Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi
Bolalar va oÊ»smirlar gigiyenasi â gigiyenaning bir sohasi; goÊ»daklikdan boshlab j to 17â18 yoshgacha boÊ»lgan bolalar va oÊ»smirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugÊ»ullanadi. Hayot sharoiti, oÊ»quvtarbiya va mehnatning oÊ»sayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oÊ»rganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogÊ»lom oÊ»sishiga hamda har tomonlama toÊ»gÊ»ri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va oÊ»smirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqpi boÊ»lishi mumkin. Bolalar va oÊ»smirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlimtarbiyasiga taʼsirini oÊ»rganadi, oÊ»sayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygÊ»un rivojlanishi uchun zarur boÊ»lgan choratadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar â uyqu, uygÊ»oqlik, ovqatlanish (emish)ning oÊ»z vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shahri k. bolaning oÊ»sishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3â3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqgda uygÊ»onishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoÊ»yish, uygÊ»oqligida esa koÊ»ruv va eshituv aʼzolariga turli yoÊ»llar bilan taʼsir etish (kattalarning gapsoÊ»zlari, rangli, jarangdor oÊ»yinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oÊ»zgartirib turish (bolani vaqtvaqti bilan qoÊ»lga olish yoki qorni bilan yotqizib qoÊ»yish) kerak. Bola nechogÊ»li yosh boÊ»lsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koÊ»p ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oÊ»ynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.
Bolalar va oÊ»smirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda bolalarning sogÊ»ligÊ»iga qarab ish faoliyatini belgilash va astasekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koÊ»rish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogÊ»cha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga moye keladigan kun tartibi joriy qilinadi. OÊ»sib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab oÊ»quvchilarining mashgÊ»ulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1sinf oÊ»quvchilari uchun 1â 1,5 soat, 3â4 sinf oÊ»quvchilari uchun 1,5â2 soat, 5â6 sinf oÊ»quvchilari uchun 2 soat, 7â8 sinf oÊ»quvchilari uchun 2,5â3 soat, 9â10 sinf oÊ»quvchilari uchun 3â4 soat boÊ»lishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40â45 min.dan keyin 10â15 min. dam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun mashgulotlardan keyin turli oÊ»yin, sport, foydali mehnat bilan shugÊ»ullanishlari yaxshi natija beradi.
Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida bolalar va oʻsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va kurishda gigiyena tadbirlarini koʻzda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalar yorugʻ va issiq boʻlishi, sanitariyatexnika inshootlari toʻgʻri qurilishi, toza havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
Bolalar va oÊ»smirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati, bolalar muassasalari (bolalar uylari, sanatoriylar, tashkil qilingan sayohat va yurishlar)da ovqatlanish tartibi oÊ»rganiladi hamda oÊ»sish davrida energiya sarfi meʼyori ishlab chiqiladi. Bolalarga toÊ»yimli, mazali va xilmaxil ovqat berish, ovqatda oqsil, yogÊ», uglevod, vitamin, mineral tuzlar yetarli boÊ»lishi kerak. ToÊ»gÊ»ri ovqatlanish bolaning turli kasalliklarga chidamini oshiradi, aqliy, jismoniy va mehnat qobiliyati barkamol boÊ»lishini taʼminlaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar 4â 4,5 soatda ovqatlanishi kerak. Nonushtada sutkali kaloriyaning taxminan 25%ini beradigan oqsillarga boy sabzavot, guruchdan pishirilgan ovqatlar, tushlik sutkali kaloriyaning 35â40%ni, kechki ovqat sutkali kaloriyaning taxminan 20â25%ini tashkil etishi va birmuncha yengil sutli, sabzavotli hamda yormadan pishirilgan ovqatlardan iborat boÊ»lishi lozim. Sutkali kaloriyaning qolgan 10â15%ni ikkinchi nonushtadan yoki tushlikdan keyin isteʼmol qilgan maʼqul.
Bolalar va oʻsmirlarga tibbiy xizmat koʻrsatish. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida tibbiy xizmat koʻrsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar koʻrish moʻljallangan. Salomatligi zaiflashib qolgan, nimjon (revmatizm, tonzillit, sil intoksikatsiyasi bilan ogʻrigan), shuningdek kasallikdan tuzalib kelayotgan bolalar uchun bolalar poliklinikasi yoki maktab vrachi ishtirokida alohida tartib tuziladi; ana shunday kasalliklarni boshdan kechirgan asabiy bolalarning oʻqishini davom ettirishi hamda salomatligini tiklay borishi uchun maxsus sharoit yaratiladi (sanatoriy maktablari va boshqalar). Bunday muassasalarda oʻqish bilan birga shifobaxsh badantarbiya, fizioterapiya, maxsus parhez, sof havodan koʻproq bahramand boʻlish kabi davo usullari qoʻllaniladi. Bolani yoshligidan boshlab toʻgʻri uyushtirilgan jismoniy tarbiya va chiniqtirish tizimiga oʻrgata borish katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi oylarida massaj va jismoniy mashklar bilan birga toza havodan bahramand qilish, keyinchalik esa sochiqni hoʻllab badanni artish, choʻmilish, kattaroq yoshdagi bolalarni dushga tushirib yoki ustidan suv quyib choʻmiltirish bola organizmining kasallikka chidamini oshiradi va baquvvat qiladi. Bu tadbirlar muntazam boʻlishi va vrach bilan maslahatlashib olinganidan keyingina tatbiq etilishi kerak. Bolalar va oʻsmirlar muassasalarida hamma gigiyena mezonlari va tavsiyanomalariga rioya qilinishini shahar va qishloq tumanlarining sanitariyaepidemiologiya st-yalaridagi sanitariya vrachlari nazorat qilib turadi.[1]
ManbalarTahrirlash
- â Sultonov, Akmal."Bolalar va oÊ»smirlar gigiyenasi" OÊ»zME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
Koâproq oârganish
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bolalar_va_oʻsmirlar_gigiyenasi&oldid=1994811" dan olindi