Bozor munosabatlari rivojlanishining yangi bosqichlari



Download 3,86 Mb.
bet1/12
Sana17.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#817319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bozor munosabatlari rivojlanishining yangi bosqichlari moliyaviy inqiroz


Bozor munosabatlari rivojlanishining yangi bosqichlari
Jahonda hali-hanuz davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ichki zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish talab qilinadi. Bunda investitsiya va pay fondlari institutlarini shakllantirish g‘oyat ahamiyatlidir.Mamlakatimizda xususiylashtirishga oid amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida respublikamizda zamonaviy investitsiya qilish institutlaridan, xususan investitsiya fondlaridan ham keng foydalanilmoqda.
Ayniqsa, sohaning huquqiy asoslari mustahkamlanib borayotganligi e’tiborga molik. Joriy yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullangan “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonun amalga oshirilayotgan islohotlarning sur’atini o‘sishi hamda erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi fond bozori tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida sarmoyaning erkin oqimini ta’minlash, investorlar va aholi keng qatlamiga, kapital bozoriga kirish jamg‘armalarini shakllantirish xamda ko‘paytirish uchun muqobil sharoit yaratish imkoniyatlarini beradi.
Qonunni ishlab chiqishda investitsiya va pay fondlarini faoliyatini tartibga solish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish xamda xorijiy mamlakatlarning, jumladan AQSh, Germaniya,Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarning qonun hujjatlarini tahlil qilish natijalari hisobga olindi.
Qonunning maqsadi investitsiya va pay fondlarini tuzish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdir.
Qonun mamlakatimizda jamoa tomonidan investitsiyalar kiritish tizimini yaratishga, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini milliy iqtisodiyotning turli sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltirishga qaratilgan.
Qonunning qabul qilinishi iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida kapitalning erkin o‘tkazilishini ta’minlash, investorlar va aholining keng qatlamlariga kapital bozoridan foydalanish imkoniyatini berish, omonatlarni shakllantirish va ularni ko‘paytirish uchun muqobil imkoniyatlar taqdim etish kabi vazifalarning samaraliroq bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, qonunning qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini talab qilmaydi.
Mamlakatimizda investitsiya fondlarini tashkil etish,ularning faoliyat ko‘rsatish, ularni qayta tashkil etish va tugatish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya fondlari to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan. Xususan, Nizomning 38-bandiga muvofiq investitsiyalarni boshqarish va investitsiya fondining qimmatli qog‘ozlari paketini shakllantirish hamda maslahatchi sifatida fondga xizmat ko‘rsatish investitsiya fondi o‘z aktivlarini boshqarish vakolatini bergan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
2015 yil 1 iyul holatiga respublikadagi investitsiya fondlarining jami aksiyadorlari soni 49,5 mingdan ziyoddir. 2015 yil 1 aprel holatiga Respublikamizda jami 7 ta investitsiya fondi bo‘lib, ularning umumiy aktivlari soni 6,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bufondlarning investitsiya protfelida jami 5,6 mlrd. so‘mlik qimmatli qog‘ozlar mujassamlashgan bo‘lib, fondlarning sof aktivlari 5,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Pay fondi O’zbekistonda mavjud bo‘lgan oddiy investitsiya fondidan farqli ravishda, yuridik shaxs hisoblanmaydi, investorlarning mablag‘larini fondlarga turli bo‘yicha guruhlashtirilgan investitsiya aktivlariga kiritadigan ishonchli boshqaruvchiga beriladi.
Misol uchun, ishonchli boshqaruvchi alohida fondga (investitsiya aktivlariga) guruhlangan aksiyalar, ulushlar, obligatsiyalar va boshqa aktivlardan iborat bo‘lgan bir necha pay fondi tashkil etishi mumkin (aksiyalar fondi, boligatsiyalar fondi va boshqalar), bunda investorga investitsiya yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratiladi. Investor tomonidan kiritilgan mablag‘lar tasdig‘i sifatida, litsenziyaga ega bo‘lgan ishonchli boshqaruvchi investorga Markaziy depozitariyda hisobi yuritiladigan investitsiya payini beradi.
Mazkur Qonunning zaruriyati, ahamiyati va dolzarbligi, shuningdek uning kuchga kirishi, pirovard natijada, mamlakatimizda bozor munosabatlarini yanada demokratlashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozorini liberallashtirish, xususiy mulkdorlarning iqtisodiyotimizdagi salmog‘i va ahamiyatini yanada oshirish, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, moliya bozorida raqobatni yanada chuqurlashtirish, shuningdek investor huquqlarini samarali himoya qilish uchun o‘ta muhim huquqiy hujjat sifatida xizmat qiladi.
Qo‘mitaga joylardan kelib tushgan fikr-mulohazalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hududlarda tashkil etilgan muhokamalarda Qonunda belgilangan normalar umumdavlat va mintaqalar rivojlanishi uchun xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Xulosa qilib aytganda, ushbu QonunRespublikamiz qimmatli qog‘ozlar bozorining ishlash mexanizmini yanada takomillashtirish yo‘li bilan bozor faoliyatini tubdan jadallashtiradi va buning natijasida mamlakatimiz iqtisodiy o‘sish sur’atlarining bardavomligi ta’minlanadi hamda respublikada zamonaviy investitsiyalash tizimini yaratish, aholining pul mablag‘larini mobilizatsiya qilish va ularni milliy iqtisodiyotning turli sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishini rag‘batlantirish uchun xizmat qiladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish