Buxgalteriya hisobining predmeti



Download 0,73 Mb.
bet16/32
Sana22.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#574170
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби маруза матн

Kirim Chiqim



Boshlang’ich qoldiq-korxonaning cheklangan foydalanishda joylashgan mavjud qiymatliklar hamda shu qiymatliklarga doir majburiyatlar

Aylanma-korxonaning cheklangan foydalanishida joylashgan qiymatliklarning chiqib ketishi va shu qiymatliklarni egasiga qaytarishga doir majburiyatlarning kamayishi

Aylanma – shunday qiymatning kelib tushishi va ularni
qaytarishga doir majburiyatlarning ko’payishi

Kirim qoldiq



4.8. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDAGI IKKIYOQLAMA YOZUV


1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonun»da O’zbekiston buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy printsiplaridan biri buxgalteriya hisobini ikkiyoqlamali usulda yuritish ekanligi aytib o’tilgan (6-modda).


Xo’jalik muomalalarini ikkiyoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim Italiyalik matematik Luka Pacholi. 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to’g’risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi.
Ikkiyoqlama yozuv har bir xo’jalik muomalasining o’zaro bog’liq bo’lgan schyotlarda qayd etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan muomalalar ta’sir etadigan hisob ob’ektlari o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatiladi va bu o’z navbatida, korxona xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo’layotgan jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo’jalik muomalalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo’jalik mablag’larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining iqtisodiy tabiati bilan bog’liqdir. Bu jarayonda har bir muomala qiymatning bir shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang’ich va oxirgi shakli ta’minot, ishlab chiqarish muomalalarida har doim har xil bo’ladi. Masalan, ta’minot muomalalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish zahiralari shakli bilan almashinadi; ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish zahiralari o’z shakllarini mahsulotlar shakliga o’zgartiradi; sotish uchun tayinlangan xizmatlarni sotish muomalalarida, ular o’z shakllarini yana pul shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning boshqa muomalalariga ham xosdir. Shundan kelib chiqib, mazkur muomalada qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni muomalaning boshlanishidagi ko’rinishida shaklini ham, uning oxirida namoyon bo’lgan shaklida ham hisobga olish zaruriyati yuzaga keladi.
Bunda qiymat miqdori o’zgarmaganligi sababli, xo’jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozuv usulida aks ettirilganda, o’zaro bog’liq bo’lgan schyotlar debeti va kreditiga tegishli summalar albatta bir-birovlariga teng bo’lib qoladi.
Ikkiyoqlama yozuv davra aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining o’zgarishigina aks ettirish uchun qo’llanmay (balans o’zgarishlarining I turi), balki barcha xo’jalik muomalalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablag’larning qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablag’lar manbalari, II tur), hamda korxonaning xo’jalik aloqalari (III va IV turlar) ham hisobga olinadi.
Balans o’zgarishlarining har bir turi balansning ikki moddasiga ta’sir etganligi bois, har qanday muomalalarning ikki marta aks ettirilishining zarurligi aniqdir. II, III, IV tur muomalalar
mazmunining boshqachaligi faqat ikkiyoqlama yozuv xarakterini qiyinlashtirgani bilan, uning mohiyatini o’zgartirmaydi. Iqtisodiy tabiati bilan birgalikda bu erda u huquqiy tabiatga ham ega bo’ladi. Lekin bu bilan ikkiyoqlamali yozuvning xarakteri boshqacha bo’lib qolmaydi.
Xo’jalik muomalalarning ikki marta aks ettirilishining (ikkiyoqlama yozuvning) zaruriyligi balans o’zgarishlar turlarini ko’rib chiqish paytida aniqlab olingan edi. Har bir xo’jalik muomalasi ikki iqtisodiy hodisaga olib keladi va albatta balansning ikki moddasiga ta’sir etadi. Shuning uchun, muomalalarni ikkiyoqlamali yozuv usuli bilan aks ettirilayotganda, yuzaga keltirilayotgan ikki hodisa qayd etiladi, ya’ni balansning ikki moddasiga ta’sir etadigan ikki schyotga yoziladi. Shu bilan bir vaqtda bunda shu schyotlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro aloqa belgilanadi. Bu bilan sodir bo’layotgan muomalalar ustidan nazorat qilish osonlashtiriladi.
Shunday qilib, ikkiyoqlamali yozuv xo’jalik muomalalari bilan yuzaga keltiriladigan ikki hodisalarni ikki schyotda o’zaro bog’liq holda bir xil summada (debetda va kreditda) ko’rsatish imkonini beradigan muomalalarni aks ettirish usulidan iboratdir.
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 1500 so’m olindi, deb faraz qilaylik. Bu muomala natijasida mablag’larning ikki turiga - kassadagi naqd pullar va bankdagi hisob- kitob schyotidagi pul mablag’lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 1500 so’mga ko’paydi va, aksincha, hisob-kitob schyotidagi pullar shu summaga kamaydi. Bu mazkur muomalaning ikki hodisasidir.
Bu muomalani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, uning summasini, birinchidan,
«Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu schyot aktivdir va ko’payish aktiv schyotlarning debetida aks ettiriladi, ikkinchidan, «Hisob-kitob schyoti» schyotining kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir va aktiv schyotlarning kamayishi kreditga yoziladi.
Bu muomalaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo’ladi:
t «Kassa» schyoti - 1500
t «Hisob kitob» schyoti - 1500
Xo’jalik muomalasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarni belgilash (ko’rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o’tkazma (provodka)si deb ataladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan muomala schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish