Bolalar nutqini o’stirishga oid nazariy ishlar metodologiyasi. Ontolingvistika bolalardagi nutqiy jarayonni o‘rganuvchi soha sifatida Reja



Download 27,78 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi27,78 Kb.
#358906
Bog'liq
1-ma'ruza met


Bolalar nutqini o’stirishga oid nazariy ishlar metodologiyasi. Ontolingvistika - bolalardagi nutqiy jarayonni o‘rganuvchi soha sifatida

Reja:

  1. Bolalar nutqini o’stirishga oid nazariy ishlar metodologiyasi.

  2. Ontolingvistika - bolalardagi nutqiy jarayonni o‘rganuvchi soha sifatida.

  3. Ontolingvistikaning rivojlanish tarixi.

Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar. Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva (1866–1944) talantli pedagog va yirik jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni tarbiyalashga yordam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani yaratish ustida ishlagan.

Ye.I.Tixeyeva o‘z pedagogik faoliyatining dastlabki yillaridayoq bolalarni o‘qitishda ona tilining muhim ahamiyatga egaligiga e’tiborini qaratgan. K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida inqilobgacha18 bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ularning nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.I.Tixeyevaning pedagogik nazariyasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.I.Tixeyevaning «Ona tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim masalalarni til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xalqiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan.

Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar singari oilada orttiriladi. Ye.I.Tixeyevaning fkricha, мaktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tiborni qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim».

Maktabgacha ta’lim muassasasining Ye.I.Tixeyeva tomonidan olg‘a surilgan asosiy vazifasi – bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar bog‘chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur. Ikkinchi vazifa – bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat.

Uchinchi vazifasi – bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fkriga ko‘ra, bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor.

Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojlanishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi. Mashg‘ulotlar jarayonida ushbu faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishda Tixeyeva asosiy e’tiborni lug‘atni boyitish va ravon nutqni rivojlantirishga qaratish lozimligini ko‘rsatadi. U ko‘rgazmaviylik va kuzatishni bola nutqini rivojlantirish asosi deb hisoblaydi. Ye.I.Tixeyeva tomonidan ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan, ekskursiyalarni bunday tashkil qilish, uning fkricha, bolalarni bevosita tabiatga oshno qiladi, ularga jonli borliqni ularning tabiiy munosabatlari bilan birgalikda tanishtiradi.

Ye.I.Tixeyeva nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlariga nisbatan qo‘yadigan asosiy talablari qatorida bolalar qiziqishlari va tajribalari, ularni jonli o‘tkazish, harakatlanish va sinab ko‘rish imkoniyatlari bilan aloqasini olg‘a suradi. O‘z davrining ilmiy yutuqlari doirasida Ye.I.Tixeyeva quyidagilarni ishlab chiqqan:

• bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtirilgan dasturiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi;

• maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fkrlashini rivojlantirish;

• original didaktik material tizimi va undan maktabgacha ta’lim muassasasida foydalanish metodikasi.

Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lib, u bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ye.I.Tixeyeva tomonidan yaratilgan «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» nomli kitobi bosilib chiqdi, mazkur asar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ona tilini o‘qitishga doir ishlarni tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.

«Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida bayon etilgan amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalarida hozirgi kungacha qo‘llanib kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1889–1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika fanlari doktori bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.

Ye.A.Flerina umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida badiiy o‘qish muammolari bilan shug‘ullangan. Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.Flerinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir. Ilmiy va amaliy xodimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib brogan ishlari natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun birinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tilini o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur qo‘llanma muallif O.I.Soloveva edi. 50–60-yillarda nutqni rivojlantirish metodikasida yangi bo‘lim – grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ushbu masalani yoritishga professor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u o‘zining «Bolalar nutqni o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyatlarini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xosligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar». U o‘zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o‘rinni bergan.

A.P.Usova maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishning umumiy nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o‘qitishga alohida o‘rin bergan. Uning fkricha, ta’lim jarayonining o‘zi to‘g‘ri nutqiy rivojlanish kafolati bo‘lib xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy rivojlanishiga shunday sifatlarni kiritadiki, ular odatda, oddiy sharoitlarda zaif rivojlanadilar». Ta’lim nutq rivojlanishi qonuniyatlari to‘g‘ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar nutqining maqbul darajada rivojlantirilishini ta’minlaydi, hisoblaydi A.P.Usova. U bolalarning mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo‘lgan hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan.

Ma’lumki, bola nutqi uning yoshi ulg’ayishi bilan shakllanib, rivojlanib, takomillashib boradi. Ayni mana shu davrda ularga turli metodik ko’mak berish zarur bo’ladi. Bu borada rus va jahon metodist olimlari tomonidan atroflicha fikrlar bildirilgan. Katta-kichik tadqiqotlar qilingan. Biroq, bolalar nutqini rivojlantirishning innovatsion metodlari atroflicha o’rganilmagan. Bola nutqini shakllantirish omillarini innovatsion metodlarda o’rganish muhim ahamiyatga ega.

Shu sabab bugungi kunda bunga davlat siyosati darajasida e’tibor berilishida ham zaruriy ehtiyoj mavjud. Jumladan prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, A. Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il –qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. ”Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib horlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq” -degan nutqida bola tarbiyasi va nutqiga doir fikrlar bildirilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda hozirgi til va uni o’qitish metodikasi yuzasidan olib borilgan sa’yi –harakatlarini rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish va uni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni shakllantirishda, avvalo, ularning nutqini o’stirish yo’llarini o’rganish va uni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish hamda ta’lim tizimining bosh bo’g’ini sanalgan maktab va maktabgacha ta’limda ontolingvistikani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Onto yunoncha “ontos” so’zidan olingan bo’lib, borliq degan ma’noni anglatadi. Bu ontologiya, ontogenez, ontolingvistika kabi tushunchalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Ontolingvistika –bu tilning ontogenez rivojlanishi va ko’tarilishini o’rganuvchi (psixo) lingvistika sohalaridan biridir. Ontolingvistika-bola nutqi va nutq ontogenezini o’rganuvchi lingvistika bo’limidir, ya’ni bolaning nutq qobiliyatlarining shakllanishi, individual tilning paydo bo’lishi va keying rivojlanib borishi hamda individ tilida yosh o’zgarishlarini o’rganadi.

Ontolingvistikaning shunday bo’limi borki, unda bolaning oylik yoshidagi, ya’ni gugulash, guvullash, a-lash kabi ilk oylardagi fonatsion stadiyasidagi nutqiy faoliyati davridan to mustaqil nutq darajasiga qadar rivojlanib boorish davrini tadqiq qilishga bag’ishlangan lingvistika bo’limi sanaladi. Ontolingvistikaning ilk kurtaklari G’arbda boshlangan va taraqqiy etgan bo’lib, uning ta’siri Rossiyada o’tgan asrning 20-yillarida ko’ringan edi . Rossiyada ontolingvistika (bola nutqini o’rganish)bilan dastlab Peterburg psixonevrologik instituti xodimlari shug’ullanganlar. 1912-yilda institute tomonidan “bola nutqini kuzatish va o’rganish dasturi”loyihasiishlab chiqilib, uning maqsadi-bola nutqini o’rganish va kuzatishga qaratilgan edi. Rossiyada sho’ro to’ntarishi davriga qadar bola nutqi sohasining yetakchi tadqiqotchisi N. A. Ribnikov sanaldi. Uning asosiy ishlari quyidagilar:

“Bola tili”(“Yazyk rebenka”), 1926-yil.

“Bola nutqi”(“Detskaya rech”), 1927-yil.

Shuningdek, ushbu soha yetakchi mutaxassislarining maqolalari to’plamlari nashr etilgan. Bundan tashqari olim ota-onalar kundaliklari arxivini, bolalar chizgan rasmlar kolleksiyalarini to’pladi va tajriba-sinov metodlarini qo’llab, test, anketalar tuzdi. Dastlab bolaga surat ko’rsatish vositasida uning hikoyasini tahlil qilish usulini taklif etdi. Shunga ko’ra bola rasm chizib, o’zining taasurotlarini izohlaydi va suratda tasvirlangan obyektlarni o’z tiliga xos ravishda mulohaza etadi. ushbu sohaning keng tarqalgan manbalridan yana biri K. I. Chukovskiyning “Ot dvux do pyati”(“Ikkidan beshgacha “ 1933-yil)kitobidir. Mazkur kitobida Chukovskiy bolalar nutqidan tuzilgan kundaliklar va kuzatishlarni to’plab, eng yorqin misollarni keltiradi.

Tilning ontogenezini o’rganuvchi sohasida yana bir tadqiqotchi, zamonaviy ontolingvistika mutaxassisi A. N. Gvozdev go’dakning ona tilini egallashi haqidagi qarashlarini eslatib o’tish joiz. Gvozdev, ontolingvistikaning haqiqiy tadqiqotchisi sifatida o’g’li Jenyaning ilk so’zlarini to’qqiz yoshga to’lguniga qadar batafsil yozib boradi va mazkur materiallar bazasida ko’pgina fundamental ishlarni taqdim etadi. ”Usvoenie rebenkom zvukovoy storoni russkogo yazika “(“Rus tili tovush tomonlarining bola tilidan egallanishi “)(“Bola tomonidan ona tilining egallanishi”)1927-yil, ”Formirovanie u rebenka grammaticheskogo stroya russkogo yazika”(Rus tili Grammatik qurilishining bolada shakllanishi”1949. ) Bola nutqi rivojlanish masalalari faqat filologlar tomonidan o’rganilmadi, ushbu masalalar psixologlarni ham qiziqtirdi. L. S. Vigotskiy, Leontev, Jinkin kabi psixologlar o’z e’tiborlarini nutqiy rivojlanish evolyutsiyasini xotira, fikrlash kabi idrok jarayonlari evolyutsiyasi bilan muvofiqlik masalasiga qaratdilar.

Yusuf Xos Hojib, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, At –Termiziy, A. Navoiy kabi buyuk dahoalr tomonidan yaratilgan asarlarda nutq va uning inson faoliyatida ahamiyati yorqin misollarda o’z ifodasini topgan. Yusuf Xos Hojib odob-ahloq, ta’lim-tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo’l-yo’riqlarini mujassamlashtirgan qomusiy asari “Qutadg’u bilig” da bilim, zakovot sohibi bo’lishning asosiy kaliti til deb biladi. Allomaning fikricha, til tufayli kishi o’z ilmi, aql-idoki, zakovatiga jilo beradi, fikrini bayon etadi. Til, so’z kishining qadr-qimmatini oshiradi, ulug’likka eltadi. Ammo so’zni bilib, o’ylab, kezi kelgandagini so’zlash kerak. faqat shundagina til va so’zning naïf juda katta bo’ladi. o’ylamay so’zlansa, uning tasirchanligi pasayadi, natijada kishi qadrini tushirib yuboradi. shuning uchun oz, lekin soz so’zlash orqali mantiqiy samaraga erishiladi. Abu Nasr Farobiy to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi:”Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday sorash va qanday javob berish (masalasi) ga kelganimizda, bu haqida bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman”.

Til va nutq o’zaro dialektik bog’liq ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-psixik hodisalar bo’lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir. Tilni nutqdan, nutqni esa fikrdan ajratib bo’lmaydi. Inson qaysi tilde so’zlamasin, o’z fikrini so’z bilan ifodalaydi, chunki ular o’zaro jins uyg’unlikka ega. A. Navoiy til kishini hayvondan ajratuvchi yagona belgi deb qaraydi.

“Ma’nosiz so’z-so’z emas, balki qandaydur tovushlar yig’indisidir.

Umuman, bunday so’z tilde yo’qdir. Faqat hayvonlarning ma’nosiz bo’kirishidan, qushlarning ma’nosiz chug’urlashishidan inson tili (nutqi) o’zining ma’no ajratish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi”-deb ta’kidlaydi. U o’zining “Mahbub ulqulub “asarida shunday deydi:”Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo’lsa, tilning ofatidir…. ”, ya’ni til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o’rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir.

A. Avloniy ham “Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilishda fikr tarbiyasi benihoya zarur va muqaddas vazifa”, deb ta’rif berar ekan, so’zlashuv odobiga alohida diqqat qaratadi. Adib bolalarni har bir so’zni ma’nosiga ko’ra talaffuz qilish ni avval o’ynashni, so’ng uni o’z meyorida gapirishni, nutqning doimo go’zal va ma’noli bo’lishiga erishish yo’llarini ko’rsatib, o’zgalar so’zini diqqat bilan tinglash uquvini tarkib toptirish zaruratini qat’iy ta’kidlaydi.

Ko’rinadiki, til va nut inson ma’naviy kamolotining muhim omillaridan sanaladi. Har qanday madaniy jamiyatning burchi va vazifasi nutq kamchiliklariga ega bo’lgan jamiyat a’zolariga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishdan iborat Bolalar nutqini maktabgacah yoshidanoq to’g’ri shakllantirish ustida ishlash hayot talabidir.

Nutq buzilishlari deganda gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psixofziologik mexanizmlarining zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlshuvi tushiniladi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda esa, nutq buzilishlari bu bilish jarayoni, aloq vositalarining buzilishidir. Shuning uchun har qanday madaniy jamiyatning burchi va vazifasi nutq kamchiliklariga ega bo’lgan jamiyat a’zolariga o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishdan iborat.

Barcha ota-onalar katta intizorlik bilan farzandining birinchi so’zlarini kutadi. Tushunarliki, bu nutqning paydo bo’lishi bolaning yaxshi ruhiy rivojlanishining muhim ko’rsatkichlaridan biridir. Mana birinchi so’z aytildi, keyinchi? Bola 2-4, 5-6 yoshlarida nima qila olishi kerak? Ko’pgina ota-onalarni xavotirlantiruvchi bu savolga biz qisqa javob berishga harakat qilamiz.

1, 5-2 yoshlarida bola 50-70 tacha so’z gapira oladi, bular asosan otlar:o’yinchoqlar nomi va yaqin o’rab turgan buyumlar nomi, ismlar;”shu yer” va “hozir” ravishlari ;”katta”, ”kichkina”sifatlari, ora-orada-fe’llar, shaxsiy joy nomlari.

Bolalar 2 yoshlarida [a], [u], [o], [i] kabi unli tovushlarni bemalol ayta olishadi. [e[, [e] tovushlarini [ye] tovushi bilan almashtirishlari mumkin . Bolalar ba’zi bir undoshlarni qulayroq, osonroq bo’lgan boshqasiga almashtirishadi, buzib aytishadi yoki umuman talaffuz qilishmaydi. Ular nutqida [t], [d], [s], [z] kabi yumshoq undoshlar ko’p uchraydi. Bu yoshda so’zlarni osonlashtirilgan talaffuz qilish uchrashi mumkin, masalan, qisqartirish yoki bo’ginni nomlash, ko’pincha urg’uli yoki birinchi bo’g’inni :”shoko”, ”shokolad”so’zi o’rniga . 2 yoshlarida bolaning nutqida oddiy gaplar bo’lishi kerak:”Oyi, non ber. Oyimga boraman . Sok ichaman!”.

Bola 3 yoshlarida juda ko’p savol beradi, o’zi savollarga bajonidil javob berdi, kichkina qo’shiqlar, she’rlar yodlaydi. Bu yoshda odatda bola unli va undoshlarni to’g’ri o’qiydi. [b], [p], [f], [m], [t], [n], [k], [g], [v]. Bolalar 3 yoshida yoyiq gaplarni gapirishadi.

Bola 4 yoshida jarangdor tovushlarni to’g’ri talaffuz etadi:”Men bo’yoqda rasm chizishni yoqtiraman. Chunki ular har xil rangda bo’ladi”, aylanganda kimni ko’rgani, unga nimalar o’qib berishganini gapirib beradi.

Bola 5 yoshida vishillaydigan tovushlarni to’g’ri talaffuz qiladi:[sh[, [j], nutqida deyarli Grammatik xatolarga yo’l qo’ymaydi. Rasmda yoki rasmlarda nima aks ettirilganini hikoya qilib berish mumkin. Gaplari ko’payadi, gaplarida aniq bir bayon mantig’I anglanadi. Tez-tez hikoyalarida hayotda mavjud bo’lmagan epizodlarni to’qib chiqarish xohishi, fantaziya elementlari paydo bo’ladi.

6 yoshda o’rtacha rivojlangan bola ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qiladi, amalda nutqda Grammatik xatolarga yo’l qo’ymaydi. Bu yoshning yorqin xarakteristikalaridan biri har xil turdagi matnlarni tuzishni faol o’zlashtirish hisoblanadi. Bola monolog shaklini o’zlashtiradi. muloqotning ko’rinish holatidan qat’i nazar nutqning vazifasi paydo bo’ladi. Grammatik tizimning shakllanishi nutqning rivoji bilan bog’liq bo’ladi.

A. A. Leontev ta’rifi bo’yicha ontogenezda nutqiy faoliyatni shakllantirish jarayoni va ona tilini tizimli o’zlashtirish bir qator ketma-ket davrlarni yoki bosqichlarni o’z ichiga oladi:

1. Tayyorlov davri(tug’ilgan davrdan 1 yoshgacha);

2. Maktabgacha davrdan oldingi(1 yoshdan 3 yoshgacha);

3. Maktabgacha davr(3 yoshdan 7 yoshgacha );

4. Maktab davri(7 yoshdan 17 yoshgacha).

1. G’ing’illash (1, 5 oylikdan boshlab )-xarakteristikaga ko’ra unli tovushlarga o’xshash ayrim tovushlarni aytish.

2. Bidillash (6-7 oylikdan 10 oylikkacha)-tovushlarni qo’shish bo’g’inlar ketma-ketligi ko’rinishida talaffuz qilinadi va odamlarga tegishli bo’ladi. (da-da, bu-vi) 5 oylikdan bola tovushlarni eshitadi, lablar harakatini ko’radi va ularga taqlid qilishga urinadi.

3. ”Modullashgan bidillash” (6-7 oylikda)-buyumlar, odamlar, harakatlar bilan bog’liq bo’lgan turli tovushlar birikmasi(nan-na, ash-sha, ma), 10-11 oylikdan avvalo, dastlabki so’zlarga reaksiya(munosabat)paydo bo’ladi, 1 yoshda esa dastlabki so’zlarni aytadi. Bola hayotining birinchi yilidagi faoliyatining asosiy shakli kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqot hisoblanadi. Bola esa bola nutqiy muloqotiga zamin shakllantirishning asosi hisoblanadi. Maktabgacha davrdan oldingi davr (1 yoshdan 3 yoshgacha )-lug’at zahirasining kengayishi bilan, atrofdagilar nutqiga bola e’tiborining kuchayishi bilan xarakterlanadi.

Ilk so’zlar umumiy ma’noli xarakterga ega, ularning mazmuni holatga bog’liq, nutq esa imo-ishoralar orqali boshqariladi. 2-yoshlarida bola ko’pchilikdagi otlarni farqlaydi va qo’llay boshlaydi. 3 yoshlarida bolaning lug’at zahirasi 300-400 so’zni tashkil qiladi.

So’zlarning ma’nolari yanada aniqlashadi . Nutqning Grammatik tizimi shakllana boshlaydi –so’zlar uyg’unligisiz tuzilgan birinchi gaplar paydo bo’ladi(Oyi, ber nanna). L. S. Vigotskiy ontogenez sharoitida so’zlar mazmunining shakllanishini tahlil qila turib shunday yozgan:”Nutq va so’zlar ma’nolari tabiiy yo’l bilan shakllangan va uning tarixi, so’zlar ma’nolarining qanday taraqqiy etganligi ma’lum bosqichgacha yoritishga yordam berishi, imo-ishoralar shakllanishi qanday sodir bo’lishi, bolada qanday sodir bo’lishi, bolada qanday qilib ilk imo-ishora paydo bo’lishi, qanday shartli refleks asosida belgilash mexanizmi qurshab olinishi paydo bo’lishidadir”.

Faoliyatning yetakchi shakli, bolaning rag’batlantiriluvchi nutqiy rivoji, kattalar bilan buyum-ta’sirli muloqotga ega bo’ladi, natijada bola buyumlarning asosiy vazifasini, ijtimoiy tarbiya tajribasini o’zlashtiradi, nutqiy lug’atini boyitadi, muloqot uchun nutqdan foydalanadi.

Maktabgacha davr (3 yoshdan 7 yoshgacha )-bolalarning yanada shiddatli nutqiy rivojlanishi . Asosiy faoliyat shaklini o’yin tashkil qiladi . Bu jarayonda bolaning shiddatli nutqiy rivoji sodir bo’ladi. O’z talaffuzini eshitib nazorat qilish tajribasi rivojlanadi, fonematik qabul qilish shakllanadi. Bola 4 yoshlarida keng tarqalgan oddiy va murakkab gaplarni qo’llaydi, har xil tovushlarni farqlay oladi, ya’ni bolada fonematik qabul qilish shakllangan bo’lishi kerak . Bu vaqtga kelib tovushlarning to’g’ri talaffuzi shakllanishi tugaydi va bola mutlaqo toza gapiradi. 5 yoshida bolalar gaplarning murakkab qo’shma va murakkab ergashgan tizimdan foydalanadi, ularning nutqi qisqa hikoyani eslatadi.

6 yoshda lug’at zahirasi 4000 so’zgacha ko’payadi, lekin ko’pincha so’zlar xato qo’llanadi. Bola 5-6 yoshdan monologi nutqni o’zlashtirishni boshlaydi. Ya’ni bu vaqtga kelib nutqning fonematik rivojlanishi jarayoni to’xtaydi va bolalar asosan ona tilining Grammatik, sintatik va morfologik tuzilishini o’zlashtiradi. 7 yoshga kelib bola nutqini muloqotning to’liq vositasi sifatida egallaydi(o’zlashtiradi).

Maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bolalar aqlan erkin so’zlashuvlarning rasmiy Grammatik qoidalarini o’zlashtiradilar, tovushlar tahlili va sintezini to’liq egallaydi. Nutqning yangi turi-yozuv turi paydo bo’ladi. Yozma nutq og’zaki nutq bazasida shakllanadi va nutq rivojining yuqoriroq bosqichini o’zida namoyon qiladi. Yozma nutq jarayonida talaffuz qilinadigan, eshitiladigan so’z va ko’ribadigan so’z o’rtasidagi yangi aloqa o’rnatiladi.

O’quv faoliyati yetakchi faoliyat shakli hisoblanib, yozma nutqning batamom hosil bo’lishi va og’zaki nutq rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning impressive va ekspressiv nutqini didaktiv o’yin davomida tekshirishda, biz Katayeva Strebelevalarning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini tekshirish metodikasidan keng foydalandik.

Tekshirish jarayonida bolalar uchun xarakterli bo’lgan xotira, diqqat xususiytlari e’tiborga olinadi. Shunga bog’liq ravishda ularga ko’rsatmalar qisqa, soda tarzda berilib, ba’zan ikki marta takrorlanadi. Metodikalar kunining birinchi yarmida guruhli mashg’ulotlaridan so’ng individual tarzda navbatma –navbat berildi. Tadqiqot natijalarini tahlil etish bolalar nutqini rivojlanish darjasini inobatga olgan tarzda 4 balli tizmda amalga oshiriladi:

4 ball –topshiriqni qo’shimcha savollarsiz bajarib, to’g’ri, aniq, o’zaro bog’langan gaplar vositasida javob berdi.

3 ball-to’g’ri javob berib topshiriqni bajara oldi, lekin javoblar yetarli darajada to’liq emas.

2 ball-topshiriqni yo’naltiruvchi savollar asosida bajara oldi.

1 ball-topshiriqni bajarish davomida tekshiriluvchining yordami va yo’naltiruvchi savollaridan foydalandi. Hikoya qilish (predmetlar, ularning xattiharakatlari va sifatlarini so’zli tasvirlash)da ketma-ketlik va o’zaro bog’liqlik mavjud emas .

0 ball-topshiriqni bajara olmadi.

Mavzuga oid psixologik-pedagogik adabiyot tahlili natijasida bola nutqining rivojlanishi va so’z boyliklar haqida ma’lumotga ega bo’lish maqsadida ularni

maxsus tanlangan metodikalar asosida kuzatishga harakat qilish mumkin.

Masalan: kuzatuvchanlik, predmetlarni detallari, qismlari va sifatlarini aniq

tasvirlay olish malakalarini tekshirish.

Jihoz:nomi bir, lekin bir-biridan bir necha belgi va detallar bilan farqlanuvchi

buyum va o’yinchoqlar. Masalan, ikkita chelak, ikkita ko’ylak, ikkita qoshiq va hk.

Ko’rsatma:Tekshiriluvchi bolaga bir-biridan ba’zi belgi va detallar bilan farqlanuvchi ikkita predmetlarni ko’rsatib:”meni chelagim katta”, bola :”meni chilagim kichkina”. Tekshiriluvchi:”Meni chelagim yashil rangda, ushlagichi esa oq rangda”, Bola “meni chelagim qizil rangda, ushlagichi sariq rangda” va hk.

“Topishmoqlar tuzish “metodikasi

Maqsad:bolalarning kuzatuvchanlik, ekspressiv lug’at boyligini, bog’langan nutqni shakllanganlik darjasini aniqlash.

Jihoz:bir necha predmetli rasmlar.

Ko’rsatma:A)Bolaga ma’lum predmat rasmi berilib, quyidagi reja asosida topishmoq matni tuzish taklif etiladi:

-Shakl qanday?

-Rangi qanday?

-Ovozi qanday?

-Ta’mi qanday?

Hidi qanday?



B)Bolaga ma’lum predmat rasmi berilib uch elementlardan iborat topishmoq

tuzish taklif etiladi:birinchi tasvirlovchi qism, vositachi(“o’xshashlik”)va qaramaqarshi (“farqli”)qismlar.
Download 27,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish