Buxgalteriya hisobining predmeti



Download 0,73 Mb.
bet23/32
Sana22.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#574170
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби маруза матн

Kredit- lanuvchi
sch.

Debet- lanuvchi sch.



Kapital qo’yilmalar



Mol etkazib beruv- chilarga to’lanadigan
schetlar

Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari

Materiallar



Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitob

Boshqa tushumlar



Hisob - kitob schyoti

Asosiy ishlab chiqarish



Turli kreditor-lardan qarzlar

Debeti bo’yicha jami

Asosiy vositalar

17000


























17000


Material-lar




2000






















20000

Hisob-ki-tob schyoti







950000




















950000


Asosiy ishlab chiqarish










26000


35000











750


61750


Valyuta schyoti
















950000











950000


Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob – kitoblar



















24000








24000


Boshqa maqsadli tushumlar






















61750




61750

Kapital qo’yilma



















17000








17000


Turli kre- ditorlar qarzlar



















750







750

Kredit bo’- yicha jami

17000


20000


950000


26000


35000


950000


41750


61750


750


2102250





D - t «Mol etkazib buruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar»

24000


K - t «Hisob kitob schyoti» 24000

Mazkur muomala hisob - kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga pul o’tkazish bilan qarzni uzish muomalasini aks ettiradi.
Shaxmat aylanma vedomosti bir xil bo’lgan korresondentsiyadagi har bir schyotning aylanmalar yakunlari bilan to’ldiriladi. Bu yakunlar mazkur schyotning debet qatori u bilan korrespondentlanadigan schyotning kredit ustuni bilan kesishgan o’tadigan katakka yozib qo’yiladi.
Agar schyotda bir xildagi muomalalar bilan birnechta summalar ko’rsatilsa (bizning misolda bundaylar yo’q), unda shaxmat aylanma vedomostining tegishli katagiga shu summalarning jami yozib qo’yiladi.
Shunday qilib, shaxmat aylanma vedomostining har bir katagiga bir xil bo’lgan korrespondentsiya bilan yozilgan yakunlarni anglatuvchi faqat bitta summa yozib qo’yiladi.
Shaxmat aylanma vedomostini tuzish barcha sintetik schyotlarning debeti va krediti bo’yicha aylanmalar yakunini chiqarish bilan tamomlanadi. Kreditning aylanmalari shaxmat aylanma vedomostida avtomatik qayd qilinadi, chunki schyotlar debetiga summalarni yozish paytida ular bir vaqtning o’zida ular bilan korrespondentsiyalanadigan schyotlarning kreditiga ham kiritiladi.
Shaxmat aylanma vedomosti schyotlar korrespondentsiyasining mazmunini ochib berish va ularni to’g’riligini tekshirish uchun xizmat qiladigan schyotlar bo’yicha aylanmalar yig’indisini ko’rsatib beradi.
Aylanmalar mazmuni korresopndentsiyasini tavsiflovchi kataklar ko’rsatiladigan har bir schyotdagi aylanmaning umumiy summasini qisman summalarga bo’lingan xolda ochib beriladi. Natijada ushbu vedomostning ma’lumotlariga qarab, masalan, korxonaga kelib tushgan materiallarning summasinigina emas, balki shu qiymatliklar bo’yicha korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi yuzaga kelganligini ham ko’rish mumkin. Shuning hisob - kitob schyotidan sarflangan pul mablag’lariningina emas, balki pul o’tkazishning maqsadi mol etkazib beruvchilarga qarzni uzishni (24000 so’m «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar» qatori bo’yicha uchinchi ustunda) ham aniqlab olish mumkin.
Schyotlar korrespondentsiyasining to’g’riligini tekshirish shaxmat aylanma vedomostidagi yozuvlar bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi. Masalan, agar shaxmat aylanma vedomostida aylanma summasi «Mehnatga xaq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob -kitoblar» schyotining debeti «Hisob - kitob schyoti» schyotining krediti bilan kesishgan kataklar berilgan bo’lsa edi, mazkur muomala yozuvida xatoga yo’l qo’yilmaganligidan dalolat bergan bo’lar edi, chunki korxona xodimlariga ish xaqi hisob - kitob schyotidan to’lanmaydi, balki kassadan beriladi.
Lekin shaxmat aylanma vedomosti yordamida hamma xato yozuvlarni topib bo’lavermaydi. U buxgalteriya yozuvining faqat aniq bo’lgan xatosini ochib berishi mumkin. Agar yozuv noto’g’ri
tuzilgan bo’lib, schyotlar korrespondentsiyasida xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, unda shaxmat aylanma vedomosti bo’yicha noaniqlikni yuzaga chiqarib bo’lmaydi.
Amaliyotda shaxmat aylanma vedomosti ko’pchilik korxonalarda yordamchi ish jadvali sifatida ishlatiladi. Mamlakatimiz buxgalteriya hisobida yozuvning shaxmat usulidan keng foydalaniladi. U sintetik hisob schyotlarida summalarni guruhlashda keng tarqalgan bo’lib, jamg’aruvchi vedomostlar yordamida amalga oshiriladigan hisob yozuvlari tayyorlashning texnikaviy usuli hamda buxgalteriya hisobining jurnal - order shaklida qo’llaniladigan ma’lumotlarni umumlashtirish tartibi ham unga asoslangandir.

4.14. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING REJASI


Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo’jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.


Bozor munosabatlarini, mulkchilikning har xil shakllarini, korxonalar mustaqilligini rivojlantirishga mo’ljallangan xo’jalik mexanizmi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining mazmuniga va tuzilish tarkibiga yangicha qarashni talab etadi. Yangi hisob ob’ektlarining yuzaga kelishi munosabati bilan endi amaldagi schyotlar rejasiga kichik o’zgartirishlar kiritish va modifikatsiyalash bilan cheklanib bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish, ishlab chiqarishni boshqarishda buxgalteriya hisobi rolining oshishi, buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv turlariga bo’lishini buxgalteriya hisobi axborotining hajmiga va tegishli tartibda schyotlar rejasining mazmuniga yangi talablar qo’yadi.
Demak, halq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tishi, har xil mulkchilik shaklidagi korxonalarning rivojlanishi xalqaro standarlarga mos bo’lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ni tasdiqladi va u O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etilishi shart.
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro’yxati deb ta’riflash mumkin.
Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha schyotlar oltita qism bo’yicha tizimga keltirilgan:

  1. Uzoq muddatli aktivlar;

  2. Joriy aktivlar;

  3. Majburiyatlar;

  4. Joriy kapital;

  5. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;

  6. Balansdan tashqari schyotlar.

Birinchi to’rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I – shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ( 2 – shakl ) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo’limda quyidagi tizimda keltirilib ko’rsatilgan:
1 – bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 2 – bo’lim. Tovar – moddiy zahiralar;
3 – bo’lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar – joriy qismi; 4 – bo’lim. Olinadigan schyotlar – joriy qismi;
5 – bo’lim. Pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar; 6 – bo’lim. Joriy majburiyatlar;

  1. – bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;

  2. – bo’lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 9 – bo’lim. Daromadlar va xarajatlar.

Birinchidan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9 – bo’lim schyotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo’lim (1- bo’lim) dan iborat bo’lsa, ikkinchi qismi to’rt bo’lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) bo’limlardan, to’rtinchi qism bir (8 bo’lim) bo’limdan va beshinchi qism bir (9 – bo’lim) bo’limdan iborat.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo’lib ko’rsatilgan.

  1. Aktiv schyotlar (A) - xo’jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davridagi ko’payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar

  2. Passiv schyotlar (P) - xo’jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalni o’sishini kredit tomonida va shu davrdagi majburiyatlar va kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan schyotlardir.

  3. Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq bo’lgan aktiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.

  4. Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq bo’lgan passiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.

Yuqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, ular hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo’lgan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir.

  1. Tranzit (o’tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig’i bo’lmaydigan daromad va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.

Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo’lib, daromadning ko’payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Schyotlarning yuqorida guruhlanishidan ko’rinib turibdiki yangi schyotlar rejasida aktiv - passiv schyotlar yo’q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv - ko’payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv - ko’payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelish va ularni to’lash vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi).
Eski schyotlar rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob

  • kitoblar, hisobdor shaxslar bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o’xshagan qator schyotlar yangi schyotlar rejasida bekor qilingan.

Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor va kreditor qarzlar bo’yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga olinadi:

  1. Yangi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar – joriy qismi» bo’limi (4000 – 4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa muomalalar natijasida vujudga keladigan debitorlar hisobga olinadi.

  2. Yangi schyotlar rejasining 5 – «Joriy majburiyatlar» bo’limi (6000 – 6900 schyotlar) da mol sotib olish va boshqa muomalalar natijasida vujudga keladigan kreditorlar hisobga olinadi.

Misol uchun safar xarajatlari bo’yicha hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob - kitoblarni olaylik. Xizmat safari uchun xo’jalik xodimlaridan biriga naqd pul berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar» aktiv schyoti debetlanib 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti kreditlanadi. Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo’nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo’lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 4220 - schyoti kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 – «Hisobdor shaxslardan qarz» passiv schyoti kreditlanadi. Ortiqcha qilingan safar xarajatlari summasi kassadan to’langanda 6970 schyoti debetlanib 5010 schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish schyoti (eski 46 - «Mahsulot sotish» aktiv - passiv schyoti) ham shunday. Eski schyotlar rejasi bo’yicha
mahsulot sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga olingan bo’lsa, yangi schyotlar rejasi bo’yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» passiv schyotlarga mansub bo’lgan schyotning kreditida hisobga olinsa, sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» aktiv schyotlarga mansub bo’lgan schyotning debetida hisobga olinadi.
Schyotlar korrespondentsiyasi faqat tizimli hisob mohiyatini ochib beradigan narsa. Ko’plab schyotlar balansli schyotlar bo’lib ular tizimlidir. Balansli schyotlar korrespondentsiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz, korres- pondentsiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar bo’yicha yozuvlar ikkinchi korrespondentsiyalanadigan schyotlarsiz amalga oshiriladi.
Shunday qilib, korrespondentsiyalanishiga qarab schyotlar balansli va balansdan tashqari bo’lishi mumkin.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - korxonaga tegishli bo’lmagan, lekin vaqtinchalik uning foydalanishida turgan mavjud aktivlar, shartli huquq va majburiyatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan schyotlardir.
Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular tizimsiz, oz miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar bo’lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarni aktiv va passivga bo’lish ma’lum bir ma’noga ega emas. Balansdan tashqari schyotlarning ko’payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi.
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqoza etadi.
Eski schyotlar rejasida balansli schyotlar ikki raqamli, subschyotlar bir raqamli va balansdan tashqari schyotlar uch raqamli nomerlar bilan belgilangan bo’lsa, yangi schyotlar rejasida subschyotlar ko’rsatilmagan va har bir balansli schyot to’rt raqamli nomerlar bilan belgilangan. Schyotlar uchun belgilangan nomerlar schyotlarning kodi deyiladi.
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o’zidir. Chunonchi, har bir shaxsning familiyasi uning o’zini ramzi bo’lganidek schyotning nomi o’zini anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur.
Hisob sub’ektlari tomonidan qo’llaniladigan schyotlarning to’liq ro’yxati schyotlar rejasidir. Ayrim sub’ektlar tomonidan qo’llaniladigan schyotlar ro’yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqoza etadi: birinchisi – namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi – buxgalteriya hisobining ish (rabochiy) schyotlar rejasi.
Har bir korxona umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o’z ish schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo’jalik faoliyati turiga qarab barcha qo’llaniladigan xo’jalik muomalalari hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha sub’eklari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga majbur. Schyotlar rejasida ko’rsatilmagan schyotlarni qo’llash faqat O’zbekiston Respublikasi moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobining milliy andozasi «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya – xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga ilova qilingan schyotlar rejasini keltiramiz.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya – xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schetlar rejasi.

Schyotlar
t/r

Schyotlar nomi

Schyot tipi

1

2

3





    1. Download 0,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish