Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo’naltirilgan bo’ladi


Markaziy bankning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat



Download 137,89 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi137,89 Kb.
#673293
1   2
Bog'liq
Muhayyo

Markaziy bankning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiyotni pul-kredit richagi yordamida boshqarish.
2. Hisob-kitob va pul o’tkazish operatsiyalarini bajarishni yo’lga qo’yish.
3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
4. Boshqa kredit muassasalari kassa zaxiralarini saqlash.
5. Rasmiy oltin - valyuta zaxiralarini saqlash.
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish.
7. Tijorat banklariga kredit berish.
8. Pul emisiyasi.
Markaziy bank - o’z sarf-xarajatlarini o’zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat bo’lib, ularning qiymati Markaziy
bank balnsida aks ettiriladi. O’zbekiston Markaziy banki yuqoridagi vazifalariga qo’shimcha ravishda qo’yidagi vazifalarni ham bajaradi: Monetar siyosatni va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, samarali hisob-kitob tizimini tashkil etish va ta’minlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish davlat yudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iborat.

3.O’zbekistonda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib, banklar tizimining birinchi pog’onasi - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ikkinchi pog’onasi - tijorat banklari, ularning shq’balari, chet el banklari sho’’balari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagi sxemada keltirish mumkin.
O’zbekistan Respublikasi Bank tizimi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Markaziy apparat Viloyat bo’yicha Markaziy bank


Boshqarmalari
Mustaqillikka erishilguncha qadar O’zbekiston hududidagi bank muassasalari SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko’rsata olmasdilar bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR O’urilish banki va SSSR Tashqi bankini o’ziga olardi. Sobiq SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqeiga ega bo’lib, o’z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo’jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi markaz hisoblanardi.
qtisodiyotni boshqarishni markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlr qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank tizimini qator kamchiliklari ro’yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub o’zgarishlarini amalga oshirishini talab etardi. Albatta, bu iqtisodiyotiga ilk qadamlar qayta qurishi sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilarni totalitar iqtisodiyotiga tadbiq etilishi bilan tushuniladi. Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank tizimining tashkiliy strukturasini o’zgartirish, banklarni rolini oshirish, iqtisodiy tizimini rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy dastakka aylantirish ko’zda tutilgandi.
1988 yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimini tashkil etila boshladi. Lekin bu davrda, birinchidan, markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli hali ham yuqori edi, ikkinchidan, sohalar deyarli hamma qismi bilan davlat tassarrufida edi. O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos 1991 yil 15 fevralda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga hisobot bnradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish asosan Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng boshlandi, Tijorat banklarining soni tobora oshib boradi.
- Markaziy bank boshchiligida hamda keng tormoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika xududida yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish; - barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul massasining asossiz o’sishini keskin cheklash; - O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari hamda imkoniyatlarni yaratish. Birinchi bosqichda belgilangan vazifalarni bajarilishiga jadal kiritilishi respublika bank tizimini zamonaviylashgan ko’rinishini olishiga olib keldi. Hozirda respublikada keng tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan holda xo’jaliklar tashkilotlar, aholiga xizmat ko’rsatmoqda.

Bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak, banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi:


• vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va kapitalga aylantirish;
• kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
• to’lov jarayonlarida vositachilik qilish;
• muomalaga kredit vositalarini chiqarish
Germaniya bank tizimi eng yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. O’uyidagi sxemadagi Germaniya bank tizimi keltiriladi. Germaniyaning kredit tizimi boshida Bundesbank turadi. Uning asosiy bo’g’ini yuqori universallashgan tijorat banklari hisoblanadi. Germaniya gros (yirik) banklari tashqi savdoning 60% to’lovini o’tkazib beradi.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab berish) bilan Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda aktsioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Bu bank aktsioner-emission bank bo’lib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanish natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog’liq harajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog’liq bo’lgan. Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo’l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun xaqning pul shaklida to’lanishi, doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan boshqarish zarur edi. Shunday qilib, banklar mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o’laroq bankir tadbirkor sifatida o’z ish faoliyatini olib borgan.
Download 137,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish