Boshning plastik anatomiyasi



Download 0,71 Mb.
bet6/7
Sana27.05.2023
Hajmi0,71 Mb.
#944636
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5465465132132 - 1

76-rasm.


112




Naturadagi odam boshini chizish, bir nechta sabablaiga ko‘ra, gipsdan ishlangan bosh rasmini chizishdan ancha qiyin. Birinchidan, odam harakatsiz uzoq vaqt tura olmaydi, u doimo xarakatda, shu sababli odam qanchalik harakat qilmasin bosh­ning egilganlik va burilganlik darajasi, nigohi, yuz ishorasi, soch turmagi o‘zgarib turadi. Ikkinchidan, gipsdan ishlangan bosh rasmlari mashhur rassomlarning ijod namunalaridir. Ular mo- delni yaratishda boshning ikkinchi darajali, katta ahamiyat kasb etmaydigan qirralarini ishlamaganlar va ular umumlashgan hol­da tasvirlangan, bu esa o‘z navbatida gipsdan ishlangan modelni chizish birmuncha osonligidan dalolat beradi. Naturadan rasm chizilganida rassom o‘zi ushbu tanlovni amalga oshirishi kerak.
Boshning oldinga ko'tarilishi old tarafdagi bo'yin muskul- larining tarang tortilishi bilan chegaralanadi: yarem chuqurchasi, hiqildoq va engak oralig‘idagi masofa cho‘ziladi, yarem chuqur­chasi tekis holga keladi, bo‘yin ko‘krak-o‘mrov so‘rg‘ichsimon mushagining tekislashishi hisobiga kengayadi.
Bosh va bo‘yin tasvirini old tomondan chizilganda, o‘rta chiziq yarem chuqurchasi, hiqildoqning o‘rtasi, til osti suyagi va engakdan o‘tadi. Bosh burilganida bo‘yinning oldingi, yuqori — konussimon qismi o‘z shaklini o£zgartiradi va biroz buraladi. Bunday holatda o‘rta chiziq ushbu o‘zgarishlarga mos ravishda belgilanadi, shaklning o‘zi esa o‘rta chiziqning chap va o‘ng ta- raflga asosan chiziladi. Shuningdek, ikkala ko‘krak-o‘mrov-sotr- g'ichsimon muskullarning holati o'zgaradi va ushbu o‘zgarish ham rasmda o‘z ifodasini topishi kerak. Boshda xochning gori­zontal va o‘rta chiziqlari belgilanadi va uning yordamida bosh­ning burilish va egilish darajasi osonlikcha aniqlanadi. Pastki jag‘ (ayniqsa, bosh yuqoriga ko‘tarilgan holatda tasvirlanganda), quloq va so‘ngra trapetsiyasimon muskullar va o‘mrov suyagi belgilanadi. Bunda bosh va bo‘yinning ko‘krak qafasi va elka kamari bilan bog‘liqligi aniqlanadi. Rassom shuni nazarda tuti- shi kerakki, rasm konturni ko‘chirib olish yo‘li bilan emas, balki aynan yarem chuqurchasidan boshlab chiziladi. Rasm anatomik xususiyatlardan kelib chiqib chizilgan bo‘lsa, kontur o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladi.
Bo‘yin va bosh rasmini yon tomondan ishlash chog‘ida bo‘yinning konussimon qismi o‘rta chizig‘ini topish, bosh silueti


113




deyarli profil holatda joylashtirilgan boisada, o‘rta chiziqni yarem chuqurchasidan boshlash muhimdir. Boshni bo‘yin bilan tasvirlashda bosh va bo‘yin muskullarining tuzilishiga oid bilim- lar o‘quvchi uchun nihoyatda muhimdir. 77, 78 - rasmlar. Bu xochning ikkaia chizigiga — o‘rta va gorizontal chiziqqa ham taalluqli; ulaming to‘g‘ri o‘tkazilishi hatto boshning deyarli ko‘z ilg'amaydigan burilishi va egilishini aniqlashga yordam beradi va bu o‘z navbatida tasvirga hayotiylik, tabiiylik bahsh etadi. 0‘mrov suyagi (u awal tublikka, so'ngra yana tomoshabin to- monga harakatlanayotgandek go‘yo) va trapetsiyasimon muskul- lar (boshdan pastga tushayotganida kurakdagi akromionga bura- lib birlashgan, keyin esa orqaga, o‘mrov suyagi bo‘ylab ichkariga kirib ketgan) holatini kuzatish kerak. Bunda o‘mrov suyagi yuqorisidagi chuqurcha va uning yuqori tomon davom yo‘nalishi belgilanadi.






Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish