Bo‘lganligidadir. Ushbu asrdagi xalqaro siyosatning mazmuni va tamoyillarini hosil



Download 57,33 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi57,33 Kb.
#597054
Bog'liq
ERGASHEVA MUYASSAR




XVII asrning xususiyati uning ilk yangi davrning qoq markazida bo‘lganligidadir. Ushbu asrdagi xalqaro siyosatning mazmuni va tamoyillarini hosil qilgan davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, XVI asrning merosiga tayanardi, ikkinchi tomondan - ushbu siyosatning kelgusi asrdagi rivojlanishini, ma’lum darajada, belgilab berardi. Ushbu davrda diplomatiyaning tutgan o‘rni yanada ahamiyatli bo‘lib bordi, diplomatik xizmatning oyoqqa turishi va takomillashishi ro‘y bermoqda edi. Fransuz tili diplomatik aloqalarning rasmiy tiliga aylandi. XVII asrda paydo bo‘lgan dastlabki gazeta va jurnallardan siyosiy va diniy kurashda, demak xalqaro munosabatlarda ham, keng foydalanildi. Bundan tashqari, diniy omilning xalqaro munosabatlar holatiga ta’sir ko‘rsatishi davom etardi. XVII asrning o‘rtalarigacha davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi va harbiy to‘qnashuvlarning yuzaga kelishi asosan diniy tamoyillar negizida ro‘y berardi. Ko‘p hollarda xristian dinidagi turli konfessiyalarning (yo‘nalishlarning, oqimlarning) vakillari prinsipial raqiblar sifatida namoyon bo‘lardi. Bu esa Evropa mamlakatlarini o‘zaro qarama - qarshiligiga olib kelardi.


Qudratli buyuk davlat - Usmoniylar imperiyasi xalqaro munosabatlarning yana bir omili edi. Ulkan harbiy va moddiy kuchga ega bo‘lgan Istanbul Evropada yuzaga kelayotgan xalqaro munosabatlar tizimida muhim rol o‘ynardi. Evropa davlatlari Usmoniylarga qarshi ittifoqlar tuzish yo‘lidan borishardi, garchand imperiyaga yaqin joylashgan mamlakatlar tinchlikni saqlashga moyillik bildirsa ham.
Kuchlar muvozanatini saqlash g‘oyasi xalqaro munosabatlar tizimida belgilovchi tamoyillardan biriga aylandi. Yirik davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar alohida ahamiyatga ega edi. Ushbu davlatlar o‘zlarining atrofiga o‘rta va kichik mamlakatlarni jalb etib, turli ittifoqlar tuzishardi. Shu tarzda ko‘plab mamlakatlar diplomatik va harbiy nizolarga tortilardi. Asosiy maqsad - birorta davlatning boshqa davlat evaziga haddan tashqari kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va mavjud vaziyatni saqlash edi.
Tashqi siyosatning asosiy ko‘rinishlaridan biri - bu davlatlar tomonidan olib boriladigan urushlar edi. Xalqaro nizolarni keltirib chiqaradigan sabablar orasida chegara mojarolari, sulolaviy da’volar, savdo molnopoliyasi uchun kurash va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Uzoqqa cho‘ziladigan tavsifga ega bo‘lgan harbiy operatsiyalarning ko‘lami kengayib bordi. Bu esa asosan yollanma askarlardan iborat doimiy armiyalarning mavjud bo‘lishini talab qilardi.
O‘ttiz yillik urush (1618 – 1648 yy.) XVII asrdagi xalqaro xayotning eng yirik voqeasi bo‘ldi. Bu urush umumevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning girdobiga ko‘plab mamlakatlar tortilib ketdi.
O‘ttiz yillik urushning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash avj oldi. XVII asr boshida kontrreformatsiyaning hujumi kuchayib bordi. Protestantlar tomonidan erishgan mavqelarini birin - ketin yo‘qotib borishi nafaqat umumgerman, balki xalqaro ta’sirga ega edi. Germaniyada diniy - siyosiy vaziyatning keskinlashuvida Evropa davlatlari orasidagi murakkab o‘zarobog‘liklar va ziddiyatlar katta rol o‘ynadi.
1608 - 1609 yillarda bu erda nemis knyazlarining, konfessional (diniy) negizdagi, ikki harbiy - siyosiy ittifoqi yuzaga keldi - Evangeliya uniyasi (Injilchilar ittifoqi) va Katolik ligasi. Ikkala ittifoq ham xorijiy davlatlarning ko‘magini oldi. Natijada Germaniyadagi har qanday harbiy to‘qnashuv, davlatlar orasidagi keskinlashgan munosabatlar sharoitida, xalqaro nizoga aylanib ketishi mumkin edi. Aynan shunday holat O‘ttiz yillik urushning boshida ro‘y berd iva Germaniya harbiy harakatlar maydoniga aylandi.
G‘arbiy Evropaning siyosiy hayotidagi asosiy to‘qnashuvi - bu Ispaniya va Avstriya Gabsburglari ittifoqining Fransiya bilan qaytadan boshlanib ketgan kurashi edi. Ikkala kuch ham qit’aning ushbu qismida ustivorlikga da’vogarlik qilardi.
Chexiyadagi lokal nizodan boshlangan urush Shimoliy Germaniyaga yoyildi, keyinchalik esa Markaziy Evropaning ulkan hududlarini qamrab oldi. Evropa mamlakatlarining muayyan manfaatlari urushning turli bosqichlarida ularning qatnashuvini belgilab berdi. O‘ttiz yillik urush to‘rtta davrdan iborat: Chexiya davri (1618 – 1629 yy.), Daniya davri (1625 – 1629 yy.), Shvedlar davri (1630 – 1635 yy.) va Fransuz - shvedlar davri (1635 – 1648 yy.). Dastlabki uch davrda Gabsburglarning qo‘li baland keldi. Oxirgisida esa imperiya va uning ittifoqchilari mag‘lub etildilar.
Kurashayotgan tomonlarning tinkasi quridi, asosiy harbiy harakatlar olib borilgan Germaniyada aholi xonavayron etildi. Natijada armiyalarning ta’minotini amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qoldi. Qolaversa, urushayotgan mamlkatlarning o‘zida ijtimoiy vaziyat keskinlashib bordi. Urushni to‘xtatish zaruriyati yuzaga keldi.
1638 yilning o‘zidayoq Rim papasi va Daniya qiroli urushni to‘xtatishga da’vat etishdi. Ikki yildan so‘ng Regensburgdagi German reyxstagi tinchlik muzokaralarini boshlash g‘oyasini qo‘llab - quvvatladi. Biroq, sulhni diplomatik tarzda tayyorlashga kechroq kirishildi. Faqatgina 1644 yilda Myunsterda tinchlik kongressi ochildi; bu erda imperator va Fransiya o‘rtasida muzokaralar olib borildi. 1645 yilda Vestfaliyaning Osnabryuk shahrida esa shved - german munosabatlari muzokaralar orqali muhokama qilindi.
1648 yilning 24 oktyabrida Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik shartnomalari nafaqat ushbu o‘ttiz yillikka, balki reformatsion kuchlari va ularning raqiblari o‘rtasidagi qarama - qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulhida Evropada hududiy o‘zgarishlar masalalari hal etilgandi. Bundan tashqari, Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning hududlaridagi din masalasi, Gollandiya va Shveysariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan tasdiqlanishi ham sulhida o‘z aksini topdi. Tinchlik Evropa davlatlari tartibiga va Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o‘zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar natijasida tuzildi.
Hududiy jihatdan hammadan ko‘proq Shvetsiya foyda ko‘rdi. Bundan tashqari, Shvetsiya katta pul to‘lovini qo‘lga kiritdi va o‘zining xalqaro mavqeini oshirdi. Shvetsiya Boltiqda hukmronlik qilish maqsadiga erishdi va Evropaning buyuk davlatiga aylandi.
Fransiya ham o‘ziga kerakli siyosiy natijaga erishdi - Germaniya imperiyasining siyosiy mavqei zaiflashdi va uning hududiy tarqoqligi saqlanib qolindi. Hududlarga ega bo‘lish masalasida esa Fransiya imperiya hisobidan nisbatan oz erlarni qo‘lga kiritdi.
Vestfaliya sulhi Germaniyaning siyosiy tarqoqligini ikki yuz yilga mustahkamladi. Nemis knyazlari o‘zaro ittifoqlar va horijiy davlatlar bilan shartnomalar tuzish huquqini qo‘lga kiritishdi. Bu esa ularning suverenligini ta’minladi. Vestfaliya sulhidan so‘ng imperiyaning o‘zi, rasman saylanadigan monarx va doimiy reyxstaglari mavjud davlatlar ittifoqi bo‘lib qolib, amalda “imperiya mansabdorlarning” quramasiga aylandi. Katolitsizm va lyuteranlik bilan bir qatorda kalvinizm ham imperiyada rasmiy din maqomini oldi. Vestfaliya sulhi natijasida Ispaniya urushlarining bir qismini yakunladi xolos: Fransiyaga qarshi harbiy harakatlar davom ettirildi. Ular orasidagi tinchlik faqatgina 1659 yilda tuzildi.
Gabsburglarning Evropadagi ustivorligiga Vestfaliya sulhi barham berdi. Yagona xristian imperiyasini barpo etish g‘oyasi, hamda Ispaniyaning katolik zo‘ravonligi puchga chiqdi. Shunday bo‘lsa ham, Avstriya imperiyasining o‘zi urushda mag‘lubiyatga uchramadi, nemis knyazlari esa (ham katoliklari, ham protestantlari) o‘zining to‘la suverenligida mustahkamlanishdi. Vestfaliya sulhi, Evropada kuchlarning yangi nisbatini o‘rnatib, ikki yirik tarixiy davrning chegarasiga aylandi.
XVII asrning o‘rtalari xalqaro va diplomatik munosabatlarda yangi davrni ochib berdi. Hukmdorlarning sulolaviy manfaatlari, o‘zining davlatiga Yangi erlarni qo‘shib olishga intilish XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrda xalqaro munosabatlarga katta ta’sir ko‘rsatishni davom etardi. Shu bilan bir qatorda yangi omil kuchayib bordi - dengiz orti mustamlakalari va dengiz yullarini egallash uchun kurash; Evropada va undan tashqarida xom ashyo va mol chiqarib sotish bozorlari orqasidan raqobat.
Ushbu omillarning jiddiy ta’siri ostida buyuk davlatlar o‘rtasidagi kuchlar nisbati o‘zgardi. Markazlashgan monarxiyalari ilgariroq yuzaga kelgan davlatlar XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning birinchi yarmida etakchilik qilishdi. Ushbu davlatlarda hukmron xonadonning sulolaviy manfaatlari nisbatan umumdavlat manfaatlariga omili ustunlik qilgan. Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, armiya va flotning ahvoli o‘ta muhim rol o‘ynardi.
XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning boshida G‘arbiy Evropada Fransiya etakchilik qilardi. Evropaning xalqaro xayotidagi yangi vaziyat Lyudovik XIV hukmronligining boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Fransiya tomonidan Evropada ustivorlikka intilishi bir qator urushlarni keltirib chiqardi - ki, ularda Evropaning ko‘plab davlatlari qatnashdi. Ular turli, lekin albatta Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga (ittifoqlarga) birlashishdi.
Fransiyaning Evropada tashqi siyosiy ustivorligining o‘rnatilishiga qator qulay sharoitlar yordam berdi. Angliyada Styuartlarning tiklanishidan so‘ng (1660 y.) Karl II va Yakov II muxolifat bilan kurashish uchun xorijdan, birinchi galda Lyudovik XIV-dan, yordam izlashni boshladilar. Fransiya ingliz qirollariga doimiy tarzda pul subsidiyalarini berardi. Shunday “moliyaviy diplomatiya” orqali Lyudovik XIV Angliyani qit’adagi faol siyosatdan 30 yilga (1688 yildagi davlat to‘ntarilishigacha) chetlatib qo‘ydi. O‘ttiz yillik urush Ispaniya va Avstriya Gabsburglarining an’anaviy yakdilligini yo‘qqa chiqardi. Gabsburglarning ikkala sulolasi ham XVII asrning ikkinchi yarmida jiddiy ichki qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan edi, Avstriyaning esa Usmoniylar imperiyasi bilan munosabatlari yana keskinlashdi. XVII asrning 60 - yillarida Usmoniylar imperiyasi Evropadagi egaliklarini kengaytirishga va G‘arb tomon yanada uzoqroqqa siljishga, Bolqon ortiga o‘tishga urinishlarini qaytadan boshladi.
Fransiya dastlabki ikki yirik urushini (1667 - 1668; 1672 – 1678 yy.) boy va sanoati rivojlangan Ispan Niderlandlari uchun olib bordi. “Golland urushlari” Lyudovik XIVga to‘la g‘alabani keltirmadi (ya’ni butun Ispan Niderlandlarining bosib olinishi), ammo Aaxen (1668y.) va Nimvegen (1679y.) tinchlik shartnomalariga ko‘ra Fransiya o‘z erlariga Janubiy Niderlandlarining qator shaharlarini (Lill, Valansen, Kambre va boshq), hamda Muqaddas Rim imperiyasining Fransh - Konte viloyatini qo‘shib oldi. Tinchlik imzolanganidan so‘ng Lyudovik XIV, turklarning Venaga solgan Yangi tahdididan foydalanib, 1681 yilda Elzas viloyatining markazi - Strasburg shahrini bosib oldi.
1684 yilda imperator Leopold I (1658 - 1705yy.) va Ispaniya qiroli Karl II (1665 - 1700yy.) Regensburgda Lyudovik XIV bilan shartnoma imzolashdi. Unda 20 yil yarash ahdi ko‘zda tutilgandi va Fransiyaning hududiy istilolari tan olindi.
Fransiyaning muvaffaqiyatlari 1686 yilda, Vilgelm III Oranskiy tashabbuskori bo‘lgan, Augsburg ligasi deb nomlangan mudofaa ittifoqining tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. Augsburg ligasi tarkibiga Gollandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Savoyya, Avstriya, ayrim nemis kurfyurstliklari va italyan davlatlari kirishdi. Ittifoqqa Rim papasi Innokentiy XI xomiylik qildi. Angliyada 1688 yilda ro‘y bergan “Shonli inqilob” natijasida Niderlandlar stautxauderining ingliz taxtiga o‘tirishi Angliyaning koalitsiyaga qo‘shilish uchun imkon yaratdi.
1688 yilda Lyudovik XIV deyarli butun Evropaga qarshi o‘zining uchinchi urushini boshladi. Harbiy harakatlar quruqlikda va dengizda olib borildi. Evropa maydonlarida g‘alabalarga erishgan Fransiya ingliz flotidan mag‘lubiyatlarga uchrardi. Urush 1697 yilda Risvik sulhining imzolanishi bilan yakunlandi. Hududiy jihatdan deyarli urushdan oldingi holat tiklandi. Fransiya faqat Strasburgni va imperiya bilan chegaradagi ayrim erlarni o‘zida saqlab qoldi. Fransiyaning eng katta siyosiy yon berishi - Vilgelm III Oranskiyni ingliz qiroli sifatida tan olishi edi.
Risvik sulhidan uch yil o‘tgandan so‘ng Lyudovik XIV o‘zining to‘rtinchi, oxirgi urushini - “ispan merosi”1 uchun urushni (1701-1714yy.) boshladi. Ispaniya taxtining bo‘shab qolganligi (ispan Gabsburglaridan bo‘lgan farzandsiz Karl II ning 1700 yilda vafotidan so‘ng) ushbu urushga bahona bo‘ldi.
Vilgelm III Oranskiy, imperator Leopold I, german knyazlarining ko‘pchiligi, Bryunderburg kurfyursti (1701 yildan Prussiya qiroli), Portugaliya, Savoyya Fransiyaga qarshi chiqishdi. Ispaniyadan tashqari, faqatgina Bavariya kurfyursti (unga Ispan Niderlandlari va Pfals va’da qilingandi) va Kyoln arxiepiskopi Lyudovik XIV ning ittifoqchilari bo‘lib qolishdi. Lyudovik XIV Fransiyaning an’anaviy ittifoqchisi - Shvetsiyadan katta umidlari bor edi. Shvedlar o‘sha davrda Evropadagi eng ilg‘or armiyaga ega edilar.
Ammo Shvetsiya Shimoliy urushda (1700 - 1721yy.) o‘ralashib qoldi va Fransiya hech qanday yordam bera olmadi.
Harbiy harakatlar asosan Italiya, Ispaniya, Niderlandlar, hamda Germaniya va Fransiyaning ular bilan chegaradosh hududlarida olib borildi. Fransiyani to‘la mag‘lubiyatdan uning dushmanlari lageridagi kelishmovchiliklar va ularning ichki qiyinchiliklari saqlab qoldi.
1713 yilda Utrexda tinchlik kongressi ochildi; unda Fransiya va Ispaniya, bir tomondan va Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya, hamda Portugaliya, ikkinchi tomondan, tinchlik shartnomalariga imzo qo‘yishdi. Ispaniyaga uning mustamlakalari qoldirildi, ammo Filipp V Burbon, o‘zida faqatgina ispan taxtini saqlab qolib, Fransiya tojiga bo‘lgan da’volaridan voz kechdi. Ersgersog Karlga (1711 yilda Karl VI nomi bilan Muqaddas Rim imperiyasining imperatori bo‘ldi) ispan taxtidan voz kechganligi evaziga Ispan Niderlandlari (Belgiya) va Italiyadagi barcha ispan erlari (Milan gersogligi, Neapolitan qirolligi, Sardiniya va boshq) berildi. 1714 yilda Utrext shartnomasiga Avstriya ham qo‘shildi (1714 yildagi Rashtatt shartnomasi). Angliya Pireneydagi Gibraltar qal’asini, Menorkadagi Maon portini, fransuzlarning Shimoliy Amerikadagi sobiq hududlarini (Nyufaundlend oroli, Kanadada avliyo Lavrentiy daryosining quyilish joyi), hamda ispan mustamlakalarida alohida savdo huquqlarini, shu jumladan “asiento”ni (qullar bilan savdo qilish huquqi), qo‘lga kiritdi.
Fransiya yirik tashqi siyosiy mag‘lubiyatga uchradi. Evropada Fransiyaning ustivorligi davri yakunlandi.

  1. asrning ikkinchi yarmida Shvetsiya Shimoliy va Sharqiy Evropada hukmronlik qilardi. Asrning birinchi yarmida Polsha Sharqiy Evropa masalalarida etakchilik qilgan bo‘lsa, O‘ttiz yillik urushi yillarida esa ushbu rolni Shvetsiyaga yaqqol berib qo‘ydi. Boltiq dengizida shvedlarning hukmronligi qo‘shni mamlakatlarning manfaatlariga zid kelardi. XVII asrning oxirida (1698 - 1699 yy.) rus podshosi Pyotr I (1682 - 1725 yy.), Polsha qiroli va Saksoniya kurfyursti Avgust II Kuchli (1697 - 1733 yy.) va Daniya qiroli Fridrix IV (1699 - 1730 yy.) o‘rtasida Shimoliy Ittifoq tuzildi. Keyinroq Prussiya ham unga qo‘shildi. 1700 yilning 3 iyunida Rossiya va Turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi Pyotr I-ga kuchlarni Shvetsiyaga qarshi kurash olib borish uchun mujassam etishga imkon berdi. Ittifoqchi monarxlar armiyalari shvedlar qiroli Karl XII-ga (1697 - 1718 yy.) qarshi harakatlar olib borishdi. Shimoliy urush boshlandi.

Urush uzoqqa cho‘zildi va omad u yoki bu tomonga o‘zgarib turdi. Urushning dastlabki bosqichida Karl XII o‘zining mohirona va ildam harakatlari bilan rus armiyasini Narva yonida (1700 y.) mag‘lub etdi va Daniya, Rech Pospolitaya va Saksoniyani urushdan chiqarib tashlashga erishdi. Rossiya yakka o‘zi urushni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Biroq, Karl Saksoniyada yo‘qotgan vaqtdan Pyotr I rus armiyasining jangovarligini mustahkamlash va Boltiq bo‘yida o‘rnashib olish uchun maksimal tarzda foydalandi.
Rus armiyasining Poltava jangidagi (1709 y.) va yosh rus flotining Gangut burnidagi (Xanko) (1714 y.) g‘alabalari urushning borishini batamom o‘zgartirib yubordi va Shimoliy ittifoqning tiklanishiga ko‘mak berdi. Biroq, shvedlarga qarshi koalitsiyani urushning oxirigacha saqlab qolishga imkon bo‘lmadi. Rossiyaning ittifoqchilari, Shvetsiya bilan separat bitimlarini birin - ketin tuzib, urushdan chiqib ketishdi. 1718 yilda Aland orollarida rus va shved vakillarining tinchlik kongressi ochildi. Ammo Karl XII ning vafoti sababli kongress to‘xtatildi va urush davom ettirildi.
1721 yilda Fransiyaning vositachiligida Nishtadt shartnomasi imzolandi. Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi Shimoliy urush tugadi. Ingermanlyandiya, Estlyandiya, Liflyandiya, Janubi - G‘arbiy Kareliya Rossiyaning ixtiyoriga o‘tdi. Rossiya Boltiq dengizi qirg‘oqlariga chiqdi.
Urush natijasida Shvetsiya buyuk davlat maqomini batamom yo‘qotdi. Rossiya qit’aning Shimolida va Sharqida ustunlik mavqeiga ega bo‘ldi.

  1. asrning o‘rtalarida Markaziy Evropada Avstriya va Prussiya o‘rtasida raqobat avj oldi. Ushbu raqobat umumevropa ko‘lamidagi ikki urushga olib keldi - “Avstriya merosi” uchun urushga (1740 - 1748 yy.) va Etti yillik urushga (1756 - 1763 yy.). Avstriya - Prussiya kurashiga Evropaning boshqa mamlakatlari aralashib ketishdi. Ushbu urushlar davomida harbiy harakatlar nafaqat Evropada, balki mustamlakalarda ham bo‘lib o‘tdi.

Imperator Karl VI ning 1740 yildagi vafoti “Avstriya merosi” uchun urushni boshlanishiga xizmat qildi. 1713 yil Pragmatik sanksiyasiga ko‘ra (ayol naslidan taxtga merosxo‘rlik qilish huquqi joriy etildi) taxtga imperatorning 23 - yoshlik qizi Mariya Tereziya o‘tirdi. Ammo, o‘zlarining majburiyatlariga zid tarzda, Mariya Tereziyaning huquqlariga nisbatan da’volarini nafaqat Prussiya va Fransiya, balki Bavariya, Ispaniya, Savoyya ham bildiradi. Bavariya kurfyursti esa hattoki Avstriya taxtiga da’vogarlik qildi. Urushni Sileziyani bosib olgan Prussiya boshladi. G‘arbdan mamlakat hududlariga Karl Albert Bavarskiy o‘z qo‘shinlari bilan bostirib kirdi. Gabsburglarning raqiblari uni Chexiya qiroli va Rim imperatori etib saylashdi (Karl VII; 1742 - 1745yy).

  • Sileziyaning bosib olinishi Prussiyaga qarshi ittifoq tuzilishini tezlashtirdi. Unga turli sharoitlar ostida va turli davrlarda Avstriya, Rossiya, Angliya, Niderlandiya, Saksoniya va Sardiniya kirgandi. Aksincha, Fransiya va Ispaniya Prussiya bilan ittifoq tuzishdi va German millatiga tegishli Muqaddas Rim imperiyasining tojini egallashga qaratilgan Bavariya kurfyurstining intilishini qo‘llab- quvvatlashdi.

Vengriyaning harbiy yordami tufayli Mariya Tereziya bavariyaliklarni tez orada mag‘lub etishga va turmush o‘rtog‘i Frans Lotaringskiyga Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonini (Frans I; 1745 – 1765) qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, garchand Sileziya Fridrix II ning qo‘lida qolgan bo‘lsa ham. “Avstriya merosi» uchun urushni yakunlab bergan Aaxen sulhiga (1748y.) ko‘ra Mariya Tereziya Parma va Pyachensani ham yo‘qotdi. Lekin shu bilan bir qatorda Pragmatik sanksiyaning Evropa tomonidan tan olinishiga erishdi. Fransiya Avstriyaga Niderlandlarda egallab olgan erlarni, Angliyaga esa Hindistondagi Madrasni va Amerikadagi ayrim hududlarni qaytarib berdi.
Urush natijalari uning qatnashchilarini qoniqtirmadi. Prussiyaning Evropada buyuk davlatga aylanishi, Avstriyaning Sileziyani qaytarishga intilishi, hamda ingliz - fransuz raqobatining keskinlashi yangi urushning kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘ydi. Buyuk davlatlar zo‘r berib ittifoqchilarni qidira boshlashdi. Natijada “diplomatik inqilob” nomini olgan mamlakatlarning sezilarli qayta guruhlashishi ro‘y berdi.
Angliya Prussiya bilan ittifoq tuzdi. Bunga javoban Rossiya, Avstriya va Fransiya o‘zlarining koalitsiyasini barpo etishdi -ki, unga Shvetsiya va Saksoniya, hamda Ispaniya (1761yilda) qo‘shildi.
Etti yillik urush (1756 - 1763yy.) Fridrix II ning Saksoniyaga hujumi (“preventiv urushi”) bilan boshlandi. Evropada Fridrix II fratsuzlar va avstriyaliklarni og‘ir mag‘lubiyatga uchratdi (Rosbax yonidagi jang; 1757y.). Biroq, rus armiyasining urushga Kirishi Prussiyaning mag‘lub bo‘lishini muqarrar qilardi. Rus qo‘shinlari sharqiy Prussiya va Pomeraniyani egallashdi, Gros-Egersdorf va Kunersdorfda yirik g‘alabalarga erishib (1759y.), berlin shahrini vaqtinchalik qo‘lga kiritishdi (1760 - 1761y.). Faqat Elizaveta Petrovnaning vafoti va taxtga Pyotr III ning o‘tirishi Prussiyani halokatdan saqlab qoldi. Fridrix II ning shaydosi bo‘lgan Pyotr III 1762 yilda nafaqat sulh tuzdi, balki Prussiyaning ittifoqchisiga aylandi.
“Mustamlakachilik maydonida” mutlaqo o‘zgacha manzara hosil bo‘ldi. Bu erda Angliya Fransiya va Ispaniya ustidan to‘liq g‘alabaga erishdi. Inglizlar 1759 yilga kelib Kanadani va 1761 yilda Pondisherni (Hindistonda) egallashdi. 1763 yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya o‘rtasida imzolangan Parij tinchlik shartnomasi, hamda Avstriya, Fransiya va Prussiya o‘rtasida imzolangan Gubertusburg shartnomasi urushga yakun yasashdi. Prussiya va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik bitimi taxtga Ekaterina II ning o‘tirishi bilanoq bekor qilindi (iyun 1762y.). Shartnomalarga ko‘ra, Fransiya Kanadani va Shimoliy Amerikadagi boshqa erlarni yo‘qotdi. Bundan tashqari, fransuzlar faqatgina beshta shaharni o‘zida saqlab qolgan holda, Hindistondan ham voz kechishga majbur bo‘lishdi.
Ispaniya Floridani Angliyaga topshirganligi evaziga Fransiyadan G‘arbiy Luizianani va tovon pulini oldi. Angliya Fransiyaga Sen - Per va Mikelon orollarini topshirdi, ammo Menorkani qaytarib oldi. Avstriya Sileziyani batamom yo‘qotdi. Prussiya esa Saksoniya kurfyurstiga uning erlarini qaytarib berdi.
Etti yillik urush xalqaro munosabatlar tartibida qandaydir tub o‘zgarishlarga olib kelmadi. Rech Pospolitaya va Usmoniylar imperiyasining zaiflashuvi yangi omilga aylanib bordi.
XVII asrning oxirigacha Usmoniylar imperiyasi Evropa uchun haqiqiy tahdid sifatida gavdalanardi. Lekin, XVIII asrning boshida Usmoniylar imperiyasining xalqaro munosabatlar tizimidagi mavqei tub tarzda o‘zgardi: mamlakat ichki inqirozni va qo‘shni davlatlar bilan kurashdagi harbiy muvaffaqiyatsizliklarni boshidan kechirdi. Ayniqsa, bu holat Rossiya bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ko‘zga tashlandi. Pyotr I ning Shimoliy urush davrida Turkiya bilan bo‘lgan kurashdagi mag‘lubiyati (Prut bitimi; 1711y.) sultonlarning oxirigi harbiy g‘alabasi bo‘ldi. Keyingi rus - turk urushlari (1735 - 1739; 1768 - 1774; 1787 - 1791) Turkiyaning yirik harbiy - diplomatik mag‘lubiyatga olib keldi. Natijada imperiya Qora dengiz bo‘yidagi shimoliy hududlarni (Janubiy Ukraina, Qrim, Shimoliy Kavkaz oldi) yo‘qotdi, Rossiya esa iliq dengizlarga chiqishga ega bo‘ldi.
Shimoliy urush yakunlaganidan so‘ng va Rossiya Boltiq dengizi sohillariga chiqqanidan keyin Fransiya va Angliya Turkiya, Rech Pospolitaya va Shvetsiyadan iborat bo‘lagn “sharqiy to‘siqni” barpo etishni boshlashdi. Maqsad - Rossiyaning xalqaro mavqeini pasaytirish edi. Ruhlantiruvchisi Fransiya bo‘lgan “sharqiy to‘siq” tizimiga javoban Rossiya XVIII asrning 60 - yillarida “janubiy davlatlarga” (Fransiya, Avstriya, Turkiya, Neapolitan qirolligi) qarshi yo‘naltirilgan “shimoliy tizimni” (Prussiya va Daniya bilan harbiy ittifoqlar, Angliya bilan 1766 yildagi savdo shartnomasi) barpo etdi.
Sharqiy masala bilan bir qatorda XVIII asrning 70 - 90chi yillarida xalqaro munosabatlarda Polsha masalasi katta o‘rin egalladi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib Rech Pospolitaya hududiy jihatdan Evropaning eng yirik davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Biroq, XVIII asrda mamlakat chuqur ichki inqirozni boshidan kechirardi. Polyak erlariga Prussiya va Avstriya da’vogarlik qilardi, Rossiya esa g‘arbiy belorus va ukrain erlarini o‘ziga qaytarmoqchi edi. Fransiyada ichki siyosiy inqiroz avj olganligi, Angliya 70 - 80 chi yillarda Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari bilan olib bolgan urushda o‘ralashib qolganligi, hamda Usmoniylarning Evropaga tahdidi bartaraf etilganligidan foydalanib Rossiya, Prussiya va Avstriya 1772, 1793 va 1795 yillardagi bo‘lib olishlardan so‘ng Rech Pospolitayaning erlarini o‘zaro bo‘lib olishdi

  • polyaklar davlati Evropaning siyosiy xaritasidan o‘chirildi.

Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalarining o‘z mustaqilligi uchun kurashi xalqaro maydondagi kuchlarning tartiblanishiga ma’lum o‘zgarishlar kiritdi. Shimoliy Amerikada Mustaqillik uchun urush (1775 – 1783 yy.) va AQSHning tashkil topishi Evropa davlatlarini jadal harakatlarga undadi. Fransiya 1778 yilda Angliyaga urush e’lon qildi. Keyingi yilda unga Ispaniya qo‘shildi, 1782 yilda esa Gollandiya ham Angliyaga urush e’lon qildi. Fransuzlarning eskadralari va qo‘shinlari Amerikaga yuborildi. Fransuzlar inglizlarga qarshi harbiy operatsiyalarni Hindistonda boshlashdi, ispanlar esa Gibraltarni qamal qilishdi. Angliya kuchlarini yoyib yuborishga majbur edi, hamda dengizdagi ustunlikdan mahrum bo‘ldi. Urushning natijasi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq edi.
Rossiyaning munosabati ham AQSHga qulay keldi. 1780 yilda Rossiya qurollangan betaraflikni e’lon qildi va o‘zining homiyligida qurollangan dengiz betarafligi davlatlarining Ligasini (Rossiya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya, Prussiya, Avstriya, Portugaliya, ikkala Sitsiliya qirolligi) tuzdi. Betaraflar Liganing barpo etilishi Angliyaning xalqaro yakkalab qo‘yilishini yakunladi va “shimoliy tizim”ning barbod bo‘lishini keltirib chiqardi.
Shimoliy Amerikadagi urush 1783 yilda Versal shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi. Angliya AQSHning mustaqilligini tan oldi.
Shimoliy Amerikada urush tugaganidan so‘ng Angliya darhol “sharqiy to‘siq” g‘oyasiga qaytadi. Prussiyaning ushbu tizimga kiritilishi (1786-yildagi Angliya - Prussiya ittifoqi) yangilik sifatida ko‘riladi. Angliyaning Prussiya bilan yaqinlashuviga javoban Rossiya Avstriya bilan ittifoq tuzdi (1781 - 1790). Inglizlar esa ko‘plab subsidiyalar hisobiga shvedlar qiroli Gustav III-ni Rossiya bilan yangi urush boshlashga (1788y) undashdi. Lekin bu urush ham Rossiyaning g‘alabasi bilan yakunlandi. 1790 yilda imzolangan Varel sulhi Shimoliy urush natijalarini tasdiqladi. XVIII asrning oxirgi o‘n yilligida xalqaro munosabatlar maydonida Fransuz inqilobining boshlanishi bilan bog‘liq umumiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Fransiyaga qarshi kurash Evropa davlatlari orasida yirik qayta guruhlanishni keltirib chiqardi. Ular Fransiyaga qarshi ittifoqlar tuzishni boshlashdi. 1792 yildan (ushbu yilda Fransiyaga qarshi birinchi koalitsiya tuzildi) xalqaro munosabatlarda yangi davr - inqilobiy va Napoleon urushlari davri - boshlandi.
XVII - XVIII asrlar xalqaro munosabatlarning muhim yo‘sini sifatida mustamlakachilik masalasi gavdalandi. “Eski” mustamlakachi davlatlari hisoblanmish Ispaniya va Portugaliyaga qarshi Angliya va Gollandiya kabi “yosh” davlatlar chiqishdi, Fransiya ham savdo - mustamlakachilik raqobatida faol qatnashdi. Mustamlakalar uchun kurash Yangi Dunyoda (Amerika), Janubi - Sharqiy Osiyoda, Hindistonda, G‘arbiy Afrikada bo‘lib o‘tdi.
Mustamlakalarning bosib olinishi va talanishi metropoliya mamlakatlarida boyliklarning ulkan jamg‘arilishiga, manufaktura ishlab chiqarishning o‘sishiga ko‘maklashdi.
Davlatlar xomiyligidagi monopol savdo kompaniyalarning faoliyati ushbu davrning tavsifiy xususiyati edi. XVII - XVIII asrlardagi mustamlakachilik siyosati Evropa davlatlari o‘rtasidagi shiddatli raqobat bilan ifodalanardi. Ushbu raqobat ko‘plab harbiy to‘qnashuvlarga - mustamlakalarda va savdoda ustunlik qilish uchun olib borilgan “savdo urushlari”- ga (ingliz - golland, fransuz - golland, ingliz - fransuz urushlari va boshq) zamin yaratib berardi.
Savdo urushlari dunyoning turli chekkalarida olib borildi-ki, ular davomida har bir mustamlakachi davlat mustamlakalar bilan savdoni monollashtirishga intildi. Alohida mamlakatlarning mustamlakachilik imperiyalarini shakllantirishiga bir qator omillar ta’sir etdi: metropoliya mamlakatining ijtimoiy - iqtisodiy qiyofasi, zabt etilgan mamlakatlarda aholining zichligi va rivojlanish darajasi, sarmoyalarning vujudga kelayotgan jahon bozori va boshq.

1789 yilda Fransiyada Lyudovik XVI absolyut monarxiyasining qulashiga olib kelgan inqilob ro‘y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan butun Evropani harakatga keltirdi. 1791 yil 27 avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida Avstriya va Prussiya o‘rtasida deklaratsiya imzolandi, 1792 yilning 7 fevralida esa – Fransiyaga qarshi harbiy ittifoq. Shu tariqa Fransiyaga qarshi Evropa davlatlarining birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi.


Fransiyaning o‘zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi. Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis “Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o‘tirmasdan, Avstriyaga urush e’lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avstriya bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi Fransiyaga bostirib kirdi va bir qator qal’alarni ishg‘ol etdi. Biroq, Fransiya qurollanmoqda va safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792 yilning 20 sentyabridayoq fransuzlar Valmi qishlog‘i yonida pruslarning hujumini qaytarishdi. Ushbu jangdan so‘ng, Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiyani, Reyn daryosining chap sohilini, Nitssani, Savoyyani egalladi. Ushbu erlarning bir qismi Fransiyaga qo‘shib olindi. Ammo qirolning qatl qilinishi Evropa monarxlarini hayajonga soldi. Koalitsiyaga Angliya va Ispaniya qo‘shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatilishi bilan, fransuz qo‘shinlari 1794 yilning boshiga kelib o‘z davlatining erlarini interventlardan tozalashga erishdi va urush dushman hududlariga ko‘chirildi. Iyun oyida Fleryus qishlog‘i (Belgiya) yonida fransuzlar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor - mor etishdi. Koalitsiya (ittifoq) mag‘lubiyatga uchradi.
Fransiyaning o‘zida esa 9 termidor aksilinqilobiy to‘ntarilishi ro‘y berdi, yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Direktoriyaning o‘rniga Napoleon Bonapart keldi va o‘zining yakka hokimiyatini o‘rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan bozorlarga va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib borildi.
Shuni ta’kidlash lozim-ki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy maqsadi

  • Evropada Fransiyaning ustunligini o‘rnatish uchun kurash edi. Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar - Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya - nafaqat fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o‘zlarining maqsadlariga ham ega edilar. Lekin XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning markazida Angliya va Fransiya o‘rtasidagi raqobat turardi.

1800 yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab ketdi. 1801 yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya, Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi.
1802 yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. Uning bandlariga ko‘ra Fransiya va Angliya Evropada yuzaga kelgan tartibni saqlash majburiyatini oldilar. Biroq tinchlikning umri qisqa bo‘ldi. Va 1803 yilda harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805 yilda Evropa davlatlarining uchinchi koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan qirolligi kirdi.
1805 yil 21 oktyabrda Trafalgar burni yonidagi jangda admiral Nelson qo‘mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz - ispani flotini mag‘lub etganidan so‘ng, Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805 yilning oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo‘ldi va fransuz qo‘shinlari Venaga kirib kelishdi.
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806 yilda Napoleon protektorati ostida 16 german davlatidan iborat Reyn ittifoqi tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas Rim imperiyasi yo‘q qilindi.
1806 yilda Fransiyaga qarshi to‘rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin o‘sha yilning o‘zida Yena va Auershtedt yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor - mor etildi. 1806 yilning oktyabrida Bonapart Berlinga kirib keldi va bu erda, Evropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to‘g‘risidagi dekretni imzoladi (1806 yil 21 noyabr). Dekretga ko‘ra butun Fransiyada va unga qaram bo‘lgan mamlakatlarda Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi.
O‘zining asosiy vazifasini - Angliyani tor - mor etish va Fransiyaning gegemoniyasini o‘rnatishni - Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish yo‘li orqali xal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807 yil 7 iyul) binoan Rossiya Evropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlarni tan oldi va kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. Shu erning o‘zida Fransiya - Prussiya tinchlik shartnomasi ham imzolandi-ki, unga ko‘ra Prussiya davlati qisqartirilgan ko‘rinishda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi.
1808 yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida, Napoleon Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809 y.) va uning tarkibiga faqat Angliya va Avstriya kirdi. 1809 yilning iyulida Vagram yonidagi jangda fransuzlar armiyasi avstriyaliklarni mag‘lub etdi. O‘sha yilning oktyabr oyida Shenburunn tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan Avstriya hududlari qisqartirildi. Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda engilgan davlat tomonidan g‘olib davlatga to‘lanadigan tovon) to‘lashi va kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shilishi majbur edi.
1812 yilning boshiga kelib Fransiya - Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo‘ldi. Urush 1812 yil 24 iyunda boshlandi. 26 avgustda bo‘lib o‘tgan Borodino jangida fransuzlarning talafoti 60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo‘lsa ham, lekin o‘z jangovarligini saqlab qoldi. 1812 yilning 14 sentyabrida fransuzlar Moskvaga kirib kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812 yilning 12 oktyabrida Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik Bonapartning o‘zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo‘nab ketdi. Fransuzlar armiyasining Rossiyadagi mag‘lubiyati “engilmas” Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.
1813 yilning bahorida Fransiyaga qarshi oltinchi kaolitsiya tashkil etildi. Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya mamlakatlari kirdi. Hal qiluvchi jang 1813 yil 16 - 19 oktyabrda Leypsig shahri yonida ro‘y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag‘lub bo‘ldi va Reyn daryosi ortiga chekindi.
1814 yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to‘la tor - mor qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to‘g‘risidagi Shomon shartnomasini imzolashdi.
31 martda ittifoqchilar Parijga kirib kelishdi. Napoleon o‘z o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq, senat va Evropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg‘a qilindi. 1814 yil 30 mayda Parijda tinchlik qo‘shinlaridan foydalanishni taklif etdi. Ushbu masala bo‘yicha munozaralardan davlatlarning ichki ishlariga aralashishga qaratilgan aksilinqilobiy doktrinani qonunlashtirdi. 1821 yil 12 mayda uch davlat (Avstriya, Rossiya, Prussiya) monarxlari Muqaddas ittifoqning butun dunyoda inqilobiy harakatlar bilan ochiqdan - ochiq harbiy kurash olib borish to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishdi.
Muqaddas ittifoqning uchinchi kongressi Verona shahrida 1822 yilning okryabrida inqilobiy Ispaniyaga qarshi harbiy intervensiyani tashkil etish uchun to‘plandi. Rossiya, Avstriya va Prussiya yakdillik bilan harakat qilishdi. Veronada Fransiya ham ularga qo‘shildi. Ammo Angliya o‘zgacha nuqtai nazarga ega edi. Verona kongressining boshlanishi Yaqin Sharqda ingliz - rus ziddiyatlarning keskinlashishiga to‘g‘ri keldi. Angliya - Fransiya raqobati ham, qaytadan boshlandi- ki, bu ayniqsa Pireney yarimorolida va Lotin Amerikasida ko‘zga tashlandi.
Veronadagi kongress asosiy e’tiborni Pireneydagi inqiloblarga qaratdi. Muqaddas ittifoq ishtrokchilari inqiloblarni Fransiya kuchlari vositasida bostirish qarorini qabul qilishdi. Bunga faqat Angliya qarshi chiqdi. 1823 yilning bahorida fransuzlarning ekspeditsion korpusi Pireneylarni kesib o‘tdi va 1823 yilning may oyida Madridni egalladi. Inqilob bostrildi. Pentarxiya tomonidan amalga oshiriladigan muvofiqlashtirilgan harkatlardan Angliyaning chetga chiqishi jiddiy oqibatlarga ega edi; bunday holat Evropani separat itifoqlariga bo‘linib ketishiga olib kelardi.
1848 - 1849 yillar inqiloblari “ 1815 yil traktatlari” ni (shartnoma, bitim ma’nosida) qo‘riqlash va “inqilobiy ruh” bilan kurashish bo‘yicha besh buyuk davlatning birgalikdagi harakatlarini nazarda tutgan “Vena tizimi” ning tamoyillariga yangi zarba berdi. Angliya boshqa buyuk davlatlar bilan umumiy siyosat yuritishda chetga chqib bo‘lgandi 30-yillarda shunga o‘xshash siyosatni Fransiya ham olib bordi. Prussiya va Avstriya hukmron doiralarining ruhi esa 1848 - 1849 yy. inqiloblari natijasida tushib ketgandi.
40 - yillar inqiloblaridan so‘ng Germaniyada keskinlashib ketgan Prussiya - Avstriya raqobati Muqaddas ittifoqning oxirgi tayanchi – Rossiya, Prussiya va Avstriya monarxlarining ittifoqchiligiga tarqab ketish tahdidini soldi. 1850 yilda Germaniyada raqobatning qaytadan o‘t olishi natijasida Avstriya - Prussiya urushi boshlanib ketishga sal qoldi. Biroq, Prussiya yon berishga majbur bo‘ldi. 1850 yilda Olmyusda Prussiyaning to‘la mag‘lubiyatini anglatgan Avstriya -Prussiya bitimi imzolandi. 1851 yilda Drezden shahrida umumgerman seymi (parlamenti) Avstriya boshchiligidagi German ittifoqini tikladi.
20 - 30 va 40 chi yillarda ro‘y bergan inqiloblar XIX asrning o‘rtalariga kelib “Vena tizimi”-ning asoslarini qo‘porib tashladi va uning chuqur inqirozini keltirib chiqardi.
Napoleon urushlaridan so‘ng sharqiy masalaning birinchi keskinlashishi yunonlar qo‘zg‘oloni (1821 y.) bilan bog‘liq edi. Yunonistonda turk sultoni hokimiyatiga qarshi inqilobning dastlabki muhokamasi Muqaddas ittifoqning Verona kongressida (1822 yil oktyabr - dekabr) bo‘lib o‘tdi va hech qanday natija bermadi. Biroq vaziyat o‘zgardi. Sharqiy masala bo‘yicha inglizlarning harakatlari rus diplomatiyasini faollashtirdi. Rossiya yunon - turk to‘qnashuviga ittifoqchi davlatlarning birgalikdagi aralashishiga erishmoqchi edi. Ammo Rossiyaning urinishlari Angliya va Avstriyaning qarshililigiga uchradi. Biroq, Angliya o‘z manfaatlari yo‘lida yunon masalasi bo‘yicha Rossiya bilan ikki tomonlama kelishuvga (1824 yilning 4 aprelida imzolangan Peterburg protokoli) bordi. Ushbu kelishuvga ko‘ra Yunoniston muxtoriyatga ega bo‘lishi va Turkiyaga har yili o‘lpon to‘lashi lozim edi. Angliya esa yunon - turk ixtilofida vositachilik qilishi nazarda tutilgandi.
Sulton bunga rad javobni berdi va keng qamrovli harbiy harakatlarni boshladi. 1827 yilning iyunida Londonda yunon masalasi bo‘yicha Angliya, Rossiya va Fransiya o‘rtasida bitim imzolandi. Ittifoqchilavr urushga kirdilar va 20 oktyabrda Navarin yonidagi jangda turk - misr flotini tor - mor etdilar.
1828 yil may oyida Rossiya Turkiyaga urush e’lon qildi va g‘alabaga erishdi. 1829 yil 14 sentyabrda Andrianopol shartnomasi imzolandi. Unga binoan Serbiya, Valaxiya va Moldovaning muxtoriyatiga ega bo‘lish huquqlari tasdiqlandi. Rossiya Qora dengizda, Kavkazda va Kavkaz ortida mustahkam o‘rnashib oldi. Turkiyaning xristian aholisidan iborat qator erlari (Kars va boshq) Rossiya tasarrufiga o‘tdi. 1830 yil 3 fevralda Londonda Bolqonda yunon qirolligini barpo etish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.
Biroq, Usmoniylar imperiyasining ichkarisida sulton hokimiyatiga qarshi Misr podshosi bosh ko‘tardi. Bu 1832 yilda Suriyaning egallanishi bilan boshlandi; 1833 yilda Misr qo‘shinlari Koniya yonidagi jangda sulton armiyasini mag‘lub etishdi. Sulton yordam so‘rab Angliya, Fransiya va Rossiyaga murojaat qildi. Ko‘mak faqat Rossiyadan keldi. 1833 yil 8 iyulda Unkyar - Iskelesida rus-turk shartnomasi imzolandi. Unda, misrliklarning Yangi bosqini ro‘y bergan taqdirda Rossiya Turkiyaga harbiy yordam berishi kafolatlangandi. Buning evaziga Maxmud II rus savdo va harbiy kemalarini bo‘g‘ozlardan o‘tkazish majburiyatini oldi.
Angliya va Fransiya ushbu shartnomani Qora dengiz bo‘g‘ozlariga oid boshqa bitim bilan almashtirishga harakat qilishdiki, bu erda ularning ta’siri ustunlikka erishish lozim edi. Angliya Turkiya va Misr o‘rtasida 1839 yilda Yangi urushning boshlanishiga erishdi. Ushbu urushda turklar to‘la mag‘lub bo‘ldilar. Sulton inglizlar ta’siri ostiga ko‘proq tushib bordi. Shu tariqa Usmoniylar imperiyasining hududiy yaxlitligi va Qora dengiz bo‘g‘ozlarining xalqaro huquqiy tartibga oid buyuk davlatlarning birgalikdagi kafolatlar to‘g‘risidagi London konvensiyalari (1840 - 1841 yy.) paydo bo‘ldi.
Sharqiy masalining keskinlashishiga oid keyingi bosqich Qrim urushi (1853 - 1856 yy.) bilan bog‘liqdir. Urushga bahona - Rossiyaning Turkiyadagi pravoslav xristianlariga va “Muqaddas joylar” ga (“Iso payg‘ambar qabri”) homiyligi edi. 1853 yil yanvar oyida Rossiya Turkiyaga ultimatum talabini qo‘ydi. Turkiya uni rad etdi. 1853 yilning oktyabrida Turkiya Rossiyaga urush e’lon qildi. 1853 yil 30 noyabrda Turklar floti Sinop ko‘rfazida admiral Naximov tomonidan cho‘ktirildi. Rossiyaning ushbu g‘alabasidan so‘ng, Angliya va Fransiya birgalikda harakatlar olib borish to‘g‘risida kelishib olishdi va 1854 yilning boshida o‘z eskadralarini Qora dengizga kiritishdi. 1854 yilning sentyabrida fransuz-ingliz-turk qo‘shinlari Qrimga tushirildi.
Urush natijasida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. 1856 yil 30 martda Parijda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra Rossiya Qora dengizda harbiy flotga ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ldi. Aslini olganda, ushbu shartnoma “Vena tizimi” ning batamom barbod bo‘lganligini va Rossiya Evropa masalalariga nisbatan avvalgi ta’sirini yo‘qotganligini anglatardi.
Italiya va Germaniyadagi birlashish jarayoni “Vena tizimi” qulaganligining natijalaridan biri bo‘ldi. Modomiki Sardiniya qirolligi va Prussiyaning hukmron doiralari ushbu harakatni “yuqori” dan amalga oshiriladigan birlashtirish sifatida tasavvur qilishar ekan, ular bitta yoki bir necha buyuk davlatning ko‘magiga muhtoj edilar. Bunday siyosat ushbu mamlakatlardagi birlashish jarayonlarini xalqaro qarama - qarshiliklar ob’ektiga, diplomatik savdolashish va siyosiy murosalar mavzuiga aylantirishi muqarrar edi.
1861 yilda Sardiniya qirolligi atrofida aksariyat italyan erlarining birlashtirilishi Prussiyaning rejalari va niyatlari uchun o‘rnak, misol bo‘larli hodisa edi. XIX asrning 60 yillaridagi xalqaro vaziyat ham Germaniya davlatini barpo etish uchun qulay keldi. 1863 yilda Polshada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1863 yilning yanvar oyida Prussiya va Rossiya qo‘zg‘olonchilariga qarshi birgalikda harakat qilish to‘g‘risidagi mahfiy konvensiyani imzolashdi. 1866 yilda Prussiya Avstriyaga qarshi urush olib bordi. Avstriya va Prussiya o‘rtasida imzolangan Praga sulhiga (1866 y. 24 avgust) binoan Avstriya boshchiligidagi German ittifoqi yo‘q qilindi. Uning o‘rnida yuzaga kelgan Shimoliy Germaniya ittifoqi Prussiya boshchiligida kuchli davlatni barpo etardiki, uning chegaralaridan tashqarida janubiy german davlatlari (Bavariya, Vyurtemberg, Baden va boshq) qolgan edi.
Vena tartiblari batamom ko‘mib tashlandi.
Evropa davlatlarining Amerika masalalariga faol aralashishi Meksikaga nisbatan harbiy intervensiyani amalga oshirish bilan boshlandi. Ushbu mamlakatda 1854 - 1860 yillarda inqilob ro‘y bergandi. 1861 yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya Meksikaning Atlantika sohillarini preventiv1 tarzda harbiy okkupatsiya qilish to‘g‘risida konvensiya tuzishdi. Ushbu harakat Meksika qarzlarining to‘planishini ta’minlaydigan kafolat sifatida e’lon qilindi. 1861 yil dekabr oyida Meksika qirg‘oqlariga avval ispan, keyin esa ingliz va fransuz qo‘shinlari tushirildi. Biroq Napoleon III Meksikani Fransiya protektorati ostidagi “lotin imperiyasi”-ning tayanch nuqtasiga aylantirish rejalariga ega edi. Lekin Fransiyaning Yangi Dunyoda kuchayishi Angliya va Ispaniyaning niyatlariga to‘g‘ri kelmasdi. 1862 yilning fevralida ular o‘z qo‘shinlarini Meksikadan olib chiqishdi va Xuares hukumati bilan qarzlarni to‘lanishini kechiktirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Ammo Fransiya Angliya va Ispaniyadan o‘rnak olmadi va uzoqqa cho‘zilgan Meksika avantyurasiga (hatarli, qaltis ish) aralashib ketdi. Natijada Fransiya 1867 yilda mag‘lubiyatga uchradi.
1862 yilda AQSH ga nisbatan qurollangan intervensiya tahdidi yuzaga keldi. Garchand Angliya 1861 yilda shimol va janub o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘zining betarafligini e’lon qilgan bo‘lsa ham, amalda janubliklarni qo‘llab-quvvatladi, Konfederatsiya tomonida turib fuqarolar urushida bevosita qatnashishga tayyorgarlik ko‘rgan holda. Fransiya ham Yangi Dunyo ishlariga qurol bilan aralashishga intilmoqda edi. Biroq Rossiya 1862 yilning noyabrida shimolliklarga qarshi intervensiyada qatnashishni rad etdi. Napoleon III ning shimolliklarga nisbatan bo‘lgan maqsadlari Evropa va Amerika demokratik jamoatchiligi orasida katta g‘azablanishni keltirib chiqardi. Bu holat ham yuzaga kelgan vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Evropa davlatlarining AQSH ishlariga qurolli aralashish rejasi barbod bo‘ldi.
XIX asr 60 - yillarning oxirida Fransiya imperiyasi inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Mamlakat ichkarisida respublikaning o‘rnatilishini talab qilgan muholifat kuchaymoqda edi. Napoleon III hokimiyati mustahkam emasdi. Ushbu sharoitda Fransiyaga g‘olibona urush zarur edi. Bismark ham tezroq urush bo‘lishni xohlardi. CHunki Germaniyaning g‘alabasi natijasida janubiy german erlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Shimoliy Germaniya ittifoqiga, qo‘shilishi ya’ni Prussiyaga qo‘shilishi mumkin edi. Biroq kansler urushni Fransiya boshlashini xohlardi. Va Napoleon III Bismarkning ushbu tuzog‘iga tushdi.
1868 yilda Ispaniyada inqilob boshlandi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochdi. Fransiya imperatorining xotini ispaniyalik ayol bo‘lganligi sababli Izabellaga taxtni qaytarib olishda yordam bermoqchi bo‘ldi. Lekin buning imkoniyati yo‘q edi, Evropada ispan toji uchun kurash boshlandi.
Napoleon III Ispaniya taxtiga shahzoda Ferdinand Saksen - Kaburskiyni o‘tkazib, do‘stona munosabatdagi Ispaniyaga ega bo‘lishni rejalashtirgandi. Bismark esa, Fransiyaning kuchayishidan qo‘rqib, ispan tojini qirol Vilgelmning qarindoshi bo‘lgan shahzoda Leopold Gogensollernga topshirishga intildi.
Voqealar 1870 yilning yozida avj oldi. Vilgelm I ning huzuriga kelgan Fransiya elchisi Leopold Gogensollernning nomzodini ispan tojiga da’vogarlikdan olib tashlashni taklif etdi. Vilgelm, Bismarkdan farqliroq, urushdan xavfsirab iltimosni bajarishni va’da qildi. Ammo masalani tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligi Ikkinchi imperiya hukumatini qoniqtirmasdi. Fransiya elchisi Benedetti ikkinchi marotaba kayzer bilan uchrashdi va undan kelgusida qirol ispan taxtiga Gogensollernlar sulolasidan bo‘lgan shahzodaning nomzodini qo‘llab - quvvatlamasligi to‘g‘risida yozma ishontirshnoma berishni talab qildi. Vilgelm bunday va’dani bermadi, lekin ushbu masala bilan Emsdan Berlinga qaytib kelganida shug‘ullanishini aytdi. Biroq bunday qaror ikkala tomonga ham to‘g‘ri kelmasdi.
Bismark harbiy vazir Roon va bosh shtab boshlig‘i Moltke bilan kengashib oldi. U, armiya urushga tayyor ekanligini bilgach, Vilgelm I va fransuz elchisi o‘rtasidagi uchrashuv haqida soxta ma’lumotlarni gazetalarga etkazdi, go‘yoki qirol elchiga orqasini o‘chirib oldi va u bilan hatto gaplashmadi. Ushbu xabar butun Evropaga tarqaldi. Prussiya elchisi Berlinga qaytarib chaqirib olindi. Parijda xavotir oshib bordi.
1870 yil 19 iyulda Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi. Angliya va Rossiya masalani tinch yo‘l bilan hal etish uchun xalqaro konferensiya chaqirishni taklif etishdi. Napoleon III urushda o‘ziga ittifoqchi qilib olmoqchi bo‘lgan Italiya va Avstro - Vengriya davlatlarining hukumatlari “qurollangan vositachilik” pozitsiyasini egallashdi. Ular avval Fransiyaning g‘alabasiga ishonch hosil qilib, keyin esa Prussiyaga qarshi harakatlarni boshlashga umid bog‘lashgandi. Lekin Fransiya imperatori urushga intilmoqda edi.
Biroq birinchi janglar Fransiyaga ayanchli mag‘lubiyatlarni keltirdi. 1 sentyabrda Sedan yonidagi jangda fransuzlar tor - mor etildi. 2 sentyabrda Napoleon III oq bayrog‘ni ko‘tarishni buyurdi va taslim bo‘ldi. Ikkinchi imperiya tugadi. Fransiyada inqilob boshlandi.
1870 yil 27 oktyabrda marshal Bazen qo‘mondonligidagi fransuzlar armiyasi ham taslim bo‘ldi. Nemis qo‘shinlari Parij tomon harakatlanishdi va uni 1871 yilning yanvarida qurshab olishdi. Fransiyaning Muvaqqat hukumati mamlakatni, kamsitadigan shartlar asosida, Prussiya bilan yarash ahdini tuzdi. 26 fevralda Ter va Bismark tinchlik bitimini imzolashdi-ki, unda Elzas va Lotaringiyani Germaniyaga berilishi, hamda 5 milliard frank miqdorida kontributsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. Nemis qo‘shinlari esa kontributsiya batamom to‘lalgunga qadar Fransiyaning shimolida joylashtirildi. Fransiyaning Milliy kengashi ushbu shartlarni tasdiqladi.
1871 yilning yanvar oyida Versal saroyining oynali zalida Vilgelm I Germaniya imperiyasi barpo etilganligini e’lon qildi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan kurash yakunlandi.
Fransiya - Prussiya urushining muhim oqibatlaridan biri Italiyada ham birlashish jarayonining yakunlanishi edi. Urush natijalari Germaniya va Avstro - Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir etdi. Avstriya - Vengriyaning hukmron doiralari Avstriya - Prussiya urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh olish (qarimta qaytarish) g‘oyasidan voz kechishdan va Germaniya imperiyasi bilan yaqinlashishga qaror qilishdi.
Germaniya qudratining oshganligi ingliz - german munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi, chunki mustamlakachilik siyosatida Angliyaga nisbatan yangi raqib paydo bo‘ldi. Yangi buyuk davlatning vujudga kelishi natijasida barcha qo‘shni davlatlar o‘z xavfsizligi uchun havotirga tushdi. Ayniqsa bunday holat yaqindagina prus armiyasining bosqinini boshidan kechirgan Fransiya uchun taaluqli edi.
Germaniya kanslerining tashqi siyosati Fransiyaga qarshi qaratilgan edi-ki, bu 1873 yilda uch imperator ittifoqining tashkil etilishida o‘z ifodasini topdi. Bismark Fransiyani Rossiya va Avstro - Vengriya bilan ittifoq tuzish ehtimolidan mahrum qilish uchun, monarxlar birdamligi g‘oyasidan Evropada tartibni mustahkamlash yo‘lida foydalandi. Biroq Ittifoqqa kirgan har bir mamlakat o‘zining maqsadlariga ega edi. Jumladan Rossiya Fransiyani Germaniyaga qarshi turadigan kuch sifatida qo‘llab-quvvatlardi. Uch imperator ittifoqi tuzilganligiga qaramasdan, Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borardi. Rossiya - Turkiya urushi (1877 - 1878 yy.) va Berlin kongressi ittifoqni qo‘porib tashladi.
Bismark, “rus tahdidi” to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari surib, 1879 yilda Rossiyaga qarshi qaratilgan ittifoqni Avstro - Vengriya bilan tuzishga erishdi.
Fransiyani yakkalab qo‘yish bo‘yicha Bismarkning keyingi faoliyati Italiyani Germaniya tomoniga jalb etishda namoyon bo‘ldi. Bismark Italiyaning Tunisga nisbatan qiziqishini qo‘zg‘atardi va shu paytning o‘zida uni Fransiya tomonidan bosib olinishi yoqlab chiqardi. Italiya 1882 yilda Germaniya va Avstro - Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzishni afzal ko‘rganligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bitim 5 yillik muddatga tuzilib, keyinchalik bir - necha bor qaytadan takrorlandi va 1915 yilgacha mavjud bo‘ldi. Yangi koalitsiya (ittifoq), bir tomondan, - Fransiyaga, ikkinchi tomondan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi.
Tabiyki, umumiy dushman paydo bo‘lgan vaziyatda Fransiya va Rossiya bir - birovi bilan yaqinlashishga intilishdi. Bismark barcha vositalarni ishga solib Fransiya

  • Rossiya ittifoqining tashkil etilishini oldini olishga harakat qildi. Nemis diplomatiyasining urinishlari natijasida ittifoqning tuzilishi keyinga surildi. Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq faqatgina 1893 yilda shakllandi.

Uchlar va Fransiya - Rossiya ittifoqlarining tashkil topishi bilan Evropa qit’asida buyuk davlatlarning kuch jihatidan deyarli teng bo‘lgan ikki guruhi yuzaga keldi.
Ammo Angliya biron - bir harbiy ittifoqqa yoki guruhga qo‘shilmadi. Ingliz hukumati, an’anaviy “ajoyib yakkalanish” siyosatiga amal qilib, hech qanday majburiyatlar bilan o‘zini bog‘lamaslikni afzal ko‘rdi. Angliya o‘z manfaatlarini o‘zgalar qo‘li bilan himoya qilishga intildi. “Ajoyib yakkalanish” siyosati tarafdorlarining fikriga ko‘ra, bunga erishish uchun eng yaxshi vosita - bu boshqa buyuk davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atish edi. Birisining qo‘llab - quvvatlashiga ega bo‘lib, boshqalarini zaiflashtirishga intildi. Angliya Uchlar ittifoqiga Fransiya va Rossiya uchun mo‘ljallangan jilov sifatida qarardi. Chunki XIX asrning 80 - 90 yillarida aynan ushbu mamlakatlar bilan Britaniyaning ko‘plab muammolari mavjud edi.
“Ajoyib yakkalanish” siyosati Britaniyaning orol sifatida mustahkamligi va dengiz qudratiga tayanardi.
XIX asrda eng kuchli qarama - qarshilik Angliya va Fransiya o‘rtasida edi. Nil daryosining quyilishi joyi uchun olib borilgan uzoq muddatli kurash 1882 yilda Misrni Angliya tomonidan bosib olinishi bilan yakunlandi. Suvaysh, Malta va Kipr bilan birgalikda, Angliyaning Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasidagi strategik ustunligini mustahkamladi. 1881 yilda Fransiya Tunisni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi.
Angliya va Fransiya o‘rtasidagi keyingi kurash Afrika va janubi - Sharqiy Osiyo uchun olib borildi. Inglizlarning Sudan mamlakatiga uyushtirilgan birinchi harbiy ekspeditsiyasi 1885 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ikkinchi ekspeditsiya esa 1896 - 1897 yillarda arablarning tor - mor etilishi va Sudanning bo‘ysundirilishi bilan tugadi. Inglizlarning Nil daryosi bo‘ylab, yuqoriga harakatlanishi Fashoda yonida kapitan Marshan qo‘mondonligidagi fransuzlar otryadi bilan to‘qnashuviga olib keldi. Angliyaning flotini safarbar qilish to‘g‘risidagi qarori Fransiyaga nisbatan urush tahdidi keltirib chiqardi. Fransiya hukumati yon berishga majbur bo‘ldi. 1899 yilda tuzilgan bitimga binoan Fransiya Fashoda va Nil daryosining butun vodiysidan voz kechdi, ammo Sudanning g‘arbiy viloyatlariga nisbatan “haq -huquq” ga ega bo‘ldi.
Tunisni Fransiya tomonidan bosib olinishi fransuz - italyan munosabatlarning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Italiya - Efiopiya urushi (1895 - 1896 yy.) davrida Fransiya va Rossiya Efiopiya negusiga diplomatik yordam ko‘rsatdi. Urush 1896 yilda Adua yonidagi jangda italiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Efiopiya o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
To‘qnashuvning yana bir mintaqasi janubiy - sharqiy Osiyo edi. Hindixitoyda Fransiya Tonkin va Annamni bosib olishga intildi. Ammo bu hududlar Xitoyning suveriniteti ostida edi. Fransiyaning Xitoyga qarshi olib borgan urushi natijasida Annam va Tonkin fransuzlarning mustamlakasiga aylantirildi. 1887 yilda ushbu erlar, Nambo, Kambodja, hamda Laos (1898 y.) Fransiya tomonidan barpo etilgan Hindixitoy ittifoqiga kirdi. Fransiyaning Hindixitoydagi ekspansiyasi Angliyani tashvishga solardi. XIX asr 90 - yillarning boshida ikkala davlat ekspeditsiyalarni amalga oshirdi va Siamgacha etib borishdi. Ushbu mamlakatni egallashga bo‘lgan intilish urushni keltirib chiqarishiga sal qoldi. 1896 yilda imzolangan bitimga ko‘ra Siam mustaqil deb tan olindi va fransuzlar va inglizlarning erlari o‘rtasidagi qalqonga o‘xshab qoldi.
Ingliz - rus raqobati O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda bo‘lib o‘tardi. 1880 yilda ulkan harbiy urinishlar natijasida Afg‘oniston ustidan ingliz protektorati o‘rnatildi. Rossiya esa ushbu yillarda Turkmanistonni va Marvni qo‘shib oldi. 1885 yilda Londonda Afg‘onistonning shimoli - g‘arbiy chegarasini belgilash to‘g‘risida kelishib olindi, va 1887 yilda esa rus - afg‘on chegarasini belgilash to‘g‘risidagi yakuniy protokol imzolandi.
Xalqaro maydonda ro‘y bergan voqealar Angliyani “ajoyib yakalanish” siyosatini o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoat gegemoniyasini yo‘qotgan va qit’aviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan Angliya endilikda yakkalanish siyosatini ishga solaolmasdi. Eski raqiblari - Fransiya va Rossiya qatoriga yangi va yanada xavfli dushman - Germaniya qo‘shildi.
80 - yillarning oxiridan german mollari jahon bozorida ingliz fabrikalarining mahsulotlarini siqib chiqarishni boshladi. Qolaversa, Vilgelm II va uning atrofdagilari Germaniyani qudratli dengiz davlatiga aylantirishga intildilar. Bunga esa Angliya yo‘l qo‘ymoqchi emasdi.

Download 57,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish