Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish


yilning 1-choragida eng ko‘p miqdorda qonunbuzilish holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar to’g’risida ma’lumot6



Download 0,68 Mb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi0,68 Mb.
#951892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
-BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH

2020 yilning 1-choragida eng ko‘p miqdorda qonunbuzilish holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar to’g’risida ma’lumot6



Vazirlik nomi

Qonunbuzilish holatlari miqdori, mlrd.so‘m

Byudjetga tiklangan miqdori, mlrd.so‘m

Byudjetga tiklanish
foizi


Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi

6,2

4,9

78%


Xalq ta’limi vazirligi

3,7

3,0

80%


Sog‘liqni saqlash vazirligi

1,5

1,4

89%


Maktabgacha ta’limi vazirligi

1,5

1,2

83%

Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (5,3 mlrd.so‘m), Surxondaryo (2,5 mlrd. so‘m), Farg‘ona (2,1 mlrd. so‘m), Samarqand (2,1 mlrd.so‘m), Qashqadaryo (1,9 mlrd. so‘m), Andijon (1,5 mlrd. so‘m), Toshkent (1,3 mlrd. so‘m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,6 mlrd. so‘m) aniqlangan. Byudjet intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan byudjet tashkilotlarining 67 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga qonunchilikda belgilangan tartibda 47,8 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.


Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, shundan 4,9 mlrd.so‘mi (78%) byudjetga tiklangan; Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, shundan 3 mlrd.so‘mi (80%) byudjetga tiklangan; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 mlrd.so‘mni tashkil etib, shundan 1,4 mlrd so‘mi (89%) byudjetga tiklangan; Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 mlrd.so‘mni tashkil etib, shundan 1,2 mlrd.so‘mi (83%) byudjetga tiklangan.
Bundan tashqari, 2019 yilning 1-choragida Toshkent viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi yuzasidan keng qamrovli nazorat tadbiri o‘tkazilib, unda xarajatlar smetalarida ortiqcha rejalashtirish, asossiz ish haqi to‘lash, bajarilmagan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni hisobotga kirim qilmaslik hamda kamomad va o‘zlashtirishlar kabi 6,6 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Nazorat tadbiri davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan 4,5 mlrd. so‘m mablag‘larni byudjetga tiklanishi ta’minlanib, 0,7 mlrd. so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olindi.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanilgan.
Hisobot davrida 1147 ta byudjet muassasalarining “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” va “UzASBO” dasturidagi mavjud ma’lumotlaridan foydalangan holda kameral nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Kameral nazorat o‘tkazilgan muassasalardan 205 tasida me’yoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 8 mlrd. so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, nazorat tadbiri davomida asossiz va noo‘rin xarajatlardan 1,3 mlrd. so‘mini tiklanishi ta’minlandi va 2,7 mlrd. so‘m mablag‘larning asossiz sarflanishini oldi olindi hamda nazorat tadbirlarida aniqlangan 5,6 mlrd. so‘m qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 92 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan 405 ta nazorat tadbirlarida 25,5 mlrd. so‘mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo‘lib, shundan 20 mlrd. so‘mni tiklanishi ta’minlanan.
Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 164 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, aniqlangan 18,9 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Xulosa qilib aytganda, Moliya vazirligi tizimida byudjet muassasalari faoliyatini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular tomonidan byudjet intizomiga rioya etish, davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish holati nazorat qilinib, byudjet tashkilotlari hamda muassasalari va ularnnig aybdor mansabdor shaxslariga qonunda ko‘zlangan jazo choralari qo‘llanilmoqda. Bu esa, davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli ishlatilishini va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

3. Davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari.


O’zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlaming eng asosiysi g’aznachilik tizimini to’liq joriy qilishdir. Davlat budjeti ijrosida foydalanilayotgan g’aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar yig’indisidan iborat. Bu chora-tadbirlar Davlat budjetining xarajatlari ijrosidagi davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmini hamda joriy va dastlabki nazorat samaradorligi bo’yicha dolzarb masalalarni qamrab oladi.


Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish va xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo etadi.
Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi.
Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun, shartnomaning ro’yxatdano’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan awal, dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi, g’aznachilik bo’linmalari tomonidan baholar monitoringini amalga oshirish tartibi, oziq-ovqat mahsulotlari sohasi misolida ko’rib chiqiladi:
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish jarayonlarida, g’aznachilik bo’linmalari tomonidan baholar nazoratini tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Mahsulotlar(xizmatlar, ishlarjni xarid etish bo’yicha shartnomalar tender yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi va bundan ko’zlangan asosiy maqsad optimal baholardan sifatli mahsulotlami xarid etishdan iboratdir. Baholar optimalligi va budjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori samarasini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Baholar monitoringi tizimidagi mavjud muammolar sifatida quyidagilami ko’rsatish mumkin:
• tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida tizimlashgan tarzda axborot olishning etishmasligi (ayniqsa respublika hududlari bo’yicha);
• mavjud baholar monitoringi tovarlaming assortimenti (sifati, texnik va boshqa muhim tavsiflari )ni hisobga olmaydi;
• baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini hisobga olishni tartibga soluvchi mexanizm etishmaydi;
• ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o’matiladigan baholar bilan keskin farqlanadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda budjet jarayonida o’rta muddatli rejalashtirish mexanizmini joriy qilishga dastlabki urinishlar bo’layotganligini va budjet xarajatlarining natijaviyligini ta’minlovchi nazorat qilish mexanizmining endigina shakllanayotganligini e’tirof etish lozim.
Iqtisodiyotni markazdan turib boshqarish hukm surgan mamlakatlarda boshqa qator g’arb davlatlari kabi, budjetni tayyorlashda «xarajatli budjet» usulidan (zatratniy metod) foydalanib kelingan. «Xarajatlarga asoslangan budjetni tuzish» usuli resurslarni rejalashtirish va taqsimlashning shunday bir usulidirki, bunda resurslar va ularni sarflashdan erishiladigan natijaviylik juda kuchsiz bo’lib hisoblanadi, chunki xarajatlar usulida asosiy e’tibor mavjud resurslarga qaratiladi.
O’z navbatida, “natijaga qaratilgan budjetlashtirish” strategik maqsad va vazifalarni asosiy maqsad qilib o’z oldiga qo’yadi, davlat tashkilotlari faoliyatlari natijasidan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar kutadi. Bu esa barcha resurslarni ma’lum bir dasturlar orqali sarflanishi orqali amalga oshiriladi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish