Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish


Davlat budjeti xarajatlarining yo’nalishlari va ular miqdorining tahlili



Download 0,68 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi0,68 Mb.
#951892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
-BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH

2. Davlat budjeti xarajatlarining yo’nalishlari va ular miqdorining tahlili

Davlat budjeti xarajatlaridan oqilona foydalanish yo’llarini belgilashda ularning tarkibiy tuzilishi va asosiy yo’nalishlari muhim ahamiyat kasb etadi.


Budjet xarajatlarining tarkibiy tuzilishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohasidagi o’rnini aniq ko’rsatib beradi. Shu bilan birga, budjet xarajatlarining tarkibiy tuzilishi ustuvor ahamiyatga ega davlat dasturlari uchun mo’ljallangan mablag’larni ham o’zida aks ettiradi.
Davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish budjet ko’rsatkichlari doirasida yirik ijtimoiy tadbirlarni, ustuvor iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini hamda davlat va milliy dasturlarni moliyalashtirishni hisobga olgan hodisa amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida boshqa sohalarda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar qatori davlat moliyasi sohasida ham, xususan, davlat budjeti xarajatlari tarkibida ham o’ziga xos o’zgarishlar amalga oshirildi va buning natijasida ko’plab yutuqlarga erishildi.
Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida O’zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahar budjetining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi4.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga qarab budjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Budjetning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’lab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. Bu yerda budjet xarajatlari ijtimoiy is’te’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, budjet mablag’larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini namoyon etuvchi asosiy

makroiqtisodiy ko’rsatkich bu Yalpi ichki mahsulotdir (YaIM). YaIM o’z tarkibiga davlat budjetini ham oladi. YaIMni taqsimlovchi moliyaviy instrument bu davlat budjetidir. YaIMni davlat budjeti vositasida taqsimlash umumdavlat pul fondlarini shakllantirish, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish hamda budjet fondidan foydalanish kabi bosqichlardan iboratdir. Shu sababli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida budjetxarajatlarining o’rnini qay darajada ekanligini tahlil qilishda mazkur ko’rsatkichlarni o’zaro qiyoslash maqsadga muvofiqdir.


Funksional nuqtai nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi pul mablag’larini ijtimoiy faoliyat sohalariga yo’naltirilganligini aks ettiradi. Budjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalardagi rolini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami byudjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 58,9 foizgacha o’sib borgan. Ushbu holat jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etadiki, o’z navbatida, respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidir. Shuningdek, ushbu xarajatlarning o’sib borishi bilan birga, ularning davlat byudjeti xarajatlaridagi eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda. Davlat byudjeti xarajatlarni nafaqat, yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirish bilan birga aholining jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarini oshirishini ta’minlash orqali mamlakat milliy iqtisodiyotida yalpi iste’mol talabini rag’batlantirishda muhim moliyaviy omil bo’lib hisoblanmoqda.
1-jadval ma’lumotlarida O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining 2014 yildan 2018 yilgacha bo’lgan muddatda dinamikasi keltirilgan. Jadval malumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat budjetining xarajatlari jami 2014 yilda 31425,4 so’mni tashkil etib, unda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvalash xarajatlari 18493,7 mlrd. so’mni tashkil etgan.
NNT,NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag`lar va grantlar esa 8,2 mlrd. so’mni tashkil etgan, iqtisodiyot xarajatlari 3363,3 mlrd. so’mni tashkil etgan, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1616,5 mlrd. so’mni tashkil etgan, davlat hokimyati,boshqaruv organlari,sud organlari va fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 1414,2 mlrd. so’mni tashkil etgan, boshqa xarajatlar 6529,4 mlrd. so’mni tashkil etgan.



2023 йилда иш ҳақи, ижтимоий нафақаларни ва пенсияларни инфляция даражасидан юқори бўлган суръатларда ошириш кўзда тутилган. Даромад ва харажатлар барқарорлигини таъминлаш ва бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси харажатларини ўз вақтида амалга ошириш мақсадида 2022 йил учун бюджетда бюджетдан ташқари пенсия жамғармасига 15,0 трлн сўм миқдорида трансфертлар кўзда тутилган.


Davlat budjetining xarajatlari 2015 yilda 36257,3 so’mni tashkil etib, unda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvalash xarajatlari 21316,9 mlrd. so’mni tashkil etgan, NNT,NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag`lar va grantlar esa 10,0 mlrd. so’mni tashkil etgan, iqtisodiyot xarajatlari 3821,3 mlrd. so’mni tashkil etgan, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1838,7 mlrd.so’mni tashkil etgan, davlat hokimyati, boshqaruv organlari,sud organlari va fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 1605,9 mlrd. so’mni tashkil etgan, boshqa xarajatlar 7664,5 mlrd. so’mni tashkil etgan.
Mos ravishda davlat budjetining xarajatlari 2017 yilda 49344,9 so’mni tashkil etib, unda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvalash xarajatlari 26922,7 mlrd. so’mni tashkil etgan, NNT,NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag`lar va grantlar esa 12,0 mlrd. so’mni tashkil etgan, iqtisodiyot xarajatlari 5280,7 mlrd. so’mni tashkil etgan, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 3234,8 mlrd.so’mni tashkil etgan, davlat hokimyati,boshqaruv organlari,sud organlari va fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 2431,5 mlrd. so’mni tashkil etgan, boshqa xarajatlar 11463,2 mlrd. so’mni tashkil etgan.
2018 yilda budjet xarajatlari 62170,0 mlrd. so’mni tashkil etishi rejalashtirilgan bo’lib, uning tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvalash xarajatlari 35034,0 mlrd. so’mni, NNT,NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag`lar va grantlar esa 15,0 mlrd. so’mni, iqtisodiyot xarajatlari 6957,8 mlrd. so’mni, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 3047,6 mlrd.so’mni, davlat hokimyati,boshqaruv organlari,sud organlari va fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 3050,0 mlrd. so’mni, boshqa xarajatlar 14 065,6 mlrd. so’mni tashkil etishi ko’zda tutilgan.
1-jadval ma’lumotlaridan ham kuzatishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida budjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvalash katta salmoqqa ega.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti uchun nisbatan yuqori darajadagi moliyaviy yuk bo’lib tushayotgan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari bir tomondan aholining kam ta’minlagan qatlamini himoyalash moliyaviy asosini o’zida ifodalaydi. Ikkinchidan, aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy sog’liqni saqlash tizimini shakllantirishda davlat byudjetining ahamiyati ortib borayotganligini ko’rsatib bermoqda.
Davlat byudjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari asosan ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy nafaqalar kabi xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, davlat byudjeti xarajatlarni nafaqat, yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirish bilan birga aholining jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarini oshirishini ta’minlash orqali mamlakat milliy iqtisodiyotida yalpi iste’mol talabini rag’batlantirishda muhim moliyaviy omil bo’lib hisoblanmoqda.
Endi budjet xarajatlarining so’ngi yillardagi ulishini dinamikasi tahlil qilib o’tamiz. Quyida keltirilayotgan davlat budjeti xarajatlarining jami xarajatlaridagi ulishi ko’rsatilgan.
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turiptiki, 2016 yilda davlat budjeti xarajatlarining 58,9% ni ijtimoiy soha xarajatlari tashkil etgan bo`lsa, 2017 bu ko`rsatkich 54,6% tashkil etgan, 2018 yilda bu ko`rsatkich 56,4% ni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy soha xarajatlari tarkibida engkatta xarajat ta`lim xarajatlari bo’lib, 2016 yilda ta`lim xarajatlari 33,8% ni tashkil qilgan bo`lsa 2017 va 2018-yillarda 32.4 va 31.4 %ni tashkil etmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha xarajatlaridan keyin 2-o`rinda turadigan iqtisodiyot xarajatlaridir. 2016 yilda ushbu xarajatlar jami xarajatlarning 10.6 %ni, 2017 yilda 10.7 % ni, 2018 yilda 11,2% ni tashkil qilgan.




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish