Boshqaruv organlari xodimlarining odob ahloq qoidalari



Download 39,1 Kb.
bet1/3
Sana19.11.2022
Hajmi39,1 Kb.
#868360
  1   2   3
Bog'liq
boshqaruv organlari xodimlarining odob ahloq qoidalari


BOSHQARUV ORGANLARI XODIMLARINING ODOB AHLOQ QOIDALARI
Reja:

  1. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari

  2. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va prinsiplari: insoniy qadr-qimmat, ijtimoiy adolat, insoniylik, yaxlitlilik, kompetentlik.

3. Ijtimoiy ishchining etik-professional kodeksi. Ijtimoiy ishda etik dilemmalar.
4. Ijtimoiy ish amaliyotida diskriminatsiya qilinmaslik tamoyili. Stereotiplar, xurofotlar va noto‘g‘ri (xato) tushunchalar.
5.Insonlarni turli belgilar bilan diskriminatsiya qilish: jinsiy, etnik, milliy, diniy, salomatlik holatiga ko‘ra, moddiy, professional mavqyei v.h. Individual, guruhli, tashkiliy darajada ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf etish.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilash, ularning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda Odob-axloq qoidalari deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki oy muddatda:
o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, Odob-axloq qoidalari asosida markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlasinlar;
ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, xodimlarning tasdiqlanadigan idoraviy odob-axloq qoidalari Odob-axloq qoidalari talablariga zid bo‘lishi yoki ulardan past darajadagi talablarni nazarda tutishi mumkin emas.
3. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga Odob-axloq qoidalari asosida xodimlarning odob-axloq qoidalarini qabul qilish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishi qonunchilikka muvofiq intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib hisoblanishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda 2016-yil mobaynida ushbu qarorning qo‘llanishi monitoringini olib borish va tahlil qilish hamda, zaruriyat bo‘lganda, ularning yakunlari bo‘yicha Odob-axloq qoidalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V.Abduqodirov 10 kun muddatda, ushbu qaror talablariga qat’iy amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining odob-axloq qoidalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Etika: tushunchasi, manbai. Etika – (yunonchada odat, udum) – ilmiy nazariy tartibotlardan biri bo`lib, o`rganish obyekti axloq hisoblnadi. “Etika” atamasi ikki ma’noda qo`llaniladi: etika axloq falsafasi sifatida va etika axloqiy normalar va standartlar ko`rinishida.
Axloq funksiyasi odamlarning individual xulqini boshqarish va baholash, ularni shu jamiyatda qabul qilingan normalar va prinsplarga moslashtirish. Axloq normalari nafaqat keltirilgan xulq atvor ko`rsatmalarini tutadi, ular shaxsning o`ziga xos hislatlari normativlari uchun zarur bo`lgan axloqiy aspektlarini jamlaydi, axloq boshqa tomondan qaralganda nafaqat faoliyat va harakatni baholaydi, balki faoliyat sababi, maqsadi, vositasi, niyati bo`lib xizmat qiladi.
Axloq – ijtimoiy ongning dastlabki shakllaridan biri bo`lib, odamlarning hatti harakatini boshqaradi. Axloq ikkita nisbiy qarashlar asosida paydo bo`lgan:

  1. Axloqning paydo bo`lishi mehnat faoliyatining dastlabki shakllari bilan bog`liq, birgalikda faoliyat yuritish uning omadli amalga oshishi va sotsiumning stabilligini saqlab qolish uchun kerak bo`ladigan sharoit sifatida ushbu faoliyatning axloqiy boshqariluvining zaruratiga ehtiyoj yaratadi.

  2. Axloq individning uyushmadagi hatti harakatini boshqarish shakli sifatida hali odamlar to`da bo`lib yashagan hamda mehnatning ijtimoiy bo`linishi sodir bo`lmagan davrdan boshlab mavjud bo`lgan.

“Yaxshilik”, “sahovat”, “yovuzlik” tushunchalarining o`zi bu davrlarda odamlar uchun hayvonlar sezgisidan deyarli farqlanmas edi: issiq, oziq-ovqat yetarli, xavfsiz – yaxshilik, saxovat; xavf, ochlik, sovuq – yomonlik. Ibtidoiy odam axloqiy mezonlar kuchi asosida emas, balki mavjudlik uchun kurashga ehtiyoji sababli jamoaviy yashagan. Axloqiy yordamlar va o`zaro yordam ko`rsatish odamlar tabiati va kishilik jamiyati ildiziga singib ketgan.
Etika (axloqiy burch) yasama ahamatiyatga ega. Professional etika tushinchasi, shu jumladan, amaliyotning axloqiy prinsplariga misol bo`ladi. Ijtimoiy ishning ahamiyati ijtimoiy ishchilarning odamlar va jamiyat to`gisida ishonch hosil qilish uchun asos yaratadi, etika esa ma’lum bir holatda nima qilish kerakligi uchun chegara chizadi. Har ikki tushuncha – ahamiyati, etik muhokama va nizolar ijtimoiy ishchi amaliyotidagi odatiy hodisa hisoblanadi.
Ijtimoiy ishchilar ularning mijozlari kabi o`zaro qiziqishlari bo`yicha nizolarga uchraydigan referent guruhlar hisoblanadi. Masalan, mijoz kasallik holatida professional tibbiy yordamni taqiqlaydigan va inkor etadigan diniy guruhga taluqli bo`lishi mumkin. Bunday holatda ijtimoiy ishchi tibbiy yordam ko`rsatish zarurligini uqtirishi mumkin.
Bunday farqqa e’tibor qilish kerakmi, bunday holatda ijtimoiy ishchining ijtimoiy axloqiy (etik) majburiyati qanday?Bunday nizo vaqtida qanday qilib mijoz qiziqishlarini saqlab qolishi mumkin?Mijozlar bunday holatlarda o`zlari tanlov qila oladimi?Bu savollarni qanday hal etish mumkin? Bunday hollarda javob juda oson berilishining guvohi bo`lasiz.
Ijtimoiy ishchi har qanday darajada odamlar xulq atvori haqida qo`shimcha ma’lumotlarga ega bo`lish imkonini beruvchi odamiylik sifatlariga ega bo`lishi kerak.
Ijtimoiy ta’minot siyosati, tadqiqot va amaliyot, talabalar tomonidan o`rganiladigan kurslar va adabiyotlar, chet tili, huquqshunoslik, tarix va iqtisod, sotsiologiya va psixologiya, matematika va fan, ham madaniyat barchasi talabalarni o`tmish bilan tanishish, ijtimoiy sharoit va odam hayot faoliyatidagi dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. Bu kurslar shuningdek tanqidiy fikrlashni mustaxkamlash imkonini beradi vamuammolarni hal etish bilimlarini o`rgatadi, shuningdek bizning dunyomizni butunligicha qabul qilishga yo`l ochadi.
Prinsip – boshqa standartlar yoki muhokamalar bog`liq bo`lgan hatti haraktlrning fundamental standarti. Prinsip – axloqiy tushuntirish uchun asosni shakllantiradigan fikrlash, ishonch sistemasidagi mavjud norma.
AQSH dagi ijtimoiy ish bo`yicha kengash ijtimoiy ishchilarga kerak bo`lgan asosiy bilimlar, yangiliklar orasida amaliy faloiyatda boshqaruvchanlik uchun ularga zarur bo`lgan qadriyatlarni aniqladi.
Ijtimoiy ishchilar o`zini axloqiy nuqtai nazardan baholashi va axloqiy yechimlarda ishtirok etishi zarur:

  • Ijtimoiy ishchilar o`z kasbining asosiy ahamiyati, uning axloqiy standartlari hamda mos keluvchi prinsiplarini yaxshi bilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar amaliyotda professional qadriyatlarini qollashga imkon beradigan shaxsiy qadriyatlarni anglashi hamda ularni boshqara olishi kerak;

  • Ijtimoiy ishchilar Milliy assotsiatsiatsiyasi standartlari, ijtimoiy ishchilar Xalqaro Federatsiyasi axloq Kodeksi va ijtimoiy ish maktabi Xalqaro assosiatsiyasi standartlarini qo`llash yo’li bilan axloqiy yechim qabul qilishi kerak;

  • Ijtimoiy ish axloqiy prinsiplariga rioya etishi kerak;

  • Axloqiy nizolarni hal etishda ikki yoqlama fikrlashga imkon bermaslik kerak;

  • Axloqiy munozaralarda ularni hal etish uchun strategiyalarni qo`llash kerak.

2.Qadriyatlar: tushunchasi, qadriyatlar tizimi, ko`rinishlari. “Qadr qimmat” tushunchasi.Qadriyat tushunchasi obyektlarni, mavjudotlarni, ularning xossalari, shuningdek o`zida ijtimoiy ideallarni yaratadigan hamda ulardan kelib chiqib o`zini mansandor qolipi ostida ko`rsatadigan abstrakt g`oyalarni belgilash uchun qo`llanladi.
Qadriyatni mavjudliligini uchta shakli:

      • Qadriyat ijtimoiy ong tomonidan shakllangan, mansab haqidagi tushuncha (haqiqat, chiroy, adolat va patriarxat, tenglik, demokratiya) ijtimoiy fikr sifatida namoyon bo`ladi.

      • Qadriyat obyektiv shaklda moddiy va ma’naviy madaniyat yoki ijtimoiy qadrli ideallar qolipidagi ayni predmeti hisoblanadigan odamiy hatti harakat ko`rinishida namoyon bo`ladi.

      • Ijtimoiy qadriyatlar, individual hayot faoliyati prizmasidan o`tkazilganda, odam hatti harakatlarini asoslaydigan shaxsiy qadriyat ko`rinishida shaxsning psixologik tuzilishi ichiga kiritiladi.

Qadriyat ko`rinishlari. Shaxsiy qadriyatlar – ijtimoiy ish bilan shug`ullanadigan ko`pgina odamlar ishonchga asoslanadi, ijtimoiy zaif odamga nisbatan nimadir qilishdan oldin ishonch birinchi bo`lib sahnaga ko`tariladi. Kimnidir dinga bo`lgan ishonch boshqarsa, kimnidir siyosiy qarashlar boshqaradi. Qadriyatning qandayligini va u qayerdan kelib chiqqani bilish muhim hisoblanadi.
Ijtimoiy qadriyat – hamma odamlar ham juda qadrli bo`lishiga qaramasdan, qadriyat va ishonch har doim ham biz o`ylaganimizdek shaxsiy bo`lavermaydi. Ular jamiyatda shakllanadi. Yosh bo`yicha guruhlar, jinsiy alohidalanishiga qarab, millat, ijtimoiy mavqe va boshqalar. Boshqa hodisalarga bog`liq ravishda odamlarning munosabatlari davrlarga mos ravishda o`zgarib boradi. Masalan, jinsiy aloqadorlik, bolalarga munosabat, fikrni erkin bildira olish, bolalarni parvarishlash, inson hayotining qimmati.Ijtimoiy qadriyatlar ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog`liq.
Professional qadriyatlar, tashkilotlar qadriyati. Ijtimoiy ishning 5 tamoyili (qadriyati) mavjud: insoniy qadr-qimmat va qadriyat, ijtimoiy adolat, insonparvarlikka xizmat qilish, butunlik, kompetentlik.


  1. Download 39,1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish