Bolaning rivojlanishga muhitning ta'siri reja



Download 22,58 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi22,58 Kb.
#617415
Bog'liq
BOLANING RIVOJLANISHGA MUHITNING TA\'SIRI


BOLANING RIVOJLANISHGA MUHITNING TA'SIRI
REJA:

1.Bola rivojlanishi haqida tushuncha.


2.Shaxning rivojlanishi va unga ta`sir ko`rsatuvchi omillar.


3. Bola rivojlanishida jamiyatning o’rni.

Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, еtakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi. Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi.

Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.


Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.

Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.


Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar. Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
Tarbiya - inson kamolotiga va uning shaxsiga tasir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya-aniq maqsadlarni ko’zlab, sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo’lida, tarbiyachi rahbarligida va oila hamkorligida amalga oshirilib boriladigan ijtimoiy jarayonlardan biridir. Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan bolani har tomonlama yetuk bo’lib yetishishi uchun berilayotgan tarbiyaga tashqi muhit ham o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. Berilayotgan yoki bola tomonidan qabul qilinayotgan tarbiya orqali bolada yangi fazilatlar hosil bo’ladi va tug’ma ravishdagi kamchiliklarni ham bartaraf etsa bo’ladi. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Endi biz bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni tarbiyalash kerak? - degan savolga e’tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada tug’ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib boradi va hamma tarbiya shu oiladan boshlanadi. Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya berishni nafaqat tug’ilgandan so’ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz masadga muvofiq bo’ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bola tug’ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo’lgan moslashish hissi uyg’onadi. Asta-sekin ulg’aya boshlagach, har bir narsani farqlaydigan va ko’rgan narsalariga taqlidchan bo’lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, uning yetuk va barkamol bo’lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir.
O’ylaymanki, har bir onalar bunday mas’uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar.
Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o’z shaxsiy tarbiya vositalaridan va usullaridan foydalanishi kerak. Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib qaraganda bolaning oila a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ‘’Maktabgacha ta’lim tashkilotlari’’ga borgandagina, shu muassasa tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta’lim beriladi deb o’ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor doirada o’ylanayotgan bunday fikrlarga hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo’q. Chunki, vatanimizning har tomonlama rivojlanishi shu murg’ak qalbli o’sib kelayotgan bolalar qo’lidadir.
Bolaga tug’ilgandan boshlab ta’lim-tarbiya berish usullari Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech”nomli kitobida o’z aksini topgan. U kitobda bolani har tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o’z o’rnini topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so’ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta’lim-tarbiyasining rivojlanishida turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunga qadar barchamizning ongimizda rivojlangan bir tushuncha, ya’ni nasl tushunchasi Masari Ibukaning kitobida qoralanadi. Qadimgi bahslardan biri insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim-tarbiyami? Ammo bugungi kunga qadar biror ishonchli nazariya bu bahslarga chek qo’ymaydi. Nixoyat, bir tarafdan miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan bolalar psixologiyasini o’rganish natijalariga ko’ra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti-bu uning birinchi uch yilida, ya’ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Bu so’zlardan shunday
xulosaga kelish mumkunki, xech bir bola u yoki bu qobiliyati bilan dunyoga kelmaydi. Tug’ilgan-dan boshlab uch yilda olgan asosiy ta’lim-tarbiyasi uning kelajagi uchun ajralmas poydevor hisoblanadi. Bolaning qay darajada bilimli bo’lishi, o’sha davrdagi o’qitish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu davr erta ta’lim deb nomlanadi.
Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqilli va sog’lom, o’tkir zexnli va gapga quloq soladigan qilib tarbiyalashdir. Barcha bolalar, agarda ularda tug’ma, jismoniy nosog’lomlik va aqli zaiflik bo’lmasa, ular bir xilda ong bilan tug’iladi, hech bir bola ona qornidan biron bir bilimni bilib tug’ilgan emas albatta. Bolalarning qay darajada kamol topishi ota-onalarga bog’liq. Bolalarga bu davrda kerakli bo’lgan ta’limtarbiyaning berishning asosiy sabablaridan biri bu inson miyyasi, taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat bo’lishi, biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uning aksariyati hali shakllanmaganligidir. Miyya hujayralari alohida-alohida tarqoq holda ishlamaydi. Miyyaning mikro sur’atiga qaraydigan bo’lsak, tug’ilgandan so’ng vaqt o’tib ongi rivolangan sari uning hujayralari orasida shoxlar paydo bo’ladi. Shu jarayonlarda biz bolalarga ta’lim-tarbiya bersak maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero, bu shoxlar shunchaki shox emas, balki meva beradigan shoxlar bo’lib yetishsa.
Tug’ilgandan keyin birinchi olti oy davomida miyyaning salohiyati 50%, uch yoshgacha esa 80%ga yetadi. Ana ko’rdingizmi bu darajadagi rivojlanish shunchaki
rivojlanish emas, balki natija beradigan qilib tarbiyalash lozimligini ko’rsatib turibdi.
Demak biz “bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?” degan savolga aniq javob oldik. Bola tug’ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk shaxslar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi. Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga to’laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko’rinib turibdi. Endi bu yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol tug’iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz.
Bola tug’ilgandan so’ng, u gapirishni, o’qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi a’zolari juda kuchli rivojlangan bo’ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga bo’lgan juda kata e’tibor talab qilinadi. To’g’ri, endi tug’ilgan go’dakka bu narsa bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to’g’ri, aksincha noto’g’ri deb tarbiya berib bo’lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada tarbiyalangan bo’lishi kerak. Shundagina ular farzandalari uchun o’zlari xohlagandek tarbiyani bera oladilar. Go’dak hali yosh bo’lishiga qaramay ota va ona
munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo’lgan muomalasidan asosiy
tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bildirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o’z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha “Hali yoshda” deb nomlangan tushuncha bularning o’z farzandlariga bo’lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o’rgatsa shuni to’laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko’proq muloqotda bo’lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo’lib
xizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda
ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Suhbatlashishdan mahrum qilingan
go’dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og’ir bo’lib ulg’ayadi. “Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi” deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o’z hayot yo’llarini qurishida asosiy bo’lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko’nikmalarni berib borsalar, kelajakda otaonalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha
bo’lgan davrda ma’sul bo’lsalar, o’z vazifalarini to’laqonli amalga oshirsalar keyingi bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o’ta muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bola bu yoshida
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o’zaro aloqa o’rnatishni o’rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurishturishi, kiyinishi, so’zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning “Tarbiyaviy ta’sirning g’oyat qudratli ta’sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan qarzdordir” – degan so’zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo’yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim.


Xulosa: Ota-onalar va tarbiyachilar oldida bolani nafaqat maktabga, balki katta hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ular bu vazifalarga ma’suliyatli holda yondoshishlari lozim. Zero, “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Download 22,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish