Bolalarda e’tibor, ko‘ruv informatsiyasi hajmini va olib qolish tezligini aniqlash



Download 71,17 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi71,17 Kb.
#693043
Bog'liq
1-mavzu


Bolalarda e’tibor, ko‘ruv informatsiyasi hajmini va olib qolish tezligini aniqlash.
Xotira — har bir inson uchun juda muhim omil. Yaxshi rivojlangan mnemonik xususiyatlar miyani rivojlantiradi va deyarli barcha vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish imkonini beradi. "Trendymen" xotirani mustahkamlashning ilmiy jihatdan isbotlangan bir necha usuli bilan bo‘lishdi. 
Eslab qolish uchun tushunish
Miyamiz imkon qadar inkor qilishga harakat qiladigan oddiy omil. Uni tushunish mumkin: tabiat kutilmagan xavflarga qarshi tura olishi uchun aqliy salohiyatni maksimal saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun o‘qilganlarning umumiy konsepsiyasigina emas, mantiqiy tuzilmasini ham yaxshi tushunish juda qiyin kechadi, biroq natijalar ham shunga yarasha salmoqli bo‘ladi. Edinburg qirollik kolleji aspirantlari diplom ishlari doirasida mnemonikani rivojlantirishning eng yaxshi usullariga bag‘ishlangan mavzuda tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalaridan ko‘r-ko‘rona yodlashning mutlaqo ahamiyatsiz ekani ma'lum bo‘ldi: material ishtirokchilar xotirasida ikki haftadan ortiq saqlanmagan. Qat'iy nazorat ostida taklif qilingan materialning har bir so‘zini yaxshi tushungan qatnashchilar esa, bir yildan so‘ng o‘tkazilgan nazorat imtihonlarida ham uni yodda saqlab qolishgani ma'lum bo‘lgan.
Miya uchun steroidlar

Foto: Trendymen
Sog‘lom ovqatlanish - bu, albatta, juda yaxshi odat. Iste'mol qilingan har bir yegulikni doimiy nazorat qilish istiqbolda butun organizmga, shu jumladan miyaga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri ovqatlanuvchi kishilarning aksariyati yuqori kognitiv xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, hamma narsada istisno bo‘lgani kabi bunga ham kafolat yo‘q. "Zararli" yegulik (qand miqdori yuqori bo‘lgan) biror narsani tezroq yoki aniqroq yodlashga yordam berishi mumkin. Asosiysi, shokoladni shirin qahva bilan iste'mol qilish: masalan, o‘qish jarayonida. Harvardda faoliyat yurituvchi fiziolog, Richard Dokuollaning tadqiqotlari shirinlikdan tiyilmagan guruhdagilarning mnemotik xususiyatlari yuqori bo‘lishini ko‘rsatgan. Odatiy rejimda respondentlar sog‘lom parhezga rioya qilishgan, faqat asosiy vaqtlarda shirinliklar iste'moliga yo‘l qo‘yilgan.
Natijalar uchun harakatlar
Yangi materialni o‘rganishga qancha harakat qilsangiz, natijasi shuncha salmoqli bo‘ladi. Masalan, osongina yodlangan she'r, hoynahoy, anchagacha xotirada saqlanib qolsa kerak. Nyu-Yorkdagi Pratt instituti sotsiologlari tomonidan shunday xulosani tasdiqlovchi tajriba o‘tkazildi. Ikki qismga ajratilgan talabalar guruhiga bir xil vazifa berilib, uni ikki xil usulda bajarish talab etildi. Birinchi guruh a'zolariga ma'lumotlarni yodlab qolishga ko‘p vaqt sarflamaslik imkoni berilgan - faqat yakuniy natija baholangan. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa ma'lumotlarni yodlashga muayyan vaqt sarflashlari kerak bo‘lgan. Oraliq ma'lumotlar deyarli bir xil bo‘lgan: bir necha kun o‘tgach ikki guruh a'zolari ham bir xil darajada imtihon topshirishga muvaffaq bo‘lishgan. Bir oydan keyin, ya'ni tajribaning so‘nggi bosqichida natijalar kutilmagan tus olgan. Ma'lum bo‘lishicha, barcha ma'lumotlarni yodlagan talabalar o‘tilgan kursning deyarli barini eslab qolishgan. Ikkinchi guruh qatnashchilari esa savollarning bor-yo‘g‘i 15 foiziga to‘g‘ri javob bera olishgan. Natijalarni birgina maqol bilan ifodalash mumkin: "Mehnatning tagi - rohat".
Tajriba uchun qo‘lda yozish
Sinab ko‘ring, bu haqiqatan ish beradi. Oxirgi marta talabalik davringizda qo‘lda yozganingizning ahamiyati yo‘q. Bu ko‘nikmani tiklash kerak. MIT'ning nazariy fizika kafedrasi aspirantlari, ya'ni allaqachon ruchkani klaviaturaga almashtirgan yoshlar orasida shu mavzudagi tadqiqot o‘tkazildi. Berilgan materialni bir necha marta o‘qish va uni qo‘lda yozib chiqishni o‘z ichiga olgan tajribadan atigi ikki oy o‘tib, bu usul o‘z samarasini berdi. Ruchkani boshqaruvchi barmoqlarning mayda motorikasi ishtirokchilarning mnemonik xususiyatlariga juda ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. Olingan natijalar tadqiqotchilarga xotirani mustahkamlashning mukammal algoritmini tuzish imkonini bergan: materialning har bir so‘ziga diqqat qilib, matnning mantiqiy bog‘liqligini tushunib, ikki marta o‘qib chiqish kerak bo‘lgan. Shundan keyin uni original manbadan bir marta to‘liq qo‘lda yozib chiqish, so‘ngra asosiy joylariga e'tibor qaratib, maqolaga taqriz yozish talab qilingan. Yana bir marta o‘qib chiqib, oxir-oqibat matnni original manbaga qaramay, so‘zma-so‘z yozib chiqish talabi qo‘yilgan. Bu qiyindek eshitilishi mumkin, boz ustiga bunga ancha vaqt ham ketadi. Shunday bo‘lsa-da, natija aniq: u uzoq vaqtgacha xotirangizda saqlanib qoladi.
O‘zini nazorat qilganlik uchun mukofot
Va'da qilingan mukofotni kutuvchi ong osti tizimi ma'lumotlarni aniq va puxta yodda saqlab, avtomatik ravishda kulrang moddaning barcha resurslarini ishga soladi. Yana bir muhim jihat: orada "sinib qolmaslik" kerak. Faqat uch sahifani yodlaganingizdan keyingina klubga borishni va'da qildingizmi - bajaring.
Dangasalar uchun bonus
Yuqorida qayd etilgan usullar juda murakkab va zerikarlidek tuyuladi. Shunday ham deylik. Aksariyat barchasiga hech qanday qiyinchiliksiz, osongina erishishni xohlaydi. Bunday insonlar uchun ajoyib maslahat: mo‘jiza ro‘y berishiga umid qilishdan charchamang...
Download 71,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish