Britaniya mustamlakasining vujudga kelishi


Amerika, Afrika va qul savdosi |



Download 97,93 Kb.
bet3/16
Sana20.06.2022
Hajmi97,93 Kb.
#684083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI

Amerika, Afrika va qul savdosi | 


Britan Vest-Indiyasi boshida eng muhim va eng foydali ingliz koloniyalaridan iborat boʻlgan. Lekin ular eng muhim koloniyalarga aylanishdan oldin bir necha bor inqirozga uchrashgan. Masalan, inglizlar ispanlarga oʻxshab oʻz koloniyalarida oltin topishga harakat qilishganligi sababli Britan Gayanasida koloniya tuzishga 1606-yilga qadar ikki yil davomida harakat qilishgan. Sent-Lyusiya (1605) va Grenadadagi (1609) koloniyalar tezda yoʻqolib ketishdi, lekin, Sent-Kits (1624), Barbados (1627)) va Nevisdagi (1628) koloniyalar muvaffaqiyatli boʻlishgan. Buning sababi esa portugallar Braziliyada omadli tarzda foydalanayotgan shakarqamish oʻstirishdan inglizlar ham foydalanishganligi hisoblanadi. Koloniyalarga golland qulfurushlari sotadigan qullar mehnati zarur edi va inglizlar shu qullardan foydalanishardi. Oʻz navbatida gollandlar esa koloniyalarda ishlab chiqarilgan shakarni olib Yevropada olibsotarlik qilishgan. Bu savdodan qolayotgan katta foydani faqat inglizlar qoʻlida qolishini kafolatlash uchun ingliz parlamenti 1651-yilda ingliz koloniyalarida faqat ingliz kemalari savdo qilishi mumkinligini belgilaydigan Navigatsion aktni qabul qiladi. Bu esa Birlashgan Provinsiyalar Respublikasi bilan muammolarning keskinlashuviga, urush sababli inglizlarning Amerikadagi oʻrinlari mustahkamlanishiga olib kelgan bir necha Anglo-golland urushlariga sabab boʻldi. 1665-yilda Angliya Ispaniyaga tegishli boʻlgan Yamayka orolini egalladi, 1666-yilda esa Bagam orollarini muvaffaqiyatli ravishda kolonizatsiyaladi.
1750-yilda Shimoliy Amerikadagi Britan koloniyalari. 1: Nyufaundlend; 2: New Scottia; 3: Oʻn uch koloniya; 4: Bermud orollari; 5: Bagam orollari; 6: Britan Gondurasi; 7: Yamayka; 8: Kichik Antil orollari
Amerika qitʼasidagi birinchi doimiy britan koloniyasi 1607-yilda Jamestownda tuzildi. U 1609-yilda Bermud orollarida ham shunaqa koloniya tuzgan shaxsiy Virginia Company tomonidan boshqarilardi. 1624-yilda kompaniya huquqlari muddati tugadi deb eʼlon qilinib, hukumat koloniyani boshqarishni oʻz zimmasiga oldi, shunday qilib, Virginia koloniyasiga asos solindi. Bu yerda shakar yetishtirilmasligiga qaramasdan, mahalliy kolonistlar tamaki va boshqa qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirish orqali omadga erishdilar. 1610-yilda shunga oʻxshash kompaniya (London and Bristol Company) Nyufaundlend orolida koloniya tuzish maqsadida ochildi, ammo bu gʻoya muvaffaqiyatga erishmadi. 1620-yil Plimutda diniy kamchilik boʻlgan Puritanlar tomonidan koloniya tuziladi. Bunga yana katoliklar tomonidan tuzilgan Merilend (1634), kontregatsionalistlar tomonidan tuzilgan Konnektikut (1639) kabilarni misol keltirish mumkin, Rod-Aylend (1636) esa diniy bagʻrikenglik eʼlon qilingan Amerikadagi birinchi koloniya boʻldi. 1663-yilda Karolina tuzildi. 1664-yilda Angliya Ikkinchi anglo-golland urushi natijasida Surinamni Yangi Amsterdamga (keyinchalik nomi Nyu Yorkga oʻzgartirilgan) almashtiradi. 1681-yilda William Penn Pennsylvania koloniyasiga asos soladi.
Qitʼadagi koloniyalardan farqli ravishda Vest-Indiyadagi koloniyalar moddiy jihatdan ancha foydali boʻlsada, qitʼadagi koloniyalar qishloq xoʻjaligi uchun yaxshi sharoitlarga va moʻtadil iqlimga ega boʻlganligi sababli koʻplab inglizlar koʻchib kelishgan. Qitʼadagi koloniyalarning oʻzi ham ikkiga boʻlingan: janubiy va shimoliy. Janubda koʻproq yirik qishloq xoʻjaliklari mavjud boʻlib, qullar xizmatidan foydalanilgan. Shimolda kichik fermerliklar, yogʻoch ishlovchi va kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Shuningdek hindular bilan savdo ham katta foyda bergan. Ulardan teri olinib, oʻrninga metall maxsulotlari va shakar qilinishdagi qoldiqlardan tayyorlanadigan romga almashtirilgan. 1670-yilda qirol Karl II Hudson Bay Companyga yirik Rupert yerida (keyinchalik Kanadaning katta hududini tashkil etgan yer) teri bilan savdo qilishning monopol huquqini berdi. Kompaniya tomonidan qurilgan fortlar va savdo postlari keyinchalik shu yerga yaqin Yangi Fransiyada teri bilan savdo qiluvchi kompaniya ochgan fransuzlar hujumlarining nishonlariga aylanishgan10.
Ikki yildan soʻng Amerikadagi koloniyalarga qul sotishning monopol huquqini olgan Royal Africa Company ochildi. Qullar „Brinchi imperiya“ iqtisodiyotining asosini tashkil etgan. 1807-yilda qul savdosi cheklanishiga qadar Britaniya Amerikaga olib kelingan qullarning uchdan biri, yaʼni, 3,5 mln.ni olib kelgan. Qul savdosini taʼminlash maqsadida Gʻarbiy Afrika qirgʻogʻida Jeyms oroli, Akkra va Bans kabi fortlar qurilgan. Vest-Indiyada qoratanli aholi ulushi 1650-yildan 1780-yilgacha 25 %dan 80 %ga oshdi, amerika qitʼasida qullar ulushi esa 10 %dan 40 %ga oshdi. Qul sotish juda foydali ish hisoblangan, ayniqsa Bristol va Liverpullik sotuvchilar uchun.
1695-yilda Shotlandiya parlamenti „The Company of Scotland Trading to Africa and the Indies“ga ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish uchun Panamada koloniya tuzish huquqini berdi. Ekspeditsiya 1698-yilda yoʻlga chiqdi, ammo u omadsizlikka uchradi. Yangi Granadalik ispan kolonistlari tomonidan hujumga uchraganligi va bezgakka chalinganligi sababli koloniya ikki yildan soʻng yoʻq boʻldi. Shotland kapitalining chorak qismi qoʻyilgan bu „Darius scheme“ rejasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Shotlandiya uchun haqiqiy zarba boʻldi. Bu omadsizlik Shotlandiyani Angliya bilan birlashishga majbur qildi va Birlashgan Qirollik tuzilishiga sababchi boʻldi11.

Download 97,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish