Boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyaning ahamiyati



Download 278,5 Kb.
Sana12.05.2023
Hajmi278,5 Kb.
#937212
Bog'liq
5984-Текст статьи-14919-1-10-20220603


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI
Mohinur Akaboyeva
JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyaning ahamiyati qanchalik muhim ekanligiga bag‘ishlangan. Bugungi kunda boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitishda jahon o‘qitish tajribalaridan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Shu o‘rinda ona tili va o‘qish savodxonligini boshqa fanlar bilan integratsiya qilish haqida fikr yuritiladi. Ona tili va o‘qish savodxonligi hamda boshqa fanlarni aloqadorligini ta’minlagan holda darsni tashkil qilish o‘quvchilarda boshqa fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, ona tili va o‘qish savodxonligi dasligini yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Integratsiya, maqsad, muammo, o‘quv reja, ko‘p fanlar integratsiyasi, tarbiyaviy maqsad.
Аннотация: Эта статья посвящена важности междисциплинарной интеграции в начальных классах. Сегодня использование мирового опыта преподавания естествознания в начальных классах остается требованием времени. Идея состоит в том, чтобы объединить родной язык и грамотность чтения с другими дисциплинами. Организация урока путем обеспечения взаимосвязи родного языка, грамотности чтения и других предметов не только повышает интерес учащихся к другим предметам, но и помогает им лучше овладеть родным языком и грамотно читать.
Ключевые слова: интеграция, цель, проблема, учебный план, многа научный интеграция, образовательная цель.
Annotation: This article focuses on the importance of interdisciplinary integration in the primary grades. Today, the use of world teaching experience in the teaching of science in the primary grades remains a requirement of the times. The idea is to integrate mother tongue and reading literacy with other disciplines. Organizing a lesson by ensuring that mother tongue and reading literacy and other subjects are interrelated not only increases students' interest in other subjects, but also helps them better master their mother tongue and reading literacy.
Keywords: Integration, goal, problem, curriculum, multidisciplinary integration.
Boshlang‘ich sinflarda integratsiya haqida so‘z yuritishdan oldin keling integratsiya so‘ziga va uning mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz. Intergratsiya lotincha Integration – tiklash, to‘ldirish, integer – butun so‘zidan kelib chiqqan [1]. Bir necha predmetlarni butun bir yaxlit holatda tiklash degan ma’noni beradi.
Integratsiya – fanlararo olinadigan bilimlarni chuqurlashtirish va oshirish va ularni shakllantirish bilan shug‘ullanadi [2]. Bir nechta fanlarni bir dars misolida birlashtirish, ularni o‘quvchilarga ongli yetkazib berish, bir necha fanlarni birlashtirgan holda olinadigan bilimlarni mustahkamlashni o‘zida mujassamlashtiradi. Endigina maktabga qadam qo‘ygan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fanlarni o‘zaro bog‘lab va ularni farqli jihatlarini o‘rgatish bir muncha qiziq va o‘quvchilarni diqqatini, e’tiborini tortadigan jarayon bo‘lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda hozirda ona tili, o‘qish, tabiiy fanlar, tasviriy san’at darslarining ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi mavzulariga singdirildi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligiga tabiiy fanlar, texnalogiya, tasviriy san’at darsliklari elementlari maxorat bilan singdirilgan. Biz bunda shuni ko‘rishimiz mumkinki, boshlang‘ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to‘g‘ri ketma-ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkinligini. Ona tili va o‘qish savodxonligi va tabiiy fanlar integratsiyasi imkoniyatlari juda keng, chunki o‘qish darslari va tabiiy fanlar darslarida o‘quvchilar o‘zining o‘lkasi tabiati bilan tanishadi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar, uy va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, ob – havo, O‘zbekiston va o‘zi yashab turgan hudud o‘simliklari bilan tanishadilar.

Ona tili va o‘qish savodxonligi va tabiiy fanlar darslaridagi umumiy tarbiyaviy maqsad mavjud: o‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, atrof muhitga muhabbatni hamda tabiatni e’zozlash his – tuyg‘ularini tarbiyalash, tabiatni o‘z ona uyiday his qilishga o‘rgatishdan iborat. Ona tili va o‘qish savodxonligi va tabiiy fanlar darslarida o‘rgatish ob’ekti bu tabiatning o‘zi yoki atrof – muhitimizdagi biror voqea hodisalardir, lekin ularning o‘rganish usullari boshqacha. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsi tabiiy fanlar darsiga nisbatan voqea hodisalarni turli ranglarda qabul qilinishini tushuntiradi, o‘quchilarga o‘zining tabiatga bo‘lgan estetik munosabatini til vositasida, so‘zlarda, matn va gaplarda ifodalashga o‘rgatadi.
Tabiiy fanlar darslarida esa, ko‘zlari bilan kuzatadi, qo‘llari bilan ushlaydi, amalda biror ish bajarib ko‘radi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida yozilgan mashqlar tarkibining ko‘p qismi tabiat voqea-hodisalariga bog‘liq. SHu bois ham tabiatni e’zozlash, uni asrash, avaylash to‘g‘risida va boshqalar haqida kichkina suhbatlar, savol javoblar, ko‘rgazmali holatlarni o‘tkazish ham foydadan holi emas.
Tabiiy fanlar darslarida esa, o‘tiladigan mavzularni mustahkamlash yoki “Kuz”, “Bahor”, “Yoz”, “Qish”, “Sog‘lom turmush tarzi” kabi mavzulardan foydalanib, diktant, o‘qituvchi yordamida insho yozdirish mumkin [3]. Ularni tabiat hodisalari bilan boyitgan holda, ona tilidan olgan bilimlarini mustahkamlash ularni o‘rganish va xotirada saqlash muhim ahamiyatga ega. 2- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida aynan tabiiy fanlar darsligi elementlarini o‘z ichiga oluvchi 3-bo‘lim joy olgan. 3-bo‘lim “Tabiat ne’matlari” deb nomlangan. Unda:
Qishda uxlaydigan hayvonlar, Yer ostida nima bor?
Sayohatchi qushlar [4].
Ularda tabiiy fanlar bilan ona tili va o‘qish savodxonligining integratsiyasini yaqqol na’munasini ko‘rishimiz mumkin. Bu mavzulardan foydalanib ona tili va o‘qish savodxonligi mavzularini mustahkamlagan xolda tabiiy fanlarni ham o‘rganib o‘tish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi zamon o‘zbek adabiyotida asar qahramonlarining qalb kechinmalari to‘laroq ifodalanayotganligi, psixologik asarlarning ko‘plab yaratilayotganligi badiiy tasvir vositalaridan biri hisoblangan o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapni ustalik bilan qo‘llash natijasidir.




  1. sinf ona tili va o‘qish savodxonligi va tabiiy fanlar darsligi bilan integrasiyalashgan bo‘limi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘zbek yozuvchilari personajlarning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini, xarakter xususiyatlarini kitobxon bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapdan unumli foydalanib, qahramonlar tilidan o‘zlari so‘zlaydilar, asardagi voqea – hodisalarga o‘z munosabatini bildiradilar.[5] Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida tabiiy fanlar darsliklarida bunday matnlarni ko‘plab uchratamiz, agar ularni haqiyqiy obraz qiyofasiga kirib o‘qisak, tasvirlasak, o‘quvchilar ongiga har qanday asar, matn mustahkam joy oladi.
Ona tili darslarida nutqni rivojlantirish asosiy hisoblanishini unutmagan holda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sinf mavzularini o‘rganganda badiiy, tasviriy va ixtiyoriy insho va diktantlardan foydalanish mumkin. Insho va diktantni tanlashda esa, tabiatga xos bo‘lgan, bolalarda tabiatga muhabbatini tarbiyalovchi mavzularni tanlash kerak bo‘ladi. Insho va diktant bolalarda tabiatga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalaydi, uni e’zozlashga o‘rgatadi, ularga tabiatning axloqiy, estetik va ekalogik mas’uliyat va burchlarini tushunishga yordam beradi. O‘zlarining hikoyalarida bolalar hikmatli so‘zlar, allomalarning fikrlarini kiritishni, maqollardan, iboralardan o‘z o‘rnida foydalanishni, insholar va diktantlarga rasmlar chizishni asta – sekin o‘rganadilar.
Bundan maqsad tabiat to‘g‘risida chuqqurroq o‘rganish, uni his qilish, atrof – muhitga e’tiborli bo‘lishga o‘rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida rasm asosida hikoya yoki ertak tuzishga, ularga nom qo‘yishga, rejalar tuzishga, qismlarni to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatiladi. Bu o‘quvchilarni vaziyatni to‘g‘ri baholashlariga yordam beradi.
Fanlararo umumiy mavzular mavjudligi aynan shu usullarni birlashtirib, o‘quvchilarga kengroq holda bilim, ko‘nikma va malakalarni yetkazishni maqsad qilib qo‘yadi. Agar ikki fanni
mujassamlashtirilsa, darsni shunday rejalashtirish kerakki, boshqa fanlardan olingan ma’lumotlar bir-biriga qo‘shimcha bo‘lib, o‘sha ma’lumotlar chuqurlashtirilsin, yaxshi singdirilsin va o‘quvchi xotirasida yaxshi saqlansin. Shundagina bu mujassamlashgan dars boshqa darslardan farq qiladi va o‘zining samarasini ko‘rsata oladi. Bunda biz tabiiy fanlarni orqali aqliy o‘ylashdan hissiy fikrlashga o‘tamiz, o‘qishni o‘rganganda his-tuyg’ularga ta’sir qilib, insoniylikni, odob – axloqni, do‘stlik tushunchasini, kattalarga hurmatni shakllantiramiz.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyadan qanchalik unumli foydalansak, o‘quvchilarning bilim saviyasi shuncha o‘sib boraveradi. Ular fanlarni bog‘lash, ularni farqlash va nazariya bilan amaliyotni birlashtirishi shunchalik tez rivojlanib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Mavlonova R., Raxmonqulova N., Boshlang‘ich ta`limning integratsiyalashgan pedagogikasi. T.: “O‘qituvchi” 2006-yil. B.15

    2. Qayumova Sh. Boshlang‘ich ta’lim tizimida fanlararo integratsiyaning ahamiyati. Global jurnal. 2020 –yil. B.270

    3. Suyarov K.T., Tillayevna Z.Y va boshqalar Tabiiy fanlar 2-sinf darsligi B.36

    4. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi”. Toshkent -2021. B.43

    5. Siddiqova Sh. “Badiiy matnni shakllantiruvchi sintaktik vositalar.” Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar (an’anaviy) mavzusidagi respublika ilmiy

–amaliy anjumani materiallari. Jizzax.:2020. B.210.
Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish