Buxgalteriya hisobining predmeti



Download 0,73 Mb.
bet6/32
Sana22.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#574170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби маруза матн

«Aktiv» atamasi lotincha - faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqib, aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar – bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan, va ulardan foydalanish kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir.
Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:

  1. kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita yoki bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentilarini ko’paytirish imkoniyati;

  2. bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash;

v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha - faolsiz, xolis (betaraf) turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalik (bemalollik)dan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbaalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Manbaalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Sub’ektning majburiyatlari – bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni natijasi yoki kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi.
Majburiyatlarni uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:

  1. aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;

  2. sub’ekt uchun majburiyatni bajarilishi majburiyligi va qariyib muqarrarligi;

v) oldingi bitim yoki oldingi voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivida ham passivida ham balans moddalari ikki bo’lib ko’rsatiladi: Aktivda:I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar, asosiy vositalar.
II bo’lim. Aylanma aktivlar.
Passivda: I bo’lim. O’z mablag’lari.
II bo’lim. Majburiyatlar.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma mablag’ bilan o’z kapitali yig’indisiga teng.

teng.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga


Aktiv va passivning har bir unsuri (elementi) mablag’lar turi yoki ularning manbai balans

moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar»,
«Tugallanmagan ishlab chiqarish», «Tayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda - «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», «Bank kreditlari», «Mol etkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi: aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki
«balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham, balans aktivi va passivi
«balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini u yoki boshqa sanalarga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish sub’ektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir desak bo’ladi.


Oldingi bobda ko’rib chiqilgan xo’jalik mablag’larini iqtisodiy turkumlashning asosiy bo’limlari bo’yicha moddalarni aks ettirib va ularni guruhlab, bizning respublikamizda qabul qilingan balansni va uning asosiy moddalari mazmunini ko’rib chiqamiz.




O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7-fevraldagi 83-sonli buyrug’iga 1-sonli ilova.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish