Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet14/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘linmalari faoliyati natijalarini
baholash – boshqaruv hisobi tizimi tuzilishining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasidagi tafovut va farqlarga qaramasdan boshqaruv hisobi operativ (tezkor) ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Rejalashtirish va nazorat tizimi bilan birgalikda boshqaruv hisobi tsexlar, uchastka, brigadalarda xo‘jalik yuritish mexanizmini o‘zida aks ettiradi. Faoliyat natijalarining baholanishi ishlab chiqarishdan tortib, to uni sotishgacha bo‘lgan jarayonda har bir bo‘linma tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasini shakllanishidagi yo‘nalish va istiqbolni aniqlab beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyati mexanizmi bo‘linmalar hamda ular orasidagi operativ (tezkor) boshqarish talablariga mos bo‘lishi kerak.
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonida ketma- ketlik va ko‘p marotaba foydalanish tamoyili hisob tizimini soddalashtiradi va uning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Operativ (tezkor) boshqarishda boshqaruv hisobi ma’lumotlari buxgalteriya ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi. O‘z navbatida, moliyaviy hisob ma’lumotlari boshqaruv hisobidan keladigan ma’lumotlar bilan detallashtiriladi va to‘ldiriladi. Ayrim hollarda uni komplektlilik tamoyili deb ham yuritiladi. Tamoyilning mohiyati birlamchi hujjatlardagi yoki ishlab chiqish hisob-kitoblaridagi ma’lumotlar bir martalik qayd qilish bilan ifodalanadi va qaytadan qayd qilmasdan, ro‘yxatga olmasdan yoki hisob-kitob qilmasdan barcha turdagi boshqaruv faoliyatida ko‘p marotaba ishlatiladi.
Ushbu tamoyil xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish
o‘lchamlari va ko‘lamlaridan kelib chiqib, hisobning ratsional va iqtisodiy tizimini shakllantirishga sharoit yaratib beradi. Undan foydalanish esa, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun minimal hajmdagi ma’lumotlardan maksimal ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. Ana shunda boshqaruv hisobi o‘zining funksiyalarini (vazifalarini) to‘la-to‘kis bajargan bo‘ladi.
Boshqaruv hisobi birlamchi hisob ma’lumotlari asosida ichki hisobot ko‘rsatkichlarini shunday shakllantirish qobiliyatiga egaki, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi muloqotlar tizimi bo‘lib yuzaga chiqadi. Dastlab, birlamchi hujjatlar, asosiy va yordamchi tsexlarning hisobotlarida hisob ma’lumotlari vujudga keladi; birinchi darajada ta’minot bo‘limi, tashqi kooperatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalari, sotish va moliya bo‘limi, buxgalteriya, ombor xo‘jaligining yig‘ma hujjatlaridagi ma’lumotlar guruhlanadi; keyingi darajalarda esa, xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning funksional bo‘limlari (bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh mexanik, xodimlar bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi va h.k.)da yig‘ma hujjatlar hisoboti birlashtiriladi va shakllantiriladi.
Eng yuqori darajada esa, tarkibiy bo‘linmalardan olingan yig‘ma ma’lumotlar umumlashtirilishi va uning yakuniy natijasi sifatida ishlab chiqarish-dispetcherlik, reja-iqtisod va buxgalteriya bo‘limlarining hisobot hujjatlarida qayta o‘zgartirilishi amalga oshadi. Hisobotlar tarkibi ulardan maqsadli ravishda foydalanishga yoki rahbarning lavozimiga bevosita bog‘liq. Buxgalterlar quyidagi hisobot shakllarini tuzadilar: mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida tannarx tahlili bo‘yicha hisobotlar; kelgusi xarajatlarni rejalashtirish uchun smetalar; bajarilgan ishlar natijalarini baholash uchun ishlab chiqarish bo‘linmalarining joriy operativ (tezkor) hisobotlari; operativ (tezkor) qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar hisobotlari; shuningdek uzoq muddatli rejalashtirish va istiqbolni belgilash uchun kapital qo‘yilmalar smetalari tahlilini amalga oshiradilar.
Shunday qilib, tizim ma’lumotlarning to‘liqligi va tahliliyligi
tamoyiliga javob berishi lozim. Hisobotlarda aks etgan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha tahliliy qayta ishlov berishni talab qilmasligi, jarayonlar sinteziga (boshqaruvning past darajasidan yuqori darajasigacha) teskari bo‘lmasligi, balki tahlil uchun qulay qilib berilishi kerak. Ushbu tamoyilning buzilishi boshqaruv tizimining qimmatlashuviga va tezkorlikning yo‘qolishiga olib keladi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish