Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Cho‘lpon
tarjimasi
YEGER
1
Choshka vaqti. Issiq va dim. Ko‘kda bulut-
dan asar ham yo‘q... Oftobda qovurilgan nar-
salar mungli, umidsiz bir qarash bilan qaray-
dirlar, endi yomg‘ir yog‘sa ham ularga ko‘kar-
mak yo‘q... O‘rmon, boshini cho‘zib allaqaylar-
ga qaragan yoki allanarsani kutgan kabi, in-
damasdan, qimirlamasdan turadi.
Bedazorning bir chakkasidan qizil ko‘ylak-
li, boylar keyaturgan, lekin yamoqli keng shim 
kiy gan va oyog‘ida zo‘r etigi bor, qirq yoshlarda, 
novcha bo‘yli va tor yelkali bir qishloqi lapang-
lab olib erina-erina sudralib kelmoqda. O‘ng-
dan ko‘m-ko‘k bedazor, so‘lda esa, to ufqlarga 
qadar cho‘zilib yetilgan qora bug‘doy dengizi 
yotardi... Qishloqi qip-qizarib, terlab ketkan. 
Uning oppoq sochli, chiroylik boshida paygar-
chilarniki singari uzun soyabonli oq shapka, 
ot o‘ynatkan botirlarday, basavlat o‘tiradi; bu-
sa-musa uni birorta tanti boybachcha hadya 
qilgan.  Yelkasiga ilvarsin xaltasi osilgan, xal-
taning ichida majaqlanib xirmonpoqushining 
erkagi yotadi. Qishloqi, kulangiri ko‘tarilgan 
1
  Burungi rus mulkdorlari o‘zlari uchun maxsus ovchi yol-
lashgan va ularni yeger, deb atashgan. Yeger – nemischa «ov-
chi», deganidir.


Buqalamun
21
ikki tig‘li ov miltig‘i qo‘lida, ko‘zini qisib o‘zining 
qari ko‘ppagiga qaraydi, ko‘ppak bo‘lsa bach-
kilarni iskay-iskay oldinda chopib boradi. Te-
varak-atrof jim-jit, un yo‘q... Butun jonivor is-
sig‘dan qochib berkingan.
Ovchi birdaniga ohistagina bir ovoz eshitadi:
– Yegor Vlasich!
U seskanib ketadi, so‘ngra, aylanib qa-
ragach, qovog‘ini burishtiradi. Uning yonida 
qo‘lida o‘rog‘i bilan, xuddi g‘aybdan engandek, 
zahil rangli, o‘ttiz yoshlarida bir xotin turadi. 
U xotin ovchining yuzini ko‘rishka tirishadi va 
uyalchan kulimsiraydi. Ovchi to‘xtalib va miltiq 
kulangiridan sekin-sekin qo‘l tortib:
– Ha, senmisan, Pelageya! – dedi. – Him!.. 
Qanday bo‘lib sen bu yerlarga kelib qolding? – 
deydi.
– Bu yerda bizning qishloq xotin-xalajlari 
ishlashadi, men ham o‘shalar bilan birgaman... 
Yollanib xizmat qilayotirman, Yegor Vlasich!
Yegor Vlasich sigir ma’raganday:
– Xo‘p... – deb qo‘yib yana astagina o‘z yo‘liga 
keta boshlaydi.
Ketiga Pelageya tushadi. Shunday qilib ikka-
lasi indamasdan yigirma-o‘ttiz qadam bosadilar.
Ovchining silkinib borayotgan yelkalariga va 
orqasiga muloyim qarashlar bilan qaray-qaray:
– Sizni ko‘rmaganimga ancha bo‘lib qol-
di, Yegor Vlasich... – dedi Pelageya. – Bizning 
qishloqqa bir borib bizning uyda birgina kosa 
suv ichdingiz va o‘shandan beri sizni ko‘rma-
dik... Bizning qishloqqa bir nafaska tushdingiz 
va o‘shanda ham, Xudo o‘zi guvoh... qanday 


Anton Chexov
22
mast holda tushdingiz... So‘kib-so‘kib, urib-
urib chiqdingiz ketdingiz... Ko‘z tutdim-ko‘z 
tutdim... ko‘zlarim to‘rt bo‘ldi sizning yo‘lingiz-
da... Eh, Yegor Vlasich, Yegor Vlasich! Bir mar-
ta kirib chiqsangiz nima bo‘lardi!
– Men kirganim bilan nima bor senikida?
– Albatta, hech narsa yo‘q-ku-ya... Shun-
day bo‘lsa ham... Harna ro‘zg‘or degan narsa 
bor... Nima bor, nima yo‘qligini so‘rardingiz... 
Ro‘zg‘orning egasi bo‘lasiz, axir... Yo qudrating-
dan, g‘alati qush uribsiz-ku, Yegor Vlasich! 
O‘tirib jindak dam olsangiz-chi...
Shu gaplarni gapirarkan Pelageya, telba 
odamday, hadeb kuladi va boshini ko‘tarib Ye-
gorga qaraydi... Yuzlaridan shundoqqina sao-
dat yog‘dulari quyiladi...
Yegor loqayd bir ohang bilan:
– O‘tirsam o‘tiray, – dedi va ikki tup archa 
daraxt bachkisi orasida o‘ziga joy tanlaydi. – 
Sen nega o‘tirmaysan? O‘tir sen ham!
Pelageya undan yiroqroqqa – oftobga o‘tira-
di va o‘z shodligidan xijolat tortib, kulib turgan 
og‘zini qo‘li bilan berkitadi. Ikki daqiqa qadar 
ikkalasi ham jim qolishadir.
So‘ngra Pelageya astagina so‘z boshlaydi:
– Birgina marta kirib chiqsangiz bo‘lmasmi-
di? – dedi.
Boshidan shapkasini olib qizargan pesho-
nasini artarkan:
– Nima keragi bor? – dedi Yegor. – Hech bir 
hojati yo‘q. Bir soat-yarim soatga borsam – be-
huda ovarachilik bo‘ladi, faqat seni besaranjom 
qilganim qoladi, qishloqda muqim qolib ketish-



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish