Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Nomoddiy aktivlarni hisobda aks ettirish amaliyoti



Download 0,51 Mb.
bet7/12
Sana31.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#520092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
NOMODDIY AKTIVLAR QAYTA BAHOLASH XAMDA QAYTA BAHOLASH HAMDA ULARNI BALANSDAN CHIQARISH HISOBI

3. Nomoddiy aktivlarni hisobda aks ettirish amaliyoti.
Budjet tashkiloti tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari nomoddiy aktivlar sifatida qayd etiladi.
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish.
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
d) identifikatsiyalash imkoniyati.
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a) ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa.
Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Kelgusida korxonaning nomoddiy aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda olish ehtimoli faqatgina quyidagi holda mavjud bo‘ladi:
a) aktivning kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati isbotlanganda;
b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topa olishi uchun yetarlicha resurslar mavjud bo‘lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin bo‘lganda.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo‘lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Bir inventar ob’ekti boshqasidan ajratilishi (identifikatsiyalanishi)ning asosiy belgisi bo‘lib, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi. Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo‘lgan nomoddiy aktivlar ob’ekti har bir korxona tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob’ektlar kiritilishi mumkin:
a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga
bo‘lgan mutlaq huquqi;
b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar
bazalariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning
topologiyalariga bo‘lgan mutloq huquqi;
g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
d) huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi; ye) gudvill
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;
i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Nomoddiy aktivlarni baholashda quyidagi baholardan foydalaniladi2(2.1.1-rasm):
-boshlang‘ich qiymat;
-sotish qiymati;


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish