Boshqaruv organlari xodimlarining odob ahloq qoidalari


Ijtimoiy ishchining etik-professional kodeksi. Ijtimoiy ishda etik dilemmalar:Ijtimoiy adolat va xilma-xillik



Download 39,1 Kb.
bet2/3
Sana19.11.2022
Hajmi39,1 Kb.
#868360
1   2   3
Bog'liq
boshqaruv organlari xodimlarining odob ahloq qoidalari

Ijtimoiy ishchining etik-professional kodeksi. Ijtimoiy ishda etik dilemmalar:Ijtimoiy adolat va xilma-xillik

Ijtimoiy ishda axloq kodekslari. Axloqiy xabardorlik ijtimoiy ishchining professional amaliyotining muhim qismi hisoblanadi. Axloq kodeksi, 2001-yilning may oyida Komangagemdagi Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federatsiyasi (IIXF) va Ishtimoiy Ish bo`yicha Maktab Xalqaro Asstosiatsiyasi (IIMXA) alohida qabul qilingan. Uning maqsadi nisbatan butun dunyodagi ijtimoiy ishchilar o`z ishida uchraydigan murakkab muammo va munozaralarda eng qulay va aniq to`xtamga kelishi uchun fikrlovchanligini rag`batlantirish.
Ijtimoiy ishda doimo axloqiy standartlar mavjud bo`lishi kerak. Ijtimoiy ishchilarga beshta talab qo`yiladi:

  1. Insoniy qadr qimmatini saqlab qolish

  2. Ijtimoiy adolatlilik (masalan, ishda hammag nisbatan bir xil bo`lish, imkoniyatlarni tenglashtirish)

  3. Insonparvarlik g`oyalariga sadoqat

  4. Odamlar bilan vijdonlilik va ochiqlik

  5. Ijtimoiy ishda kompetentlik

Ijtimoiy ishning Professional Kodeksi – bu jiddiy hujjat, qonunlarni bilish.
Ijtimoiy ishchi o`z faoliyatida o`znini anglashda mijoz huquqlari, maxfiylik, hisobdorlik, instutsional yo’nalganliks, mijozlarning ma’naviy va diniy e’tiqodiga nisbatan hurmat, inson huquqlariga rioya qilishga ko`maklashish hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish kabi prinsiplarga rioya qilishi zarur.
Mijozlarning o`z-o`zini anglash huquqi prinsipi mijozlar o`zlarining fikrlarini erkin bildirish va boshqalarning huquqlarini poymol etmagan ravishda birgalikda harakat qilish huquqiga ega ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu prinsip mijozlarni o`z fikrlarini bildira olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan va har bir odamga xos bo`lgan e’tiborga ishonchdan kelib chiqadi.
Maxfiylik prinsipi professional va mijoz orasida mijoz haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni ta’minlash haqidagi oshkora yoki pinhona kelishuvi hisoblanadi. Bu prinsipni amalga oshirish mijoz haqidagi ma’lumotlar professionalning o`zi yoki boshqa kim bilandir oshkor etilishi taqiqlanadi, istisno etilgan holatlar bular mijozning o`zi ruxsat etilishi yoki qonun tomonidan talab etilganda. Mutaxassislar mijozga zarar keltiradigan ruxsat etilmagan ma’lumotlarni oshkor etgan taqdirda sud tomonidan chaqiriladi.
Hisobdorlik prinsipi ijtimoiy ishchi mablag` bilan ta’minlagan tashkilotlarga yuqori sifatga ega bo`lgan ma’lumotlarni keltirishi zarur deb hisoblaydi. Bunday tashkilotlar ko`pincha davlat boshqaruv organlari va xususiy mablag` ajratish birlashmalari bo`ladi. Shu bilan birgalikda ayrim ijtimoiy ishchilar hujjatlar mijozlarga xizmat ko`rsatishga xalaqit beradi deb hisoblaydi, biroq ijtimoiy ishchilar mablag` ajratuvchi tashkilot oldida ma’lum bir majburiyatlarga ega va uni bajarishi shart.
Institutsional yo’nalganlik. Hozirgi vaqtda ijtimoiy ta’minotning jamiyatdagi roli haqida ikkita bir biriga zid qarashlari mavjud: qoldiq yo’nalganlik va institutsional yo’nalganlikga nisbatan olingan. Ijtimoiy ish istitutsional yondoshuvni qo`llab quvvatlaydi va bu yo`nalishni takomillashtirish hamda dasturlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Jamiyat har bir odam o`z potensialini butunlay namoyon etishi uchun o`sish va rivojlanishga imkoniyat yaratishi kerak. Ijtimoiy ish jamiyat har bir unda istiqomat qiluvchi a’zosi oldida uning xavfsizligini ta’minlash, asosiy madaniy va biologik ehtiyojlarini qondirishda javobgarlikka ega deb hisoblaydi. Ijtimoiy ishchilar individualizm va ijtimoiy darvinizm qarashlarini inkor etadi.
Boshqalarni ma’naviy va diniy e’tiqodini hurmat qilish prinsipi ijtimoiy ishdagi mavjud prinsiplar orasidagi eng muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi asosiy yo`nalish talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash hisobanadi, bunda odamlarning madaniy jihatlarini hisobga olish talab etiladi. Din va ma’naviyat madaniyatning barcha jabhalarida muhim rol o`ynaydi, ijtimoiy ishchilar odam hayotida din va m’anaviyatning ta’sirini to`g`ri anglab yetishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi siyosat standartlari va ijtimoiy ish bo`yicha Kengash akkreditatsiyalash hozirgi vaqtda bakalavriatura va magistratura chegarasida tayyorlanadigan talabalar shu sohadagi ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshirishi va yangi yondashuvlarni ishlab chiqishi hamda turli madaniyat vakillai bilan ishlash yangiliklarini yo`lga solishini talab etadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy adolat hamda inson huquqlarini himoya qilishni birgalikda amal qilish prinsipi ijtimoiy ishchiga kim diskriminatsiya tufayli jabr ko`rgan va uning qurboniga aylangan bo`lsa, ularga ijtimoiy va iqtisodiy adolatga erishish uchun birgalikda yordam ko`rsatish ma’suliyatini yuklaydi. Ijtimoiy ishchilar Milliy assotsiatsiyasi, shuningdek ijtimoiy ish maktabi Xalqaro assotsiatsiyasi hujjatlarida ta’lim dasturlaridagi zaruriyatlar haqida “ta’lim berishda barcha odamlarni hurmat qilish va ularning turlichaligini qabul qilish sharoitlarini ta’minlash"(2008) haqida gap boradi. Ijtimoiy ishning ta’lim dasturlarida turli tumanlilikka ergashish, yosh, sinf, rang, madaniyat, individuallik, etnik kelib chiqishi, jins, gender tenglik va fikr bildirish, immigratsion mavqe, siyosiy ideologiya, elati, dini, jinsini hisobga olgan holatda ihslash majburiyati keltirib o`tilgan.
Ijtimoiy ishchilar Xalqaro assotsiatsiyasi axloq Kodeksi quyidagicha: “Ijtiomoiy ishchilar istalgan shaxs, guruh yoki sinfga nisbatan ma’lum bir elatga, etnik kelib chiqishiga ko`ra, millati, irqi, jinsi, jinsiy orientatsiyalanishi, yoshi, oilaviy ahvoli, siyosiy ishonchi, dini, yoki jismoniy zaifligidan qatiy nazar xudojo`ylik, elatekspluatatsiya va diskriminatsiyaga yo`l qo`ymasligi kerak”.
Insonlarning asosiy huquqlari qanday?Bunday huquqlarni shakllantiruvchi asosiy boshlang`ich nuqta inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi. Ushbu hujjatda keltirilgan huquqlar orasidan quyidagilarni keltirib o`tish mumkin:

  • Barcha odamlar erkin va o`z qadr-qimati hamda huquqlarida teng qilib yaratilgan.

  • Yashash, erkinlik va daxlsizlik huquqiga ega.

  • Shaxsiy hayotga o`zboshimchalik bilan aralshuvni cheklash huquqi.

  • Shaxsning yetilishi va erkin rivojlanishi uchun kerak bo`lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga ega bo`lish huquqi.

  • Yetarli hayot shakliga ega bo`lish huquqi, ularga oziqa mahsulotlarining yetarliligi, kiyim kechak, uy joy, tibbiy xizmatni misol qilib keltitrish mumkin

  • Har bir odam o`zi yashab turgan jamiyat oldida javobgarlikka ega; huquqlar boshqalarning huquqlarini poymol qilinmasligi uchun ularga nisbatan cheklangan bo`lishi kerak.

Ko`pgina mamalakatlar hozirda inson huquqlarini ta’minlash asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy ish amaliyotida etik muammolar va dilemmalar. Dilemma (lotincha di… va lemma – posilka) – ikkita teng kuchi teng ko`ngilsiz hodisalar orasidagi qiyin tanlov. Axloqiy yoki etik dilemma – bu barchasi bir xil ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatlar orasida tanlov qilish holati.
Ijtimoiy ishchilar etik dilemmalar bilan o`zlarining amaliyotlarining ko`pgina aspektlarida deyarli har kuni duch keladi. Bunday murakkab vaziyatlarni tahlil qilish uchun ijtimoiy ishdagi qadriyatlar va axloqiy mezonlarni (kengaytmalar 1997, 1998 ) shuningdek o`z ishiga taaluqli bo`lgan huquqiy majburiyatlarni bilishi kerak. Bu kabi tushunish faqatgina huquqiy aktlar, sud amaliyoti, shuningdek axloqiy normalar bilan tanishishgina emas balki, undan birmuncha ko`prog`iga erishish demakdir. Ijtimoiy ishchilar axloqiy normalarni sinchkovlik bilan tushunishi talab etiladi. Ular o`zlarining ishlashdagi etikasini ijtimoiy kodeksini va aniq bir holatlarda qo`llaniladigan huquqiy va axloqiy prinsiplarni tenglashtirishni bilishi zarur. Nizo holatida ijtimoiy ishchilar munozaralarni ko`rib chiqish va hal eta olish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Umuman olganda ular u yoki bu holatda qaysi axloqiy prinsip yoki yuridik majburiyatlar hal etuvchi kuchga ega bo`lishini bilishi kerak. Ijtimoiy ish amaliyotida qadriyatlar va axloqiy normalar mavzusi o`ta murakkab hisoblanadi.
Axloqiy dilemmalarning kelib chiqishining asosiy sabablari
Ijtimoiy ishchining yetarlicha tayyorlanmaganligi yoki yangi holatlarda bilim sifatining yetishmovchiligi sababli.Misol – kunduzgi markazlarda ishlovchi volonterning yoniga u bilan yaxshi munosabatda bo`lgan 9 yoshli qiz keldi va uning otasi doim urushishini va urishini aytdi. Qizcha volonterga uchrashuvda bo`lishini hamda ota-ona va qizcha orasida o`tirishini iltimos qildi. Markaz menedjeri ularga xona ajratdi. Volonter uchrashuv bo`yicha hech qanday yo`riqga ega emas edi. Ota uchrashuv vaqtida maxfiylikka amal qilinishini iltimos qildi.Volonter albatta bu holga bir so`z bilan rizolik berdi. Uchrashuv vaqtida unga jismoniy va jinsiy zo`rlik haqida unga aytib berildi.
Ijtimoiy ishchining u yoki bu holatda bajaradigan rolining naonaiqligi (nazoratchi yoki yordam ko`rsatuvchi shaxs). Maxfiylikni saqlash maqsadida holatning noaniqliligi.
Misol – yosh ona o`zini ijtimoiy zo’rlangan his etganligi sababli oilaviy markazga murojaat qildi. Ijtimoiy ishchi bilan konsultativ sessiya vaqtida byudjet va muammolarni muhokama qilayotganda shu sabablar tufayli u o`z qizi bilan juda kam vaqtini birga o`tkazayotganini, moddiy yordam so`rganligi va shu bilan birga kechalari farrosh bo`lib ihlashini aytib o`tdi. Ijtimoiy ishchida quyidagicha savol paydo bo`ldi: ijtimoiy ishchi yosh ayol ishlash moboynida moddiy yordam olayotganini aytishi kerakmi. U bu holatda mijozning noqonuniy hatti harakatlarini qo`llab quvvatlamaydimi?
O`z mavqeiga ishonchsizlik, ayniqsa boshqa professionllar bilan ishlaganda bu holatning yanada yaqqolashuvi. Misol – miya falaji bilan og`rigan odamlar bilan ishlash markazida yashovchi 22 yoshli yosh ayol bilan ishlaydigan amaliyotchi tajribasi. Ayolada depressiya holatlari kuzatilar edi, u doimo yig`lar, gaplashish va ovqatlanishdan bosh tortar edi. Xamkasblari uni xonaga yolg`iz ravishda qamab qo`yar edi. Yosh mutaxassis ayol bilan gaplashganida ayol ko`chaga chiqishni xohlashini hamda koledjda qandaydir to`nalish bo`yicha ta’lim olmoqchililigini aytdi, shu o`rinda asosiy ishchilarga ma’lumot yetkazishni iltimos qildi. Hech qanday reaksiya kuzatilmadi. Amaliyotchida qarama qarshi hissiyotlar paydo bo`ldi, u tashkilotning ichki tartibini buzdi deb o`ylay boshladi.
Barcha holatlarning murakkabligini e’tiborga olmagan holatda ehtiyojlarni kam his etish yoki biron iste’molchi huquqining kamaytirilishi.Misol – keksa er xotinlarni o`zlari istiqomat qiladigan uyidan qariyalar uyiga olib borildi.Aytilishicha ular odatiy uy yumushlarini ham bajara olmayotga ekan, ayol kechasi yiqilib tushganligini aytib o`tishdi. Keksa er xotin ushu tashkilotda qolishi kerakligi haqida oilasi, yotoqxonaga ma’sul shaxslar va boshqa ijtimoiy ishchilar tomonidan bosim ko`rsatildi. Amaliyotchi ularni uylariga qaytarish kerak deb oyoq tirab turib oldi. Xulosa – ijtimoiy ishchining asosiy bajarishi kerak bo`lgan ishi holatni to`liq baholash va unga aloqador barcha odamlarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holatda eng maqbul qaror qabul qilish.
Holatning murakkabligi e’tiborga olib qo`yiladi, ammo hayratga soladi.
Qabul qilingan axloqiy qarorlar.Mattison (Mattison, 2000) axloqiy dilemma tahlili uchun sxema taklif qildi:

          1. Ma’lumotni aniqlang va yig`ing. Ijtimoiy ishchi axloqiy dillemmani anglaganidan keyin, u mijozning holatini butunlay tushunib yetish uchun barcha detallarni o`rganib chiqadi va o`ziga kerakli ma’lumotlarni yig`a boshalydi hamda shundan keyin qaror qabul qilish jarayoni boshlanadi.

          2. Bundan keyin ijtimoiy ishchi holatning amaliy aspektlarini uning axloqiy aspektlaridan ajratishi kerak.

          3. Qadriyatlar bilan bog`liq bo`lgan tanglikni aniqlash.

          4. Ijtimoiy ishchi axloqning professional kodeksiga murojaat qilishi mumkin – bu unga majburiyatlarni aniqlash va dilemmaga ta’sir qilayotgan narsani aniqlashga yordam beradi.

          5. Ijtimoiy ishchi amalga oshirishi mumkin bo`lgan faoliyatlarni va ularning potensialining oqibatlarini bashorat qiladi, tortadi, chamalaydi.

          6. Ijtimoiy ishchi barcha variantlarni tortib ko`rgandan keyin dilemmani hal qilish uchun faoliyatni tanlashi kerak.

          7. Ijtimoiy ishchi yechish bosqichiga yetganda o`z yechimini asoslay olishi kerak.

Xulosa o`rnida, axloqiy dilemma haqida yechim qabul qilinishining to`g`ri yoki noto`g`ri usullari b`olmaydi. Ijtimoiy ishchi axloq kodeksini bilishi muhim, dilemmalarni xamkasblari va supervizorlari bilan muxokama qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari ijtimoiy ishchilar o`zining refleksiv amaliyotiga orientirlanishi va hamma narsani “men” deya qabul qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

    1. Yorliqlar nazariyasi. Yorliqlarning ijtimoiy nazariyasi yoki stigmatizatsiya (yunoncha stigma – tamg`a) ijtimoiy jarayonlarni tahlil qiladi, bu jarayonlar faoliyat, shaxs yoki guruhlarning ijobiy yoki salbiy (ko`proq) xarakteristikalarini ijtimoiy ro`yxatga olish (tamg`alash) hisoblanadi.

Birinchidan bu nazariya, jarayonning ijtimoiy tabiatini inobatga oladi, bunda jamiyatdagi individlar boshqa individlarga ularni deviantlar deb hisoblab yorliqlar yopishtiradi.Ikkinchidan individni deviant deb hisoblaydi, unda u o`zini boshqalar o`rniga qo`yishga harakat qiladi (“deviant yorlig`ini” qabul qilad).Shu tariqa jamiyatda “jinoyatchi”, “alkogol”, yoki “yurakksal” deb hisoblangan har bir shaxs o`ziga yorliq yopishtirish jarayonida ishtirok etadi.
Yorliq deb salbiy tushunchalar tushuniladi, “yaxshi/yomon” shkalasida odam yoki guruhning o`rnini aniqlab beradi (ayni holatda – ko`proq manfiy qutblarga yaqin keladi). Yorliqlar ikki taraflama harakat qiladi: ular antiijtimoiy odatlarni to`xtatib turadi, lekin ularni ongsiz ravishda qo`llash natijasida antisotsial xususiyatlarni qo`zg`otishi mumkin.
Yorliqlar nazariyasiga binoan, xulq atvorni deviant deb hisoblash uchun, u avvalo o`rnatilgan qoidalarni buzish orqali ular deviantlikni namoyon qilishi orqali ijtimoiy guruhlar deviantlikni keltirib chiqaradi hamda bu o`rnatilgan qoidalarni alohida odamlar uchun qo`llaydi va ularni autsayderlar deb ataydi. Shu tomondan qaralganda deviantlik odamlar tomonidan amalga oshiriladigan hatti harakatlar maxsuli emas, balki, “buzg`unchiga” nisbatan qo`yilgan boshqa qoidalar va sanksiyalarni qo`llash natijasidagi hatti harakatlar maxsuli deb qaraladi.
Boshqacha qilib aytganda, hech qanday hatti harakat o`zicha deviant tabiatga ega deb qaralmaydi; xulq atvor boshqlar tomonidan deviant deb qaralgan taqdirdagina shu xususiyatga ega bo`ladi.
Stigmatizatsiya nazariyasi tarafdorlari konfliktologiyaning bosh g`oyasini asos qilib olgan, unga ko`ra individlar ko`pincha o`zaro munosabatlarda kelishmovchiliklarga duch keladi, chunki, ularning qiziqishlari va qarashlari bir biriga mos kelmaydi. Bunda, hokimiyat kimning qo`lida bo`lsa, u o`zining normalarda, institutsional hayotdagi qarashlari va prinsiplarini bayon etishi mumkin, va ularning normalarini buzganlarga salbiy yorliqlarni taqib qo`yishadi.




  1. Download 39,1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish