‘z munosabatini bildirish hamda о‘zi tushungan narsalarni bayon etishga rag‘batlantirish;

bolaga hikoyalar, ertaklarning boshi va eng muhim jihatlarini ajratishga yordam berish.

3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bola bilan munosabatlarda quyidagilarga rioya qilish lozim:

bolaga taqdim etiladigan material uning yosh xususiyatlariga mos kelishi zarur;

bolani sо‘zlashishda shoshiltirmaslik;

mazkur yoshda hissiyotlar nutqdan ustun turishi sababli, bola о‘zining nutqdagi bilim va kо‘nikmalarini namoyish etayotganda, uning qо‘liga biror-bir buyum berish kerak.

О‘qish va savod malakalarini egallash

Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalarda о‘qish va savod malakalari rivojlanishining talablari hisoblanadi.

bosma materiallarga qiziqish bildirish, harflar va ramzlarni ajrata olish;

«sо‘z», «tovush» sо‘zlarini tushunish;

yozish kо‘nikmalarini о‘rganish.

Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalarda о‘qish va savod malakalari indikatorlari hisoblanadi:

kitobdagi rasmlarga asoslanib, adabiy asarning mazmunini aytib berish;

asarning bir parchasini tinglab, bu qanday asarligini aytib berish;

she’rlarni yoddan о‘qib berish;

rasmga qarab, sо‘z birikmalari, 2-3 ta sо‘zdan iborat gap tuzish;

tez-tez uchratadigan ramzlar, sо‘zlar, logotiplarni tanish;

kichikroq yoshdagi bolalar yoki о‘yinchoqlar uchun kitob о‘qib berishga taqlid qilish;

kitobо‘qib berilayotganida, sahifani gorizontal yо‘nalish bо‘ylab kuzatib borish;

rasmlarning ma’nosini anglab olish;

«sо‘z», «tovush» sо‘zlarini tushunish, ularni о‘yinlarda, amaliy mashqlarda qо‘llay olish;

sо‘zdagi tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etish;

oddiy chiziqlar, ilgaklar, belgilar nusxalarini kо‘chirish;

о‘zining atrofidagi obyektlar yoki odamlarning rasmini chizish.

3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:

guruhda bolalar adabiyotidan iborat kichik kutubxona tashkil etish;

bolani qо‘g‘irchoq teatrlariga tez-tez olib borish;

bolani turli, jumladan nasriy, she’riy adabiyotlar, hikoyalar bilan tanishtirish;

bolaning ayrim bosma sо‘zlar, ramzlarni tanishini rag‘batlantirish;

bolaning salohiyatini rivojlantiruvchi muhit yaratish;

bolaga yaxshiroq chizishi uchun yordam berish;

bolani varaqda yozilgan harflarni kо‘chirishiga yordam berish.

3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishi uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:

bola yozish va о‘qishni xohlamasa, uni bunga majburlamaslik;

kо‘rish gigiyenasiga amal qilish;

bolani maxsus belgilangan obyektlarda rasm chizishga о‘rgatish.

Atrof muhitni о‘rganish va anglash

Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalarda atrof muhitni о‘rganish va anglash talablari hisoblanadi.

jonli va jonsiz olamni kuzatish, ta’riflab berish;

inson tana a’zolarini о‘rganish.

Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalarda atrof muhitni о‘rganish va anglash indikatorlari hisoblanadi:

3-4 xil turdagi daraxtlar, 2-3 xil turdagi о‘simliklarning nomini bilish;

yilning barcha fasllari va ularning о‘ziga xos xususiyatlari (yozning issiq, qishning sovuq ekanligi) tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lish;

ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi sо‘zlarining ma’nosini hamda katta yoshdagilar va bolalar sutkaning turli vaqtlarida qanday harakat qilishlarini tushunish;

oddiy tajribaga asoslanib, buyumlarning xususiyatlarini о‘rganish;

uy va yovvoyi hayvonlar bolasining nomini ayta olish;

yirtqich hayvonlar va qushlarni ajratish;

jonli olamga ta’sir kо‘rsatadigan kо‘pgina omillarni (ozuqa, suv, nur) aytib berish;

sayr qilib yurganda topib olgan turli buyumlarni tо‘plash;

jonsiz olamning xususiyatlarini, masalan, toshning qattiq, qumning sochiluvchan ekanligini ajratish;

о‘zining tashqi kо‘rinishini ta’riflab berish;

tirsak, iyak, yelka kabi tana a’zolarining qayerda joylashganligini kо‘rsatish;

odam shaklini chizish;

daraxt, qog‘oz, shisha, loy kabi materiallarning nomlari, ularning mustahkam, qattiq, yumshoqligi kabi xususiyatlarini aytish;

yaxshi tanish bо‘lgan buyumlarni guruhlarga ajratish, turkumlash.

3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:

bolani uning atrofidagi muhitni о‘rganish, kuzatish, о‘z fikrini bildirish va savollar berishga odatlantirish;

bola bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiat obyektlarini kuzatish;

bolani uy-rо‘zg‘or ishlarini birgalikda bajarishga jalb qilish;

bolaning qum, suv kabi tabiiy materiallardan foydalanib, о‘yinlar о‘ynashiga ruxsat berish;

bolani bog‘da ishlash, turli ishlarda ishtirok etish, о‘simliklarni sug‘orish, yer yumshatish, hayvonlarni parvarishlashga о‘rgatish;

bolani sayr qilish vaqtida yangi buyumlarni о‘rganishga undash;

bolaning tashqi kо‘rinishni ta’riflab berishini rag‘batlantirish;

bolaga ichki organlar qayerda joylashganligini kо‘rsatish va tushuntirish;

bolaga ichki organlar qayerda joylashganligi tо‘g‘risida turli oddiy matnlarni о‘qib, hikoya qilib berish;

valeologiya (organizmni о‘rganish) bо‘yicha kо‘rgazmali materiallardan foydalanish.

3 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan bolalar bilan mashg‘ulotlar olib borishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:

bolaga о‘zi yashayotgan muhitni kо‘zi bilan kо‘rib, qо‘li bilan ushlab kо‘rish imkoniyatini ta’minlash;

bolalar о‘zlari uchun qiziq bо‘lgan barcha narsaga ega bо‘la olishlari, ayni paytda ularning bolalar uchun xavfsiz bо‘lishini ta’minlash;

bolalar о‘z tajribalarini faqat katta yoshdagilar ishtirokida о‘tkazishlarini nazorat qilish, ularga hayvonlar bilan muomala qilishda ehtiyot bо‘lish kerakligini tushuntirish.

5 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarning rivojlanishi



Mashg‘ulotlar rejasi
(5-6 yosh)



Download 119,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish