Boʻr sistemasi (davri)



Download 31,12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi31,12 Kb.
#668781
Bog'liq
Boʻr davri - Vikipediya



Boʻr davri
BOʻR SISTEMASI (DAVRI) — 
Yer tarixi
mezozoy
 
erasining
uchinchi (oxirgi) davri; 
yuradan
keyingi
va 
kaynozoy
gruppasining 
paleogen
sistemasidan oldingi davrni oʻz ichiga oladi. Boʻr sistemasi
(davr) yuqori boʻlimi yotqiziqlarida keng tarqalgan oqboʻr nomi bilan atalgan. Radiologik
metodlar natijasiga koʻra 140 mln. yil avval boshlangan va 76 mln. yilcha, paleogen davrigacha
davom etgan (qarang Geoxronologiya). 1822-yil belgiyalik geolog J. Omalius d’Allua birinchi
boʻlib Boʻr sistemasi (davr) ni mustaqil sistema sifatida ajratgan. Boʻr sistemasi (davr) ni xalqaro
stratigrafik jadvalga kiritilgan boʻlinmalari birinchi marta Fransiya va unga qoʻshni Shveysariya va
Niderlandiya hududlarida ajratilgan. Fransiya stratigraflari va paleontologlari A. d’Orbini, E. Dezor,
A. Kokan, E. Renevye, belgiyalik geolog A. Dyuman va boshqalar Boʻr sistemasi (davr) ni hozirgi
davrgacha deyarli oʻzgarishsiz saqlanib kelayotgan yarusli boʻlinishini ishlab chiqdilar. 1885-yilgi
Xalqaro geologik kongress qarori bilan yaruslar 2 boʻlimga (quyi va yuqori) guruhlangan (jadvalga
q.). "Senon" va "Neokom" terminlari sobiq Ittifoq sxemalarida quyi va yuqori boʻlimlardagi bir
necha yaruslarni birlashtirgan katta yaruslar uchun ishlatilgan. Jan. Oʻzbekiston va Fargʻona
vodiysidagi boʻr yotqiziqlarini O. S Vyalov, O. M. Akramxoʻjayev, S. N. Simonov va boshqa
mukammal oʻrganib mahalliy svitalarga ajratdilar. Mac, O. M. Akramxoʻjayev Fargʻona vodiysi boʻr
yotqiziqlarining yuqori boʻlimida Changʻirtosh, Ustridali, Qamchi, Qizil Pilol svitalarini va quyi boʻr
boʻlimidan Logʻon, Moʻyon svitalarini ajratdi. Boʻr sistemasi (davr) ning birinchi yarmida hamma
platformalar quruqlik boʻlgan va kontinental jinslar, geosinklinallarda dengiz choʻkindi jinslari
toʻplangan. Sezilarli choʻkishlar boʻlmagan. Boʻr sistemasi (davr) ikkinchi yarmidan boshlab
oxirigacha juda katta va uzluksiz choʻkishlar sodir boʻddi. Natijada Yer tarixida eng katta dengiz
transgressiyasi vujudga kelgan. Sharqiy Yevropa, Shim. Amerika, Afrika va Avstraliya
platformalarining keng maydonlari suv ostida qoladi. Boʻr sistemasi (davr) oxiriga kelib tektonik
harakatlarning faollashishi natijasida dengiz va suv havzalari maydoni qisqargan. Yer pustila
burmalanishni keltirib chiqaruvchi harakatlar asosan Tinch okeanni oʻrab turuvchi geosinklinal
mintaqada roʻy beradi. Boʻr sistemasi (davr) oʻrtalarida Sharqiy Osiyoda Verxoyan — Chukotka
oʻlkasidan to Hindixitoygacha burmalanish jarayoni tugaydi. Boʻr sistemasi (davr) oxiriga kelib
Amerikada boʻlib oʻtgan tektonik harakatlar And togʻlarining sharqiy yarmini va burmalangan


Qoyali togʻlar oʻlkalarini hosil qilgan. B.yeda yirik yer yoriqlari hosil boʻldi. Boʻr sistemasi (davr)
ning ikkinchi yarmida vulkan jarayonlarining faollashishi kuzatiladi. Hindiston ya. o.da juda koʻp
lavalar oqib chiqib trapp qoplamlari, Shim.Sharqiy Osiyoda nordon va oʻrta asosli lavalar, Jan.
Amerikada muttasil otilib turgan vulkanlar, Afrika yoriklari boʻylab juda koʻp dayka va shtoklar
tarkib topadi. Boʻr yotqiziqlari Shim. va Jan. yarim sharlarning hamma qitʼalarida tarqalgan.
Burgʻilash orqali dengiz tubidagi yosh qoplamlar tagidan ham topilgan. Boʻr sistemasi (davr)
jinslari Sharqiy Yevropa platformasida va Karpat, Qrim, Kavkaz togʻli viloyatlarida, Sibir
platformasida va boshqa joylarda keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Boʻr sistemasi (davr) yuqori
boʻlimi jinslari juda koʻp uchraydi. Quyi B.yeda dengiz choʻkindilaridan qumalevritgilli qatlamlar
koʻp boʻlib, ayrim joylarda qalin ohaktosh qatlamlari hosil boʻlgan. Yuqori Boʻr sistemasi (davr)
ayrim regionlarda karbonatli choʻkindi uyumlari, ayniqsa yozuv boʻri, boʻrsimon ohaktoshlar va
mergellar koʻp toʻplanadi. Arid iqlimli oʻlkalarda qizil rang gypeli, tuzli qatlamlar, nam gumid
iqlimda chuchuk suv koʻldelta va koʻmirli qatlamlar toʻplangan. Boʻr sistemasi (davr) ning
organik dunyosi xilmaxil. Umurtqasiz hayvonlardan ammonitlar va belemnitlar keng koʻlamda
rivojlandi; shuningdek rudistlar, inotseramlar va boshqa yashagan. Foraminiferalar ichida pelagik
va dengiz tubida yashaydigan yirik shakllari paydo boʻladi. Umurtqalilardan bahaybat reptiliyalar
koʻpchilikni tashkil qiladi. Shuningdek, suyakdor baliqlar, tishli qushlar yashaydi. Ixtiozavrlar (quyi
boʻr oxirigacha) va pleziozavrlar yashashni davom etadi. Yuqori Boʻr sistemasi (davr) dengiz
kaltakesaklaridan uz. 12 m ga yetadigan mezozavrlar paydo boʻladi. Boʻr sistemasi (davr) oxiriga
kelib koʻpchilik reptiliyalar, ammonitlar, belemnitlar, inotseramlar, rudistlar, dinozavrlar,
pleziozavrlar va boshqa qirilib ketadi. Boʻr sistemasi (davr) oʻsimlik dunyosi yura davridagilar kabi
boʻlib, asosan ochiq urugʻlilar va paporotniksimonlar oʻsgan. Neokomda birinchi marta yopiq
urugʻlilar paydo boʻlib, alb vaqtiga kelib kupayib ketdi va davr oxiriga kelib katta maydonni
egalladi; shuning bilan birga usimlik dunyosining rivojlanishida yangi kaynofit bosqichi boshlandi.
Boʻr sistemasi (davr) yotqiziqlari bilan toshkoʻmir, qUngʻir kumir, tuz, choʻkindi temir rudasi,
ohaktosh, bur, neft, gaz, boksit, sement materiallari, oltin, kumush, qalay, qoʻrgʻoshin, simob va
boshqalarning yirik konlari bogʻliq. Gips (Markaziy Osiyoda), fosforit, kumir (Sibir va Uzoq
Sharqda), boksit (Ural, Qozogʻistonda), neft, gaz, trepell, fosforit, boksit (Ukrainada), neft va
gaz konlari, mineral suvlar, ohaktosh, gips, fosforit, bezak toshlar, kizil rang tipli qumtoshlar va
boshqa (Oʻzbekistonda) bor. Sharkiy Osiyo va burmalangan Kordilyera viloyatlarida Boʻr
sistemasi (davr) yotqiziqlarida oltin, kumush, qalay, qoʻrgʻoshin, simob va boshqa konlar
topilgan.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar

Download 31,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish