Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi.
Pul mablag‘lari holati va harakati ustidan doimiy nazoratni olib borish;
•Pul mablag‘larini kassadan o‘z vaqtida bankga topshirishni nazorat qilish;
• Kassada pul mablag‘larining belgilangan minimal miqdoridan ko‘p miqdoridagi pul mablag‘larini turib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslikni nazorat qilish;
Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi:
• Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida tuzilgan shartnoma;
• Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasiUshbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur;
•Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, ularni qayd etish jurnali va boshqalar.
Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan.
Barcha hollarda pul mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, unga kirim va chiqim kassaorderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami beriladi. Kirim kassaorderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim kassa orderideb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomonikirim kassa orderiga kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni topshirgan shaxsga beriladi.
Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqinafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisobkitob schyotiga topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul
berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxonarahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni olgan shaxs tomonidan imzolanadi. Hujjatlar sonini ko‘paytirib yubormaslik uchun kassadan ish haqi, mukofat pullari, nafaqalar,
safar harajatlari va boshqalar oldin kassadan qaydnomalar asosida berilishi, shundan so‘ng ularning umumiy summasiga bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassa orderlarida ushbu qaydnomalarning tartib raqamlari, qaydnomalarda esa – chiqim kassa orderining tartib raqami ko‘rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini takrorlanishi mumkin emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi qog‘oz qo‘yiladi. Kassir kitobning chap qismiga davr boshiga kassadagi pul mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha qabul qilingan pul mablag‘larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‘yicha pul mablag‘larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‘rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‘ngida kassir davr oxiriga kassada qolgan pul mablag‘larining qoldig‘ini, shu jumladan tarqatilmay qolingan ish haqi summasini, yozadi. Kassa kitobining o‘ng tomoni yirtib olinadi va hisobot sifatida barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birga imzolanib buxgalteriyaga topshiriladi. Kassirning hisoboti buxgalter tomonidan tekshirib qabul qilinadi, hisobotning oxirgi qismida unga nechta kirim va chiqim hujjatlari kiritilganligi yoziladi va imzolanadi. Kassa kitobida ham boshqa kassa hujjatlari kabi bo‘yab yozishlar, tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari qayta yoziladi, buzilgan varaqlar kitobda saqlanishi kerak. Buxgalteriyaga topshirilgan kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar kassadagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobi registrlarini ( 1-son jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi.
Chet el valyutasi bo‘yicha kassa operatsiyalari yuz bergan hollarda, ularga doir muomalalar alohida kassa kitobida qayd etiladi. Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMS da 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan.
To‘lov topshiriqnomasi – bu korxona tomonidan bankga ma’lum bir summani boshqa yuridik shaxslarga olingan aktivlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shunigdek korxonaning davlat organlari oldidagi majburiyatlarini to‘lash uchun bergan yozma guvohnomasi. Barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan ushbu hujjatda uning tartib raqami, tuzilgan sanasi, to‘lovchi va oluvchi korxonalarning nomlarii, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi rekvizitlari, o‘tqaziladigan summaning miqdori, o‘tqazish maqsadi va ko‘rsatiladi. To‘lov topshiriqnomasi korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun jami 32 trln.so‘m kredit ajratish va o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni 7 trln. so‘m yoki 126 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Shundan, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha 3,9 trln. so‘m kreditlar ajratiladi. Hududlarda jami 807 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 4,9 trln.so‘mlik kredit mablag‘i yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu maqsadda paxta va g‘alla hosilini yetishtirish uchun 2021 yilda jami 8,0 trln. so‘mlik imtiyozli kreditlar, shuningdek, 3 974 ta qishloq xo‘jalik korxonalariga 130 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun qariyb 3 trln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
2021 yilda fermerlar va tomorqa yer egalari uchun qishloq xo‘jaligida“100 ta kitob” to‘plam loyihasin ham amalga oshirildi. Ushbu to‘plamdan 10 mingta chop etib tarqatildi. Elektron shaklda agrobank.uz sayti, telegram boti orqali foydalanish imkoniyati yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |