Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil qilishning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari



Download 0,51 Mb.
bet2/12
Sana31.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#520092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
NOMODDIY AKTIVLAR QAYTA BAHOLASH XAMDA QAYTA BAHOLASH HAMDA ULARNI BALANSDAN CHIQARISH HISOBI

1. Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil qilishning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari.
Bozor munosabatlariga o‘tash moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarning yangi ko‘rinishlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Buxgalteriya hisobi tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etilishi budjetdan moliyalanadigan budjet tashkilotlari hisob tizimiga xam kirib keldi.
Nomoddiy yoki (intangible assets) "ko‘rinmas aktivlar" aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga ega bo‘lmagan, lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlaridir1.
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy mohiyatga ega bo‘lmaslik (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega bo‘magan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.
Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yo‘li bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir qator omillarni hisobga olish lozim.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Mohiyatiga ko‘ra nomoddiy aktivlar qatoriga jismoniy shaklga ega bo‘lmagan, lekin korxona faoliyatida uning boshqa aktivlari qatorida qatnashib daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritiladi.
Patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, savdo belgilari, mualliflik huquqlari kabi nomoddiy aktivlarning mohiyati O’zbekiston Respublikasining tegishli yuridik qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
buyumlashgan ko‘rinishga ega emasligi; uzoq vaqt davomida ishlatilishi; korxonaga foyda keltirish; ularni ishlatishdan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hajmining nisbatan yuqori darajadagi noaniqligi.
Nomoddiy aktivlarning mohiyatiga ko‘ra xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz: sanoat intellektual mulk ob’ektlariga kashfiyot huquqi, sanoat namunalari, tovar belgilari, savdo markalari, xizmat ko‘rsatish belgilari kiradi. Kashfiyot huquqi kashfiyot egasiga qaror qabul qilish uchun maxsus berilgan huquqdir. Kashfiyotlarni muhofaza qilishning eng ko‘p tarqalgan tizimi ularni patentlashdir.
Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutlaq huquqdir. Patentga oid huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan patent amal qiladigan buyumdan, jarayon yoki faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Xalqaro amaliyotda «nou–xou» tushunchasi bozor oborotida tijorat qadr - qimmatga ega bo‘lgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil etish va boshqaruv tizimini qo‘shgan holda) axborotlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Shuningdek, «nou–xou» huquqlari ya’ni texnik-tajriba yoki ishlab chiqarish sirlari ham sanoat mulki ob’ektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda, yuridik kuchga ega bo‘lgan qandaydir hujjatlar bilan tasdiqlanmaydi, lekin ular tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi.
Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga ma’lum bo‘lmasligi uning tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirishlari uchun yopiq bo‘lishi kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qo‘llashi lozim. Ushbu maxfiylik shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan mahrum etadi. «Nou-xou» egasi huquqlarini himoya qilish O’zbekiston Respulikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish