Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “Buxgalteriya hisobi” fanidan joriy nazorat variantlari



Download 19,16 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi19,16 Kb.
#552221
Bog'liq
5-variant


Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi
Buxgalteriya hisobi” fanidan joriy nazorat variantlari
5-variant
1. Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi haqida tushuncha bering?
2. Qo`shilgan qiymat solig`ini hisobga olish tartibi qanday?
3. Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish haqida ma`lumot bering?
4. Transport vositasi bepul olinganda qanday provodka beriladi?
5. Kapital qo`yilma hisobiga asosiy vositalar korxonaga uzoq muddatli kreditlar hisobidan qabul qilinganda qanday provodka beriladi?
Kafedra mudiri: prof. Sh.G`aniyev
1. Asosiy vositalarning amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisobga olishda quyidagi atama va tushunchalar muhim rol o‘ynaydi.
Amortizatsiya – bu asosiy vositalarning amartizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati ichida yangi yaratilgan mahsulot ( ish, xizmat ) qiymatiga kiritish.
Eskirish –bu asosiy vositaning belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya summasi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatidan ko‘zda tutilayotgan likvidatsion qiymatni chegirgandan keyin qolgan qiymat.
Likvidatsion qiymat - bu asosiy vositalarni foydali xizmat muddati oxirida likvidatsiya qilish chog‘ida vujudga keladigan aktivlarning ularni olishga ketgan likvidatsiya harajatlari chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymati. Asosiy vositalarni likvidatsiyasi natijasida olinadigan aktivlarga xom-ashyo va materiallar, inventarlar, ehtiyot qismlar, tovarlar sifatida tan olingan, baholangan va qabul qilingan moddiy boyliklar kiradi.
Likvidatsiya harajatlari – asosiy vositalarni buzish uchun sarflangan moddiy, mehnatga haq to‘lash harajatlari, ijtimoiy sug‘urta organlariga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmat harajatlari majmuasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi paydo bo‘lishi uchun belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi shartligi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining quyidagilar:
xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyotini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish;
intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqilishi;
soliq organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalari belgilangan muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yo‘q qilinganda va kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish.
3. Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda mavjud bo’lishi lozim.
4. Transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160 - «Transport vositalari»;
K-t 8530 - «Tekinga olingan mol-mulk».
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, bepul olingan asosiy vositalarning qoldiq qiymati (idora ichida beriladiganidan tashqari) foyda (daromad) solig’ini hisoblash bazasiga kiritiladi va undan soliq undiriladi.
Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aktsiyalar haqini to’lash hisobiga bergan asosiy vositalarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzlari» hisobvarag’i krediti hamda 0110-0190-hisobvaraqlar debetida aks ettiriladi.
Misol. Kompaniyaning muassislaridan biri ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha qarzini transport vositasini qo’shish yo’li bilan uzdi. Qiymati - 2000000 so’m. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160 - «Transport vositalari» - 2000000 so’m;
K-t 4610 - «Muassislar qarzlari» - 2000000 so’m.

5. Asosiy vositalar boshqa korxonaning ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishi mumkin.


Misol. Korxona boshqa korxonaning ustav kapitaliga boshlang’ich qiymati 350000 so’m bo’lgan, 500000 so’m shartnoma bahosiga ega bo’lgan hamda eskirishi 140000 so’m bo’lgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi:
•Boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 so’m.
• eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 140000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so’m.
• shartnomaviy bozor bahosi bo’yicha uzoq muddatli investitsiyalar:
D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» – 500000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» – 500000 so’m.
• Shartnoma qiymatining balans qiymatidan oshib ketishining aks ettirilishi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 290000 so’m
K-t 8520-«Rezerv kapitali» - 290000 so’m.
Ustav kapitaliga badal kiritishda shartnoma qiymatining balans qiymatidan oshib ketishi korxona daromadi bo’lib hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Download 19,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish