Бухгалтерия ҳисобини ташкил этиш



Download 0,64 Mb.
bet1/4
Sana20.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#503467
  1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot 3-mavzu FAn


© Yeoju Technical Institute in Tashkent
TOSHKENT SHAHRIDAGI YEOJU TEXNIKA INSTITUTI
“FINANCIAL ANALYSIS 1” FANI
Xo’jalik subyektlarining marketing faoliyatida tahlil
O‘qituvchi: Jumanazarov Sardorbek Abdullayevich
e-mail: s.jumanazarov@ytit.uz
“Banking & Accounting” kafedrasi

Reja

1. Marketing tahlilining maqsadi, vazifasi va uning axborot manbalari.

2. Marketing tizimidagi tahlil turlari va ularning asosiy usullari.

3. Korxona mahsuloti raqobatdoshligining tahlili.

1. Marketing tahlilining maqsadi, vazifasi va uning axborot manbalari.

Marketing tadqiqoti jarayonidagi kompleks iqtisodiy tahlil obyekti sifatida, bizningcha, birinchidan, real bozor jarayoni iste'molchilar va raqobatchilar bilan birgalikda, ikkinchidan, mahsulot turlarini ishlab chiqarishdagi korxonaning aniq iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobga olinishi kerak. 

Komleks marketing tahlilining asosiy vazifalari:

- korxona xizmatiga bo'lgan talab va ehtiyojni baholash, tahlil etish, ishlab chiqarish dasturi real asosga ega ekanligiga ishonch hosil qilish;

- mahsulot va xizmatlarga bo'lgan talablarga ta'sir etuvchi asosiy omillarni tahlil etish;

- talab etilmagan xizmat turlarini aniqlash;

- baho siyosati va assortiment turlarini tahlil etish;

- mahsulotning raqobatbardoshligini baholash va tahlil etish;

- marketing faoliyatining taktika va strategiyasini ishlab chiqish.


Kompleks marketing tahlilining axborot tizimi ichki manba, tashqi manba, marketing tadqiqotlaridan iborat.
2. Marketing tizimidagi tahlil turlari va ularning asosiy usullari.
Marketing faoliyati tahlilida qo'llaniladigan metodlardan ayrimlari quyidagilardan iborat:
1. An'anavly usullar:
  • analitik ko'rsatkichlar tizimi;
  • omilli modellashtirish;
  • taqqoslash, guruhlashtirish va boshqalar.

  • 2. Evristik metodlar - shakllanmagan metod bo'lib, bozor jarayoni mutaxassislarining tajribasi, sezish qobiliyatlari orqali marketing bilan bog'liq masalalar yechimi topiladi.
    - Delfi metodi. Bu metod diqqatga sazovor va samarali hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, ekspert so'rovlari bir necha bosqichda olib boriladi, so'rov natijasiga ko'ra bildirilgan g'oyalar anonim xususiyatiga ega, ekspertlarning bir-biri bilan muloqotda bo'lishi cheklangan.
    - jamoa g'oyasining paydo bo'lishi metodi. Bu metod ekspertlarning ijodiy jarayonda faol qatnashuviga asoslangan.

3. Iqtisodiy matematik usullar tahlil etilayotgan ko'rsatkichlar o'rtasida tasodifiy stoxastik bog'lanish bo'lgan hollarda qo'llaniladi. Marketing tadqiqotlarini olib borishda eng ko'p qo'llaniladiganlari quyidagilardan iborat:
  • keng o'lchovli metod (birinchi galda klaster tahlili) marketing xulosalarining asosga ega ekanligi bilan bog'liq muammolarni yechishda qo'llaniladi. Masalan, sotish hajmiga bir-biri bilan bog'liq bir qancha omillardan eng muhimlari baho, raqobatdoshlik, reclarna xarajatlari va hokazolarning ta'sir etish darajasi aniqlanadi;
  • regressiv va korrelatsiya metodlari o'zgaruvchan guruhdagi ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlik qanchalik jips ekanligini aniqlashda keng qo'llaniladi;
  • statistik metod - ommaviy, takrorlanib turadigan hodisalar va bozor holatini kuzatishda foydalaniladi;
  • qaror chiqarish nazariyasi metodi - marketing faoliyatida bunday nazariyalar bozordagi holat o'zgarishiga iste'molchilarning munosabatini aniqlashda ishlatiladi. Boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko'pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog'liq. Korxonadagi muammolar va ularning aniq yechimi boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnikaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, marketing va huquqiy vazifalar qarorlarni to'g'ri qabul qilish va o'z vaqtida bajarilishiga bog'liq.
  • variatsion tahlil marketing faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar analitik yo'l bilan bajariladigan ishlarga aloqasi yo'q bo'lgan hollarda qo'llaniladi.
  • chiziqli va chiziqsiz programmalashtirish xo'jalik jarayonlarini funksiya va cheklanishlarda qatorli tarzda programmalashtirish va ularni boshqarish bo'yicha muqobil qatorlardan eng optimal variantini aniqlashda qo'llaniladi.

4. Matritsa usuli - yakuniy ifoda va natijaviy ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi omillarni juftlik, birlik va ko'plik koeffitsiyentlarda aniqlash. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat:
  • SWOT analiz - korxonaning kuchli(Strengths) va bo'sh bo'g'inlari(Weaknesses)ni aniqlaydigan, shuningdek, bozor imkoniyatlari(Opportunities) va holatlari (Threats)ni o'rganadi. Bunday tahlil natijasiga ko'ra korxona va uning mahsulot turlarini raqobatbardoshligi baholanadi, bozor strategiyasi shakllanadi.

  • Marketing faoliyatini tahlili ikki guruhga bo'lib o'rganiladi;
  • Strategik tahlil marketing tizimida korxonaning uzoq muddatga mo'ljallangan bozorni prognozlashdagi pozitsiyasidir;
  • Tezkor (taktik) tahklil - korxonaning bozor jarayonini hisobga olgan holda joriy imkoniyatlarini o'rganish, ya'ni qisqa muddatdagi tutgan yo'lidir. Tezkor tahlil ma'lumotlari asosida bozor talabiga mos keladigan, yuqori foyda keltiradigan, pul mablag'larini tushumini muntazam ta'minlay oladigan puxta assortiment dasturini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Korxona mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo'yicha optimal dasturning shakllanishi bo'yicha variantlarni ishlab chiqadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish