Bosh tarxni loyihalashda xavfsizlik talablarini ta`minlashi umumiy tushunchalar va hujjatlar



Download 0,69 Mb.
bet1/6
Sana21.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#688997
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AYNAQULOV 2


Mundarija




Kirish





Bosh tarxni loyihalashda xavfsizlik talablarini ta`minlashi umumiy tushunchalar va hujjatlar




1.1

Bosh tarxni loyihalash bo`yicha meyoriy hujjatlar




1.2

Loyihalashda qo`llaniladigan umumiy qoidalar





Bosh tarxni loyihalashda xavfsizlik talablarini ta`minlashi




2.1

Bino inshootlar loyihalashda maydonni tanlash masalalari




2.2

Loyihalashda yong`in xavfsizligini taminlash




2.3

.Loyihalashda zilzilaviy talablarni ko‘rish







HISOB QISMI







HULOSA







FOYDALANGAN ADABIYOTLAR




I. Bosh tarxni loyihalashda xavfsizlik talablarini ta`minlashi umumiy tushunchalar va hujjatlar
1. 1 Bosh tarxni loyihalash bo`yicha meyoriy hujjatlar
Loyihadan avvalgi hujjatlar uchun izlanishlar Loyihadan avvalgi hujjatlar yakuniy texnik – iqtisodiy asoslash (TIA) yoki texnik – iqtisodiy hisob (TIH) ko'rinishlarida ishlab chiqiladi. Loyihadan avvalgi hujjatlarni ishlab chiqish uchun mavjud topografik xaritalarni, planlarni va fotoplanlarni, yer tuzish planlarini, ilgarigi yillarda bajarilgan izlanishlar materiallarini yig'ishni, hamda qurilish maydonining (trassa yo'nalishining) ko'rilayotgan variantlari uchun tayanch geodezik tarmoqlar va yirik masshtabli topografik syomkalarning mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ishni amalga oshirish kerak. To'liqligi va sifati jihatdan yetarli bo'lgan materiallar va ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda loyiha vazifalarini yechish ular asosida amalga oshiriladi, va loyihadan avvalgi hujjatlarni ishlab chiqish uchun keyinchalik dala ishlari bajarilmaydi.
Yangi qurilish maydonchalarida (qurilish bilan band bo'lmagan hudud) dastlabki hujjatlarni ishlab chiqish uchun topografik planlarning masshtablari 1:10000, 1:5000, korxonalarni rekonstruktsiyalash uchun esa – 1:5000, 1:2000 bo'lishi kerak. Aholi punktlarining rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun topografik planlarning masshtablari O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan idoraviy qurilish normalari talablariga ko'ra belgilanadi. Zarurat tug'ilganda maydaroq va yirikroq masshtabli xaritalar va planlardan foydalanish mumkin.
Loyihalanayotgan qurilish maydonlarida quyidagi dala ishlari bajariladi: -
tayanch geodezik tarmoqlar punktlarining saqlanganligini tekshirish (zarurat tug'ilganda tayanch geodezik tarmoqlarni tuzish tashkil qilinadi); -
maydonlar hududidagi mavjud topografik planlarning hozirgi vaqtdagi situatsiya holatiga mos kelishini tekshirish, va zarurat tug'ilganda ularni yangilash;
dastlabki hujjatlarlarni ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan tegishli masshtabdagi topografik xaritalar va planlar mavjud bo'lmagan taqdirda topografik syomkalar;
daryolar va suv havzalarining chuqurliklarini o'lchash; - daryoning o'rganilayotgan uchastkasida bo'ylama profillar tuzish va o'lchash stvorlarida ko'ndalang profillar tuzish uchun suv yo'llarini nivelirlashadi.
Qurilishni tashkil etish loyihasining mazmun va mohiyati.
1. Ob'ekt qurilishini tashkil etish loyihasi, loyihada (ishchi loyihada) ko`rsatilganidek, qurilishning umumiy miqdorini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Navbatma-navbat ob'ekt qurilishida qurilishni tashkil etish loyihasi birinchi galda qurilishni umumiy rivojlantirishni hisobga olib tuzilishi kerak.
2. Qurilishni tashkil etish loyihasi tartibiga quyidagilar kiradi:
a) qurilishning kalendar jadvali, unda asosiy va yordamchi bino, inshootlar qurilishi, texnologik tarmoqlarni ishga tushirish yoki qurilish davrida bino, inshootlar bo`yicha qurilish-montaj ishlari shajmi va kapital qiyilmalarni taqsimlab, shasharsozlik komplekslarining muddati va navbati belgilanadi.
Tayyorgarlik davri uchun kalendar jadval alohida tuziladi (oylar bo`yicha ish taqsimotini taqsimlash bilan);
b) qurilishning bosh qurilish rejasi, bino va inshootlarning doimiy joylashuvi, vaqtinchalik, shuningdek mobil(inventar) bino, inshootlar joylashuvi, asbob- uskunalarni tashish uchun doimiy va vaqtinchalik temir yo`l, avtomobil va boshqa yo`llar (shu bilan birga og`ir, yirik asbob-uskunalar, jihozlar), konstruktsiya, material va buyumlar; katta yuk ko`tarish kranlarini siljish yo`llari; mushandislik tarmoqlarini harakatlanuvchi tarmoqlarga ulash joylari, qurilish maydonini elektroenergiya, suv, issiqlik, par bilan ta'minlash manbasini ko`rsatish bilan; asosiy montaj kranlari va boshqa qurilish mashinalari, mexanizatsiya qurilmalari; mavjud va buzishga layoqatli qurilmalarning taqsimoti bilan.qurilish maydonidan tashqari hududlar texnologik va tashkiliy yechimlar bilan qamrab olinadigan vaqtlarda, bosh qurilish rejasidan tashqari sharoiti qurilish rejasi ishlab chiqiladi. Unda korxonalarning material- texnik bazasi va konlar, tashqi yo`llar(ularning uzunligi va o`tkazish qobiliyati ko`rsatiladi), DTAJ «O`zbekiston temir yo`llari» yo`llariga stansiyalarning qo`shilib ketishi, ko`l qirg`oqlari, aloqa va elektr uzatish tarmoqlari, qurilish material, konstruktsiya, asbob-uskunalarini yetkazib berishning transport sxemasi, qurilayotgan ob'ekt hududlarining va ularga yaqin mavjud bino, inshootlar uchastkasi orasidagi chegarani aniqlash, vaqtinchalik qurilish uchun ajratiladigan uchastkalarda o`rmonlarni kesish ishlari joylashuvi belgilanadi.
v) texnologik - tashkiliy sxemalar(katta kompleks binolar, murakkab va noyob inshootlarni loyihalashtirish keltiriladi) bino va inshootlar qurilishining optimal tartibi belgilanadi.Unda ishlarning texnologik tartibi ko`rsatiladi.loyihalashtirish hujjatlari asosiy qurilish- montaj va maxsus qurilish ishlari miqdori qaydnomasiini aniqlaydi. Asosiy bino va inshootlar, ishga tushirish yoki shaharsozlik komplekslari bo`yicha qurilish davri ishlari ajratiladi
d) qurilish konstruktsiya, buyum, material va jihozlariga eshtiyojlik qaydnomalari qurilish kalendar davri bo`yicha taqsimlanadi, bosh pudrat tashkiloti va buyurtmachi tomonidan yetkaziladi,umumiy ob'ekt qurilishiga va asosiy bino, inshootlarda bajariladigan ishlar hajmidan, qurilish materiallarining ketish me'yorlaridan kelib chiqib tuziladi. ) qurilish bo`yicha asosiy qurilish mashinalari va transport vositalariga eshtiyoji, jismoniy ishlar hajmi asosida, yuk ko`tarish ob'ekti va qurilish mashinalari, transport vositalari ishlab chiqish me'yorlari bo`yicha tuziladi.
j) tushuntirish xati: qurilishning murakkabliligi va sharoitlari xarakteristikasini; ishlab chiqarish usullari va qurilish, montaj, maxsus qurilish ishlari imkoniyatlarini birgalikda olib borish, shu qatorda qish, quruq yoz iqlimi sharoitida bajariladigan ishlar, mavsum bo`yicha bajariladigan ishlar muddatining ko`rsatilishi, hamda murakkab bino va inshoot qurilishidagi texnologik yechimlarni isbot qilish;vaxta usuli bilan bajariladigan ishlar bo`yicha chora-tadbirlarni; mehnatni muhofaza qilish bo`yicha chora-tadbirlarni; atrof-muhitni saqlab qolish usullari; asosiy qurilish mashinalari, mexanizmi, transport vositalari,elektr energiya, bug`, suv, kislorod, atsetilen, siquv havo, shamda vaqtinchalik bino va inshootlarga ehtiyojlikni tahlil qilishni (mobil(inventar) binolar yig`imi bo`yicha yechimi bilan, qabul qilingan tipovoy loyiha ko`rsatmalariga binoan ); asosiy qurilish tashkilotlari ro`yxati; material, konstruktsiya va asbob-uskunalarni saqlash uchun maydonlarning ta'minlanganligi va razmerini, hamda og`ir yirik bo`lmagan jihozlar va yirik qurilish konstruktsiyalarni ko`chirish bo`yicha qarorlarni tashlil qilish; maxsus yordamchi inshoot, qurilma va moslamalar ro`yxati, hamda murakkab vaqtinchalik inshoot va tarmoqlar, qurilish ob'ekti uchun loyihalashtirish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan ishchi chizmalar tarkibida ishchi chizmalar ro`yxati; qurilishni tashkil etish loyihasida qabul qilingan qurilish konstruksiyalarini qurish va jihozlarni montaj qilish usullariga qo`yiladigan talablar ishchi chizmalarda shisobga olinishi kerak; quruvchi kadrlar, uy-joy va quruvchilarning turmush ehtiyojlarini tashkil qiladi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish