Boshqaruv hisobi


§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish



Download 1,19 Mb.
bet44/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish


Odatda, byudjet haqida gap ketganda juda ko‘pchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari o‘zlarini g‘ayritabiiy sezishadi. Sababi, byudjet termini odatda davlat moliyasiga, mahalliy byudjet tushunchalari bilan bog‘liq deb qaralib kelingan, hamda u xarajatlar smetasi ko‘rinishida tasavvur qilingan. Xo‘jalik yurituvchi subyekt miqiyosida esa bu tushunchaning asl mohiyatiga tegishli darajada e’tibor qaratilmagan. Zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari kelajakda faoliyati samarali bo‘lishini, tobora keskinlashib boradigan raqobatga chidamining ortib borishini astoydil istashsa - boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish maqsadida byudjetni tushunish – butunlay boshqa ma’noni ham anglatishini e’tirof eta bilishlari lozim.


Bundan tashqari, rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt miqiyosida bir necha byudjet tuzilib, shunga muvofiq ularning yakuniy umumlashtiruvchisi sifatida bosh byudjet ham tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt amaliyotida tuziladigan byudjetning tub mohiyati ana shu bizlarga ma’lum bo‘lgan an’anaviy byudjet tarkibi va mohiyati bilan o‘xshash bo‘lganligi uchun ham bir qator olimlar uni shu nomda qoldirib foydalanishni taklif qiladilar. Bu fikrga albatta, qo‘shilish maqsadga muvofiqdir.
Kelgusida amalga oshirilishi belgilangan dasturlar doirasidagi tadbirlar bo‘yicha byudjetni ishlab chiqish dasturlarni ishlab chiqish kabi rejalashtirishning muhim jarayoni hisoblanadi. Byudjet bilan dasturlash jarayonining asosiy farqi shu bilan belgilanadiki, dastur istiqboldagi bir necha yillar (1 yillik, 2-3 yillik, 5-10 yillik) uchun tuzilishi mumkin.
Byudjet esa har bir tadbirlar guruhi uchun maksimal tarzda bir yilga tuziladi.



Byudjetlarni ishlab chiqish xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqib, shu narsani qayd etish lozimki, mavqeyi va ko‘lamidan qat’i nazar deyarli barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatlarini samarali olib borish maqsadida bir necha byudjetlarni tuzadilar. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rejali tarzda boshqarilishi imkonini yaratadi. Bizning mentalitetimizda byudjet jarayoni faqatgina respublika yoki mahalliy byudjetlar doirasi bilan chegaralanib qolgan. Mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksariyati o‘z faoliyatini rejalashtirishda byudjet tuzish amaliyotidan foydalanmaydi.


Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirishda asosiy e’tibor foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Foyda olish rejasi esa o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektning yillik byudjeti asosini tashkil etadi. Qayd qilish lozimki, nafaqat tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi, balki notijorat xo‘jalik yurituvchi subyektlari ham o‘z byudjetlarini tuzishlari mumkin.
Byudjet rejalashtirilayotgan faoliyatning amalga oshishidan oldin tuzilgan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, byudjetni moliyaviy tadbirlar rejasi sifatida ham talqin etishadi. Byudjet atamasini faqatgina qog‘ozda ask ettirilgan moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlar sifatida tushunish to‘g‘ri emas, chunki u kelgusida amalga oshiriladigan bir nechta tadbirlarning rejasi ko‘rinishida ifodalanadi. Shundan kelib chiqib aytish lozimki, byudjet orqali kelgusidagi moliyaviy jarayonlarning istiqboli belgilanadi. Iqtisodiy adabiyotlardan ma’lumki, byudjet turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobida yuritiladigan buxgalteriya balansi yoki foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot kabi shaklga tushirilgan ma’lumotlardan farqli ravishda, byudjet qat’i tartibda bajarilishi lozim bo‘lgan standartlashtirilgan shaklga ega emas. Chunonchi byudjet kichik bir do‘konning oddiy oldi-sotdi hisoboti shaklida ham, yirik bir bankning qiyin moliyaviy dasturi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Byudjetning tarkibi unda qanday moddalar aks ettirilishiga, xo‘jalik yurituvchi subyektning katta-kichikligiga, shuningdek, uni ishlab chiquvchilarning malakasi va tajribasiga bog‘liq.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, davlat byudjeti fuqarolarga keng targ‘ib qilinadi. Byudjetning mohiyati undan foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun u oson va tushunarli shakldagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim. Byudjetni keng ommaga yetkazish uchun ma’lumotlar qisqa va aniq bo‘lishi lozim, chunki ma’lumotlarning keragidan ortiqligi yoki yetishmasligi byudjet mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi. Byudjet bir vaqtning o‘zida ham daromadlar, ham xarajatlarni o‘zida ifoda etmasligi, shuningdek, ularning balanslashgan ko‘rinishda bo‘lishi ham shart emas. Masalan, xomashyo va materiallardan foydalanish byudjeti faqatgina xomashyo va yarim fabrikatlar xarajatlari rejasini o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, byudjet pulsiz ko‘rinishda ham tuzilib, uning tarkibida mehnat soati, mahsulot birligi, xizmatlar miqdori kabi o‘lchamlar qo‘llaniladi.
Byudjetni tayyorlashda uning aniq ko‘rinishdagi sarlavhasi yoki nomlanishi va qaysi muddat uchun tuzilayotganligi ko‘rsatilishi kerak. Byudjetning belgilangan shakli uni ishlab chiquvchilari tomonidan tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zi uchun mos bo‘lgan shakldagi byudjet ko‘rinishini ishlab chiqib, undan doimiy ravishda foydalanishi mumkin. Agar byudjetga yangi mahsulot yoki xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish zarurati tug‘ilsa, ushbu hujjatga yangi moddalar qo‘shilib, byudjetning shakli o‘zgarishi mumkin. Byudjetni tuzishda har doim asosiy qoida - barcha ma’lumotlarni imkon qadar qisqa, aniq va foydalanuvchi uchun muhim bo‘lishiga amal qilish lozim.
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha byudjet reja sifatida ifodalanib, u miqdor (ko‘pincha pul) ko‘rsatkichida, shuningdek ma’lum bir muddat (ko‘pincha bir yil) ga tuzilgan bo‘ladi.
AQSHning boshqaruv hisobini yuritish bo‘yicha hisobchilar institutining ta’kidlashicha, byudjet bu “pul ko‘rinishidagi miqdoriy reja bo‘lib, u ma’lum muddatgacha tayyorlanib tasdiqlangan, odatda erishilishi lozim bo‘lgan rejalashtirilgan daromadlar hajmi, yoki ushbu muddat davomida ishlatilishi kerak bo‘lgan xarajatlar va maqsadga erishish uchun jalb qilinishi zarur bo‘lgan kapitallarni ifodalaydi”.
Tegishli bandlarga ajratilgan byudjet ko‘pincha kelgusidagi cheklangan muddat (odatda bir yil) uchun tuziladi va u kichikroq (choraklar, oylar yoki 13 to‘rt haftalik) muddatlarga bo‘linadi. Byudjetni bu turdagi qisqa muddatlarga rejalashtirish boshqaruv nazoratini amalga oshirishga yordam beradi. Nazorat muddatining yakunida amalda bajarilgan ishlar byudjet bandlari bilan joriy faoliyatni tahlil va baholash uchun solishtiriladi. Shu borada oylik muddatlardan ko‘ra to‘rt haftalik muddatni taqqoslash ancha qulay hisoblanadi. Chunki har bir oyda kunlar soni turlichaligi uchun taqqoslaganda ma’lum bir noaniqliklarga olib kelishi mumkin.
Amaliyotda yillik byudjet ko‘pincha choraklarga bo‘lingan holda tuziladi va faqatgina birinchi chorakdagi tadbirlar oylar bo‘yicha taqsimlanadi. Yil davomida byudjet shart-sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.
Odatda, amaliyotda uzluksiz yoki egiluvchan byudjetlar deb nom olgan byudjet turlari keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy mohiyati - har bir oy yoki chorak tugagandan so‘ng byudjetning tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritilish imkoniyati mavjud bo‘ladi va shu tartibda keyingi muddatga mo‘ljallangan byudjet moddalari taklif qilinadi. Bu o‘z navbatida yillik rejalashtirishning uzluksizligini ta’minlaydi. Umuman olganda, byudjetni ishlab chiqish davriyligi aniq bir xo‘jalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan ma’lumotlari va ehtiyojlari hajmini inobatga olgan holda aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha investitsiyalarni talab qiladigan yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologilar va jihozlarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan katta o‘zgarishlar amalga oshsa, byudjet besh yillar va hatto undan ham ko‘p bo‘lgan muddatlarga tuziladi. E’tirof etish lozimki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotiga endigina joriy qilina boshlanishiga qaramasdan, byudjetdan uzoq muddatli rejalashtirishning asosiy vositasi sifatida foydalanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni kundan kunga oshib bormoqda.
Byudjetlar xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyati, shuningdek uning tarkibiy bo‘linmalari yoki faoliyatning alohida yo‘nalishlari uchun ishlab chiqiladi.
Rivojlangan bozor munosabatlariga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyotida keng foydalanib kelinayotgan byudjet bevosita bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Xususan:

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish