Britaniya mustamlakasining vujudga kelishi


Gollandiya bilan Osiyodagi raqobat |



Download 97,93 Kb.
bet4/16
Sana20.06.2022
Hajmi97,93 Kb.
#684083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI

Gollandiya bilan Osiyodagi raqobat | 

Boʻlajak Madras shahri hisoblanmish Avliyo Georg forti, 1639-yil


XVI-asr oxirida Angliya va Gollandiya mos ravishda 1600- va 1602-yillarda tuzilgan Ingliz va Golland kompaniyalarning Osiyaga ekspeditsiyalarini pul bilan taminlash maqsadida hususiy aksionerlik jamiyatlarini tuzishni boshlashdi. Oʻsha paytlarda Osiyo bilan savdo qilishda Portugaliya yakka hokim edi. Inglizlar va gollandlarning maqsadi foydali boʻlgan ziravorlar bilan savdoni egallash edi. Asosiy ziravorlar chiqariladigan nuqtalar Indoneziya arxipelagi va Hindiston edi. Shimoliy dengiz orqali oʻtadigan London va Amsterdam oʻrtasidagi tor aloqalar ikki kompaniya oʻrtasidagi muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada Gollandiya Indoneziyadagi Molukk orollarida, Angliya esa Hindistondagi Suratda oʻrnashib oldi. Angliya Gollandiyani keyinchalik oʻz soyasida qoldirishiga qaramasdan oʻsha paytlarda rivojlangan iqtisodiy tizimga ega va anglo-golland urushlarida gʻalabaga erishgan Gollandiya XVII asr davomida Osiyoda katta hududlarni egalladi. Angliya va Gollandiya oʻrtasidagi dushmanlik 1688-yildagi Shonli inqilob natijasida ingliz taxtiga niderland shtatgalteri Vilgelm Oran oʻtirishidan soʻng toʻxtadi. Ikki millat oʻrtasidagi kelishuvga koʻra arxipelagdagi ziravorlar sanoati Gollandiyaga, Hindistondagi tikuvchilik sanoati Angliyaga tegdi. Angliya baribir tikuvchilikdagi foyda boʻyicha ziravorlar savdosidan oʻtib ketdi, ingliz kompaniyasi esa golland kompaniyasini ortda qoldirdi1. Hindistonda ingliz Ost Indiya kompaniyasi oʻz eʼtiborini Suratdan Madras, Mumbay va Kalkuttaga qaratdi.

Fransiya bilan dunyo miqyosidagi kurash


1763-1776-yillarda ingliz Amerikasi
Angliya va Gollandiya oʻrtasida 1688-yilda tuzilgan tinchlik bitimiga koʻra bu ikki davlat Yevropa va koloniyalarda Fransiya-Ispaniya ittifoqiga qarshi Toʻqqiz yillik urushga ittifoqchilar sifatida kirishdi. Lekin urushdan Angliya gʻolib, Gollandiya magʻlub boʻlib chiqdi. Sababi, Gollandiya koʻp pul talab etadigan quruqlikdagi urushda qatnashishga majbur boʻldi. XVIII asrda Angliya (1707-yildan soʻng Britaniya) dunyodagi eng kuchli kolonial davlatga aylanadi, Fransiya esa uning asosiy raqibi sifatida eʼtirof etiladigan boʻldi.
1700-yilda Ispaniya va uning yirik kolonial imperiyasini fransuz qirolining nevarasi Filipp Anjuga meros qilib qoldirgan ispan qiroli Karl II vafot etadi. Fransiya, Ispaniya va ularning koloniyalari bir davlatga birlashishi Angliya va boshqa Yevropa davlatlariga yoqmasligi aniq edi. 1701-yilda Angliya, Portugaliya va Gollandiya Ispan taxti uchun urushga Fransiya va Ispaniyaga qarshi kurashayotgan Muqaddas Rim imperiyasiga qoʻshilishadi. Bu urush 1714-yilgacha davom etadi. Utrext tinchlik shartnomasiga koʻra ispan qiroli Filipp Anju fransuz taxtidan oʻzi va davomchilari nomidan voz kechdi. Bundan tashqari, Ispaniya Yevropadagi barcha mulklaridan ham ayrildi. Britaniya Imperiyasining hududi kengaydi: Fransiyadan Nyufaundlend va Akadiya, Ispaniyadan esa Gibraltar va Minorka tortib olindi. Hozirgacha Britaniya dominioni hisoblanadigan Gibraltar muhim harbiy dengiz floti bazasiga aylandi va Britaniyaga Oʻrta Yer dengizidan Atlantika okeaniga kirish-chiqishni boshqarishga imkon berdi. Menorka esa Ispaniyaga 1802-yilda Amyen sulhiga koʻra qaytarildi.
1756-yilda boshlangan Yetti yillik urush birinchi dunyoviy urushga aylandi: urush harakatlari Yevropa, Osiyo, Janubiy va Shimoliy Amerika, Osiya va hattoki, Afrikada olib borildil; urushda oʻsha paytdagi buyuk davlatlarning deyarli barchasi qatnashishdi. Parij tinchlik shartnomasining imzolanishi Britaniya Imperiyasining kelajakiga katta taʼsir koʻrsatdi. Shimoliy Amerikadagi Fransiya koloniyalarining barchasi egallandi. Ispaniyadan Florida tortib olindi. Hindistonda ham fransuzlar britanlarga ancha katta hududlarni berdilar. Shunday qilib, Buyuk Britaniyaning Yetti yillik urush davomida Fransiya ustidan gʻalabasi uni dunyoning eng kuchli davlatiga aylantirdi

Download 97,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish