Bo’linish birligi Markaz



Download 0,62 Mb.
bet2/2
Sana21.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#72495
1   2
Bog'liq
STATISTIKA

Aholisi


  • O’rta Osiyoning 5 mamlakatining umumiy aholisi soni 2012-yilga ko’ra - 65.700.000 kishini tashkil qildi.

  • Aholisining ko’pchiligi Turkiy xalqlar oilasiga mansub, bulardan asosan ko’pchilikni: O’zbeklar, Qozoqlar, Qirg’izlar, Qoraqalpoqlar va Turkmanlardir. Shuningdek Forsiylar oilasiga mansub Tojiklar ham ko’pchilikdir.

  • O’rta Osiyoning tub aholisi hisoblanmaydigan millatlarga: Ruslar, Olmonlar, Ukrainlar, Uyg’urlar, Tatarlar, Turklar va boshqa millatlar kiradi

O’rta Osiyoning aholi soni bo’yicha eng yirik 25 shahri


O’rin

Shahar

Aholisi (2014-yilga ko’ra)

1

Toshkent

2.400.000

2

Almati

1.800.000

3

Astana

1.000.000

4

Bishkek

900.000

5

Ashxobod

900.000

6

Dushanbe

900.000

7

Chimkent

720.000

8

Turkmanobod

660.000

9

Qarag’andi

550.000

10

Samarqand

520.000

11

Farg’ona

490.000

12

Namangan

480.000

13

Andijon

420.000

14

Aqto’be

380.000

15

Taraz

360.000

16

Pavlodar

360.000

17

Qizilo’rda

330.000

18

O’skemen

330.000

19

Semey

320.000

20

Uralsk

310.000

21

Nukus

300.000

22

Buxoro

280.000

23

O’sh

250.000

24

Atirau

250.000

25

Qo’stanay

240.000

O’rganilish tarixi


O’.O.ning tabiati, xo’jaligi, shaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik ma’lumotlar Gerodot (miloddan avvalgi 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (miloddan avvalgi 2-asr) kabi Yunoniston, shuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bu ma’lumotlar birmuncha cheklangan, ba’zan chala va xatoliklari bo’lsa ham, keyingi, ya’ni o’rta asrlardagi geografik bilimlarga zamin bo’lib xizmat qildi. O’.O. haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshg’ariy (11-asr), AlXarakiy, Abulqosim Zamaxshariy, Sa’moniy va boshqalar mahalliy olimlarning xizmatlari katta bo’ldi. „Hudud ulolam“ (10-asr) mashhur asari ham shu davrda yozildi. O’.O. tabiiy geografiyasiga oid ma’lumotlar 9—12-asrlarda yashagan sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMas’udiy, Ibn Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uchraydi. O’.O. ga oid geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga bog’liq holda, goh sust, goh jadal sur’atlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy tabiatshunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli bo’ldi. Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14—15-asr lar), Mirzo Ulug’bek, G’iyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy (15asr), Zahiriddin Muhammad Bobur (16asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-asr) asarlari shular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar ichida chet ellik sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr)larning sayohatnomalari ham bor. Ushbu asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yo’nalishida bo’lsa ham, geografik g’oya va umumlashmalarga boy, xaritagrafik ma’lumotlari esa ko’lamli va mazmunli bo’lgan.

O’.O. tabiatini o’rganish tarixidagi muhim bosqichlardan biri 18—19-asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda rus sayyohlari, diplomatlari va tabiatshunos olimlari tomonidan O’.O.ga bo’lgan qiziqish jadallashdi. Ko’plab ekspeditsiyalar uyushtirildi (mas, Saymonov, G.I. Karelin, A.I. Butakov ekspeditsiyalari). Filipp Yefremov, Burnashev, Filipp Nazarov sayohatlari natijasida ham o’lka haqida birmuncha geografik ma’lumotlar to’plandi.^ 19-asrning 50-yillaridan boshlab esa O’.O. geografik jihatdan jadal sur’atda o’rganila boshladi. P.P. SemyonovTyanshanskiy, N.A. Seversov, A.P. Fedchenko, N.A. Zarudniy, I.V.Mushketov, V.N.Oshanin, V.A.Obruchev kabi tabiatshunos olimlar tomonidan o’lka tabiati haqida ko’p ma’lumotlar yig’ildi, tabiiy geografiyaga oid muhim qonuniyatlar aniqlandi. 20-asrning 1-yarmida O’.O. tabiatini, tabiiy resurslarini tadqiq qilish sur’ati yanada ortdi, o’rganish ko’lami kengaydi. O’lkaning tabiati bir butun holida ham, alohida komponentlari bo’yicha ham chuqur o’rganila boshladi. Bu borada N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Shults, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov, Ye.P.Korovin, D.N.Kashkarov, V.M.Chetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va boshqalar bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan asarlar yaratdilar.


2012-yillik Yalpi Ichki mahsulot o’sishi

20-asrning 2-yarmida ham o’lka tabiatini kompleks o’rganish bo’yicha ishlarning borishi samarali bo’ldi. Ko’plab monografik asarlar yaratildi. Ularda O’.O. tabiatini chuqur tahlil qilish bilan bir vaqtda landshaftlarni xaritaga tushirish, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik komplekslarni baholash taraqqiyotini bashoratlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish masalalariga ham katta e’tibor berilgan. Bunda geograf olimlar L.N.Babushkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.H.Hasanov, Z.M.Akromov, A.A.Rafiqov va boshqalarning hissalari bor.


Tabiati


O’.O. hududining 4/5 qismi tekisliklardan iborat, qolgan qismini tog’liklar tashkil qiladi. Tekisliklarning Qozog’iston past tog’laridan g’arb va jan.g’arbdagi qismi Turon tekisligi deb ataladi. U tektonik jihatdan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan to’lgan katta botiqqa to’g’ri keladi. Uning ostki qismi tektonik harakatlar natijasida kuchli o’zgargan paleozoy jinslari qatlamlaridan tuzilgan qattiq fundamentdan iborat. Bu fundament yer yuzasidan turli chuqurliklarda yotadi, ayrim joylari past ko’rinishida yer yuzasiga chiqib qolgan.

O’.O. tekisliklari sharq va jan. tomonlarida Tarbag’atoy, Tyanshan, HisorOlay, Pomir, Hindukush, Safedko’h, Nishopur tog’lari bilan o’ralgan. Ularning ko’pchiligi baland tog’lar bo’lib, 6 ming m dan baland bo’lgan 136 ta cho’qqisi bor. Ayrim cho’qqilarning bal. esa 7—7,5 ming m ga yetadi.

O’.O. tog’larining xususiyati shundan iboratki, tizmalar va ularni ajratib turgan daryo vodiylari va botiqlar ko’pincha kengliklar bo’ylab cho’zilgan. Ular bilan birgalikda ko’ndalang tog’ tizmalaridan iborat orografik tugunlar (yoki markadlar) mavjud. Bunday tog’ tugunlari Tyanshan, Pomir va Hisor— Olay tog’larida 16 ta bo’lib, ular muzlik markazlaridir.

O’.O. ning umumiy iklim belgilari — oftobli kunlarning ko’p bo’lishi, kontinentallik va yog’inning kamligidir. Hududning katta qismini egallagan cho’l va chala cho’llarda bu belgilar, ayniqsa, sezilarli. Bu yerga yog’inlarni Atlantika okeanidan keladigan havo massalari olib keladi. Tropik kengliklardan tashqarida g’arbdan sharqqa yo’nalgan nam havo oqimlari O’.O. hududiga ma’lum darajada quruq va yozda qizigan holda kirib keladi. Shu sababli O’.O. iqlimi qurg’oqchil. Bu yerda yillik temperatura amplitudasi qo’shni o’lkalardagiga nisbatan kattaroq, ya’ni iqlimning kontinentalligi yuqoriroq darajada bo’ladi va shu ma’noda Sharqiy Sibirdan keyinda turadi. O’rtacha yillik havo temperaturasi O’.O. tekisliklarida 0° dan yuqori: chekka shim. da 1—2°, jan.da 18° gacha. Tog’lik qismida dengiz sathidan 2200–2500 m balandlikda —5°, —8° gacha pasayishi mumkin. Mutlaq past temperatura tog’lar va baland tog’larda —16° dan (jan.da) —50°gacha (shim.da).

O’.O.ning tekislik qismida iyulning o’rtacha havo trasi, shim. da 20—22°, jan. da 30—31° bo’ladi. Eng yuqori tra tekislik va tog’ etaklarida 42°, 50° atrofida, tog’larda esa, 3000 m dan balandlikda 22—24°. Yillik yog’in miqdori ham bir tekis taqsimlanmagan. Qizilqum va Qoraqumda 100–150 mm, tog’larda 800–900 mm va undan ortiq. Eng kam yog’in Sharqiy Pomirda kuzatiladi (26 mm).

O’.O. o’lkasida iqlim xususiyatlari tafovutiga ko’ra ikkita kichik iqlim o’lkasi — subtropik iklim xususiyatlariga ega bo’lgan Turon kichik o’lkasi va mo’tadil iqlim xususiyatlariga ega bo’lgan Qozog’iston kichik o’lkasidir. Bular orasidagi chegara Qorabo’g’ozgo’l qo’ltig’i shimoli, Ustyurtning jan. chinki, Qoraqum va Qizilqumning shim. chegarasi Qoratog’ tizmasi, Talas Olatovi va Farg’ona tizmasidan o’tadi.

O’.O. okeanlardan uzoq bo’lgani va tog’lar bilan o’ralgani uchun berk o’lka hisoblanadi. Orol dengizi, Balxash ko’li, Issiqko’l va boshqalar mayda berk havzalar bor. Yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. O’.O.da daryolarning zichligi 1 km²ga 0,002 km. Tog’lik qismida esa tekisliklarga qaraganda daryo ko’p (12 ming). Ular yomg’ir, qor, muzlik, yer osti suvlaridan to’yinadi. Suvi, asosan, sug’orishga sarf bo’ladi.

O’.O. da turlituman tuproqlar tarqalgan. Ular tekisliklarda kengliklar bo’ylab zonalar hosil qilib, shim. dan jan.ga tomon (to’q kashtan, och kashtan, qo’ng’ir va sur qo’ng’ir, qumli cho’l tuproqlari) almashinib boradi. Taqirlar va taqirsimon tuproqlar, sho’rxok va sho’rtoblar uchraydi. Tog’larda esa tuproqlar balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Mo’’tadil mintaqaning cho’l zonasiga tutash Jung’ariya Olatovi va Shim. Tyanshan tizmalarida quyidagi balandlik mintaqalar uchraydi: 1) cho’ldashtdan iborat tog’ etaklarining shim. bo’z tuproqlari; 2) quruq va dasht hamda past tog’lardagi kashtan tuproqlar; 3) o’tloqidasht va o’rtacha balandliklardagi tog’o’rmon to’q tusli tuproqlar; 4) qoraqarag’ayoqqarag’ay o’rmonlaridagi qora tuproqsimon tog’ o’tloqi va tog’o’tloqi tuproqlar; 5) subalp va alp o’tloqlardagi torfli tog’ o’tloqi va chala torfli tuproqlar; 6) muzliklar va qorliklar.

G’arbiy Tyanshan, HisorOlay va Kopetdog’ tizmalarida balandlik mintaqalari boshqacharoq. Pastdan yuqoriga: 1) tog’ oldi quruq dasht chala savannalari bo’z tuproqlari; 2) har xil o’tlar va butalar, dasht chala savannalari karbonatli jigarrang tuproqlar; 3) o’rtacha balandlikdagi tog’ quruq o’tli o’rmon va buta o’simliklari jigarrang tuproqlari; 4) subalp dashtlari tog’o’tloqi dashtlar; 5) alp dashtlari tog’o’tloqi dasht va chala torfli tog’o’tloqlari; 6) muzliklar va qorlar.

Ichki Tyanshan va Pomirdagi balandlik mintaqalari: 1) shuvoqboshoqli o’tlardan iborat dasht och rangli o’tloqi chala cho’l tuproqlar; 2) chalovli dashtlardagi quruq dasht, cho’ldasht va cho’l tuproqlari; 3) balandtog’ quruq tundralari; 4) muzliklar va qorliklar. Pomir uchun balandtog’ shuvoq va teresken o’simliklari mintaqasi xos.

O’rta Osiyoda Markaziy Osiyoning Palearktika o’lkasi hayvonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan qumsichqon va qo’shoyoqlarning har xil turlari, sariq yumronqoziq, ingichka barmoqli yumronqoziq, antilopa — jayran, qulon, olako’zan, qoraquloq, cho’l mushugi va sabancha, gepard va boshqalar uchraydi. Qushlardan xo’jasavdogar, go’ngqarg’a, chumchuqlar, moyqut, chil, tuvaloq kabilar; sudralib yuruvchilardan qurbaqabosh kaltakesak, cho’l agamasi, echkemar, yo’lio’l kaltakesak, gekkon va boshqalar, ilonlardan o’qilon, cho’l bo’g’ma iloni, charx ilon, ko’lbor ilon, kapcha ilon, qalqonbosh ilon va boshqalar uchraydi. Toshbaqalar keng tarqalgan. Hasharotlardan har xil qo’ng’izlar, asalarilar, arilar, chumolilar, kapalaklar; o’rgimchaksimonlardan biy, qoraqurt, chayonlar uchraydi. To’qaylarda qirg’ovul, kobon, to’qay bug’usi, chiyabo’ri, yerkalamush, ko’l baqasi, ko’k qurbaqa va boshqalar bor. Suv havzalarida kurakburun, mo’ylovbaliq, cho’rtan, sazan, tangabaliq, laqqa, leshch, ship, osman, marinka va boshqalar baliq turlari uchraydi. Tog’lik hududlarda tog’ takasi, tog’ qo’yi (arxar), qizil sug’ur, uzun dumli menzbir sug’uri, qizil pishchuxa, ilvirs, tog’ g’ozi (ular), kaklik, archa boltatumshug’i, zarg’addoq va boshqalar uchraydi.

O’siyo qit’asining asosan markaziy qismlarini o’z ichiga olgan bulib g’arb tarafdan Kaspiy Dengizidan to sharq tarafdagi Xitoy, shimoldan Rossiya janubga Afg'onistongacha bulgan hududlarni o’z ichiga oladi. Bu geografik hududlar jamlanmasi yana Markaziy Osiyo deb ham ataladi.


O’rta Osiyo mamlakatlarining umumiy tavsifi


Mamlakat

Maydoni

Aholisi soni

Poytaxti

Davlat tili

2013-yildagi YaIM hajmi

O’zbekiston

447.400 kv.km

30.183.000

Toshkent

O’zbek tili

136.931 milliard $

Qozog’iston

2.724.902 kv.km

17.146.000

Astana

Qozoq tili

233.734 milliard $

Qirg’iziston

198.500 kv.km

5.777.000

Bishkek

Qirg’iz tili

13.450 milliard $

Turkmaniston

491.200 kv.km

5.169.000

Ashxobod

Turkman tili

54.746 milliard $

Tojikiston

142.000 kv.km

8.100.000

Dushanbe

Tojik tili

17.994 milliard $

Zamonaviy manbalarning ko’pchiligida Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan quyidagi 5 davlatlar nazarda tutiladi:

  • O’zbekiston

  • Qirg'iziston

  • Qozog'iston

  • Tojikiston

  • Turkmaniston.

Turli mutahassislar jumladan UNESKO bu hududga yana shimoliy Afg’oniston, Shimoliy Erondagi Xuroson provinsiyasi, G’arbiy va Janubiy Mo’g’uliston, Xitoyning Sinsyan-Uyg’ur avtonom rayoni (Uyg’uriston), Rossiyaning janubiy Sibiridagi Tuva Respublikasini ham kiritishadi.

O’rta Osiyo tarixi qadimdan buyon Buyuk Ipak Yuli bilan bog’liq bulgan. Buning natijasida G’arb bilan Sharqni bog’lab turuvchi aylanma yo’l sifatida xizmat qilgan. Shu jumaladan turli xil odamlarni olib utishda, qimmat-baho mollar, ipak, tillo buyumlar, dori-darmonlar, qo’lyozmalar va h.k larni olib utishda, savdo-sotiq infrastrukturasini yaratishda juda katta urin egallab turgan.



Inflyatsiya

2011-yil

2012-yil

2013-yil

2014-yil

Qozog’iston [1]

7,4 %

6,0 %

4,8 %

7,0 %

O’zbekiston [2]

7,3 %

7,0 %

6,8 %

6,1 %

Turkmaniston

Misol

Misol

Misol

Misol

Qirg’iziston [3]

8,7 %

7,1 %

5,3 %

7,0 %

Tojikiston [4][5]

9,3 %

6,4 %

3,7 %

7,7 %

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish