Boshqaruv hisobiga ta’rif bering. Boshqaruv hisobining maqsadi nima?



Download 21,7 Kb.
Sana07.03.2022
Hajmi21,7 Kb.
#485577
Bog'liq
Boshqaruv hisobiga ta[1]




Nazorat uchun savollar:

  1. Boshqaruv hisobiga ta’rif bering.

  2. Boshqaruv hisobining maqsadi nima?

  3. Respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotgan omillarni sanab bering.

  4. Boshqaruv hisobining qanday elementlari mavjud?

  5. Korxona faoliyatida boshqaruv hisobi qanday o‘rin tutadi?

  6. Boshqaruv hisobining shakllanishida kalkulatsiya va ishlab chiqarish hisobining roli nimalardan iborat?

  7. Kalkulatsiya hisobi nima?



JAVOBLAR.
1-SAVOLGA JAVOB:

Boshqaruv hisobi – bu korxona ichidagi shaxslarga ma’lumot taqdim etish bo’lib, ushbu axborotlarga tayangan holda ular asoslangan qarorlarni qabul qilish, joriy muomalarning samaradorligi va unumdorligini oshirish imkoniyatiga ega buladi.
2-SAVOLGA JAVOB:


Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli ahborotlar bilan ta’minlashdir. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini byudjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o’z ifodasini topadi.

3-SAVOLGA JAVOB:


Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida Boshqaruv hisobining nazariy - uslubiy asoslarini ishlab zarurati quyidagi omillar mavjudligi bilan izohlanadi:


- rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq, buxgalteriya hisobini moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo’linishi;

- buxgalteriya hisobida maxsulotlar tannarxini hisoblash, haqiqiy xarajatlardan chetlanishlarni boshqarishda «Standart-kost» hisob tizimining paydo bo’lishi;


- xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchan turlarga ajratilishi, natijada korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish, xarajatlarni samarali taqsimlash maqsadida tannarxni kalkulyatsiya qilishning «Direkt-kosting» kabi zamonaviy tizimlarini rivojlantirish zaruratini yuzaga kelishi;
- korxonalar amaliyotiga «zararsizlik nuqtasi», «marjinal daromad», «ishlab chiqarish dastagi» va boshqa yangi iqtisodiy atamalarning kirib kelishi hamda ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlashga yo’naltirish zarurati;
- korxonalar hisob tizimi oldiga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni rejalashtirish, ishlab chiqarish zaxiralarini strategik boshqarish, ularga mos transfert baholarni shakllantirish, xarajatlar va daromadlar hisobining samarali modelini yaratish kabi vazifalarni qo’yilishi;
- buxgalteriya hisobida yangi kompyuter texnologiyalari, axborot dasturlarining keng joriy etilishi, shuningdek, boshqaruv hiosbini avtomatlashtirish asoslarini ishlab chiqish muammosining mavjudligi va h.k.
Boshqaruv hisobi korxonaning ichki vazifalarini hal qilishga mo’ljallangan bo’lib, bu uning “nou-xau”sidir.
4-SAVOLGA JAVOB:

Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schetlar va ikkiyoklama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo’llaniladi.


5-SAVOLGA JAVOB:

Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish faoliyati muhim o’rin tutadi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, o’zgarishi, ularni javobgarlik markazlari bo’yicha hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini yuritish, sarflangan xarajatlar bo’yicha chetlanishlarni hisobga olish amalga oshiriladi.


6-SAVOLGA JAVOB:

Boshqaruv hisobining tiklanishi va shakllanishini kalkulyatsion va ishlab chiqarish hisoblarini rivojlanishi tarixidan ajralgan holda tasavvur etish qiyin.


Boshqaruv hisobi tiklanishi va rivojlanishi yo’lida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil schetlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo’llash amaliy qadam bo’lib qoldi. Bunday bo’linish sezilarli tarzda Evropa mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta’sir qila boshladi. Gap shundaki, ikkinchi jahon urushiga qadar Evropa mamlakatlarida (Frantsiya, Germaniya va h.k.) buxgalteriya hisobi yagona hisob rejasi bo’yicha olib borildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Evropa iqtisodiy hayotida AQSh kapitali hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalteriya hisobining shakllanishiga ingliz-amerika yondoshuvchi bo’ldi. Chunki boshqaruv hisobida taxminlash va rejalashtirish funktsiyalari tarkibiy funktsiyalardan bo’lib qoldi, ularning yagona buxgalteriyada qo’llanishi esa korxonaning tijorat sirlari buzilishiga olib keldi. Shu sababdan Evropa milliy hisob rejalarining bundan keyingi rivojlanishi ularning moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga muvofiqlashuvi yo’lidan bordi va ko’pchilik hollarda moliyaviy hisob doiralari bilan chegaralana boshladi.
7-SAVOLGA JAVOB:
Kalkulyatsiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, so’zma-so’z tarjimada «calcul» - toshcha ya’ni “toshchalar bilan sanash” ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kalkulyatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyatsiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini ÿnada takomillashtirish imkonini berdi.

8-SAVOLGA JAVOB:




Ishlab chiqarish hisobi – bu ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon bo’ladi. U korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
Download 21,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish