Boshqariluvchi jarayonning joriy chiqishi



Download 324,16 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi324,16 Kb.
#365491

Boshqariluvchi jarayonning joriy chiqishi y(t) teskari aloqa chizig‘i bo‘ylab, aniq signal shaklida tizimning kirishiga kelib tushadi va u

erdagi ∆ elementda g(t) aniq topshiriq bilan solishtiriladi. Xatolik ε(t),



agar talab etilsa, uning

e(t) ,

e(t) , …, hosilalari, xatolikni integrali

( ei t ) aniq signallar ko‘rinishida kontrollerning kirishiga beriladi.

Noaniq rostlagich o‘z tarkibiga e(t) , e(t) , ei t va boshqa aniq

signallarni e(t) , e (t) , ei t va boshqa noaniq signallarga o‘zgartirishga

xizmat qiluvchi fazzifikatorni oladi.





1-rasm. SHisha eritish pechlaridagi yonish jarayonini noaniq boshqarish tizimining asosiy strukturasi.

Xulosalash mexanizmi mazkur noaniq signallarni qabul qilgach, bu signallarni tavsiflovchi noaniq to‘plamlarning tegishlilik funksiyalari saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi hamda rostlashning noaniq qoidalari saqlanadigan bilimlar bazasidan foydalanib, kontrollerning u*(t) noaniq chiqish signalini olish bo‘yicha mantiqiy xulosani amalga oshiradi. Boshqariluvchi jarayonning kirishiga ijro mexanizmining rostlash organi orqali u aniq boshqarish signali tushishi zarurligi



sababli defazzifikator u* noaniq boshqarish signalini u(t) aniq boshqarish signaliga o‘zgartiradi.

SHuningdek, ishda shisha eritish pechining ishlashini boshqaradigan,

2-rasmda tasvirlangan intellektual tizim ham taklif etilgan.



2-rasm. SHisha eritish pechini boshqarishning intellektual tizimi. SHisha eritish pechiga o‘rnatilgan o‘lchov vositalaridan kelayotgan X =

(X1, X2, X3, X4) va Y = (Y1, Y2, Y3, Y4,Y1) signallar mantiqiy blokda talab etilgan qiymat bilan colishtirishtirilib, nisbatan farqi katta bo‘lgan signallar konturining rostlagichi sozlash parametrlarini qayta bashoratlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bashoratlash blokida boshqarish tasirlarini hisobga olgan holda rostlagich parametrlarning optimal qiymatlari bashoratlanadi va boshqarish blokining sozlash parametrlarini ushbu o‘zgarishga moslashtiradi. Bu erda r topshiriq, ishlab chiqilgan va joriy etilgan algoritmlar, shuningdek bashoratlovchi modellarning parametrlari asosida noaniq rostlagich U=(u1, u2, u3, u4) boshqarish ta’sirlarini shakllantiradi va ularni mos ijro mexanizmlariga beradi.

Tadqiqot ob’ekti haroratlarni rostlash sohalariga ajratilgan bo‘lib, har bir alohida soha pechning yuqori qismi va tubiga o‘rnatilgan termoparalar bilan qayd etiladigan o‘zining xususiy harorat diapazoni bilan tavsiflanadi. Diapazonlarni aniqlash uchun termlar soni berilgan va har bir term uchun son o‘qidagi kesmalar uzunligi aniqlangan. Haroratni sifatli boshqarish uchun har diapazonni to‘qqizta termga ajratish lozim, chunki kesmaning uzunligi termga kiritilgan haroratni nominal qiymatga yaqinligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, sozlash ham shunchalik aniq bo‘ladi.

Taklif etilgan noaniq rostlagichni amalga oshirish uchun bul algebrasi asosida FBD tilida dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘z ichiga bosimning oltita fazzifikatsiya blokini; har bir soha uchun harorat va bosimlarni o‘zgartirishni noaniq mantiqiy xulosalash qoidalarini amalga oshiruvchi oltita blokini; boshqarish signallarini markaziy xulosalash blokining haroratlarini rostlashda har bir sohaning vazn koeffitsientlarini aniqlovchi bloklarni oladi.

Ishda aniq va noaniq rostlagichli boshqarish tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan hamda rostlagichlar sozlanmalarini rostlashning talab etilgan sifati va ekologik me’yorlarga amal qilgan holda yoqilg‘ini yoqishni tejamkorligini ta’minlovchi optimal parametrlari aniqlangan. Hatto an’anaviy rostlagich bilan qo‘yilgan maqsadga erishilganda ham noaniq rostlagichli ob’ekt chiqishi kichik qayta rostlash va o‘tish jarayoni vaqtiga ega bo‘lishi aniqlangan. CHiqish kattaligi (95–105) % diapazonli chegaraga etgandagi vaqt kabi aniqlanadigan rostlash vaqti mazkur chegaralardan chiqmaydi. Aniq rostlagich bilan rostlash vaqti 51,2 sekundni, noaniq rostlagich bilan esa 41,8 sekundni tashkil etdi. SHunday qilib, noaniq rostlagich 9,4 minudga kam bo‘lgan o‘tish jarayoni vaqtiga ega.

Statik xatolik bo‘lmaganda rostlash kanalidagi noaniq mantiqli kontroller minimal vaqt bilan g‘alayon ta’siriga ishlov berishni ta’minlashi lozimligi uchun rostlagichning faoliyat ko‘rsatish algoritmi sifatida, talab etilgan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi va kam algoritmik murakkablikka ega bo‘lgan, Sugeno algoritmini tanlash maqsadga muvofiqdir. Noaniq mantiqli kontroller, yoqilg‘i sarfini ART dan umumiy havo sarfini rostlash tizimiga beriladigan topshiriq signalini ilgarilab nazorat qiladi.

Noaniq mantiqli kontroller to‘rtta kirish (har bir rostlash kanali uchun ikkita) va har biri xususiy boshqarish kanali bo‘lgan ikkita chiqishga ega. Bunda rostlagichning ikkita mos kirishiga rostlanayotgan kattalikni topshiriq qiymatdan og‘ish signallari, ikkita boshqa kirishlariga esa og‘ishni integrallangan signallari beriladi.

Kirish lingvistik o‘zgaruvchilarining tegishlilik funksiyalarini ko‘rinishi Gaussni taqsimlanish funksiyalari ko‘rinishida qabul qilingan bo‘lib, lingvistik o‘zgaruvchilarni yanada silliqroq o‘zgarishlarini ta’minlaydi. Tizim o‘tish tavsiflarining ko‘rinishiga maxsus talablar qo‘ymaganligini e’tiborga olgan holda, noaniq mantiqli kontrollerning bilimlar bazasini algoritmik murakkabligini kamaytirish uchun kirish lingvistik o‘zgaruvchilarining asosiy term-to‘plamlari oltinchi darajada chegarlangan. Kirish lingvistik o‘zgaruvchilarini term-to‘plamlarini shkalalash o‘tkazilgan. T lingvistik o‘zgaruvchilarning term-to‘plami T={ManKat, ManO‘r, ManKich, MusKich, MusO‘r, MusKat} term nomiga ega bo‘lib, mos ravishda «manfiy katta», «manfiy o‘rtacha», «manfiy kichik»,

«musbat kichik», «musbat o‘rtacha», «musbat katta» ni anglatadi.

Noaniq qoidalar bazasi:



  • AGAR og‘ish O2 ManKat bo‘lsa, UNDA boshqarish mf1 O2 bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish O2 ManO‘r bo‘lsa, UNDA boshqarish mf2 O2 bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish O2 ManKich bo‘lsa, UNDA boshqarish mf3 O2 bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish O2 ManKich bo‘lsa, UNDA boshqarish mf3 O2 bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish O2 MusO‘r bo‘lsa, UNDA boshqarish mf2 O2 bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish O2 MusKat bo‘lsa, UNDA boshqarish mf1 O2 bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish Rm ManKat bo‘lsa, UNDA boshqarish mf1 Rm bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish Rm ManO‘r bo‘lsa, UNDA boshqarish mf2 Rm bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish Rm ManKich bo‘lsa, UNDA boshqarish mf3 Rm bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish Rm MusKich bo‘lsa, UNDA boshqarish mf3 Pm bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish Rm MusO‘r bo‘lsa, UNDA boshqarish mf2 Rm bo‘ladi;

  • AGAR og‘ish Rm MusKat bo‘lsa, UNDA boshqarish mf1 Rm bo‘ladi.

Pechni avtomatik boshqarish ob’ekti sifatida qarab, uning gazli gorelkalari va yonish sohalari statik va dinamik tavsiflarini tadqiq etish natijasida, uning inersion va inersiyasiz qismlarini matematik tavsiflari olingan.

Nisbatlarni avtomatik rostlash tizimlarini amalga oshirish uchun aeratsiyaning optimal koeffitsientini rostlashni ta’minlash va gaz yoquvchi qurilmalarni xavfsiz ishlatish uchun lozim bo‘lgan amallar siklini amalga oshirish uchun ekstremal rostlagich ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, quyidagi tizimlarning tajriba-ishlab chiqarish sinovlari amalga oshirilgan: gaz yoquvchi pechlarni kompleks avtomatlashtirish uchun yonish xavfsizligini avtomatik tizimi; “yoqilg‘i- havo” nisbatlarini va gaz yoquvchi qurilmalarining yonish sohalari o‘tkazuvchanligini amplituda-chastotaviy signali integrali bo‘yicha avtomatik rostlash tizimlari; kichik va o‘rta unumdorlikdagi uch yo‘lli gorelkalarda tabiiy gazni ikki bosqichli yoqilishidagi yonish jarayonlari avtomatik rostlash tizimlari.

Gaz yoquvchi pechlarda yoqilg‘i yonishini intellektual boshqarish tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u avtomatik rejimda texnologik jarayon va jihozlar holati (boshqarish rejimi, armaturalar holati va boshqalar) haqidagi axborotlarni aks ettirishni axborot-hisoblash va boshqarish funksiyalari to‘plamini amalga oshirish, texnologik jarayondagi buzilishlar haqida signallash, gaz gorelkalarini o‘t oldirish va o‘chirish bo‘yicha texnologik amallarni dasturiy - mantiqiy boshqarish, avtomatik himoya va blokirovkalash, shuningdek funksional klaviaturalar yordamida boshqarish shchitidagi avtomatlashtirilgan ish o‘rni (AIO‘) orqali ijro mexanizmlarini masofadan boshqarishni bajaradi.
Tajriba-ishlab chiqarish sinovlarida olingan natijalar 3-rasmda keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdi-ki, noaniq rostlagichli boshqarish ob’ekti ancha sifatli o‘tish jarayoniga ega.




a) b)

3-rasm. SHisha eritish pechidagi bosimni (a) va haroratni (b) aniq

(klassik) va noaniq (intellektual) rostlagichlar bilan rostlashning o‘tish jarayonlari.



Xulosa

Dissertatsiya ishida olingan natijalar tadqiqot natijalarining ishonchliligini tasdiqladi hamda kichik va o‘rta unumdorlikdagi gaz gorelkalari bilan ta’minlangan yoqilg‘i agregatlarida ulardan foydalanishda o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi.



«Pechlarda intellektual boshqarish tizimi» mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy natijalar olingan:

  1. SHishasozlik sanoatining gaz yoquvchi pechlarini boshqarishni intellektual tizimlarini strukturaviy-parametrik tahlil qilish va sintezlashni nazariyasi va amaliyotini zamonaviy holati tanqidiy tahlil qilingan va uning yanada rivojlanish va takomillashuv tendensiyalari aniqlangan.

  2. Gaz yoquvchi pechlardagi shisha eritish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan. Model gaz yoquvchi pechlardagi o‘t oldirish, yonish va “havo – yoqilg‘i gazini stexiometrik berilishini o‘rganish imkonini beradi.

  3. Gaz yoquvchi pechlarni intellektual boshqarish tizimini arxitekturasi taklif etilgan va shisha erituvchi pechning neyron tarmoqli modelini o‘qitishni to‘g‘ri va teskari aloqalarning ta’sirini hisobga oluvchi uslubiyati asoslangan. Xatoligi teskari tarqaluvchi o‘qitishli ikki qatlamli intellektual neyron tarmog‘ini tanlash asoslangan. Natijada shisha eritish pechi jarayonini boshqarishda neyron tarmoqli

modellashtirishdan foydalanish samaradorligini oshganligi isbotlangan.

  1. Alangani o‘tkazuvchanligi va integral o‘tkazuvchanligining pulslanishini umumiy integralli amplituda-chastotaviy ekstremumi bo‘yicha yonishning optimal koeffitsientini nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, gaz-gorelkali qurilmalarning sifatli tavsiflarini nazorat qilishni ta’minlash hamda yoqilg‘i aralashmalari komponentlari

nisbatlarini beradi.


  1. SHisha eritish pechlarida shisha mahsulotlari ishlab chiqarish

jarayonini boshqarishni takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, pechlarda gazni yonish jarayonini sifatli nazorat qilish ta’minlanadi. Natijada, rostlashning talab etilgan sifati ta’minlangan.

  1. SHisha eritish pechlarini boshqarishning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi intellektual tizimini strukturaviy- parametrik sintezlash amalga oshirilgan.

  2. PID-rostlagichlarni sozlashning optimal parametrlarini hisoblovchi algoritm ishlab chiqilgan. Natijada, dinamik rejimda PID- rostlagichni optimal parametrlarini hisoblash aniqligi oshgan.

  3. SHisha massasini reologik xossalarini tadqiq etish uchun avtomatlashtirilgan intellektual tizimning dasturiy-apparatli majmuasi ishlab chiqilgan, shuningdek, pech ishi tadqiq etilgan va sozlash amalga oshirilgan. Natijada, tayyor mahsulotning yuqori sifati ta’minlangan.

Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish