Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet11/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Hujjatlashtirish - xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq barcha jarayonlarning to‘liq ifodalanganligini kafolatlovchi birlamchi hujjatlar va elektron ma’lumotlar bazasi tushuniladi. Birlamchi
hisob boshqaruv va moliyaviy hisob uchun asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Birlamchi hisobni tashkil etishga majmuaviy (kompleks) yondashuv quyidagilarni ta’minlaydi: operativ-kalendar rejalashtirish, operativ nazorat va ishlab chiqarish jarayonini boshqarishning kelgusidagi takomillashuvini; ishlab chiqarishning har bir hisob vazifasini ishlab chiqish va operativ hisobning barcha vazifalarini o‘zaro hamda operativ-kalendar rejalashtirish vazifalarini, ish haqini ishlab chiqish va hisoblash siyosatini, ishlab chiqarishda moddiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat qilish, tugallanmagan ishlab chiqarish bilan to‘liq bog‘lashni; moliyaviy va boshqaruv hisobi uchun yagona hujjatlar oborotini ishlab chiqish va qo‘llash (tatbiq etish), birlamchi hujjatlarni tartibga solish va umumlashtirishni; moddiy va mehnat resurslari sarfi, tayyor mahsulot miqdoriga nisbatan materiallar sarfiga mehnat haqi hajmining mosligi ustidan qattiq nazoratni; yarim mahsulotlar, detallar, uzatmalar va yarim fabrikatlarni qayta ishlash, iste’mol qilish va saqlash bosqichlari jarayonida butligini; maxsus saqlash omborlarini jihozlash, zamonaviy tarozilar va analitik qurilmalar bilan ta’minlash natijasida detallar, uzatmalar va yig‘ma birliklarning ombor hisobini tashkil etishni yaxshilashni; alohida jamoalar – brigadalarning mas'ul shaxslariga hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (to‘ldirish) yoki mashina qurilmalardan olinadigan ma’lumotlarni yig‘ish vazifalarini yuklash, ma’lumotlarning to‘liq yig‘ilishi va hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ustidan shaxsiy javobgarlikni kuchaytirishni; yig‘ma hujjatlar ko‘rinishidagi boshqaruv va moliyaviy hisobda detallar, yarim fabrikatlarning harakati balans hisobidan foydalangan holda ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini va o‘z vaqtida berilishini; detallar, uzatmalar va yarim fabrikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, berish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va birlamchi hisob asosida boshqaruvning turli darajalaridagi shaxsiy kompyuterlarda natijaviy ma’lumotlarni olishni; belgilangan hisobot davrida berilgan ma’lumotlarni to‘liq va o‘z vaqtida tekshirilishini. Bunday keng ko‘lamdagi vazifalarni operativ (tezkor) hisobning
inventarizatsiya usuli yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Inventarizatsiya moddiy ne’matlarning saqlanishini ta’minlaydi, tugallanmagan ishlab chiqarishning amaldagi holati, o‘lchamlari va butligi bilan taqqoslanish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarishni rejalashtirishning ma’lumotlar bazasini va joylar bo‘yicha shakllanayotgan zaxiralarning talab qilinadigan me’yorlar darajasida bo‘lish imkonini beradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish – obyektning aniq bir davrga haqiqiy holatini aniqlash usulidir. Shuningdek, hisobga olinmagan moddiy ne’matlar, yo‘qotishlar, yetishmovchiliklar va talon-taroj hamda hisobot raqamlaridan og‘ishlarni hisobga olish usulidir. Inventarizatsiya o‘tkazish moddiy ne’matlarning to‘liq saqlanishiga imkon beradi, ulardan foydalanishni nazorat qiladi, hisob ma’lumotlarining to‘liq va haqqoniy bo‘lishini ta’minlaydi.
Nazorat qiluvchi schyotlarni baholash, guruhlash va umumlashtirish obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum belgilarga asosan yig‘ish va kerakli tizimga solish usuli. Boshqaruv hisobi obyektlarini guruhlashtirishning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xosligi, xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik va tashkiliy tuzilmasi, boshqaruvning tashkil etilish darajasi. Guruhlashtirilgan ma’lumot xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijalarini baholash hamda operativ (tezkor) va strategik qarorlar qabul qilishda samarali foydalaniladi.
Nazorat qiluvchi schyotlar – yakuniy schyotlar hisoblanib, ulardagi yozuvlar ma’lum bir hisobot davrining yakuniy summalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi schyotlar tizimi moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek hisob yozuvlarini to‘g‘ri va to‘liq o‘rnatilishiga imkon beradi. Ombor hisobidagi kartochkalarda amalga oshirilgan yozuvlar operatsiyalarni ro‘yxatga olish daftarining xronologik yozuvlariga, barcha operatsiyalar natijalarini ifoda etuvchi materiallar nomlanishi va nazorat hisobi bo‘yicha yig‘ma vedomostlarga muvofiq kelishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarish tizimiga rejalashtirish, me’yorlashtirish va limitlashtirish ham kiradi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish