Boshqarish kafedrasi maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili mavzusidagi


Biitruv malakaviy diplom ishining tuzilishi



Download 260,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana31.12.2021
Hajmi260,27 Kb.
#220507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili

Biitruv malakaviy diplom ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, to`rt bo`lim, xulosa 

va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 

 

 




 

12

I-BOB. Maktab muzeylarining shakllanishi, maqsad va vazifalari hamda 



rivoji 

 

1.1. Maktab muzeylarining tashkil etish omillari va rivoji. 

O`lkani va unda mavjud bo`lgan tarix va madaniyat yodgorliklarini muxofaza 

qilish, o`rganish va ulardan foydalanish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. 

Tarixchilarga bu qonun muqaddas dasturiamal bo`lib xizmat qiladi. Biz yoshlarni 

tarixiy yodgorliklarni avaylab saqlashga, tarixiy obidalarga mexr-muhabbat bilan 

qarashga o`rgatib, bu yodgorliklar faqat o`tmishni o’rganish uchungina emas, shu 

bilan birga ilm-fanni, xalq maorifi va madaniyatini yanada rivojlantirish uchun 

ham bebaho durdona ekanligini singdirish ruhida tarbiyalashimiz kerak. 

Maktab muzeyi yoshlar oldiga quyidagi vazifalarni; birinchidan, jamiyat hayoti va 

xalq turmushidagi eng muhim tarixiy, voqealarni, davlat va harbiy arboblarning, 

xalq qahramaonlarining hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo`lgan binolar, 

inshootlar, esdalik joylarni o`z o`lkasiga bog’lab o`rganishni ikkinchidan, 

arxeologiya yodgorliklari, ko`xna shaxarlar, qo`rg’onlar, qal`alar qadimiy 

manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy 

dafn joylar – mozorlarni, tosh xaykallar, qoyalardagi tasvirlarni, qadimiy 

buyumlarni o`z joyiga bog’lab, o`rganishni; uchinchidan, me`morchilik obidalari, 

tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shahar va boshqa aholi 

yashaydigan manzillarning qadimiy tuzilishi, qurilish va qoldiqlarini, grajdan, 

sanoat, xarbiy, diniy, xalq ma`morchiligi inshootlarini tabiat landshaftlarini o`z 

xududiga moslab o`rganishni; to`rtinchidan, san`at yodgorliklari monumental, 

tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlarini; beshinchidan, 

yodgorlik xujjatlari – davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining 

aktlari, boshqa yozma, grafik va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa 

qo`lyozmalar hamda arxivlar, folklor va musiqa yozuvlari va shu kabi nodir 

materiallarni izlab topish, o`rganish va umumlashtirish vazifalarini qo`yadi. 

Maktab muzeyi oldiga juda katta va ulkan vazifalar qo`yilgan bo`lsada xalq va 

davlat muzeylaridan o`ziga xos xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Birinchidan, 



 

13

maktab muzey o`quvchilar uchun mo`ljallangan, ikkinchidan, bu muzey maktab 



o`qituvchilar jamoasi hamda yoshlar tashkilotlari tomonidan yig’ilgan materiallar 

asosida tashkil etilgan. Uchinchidan, muzeydan faqat yuksak tarbiyaviy 

muqsaddagina emas, balki ta`lim jarayonida ham unumli foydalanish mumkin. 

Politexnika ta`limida kichik muzeyni tashkil etish benihoiya katta ahamiyatga 

egadir. 

Maktab muzeyi tashkil qilingan maktablarda o`quvchilarning ijtimoiy fanlardan 

olayotgan bilimlari, mustaqil ishga va mehnatga, o`tmish tarixi va madaniyatiga 

qiziqishlari o`sib borilayotganligi aniqlanmoqda. SHuningdek, yuqori sinf 

o`quvchilarining bilim doirasi kun sayin kengayib, dastlabki ilmiy tadqiqot 

ishlariga bo`lgan qiziqishi sezilarli darajada o`smoqda. Davlat muzeylari 

bo`lmagan tumanlarda maktab muzeyining vazifasi yanada murakkabroq bo`ladi. 

Bunday xollarda maktab muzeyi mahalliy aholini ham o`ziga jalb qiladi va tarixiy 

yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanishga bo`lgan qiziqishni orttiradi. 

Maktab muzeyi qanday bo`lishi kerak? U qanday tashkil etiladi. Undagi ishlar 

qanday uyushtiriladi?  

Maktab muzeyi ilmiy tizimga solingan, barcha materiallar to`planib namoyish 

qilishga tayyorlangan, tarix va madaniyat yodgorliklarining imkoni boricha asl 

nusxasini yoki xar xil vositalar yordamida ko`chirma (nusxa) olib, 

o`lkashunoslikning manbalari bo`yicha davrlashtirilib qo`yiladigan maktab 

jamoasi, o`quvchilar hamda o`sha xududda istiqomat qiluvchi mahalliy aholiga 

mo`ljallangan kichik bir boshlang’ich ilmiy madaniy muassasadir. 

Muzeyga materiallar joylashtirilayotganda, albatta viloyat yoki tuman 

o`lkashunoslik muzeylarri hodimlaridan maslaxat olish zarur. Chunki materiallarni 

xronologik asosda joylashtirish davlat va xalq muzeylaridan farq qilmasligi kerak. 

Maktab muzeyi tushunchasi ko`pincha uning tanlab olgan sohasiga qarab 

aniqlanadi. 

Maktab muzeyi sohasini tanlab olishda maktab yoshlar tashkilotlari va 

o`qituvchilar jamoasi hamda ota-onalar qo`mitasi uning g’oyaviy-siyosiy va 

ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini hisobga olishlari kerak. Maktab muzeyiga asosiy 



 

14

soha qilib madaniyat obidalari va tarixiy-revolyutsion joylar tanlab olinsa 



maqsadga muvofiq bo`ladi. 

Bunda bevosita yuqorida ta`kidlab o`tilganidek o`z o`lkasidagi mavjud tarixiy, 

moddiy va ma`naviy yodgorliklarni qidirib, u yerlardan muzey uchun yaroqli 

bo`lgan arxeologiya, etnografiya, toponomikaga oid topilmalarni muzey fondiga 

topshirish va shu yo`l bilan eksponatlar sonini ko`paytirish mumkin. 

Bunda o`lkashunoslik rahbar-o`qituvchi ma`lum xududni tanlab olishi va tadqiqot 

olib boradigan qishloq, rayon, shahar yoki mikrorayonlarni aniq chegaralab 

qo`yishi zarur. Ayrim hollarda maktab muzeyi faqat maktab tarixini o`rganish 

bilangina chegaralanib qoladi. Bunda albatta, maktab mikrouchastkasining 

qadimgi hayoti arxeologiyasi, etnografiyasi va toponomikaga oid materiallar bilan 

ham qiziqish kerak. Shu bilan birga o`sha xududda yashab mehnat qilgan hozirda 

ham ishlab turgan xalq qahramonlarining, fuqarolar urushida va Ulug’ Vatan 

urushida qatnashgan kishilarning faoliyatiga oid materiallar yozma fondidan joy 

olishi kerak. 

Muzeyning xronologik davri yoki ramkasi ham har xil bo`lishi mumkin. Muzey 

o`rganish ob`ekti qilib olgan xududning eng qadimgi davridan to 1917 yilgacha 

bo`lgan davrini o`rganish ham mumkin yoki undan keyinga davrdan to hozirgi 

kungacha bo`lgan davrni o`rganish ham mumkin. Juda ko`pchilik maktablar 

o`lkashunoslik sohasini tanlab to`g’ri qiladi. Bu narsa birinchidan, maktab 

muzeyini tashkil etishda va turli-tuman materiallar to`plashda qulaylik tug’dirsa, 

ikkinchidan, bu sohada muzey uchun istalganicha o`quvchilarning bevosita 

yordamida o`z o`lkalarining madaniyat tarixini, ya`ni arxeologiyasi, etnografiyasi, 

toponomikasi va arxiv xujjatlarini yig’ish imkonini beradi. Uchinchidan, bu ishga 

o`quvchilarning xohishlari va istaklari katta bo`ladi. To`rtinchidan, u boshqa fanlar 

bilan ya`ni tarix, inson va jamiyat, geografiya, adabiyot, tilshunoslik fanlari bilan 

yaqin aloqada bo`ladi, bu esa muzey materiallarini ko`p miqdorda topishga imkon 

beradi. 

Mobodo maktab sharoiti uchun qadimgi davrni o`rganish qiyinchilik tug’dirguday 

bo`lsa yoki material topilmasa, oshkoralik deomkratik tarixni ro`y-rost yoritish 



 

15

keng avj oldirilgan xozirgi davrni o`rganish va shu haqida material to`plash, mana 



shular asosida muzey tashkil qilish ham mumkin. 

Shunday qilib, maktabda tashkil etilgan tarix va o`lkashunoslik muzeyi va unga 

qo`yilgan eksponatlar maktab o`quv ta`lim-tarbiya talablariga to`liq javob berishi 

kerak. 


Maktab muzeyi yuqorida aytilganidek, avvalo yoshlar hamda o`qituvchilar 

jamoasining, o`qituvchilar va keng jamoatchilikning faol ishtirokida tashkil etiladi. 

Muzey tashkil etish uchun avvalo materiallar yig’ish, hujjatlar to`plash va ularni 

o`rganish zarur. Muzey tashkil etish ishining tashkilotchisi o`lkashunoslik-tarixchi 

o`qituvchi bo`lishi shart. Maktab o`lkashunosligini avvalo o`quvchilarning o`zlari 

tashkil etadi. SHuning uchun ham bu ish jamoatchilik asosida boshqariladi. 

Maktab muzeyini tashkil etish uchun avvalombor quyidagi tashkiliy ishlarni 

amalga oshirish lozim: muzey sohasi maktab o`qituvchilari majlisida muxokama 

qilinib, unga rahbar tayinlanadi; muzey tashkil qilish masalasi yuqori sinf 

o`quvchilari yig’ilishlarida muhokama qilinadi. Yig’ilishlarda o`qituvchilar 

majlisida tayinlangan rahbar muzey tashkil qilish yuzasidan axborot beradi; 

o`quvchilar yig’ilishda muzey kengashi saylanadi. Ular vaqti-vaqti bilan muzey 

ishlari qanday borayotganligi haqida o`quchilar yig’ilishida axborot berib turadi. 

Ko`pincha o`lkashunoslik to`garagi a`zolari bu ishning tashabbuskori bo`lishib, 

ular tarix va o`lkashunoslik bo`yicha tashkil qilingan sayoxat va ilmiy safarlarda 

to`plangan kollektsiyalari, arxeologiya, etnografiya, toponomiyaga oid 

materiallarini maktab muzeyida eksponat sifatida topshiradilar. Bu materiallar 

muzey fondiga aylanadi. Muzey kengashi har yili saylanadi. Uning tarkibida 10-13 

kishidan iborat faqat a`lo o`qiydigan va shu ishga juda qiziqadigan jamoatchi 

a`zolari bo`ladi. Bular o`rtasida ishlar quyidagicha taqsimlanadi: 

1.  Muzey kengashi raisi. U o`quvchining bevosita 

raharligida kengashning ish rejasini tuzadi, rejaga asosan ishlarni 

taqsim qiladi. Kengashning tashkiliy masalalarini hal qiladi, 

material to`plash, ekspozitsiya tuzish, muzeydagi navbatchilik 

jadvalini tuzish bilan bu ishlarning bajarilishini kuzatadi. 



 

16

2.  Muzeyning katta saqlovchisi. U muzeydagi barcha 



materiallar va eksponatlarning saqlanishga va o`rni-o`rniga 

qo`yilishiga javob beradi. Muzey materiallarini hisobga olish daftari 

yuritadi va muzey materiallarining asl nusxalariga kartotekalar 

tuzadi. 


3.  Muzey kengashining kotibi. U sayohatlar va ilmiy safar 

ishlarining yakuniga bag’ishlab o`tkaziladigan va muzeydagi barcha 

ishlar bo`yicha o`tkaziladigan yig’ilishlar qarorlarini muntazam 

yozib boradi. Barcha olib borilgan ishlarni hisobga olib boradi. 

4.  Muzey kengashi a`zolari. Ular ekspozitsiya tuzishga, 

materiallar to`plashga, ekspozitsiyalarni bezash ishlariga javobgar 

shaxslar tayinlaydi, fuqarolar urushi va 2-jaxon urushi faxriylari 

bilan uchrashuvlar tashkil qiladi va xokazolar. Bundan tashqari, 

Kengash a`zolari muzeyga materiallar yig’ish, ilmiy safar va 

sayoxatlar uyushtirish, muzeyshunoslikka oid bo`lgan adabiyotlarni 

o`qish, jamoat o`lkashunosligi hodimlari va kollektsionerlar bilan 

suhbatlar, uchrashuvlar o`tkazish bo`yicha aniq reja tuzib 

chiqadilar. 

Namangan shahridagi 40-o`rta maktab o`lkashunoslik muzeyiga 1964-yili asos 

solingan. Oradan o`n yil o`tib, xonalar ko`paya boshlagan. Geologiya xonasi, 

jangovor va mehnat shuhrati xonasi, ekologiya xonasi, madaniy-ma`rifiy tadbirlar 

uchun ham xona tashkil etildi. 1980 yilning 19-fevrali unutilmas kun bo`ldi. 

Respublika Madaniyat ishlari vazirligi maktab muzeylari o`rtasida ko`rik tanlov 

natijalariga ko`ra, bu yerni “Xalq muzeyi” deb atash to`g’risida qaror qabul qildi. 

Ushbu xalq muzeyida 16 mingdan ortiq eksponatlar bor.

1

 

Maktab muzeyini tashkil qilishda o`qituvchilardan maktab direktori Luqmonjon 



No`monov, Abdullajon Nuriddinov, YUsufjon Otaxo`jaev, Xodillo Nuriddinov, 

Sobirjon Tangotarov, o`quvchilardan Kimyoxon Farxodova, M.Rafiqova, 

                                                            

1

 Turopova M. Maktabda xalq muzeyi. // Ma`rifat. 1988 yil, 17-yanvar. 




 

17

N.Ismoilov, R.Xojimirzaev, G’. Farxodova, I.Rahmatullaev va boshqalar fidoiylik 



ko`rsatib muzey tarixida o`z nomlarini qoldirishgan. 

1998 yil Norin tumanidagi Usmon Nosir nomli 44-o`rta maktab qoshida “Maktab 

tarixi muzeyi” ochildi. Maktab tarixi muzeyi ekpozitsiyasi, maydoni 118 kv.m 

bo`lgan shinam zalga joylashgan. 2500 ga yaqin 20 ta bo`limdan iborat. Muzey 

asosichilari Solijon Norqo`ziev, Ibrohimjon ergashev, Sotivoldi Mahmudov, 

Abdurahmon Qozoqov, G’ulomjon Dehqonovlardir.

1

 

Respublikamizda maktablar va bilim yurtlari qoshida muzeylar tashkil etish asosan 



mustaqillikdan keyin yo`lga qo`yilib, tegishli tashkilotlar tomonidan alohida 

ahamiyat va yo`l-yo`riqlar berilmoqda. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, avvalo, 

o`quvchi yoshlar, xususan o`qituvchilar bilimini yanada o`stirish, o`z mahallasi

o`lkasi, o`tmishiga aynan muzeylarda saqlanayotgan turli eksponatlar orqali 

qiziqtirsh, shuningdek, olimlar va o`qituvchilar, maktab o`quvchilari bilan 

birgalikda ishlash, targ’ibot-tashviqot ishlarini yuritishdan iboratdir. Shu ma`noda 

bugungi muloxazalarimiz ham aynan maktab muzeylari haqida bo`ladi. 

Hozirda maktab muzeylari, tarix fani xonalari, yosh o`lkashunoslar va sayyohlar 

burchaklari yurtimizning aksariyat ta`lim maskanlarida tashkil etilgan. Ularning 

jamiyatda to`laqonli faoliyat olib borishi uchun ham huquqiy asoslar yaratilgan. 

SHunisi ahamiyatliki, maktab muzeylari o`quvchilarga, mahalliy aholiga o`lka 

tarixi va madaniyatini o`rganishda, muayyan qishloqning, tuman yoki viloyatda 

turli sohalarda tutgan o`rnini anglashda, tarixiy shaxslar, zamonning mashhur 

olimlari hayoti va ijodini o`rganib, ulardan ibrat olishga amaliy hamda nazariy 

yordamlarni bermoqda. Yurtimizdagi katta-katta muzeylar singari maktab 

muzeylari ham tarixiy shaxslar, shoir va yozuvchilar, olimlar faoliyatiga 

bag’ishlangan turli xildagi eksponatlardan iborat bo`lishi mumkin. 

Maktab muzeylariga Xalq ta`lim vazirligi, respublika yosh sayyoxlari va 

o`lkashunoslar markazi tomonidan tasdiqlangan “Maktab jamoatchilik muzeyi 

pasporti” berilgan bo`lib, unda muzey faoliyatiga doir barcha ma`lumotlar aks 

ettiriladi. Xuddi shunday faoliyat yurgizayotgan ya`ni ko`pchilik maktablarga 

                                                            

1

 Norqo`ziev S. Maktabimiz tarixi muzeyi. Namangan. 2005, -B. 9. 




 

18

ibrat, namuna vazifasini o`tayotgan muzeylar bor. Bular Yakkabog’ tumanidagi 1 



va 8-sonli maktab muzeylari. Kitob tumani Saroy qishlog’ida. Vargenzadagi 

Zebunso nomli maktab tarix muzeylari shular jumlasidandir

1



Ushbu bo`limning o`rganib, taxlil qilishimiz orqali quyidagi umumiy xulosani 



chiqarishimizga hamda ayrim taklif va istaklarni bildirishimizga olib keldi: 

-  Maktab muzeylariga e`tibor pastligi aniqlandi. Jumladan, 

avval tashkil etilib faoliyat olib borayotgan ayrim maktablar 

qoshidagi muzeylar o`z-o`zidan yo`qolgan, ularning eksponatlari 

izsiz hech kim bilmaydi; 

-  Hozir mavjud maktab muzeylariga ham rahbarlik qilish 

son-solar xolda ekanligi ularni rivojiga to`sqinlik qilmoqda; 

-  Har bir maktabning qoshida maktab muzeyini tashkil 

etish o`quvchi yoshlarda o`lka tarixiga bo`lgan qiziqishini 

mustahkamlaydi; 

-  Maktab muzeylarini ham Respublika madaniyat va sport 

ishlari muzeylar boshqarmasi nazoratiga olish zarur; 

-  Maktab muzeylarining ham “Muzey pasporti” ni tuzish 

tegishli tashkilotlar ro`yxatidan o`tkazish, tasdiqlash zarur. 

SHundagina nodir hayot eksponatlarni kelajak avlodga etkazish 

mumkindir. 

 


Download 260,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish