Buxora Davlat Universiteti 9-1turs-21 guruh talabasi Yo’ldoshev Anvarning



Download 327,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi327,55 Kb.
#560395
  1   2
Bog'liq
Yo\'ldoshev Anvar



Buxora Davlat Universiteti 
9-1TURS-21 guruh talabasi Yo’ldoshev Anvarning 
Turizm va Mehmondorchilik asoslari fanidan bajargan MUSTAQIL ISHI 
Mavzu: .Sirdaryo viloyatining turistik 
salohiyati va undan turpaket yaratishda
foydalanish yo’llari.
Markaziy Osiyoning eng uzun daryolaridan biri – Sirdaryo bo‘yida 
joylashgan mintaqa ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta 
imkoniyatlarga ega. Shuningdek, mintaqada baliq ovlash va agroturizm juda 
mashhur. 
Mintaqaning tarixi 3 ming yil oldin, ushbu hududdagi daryolar va tog‘ 
soylari bo‘yidagi birinchi aholi punktlari paydo bo‘lishi bilan vujudga 
kelgan. Sirdaryo viloyatidagi Savat va Xovos qishloqlari arab 
geograflarining qadimiy asarlarida tilga olingan. O‘rta asrlardagi Nurota 
shahrining xarobalari mintaqaning muhim tarixiy yodgorliklari sirasiga 
kiradi. Eng qadimiy yodgorlik Sayxunobod viloyatida joylashgan bo‘lib, 40 
gektar maydonni egallaydi. 
Siz mintaqaga baliq ovi uchun borishingiz mumkin, chunki Sirdaryoda juda 
ko‘p baliqlar uchraydi – yirik zog‘orabaliq va xumbosh baliqdan tortib 
ilonbaliq va sudaklargacha!
Sirdaryo – unutilmas xushbo‘y hidi va shirin taʼmi bilan butun dunyoga 
mashhur bo‘lgan Mirzacho‘l qovunining vatanidir. 
Sirdaryo viloyati paxtachilik, pillachilik, polizchilik va chorvachilikka 
ixtisoslashgan. Viloyatda Sirdaryo elektr stansiyasi va Farhod 
gidroelektrostansiyasi ishlamoqda, ular mamlakatdagi barcha elektr 
energiyasining 1/4 qismini ishlab chiqaradi. 
Viloyatning maʼmuriy markazi – Guliston shahri. 


Sirdaryoda I Xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ketmoqda
22-avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro investitsiya 
forumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi 
matbuot xizmati 
xabar berdi

Mazkur forumga xorijiy davlatlar kompaniyalari va diplomatik korpus vakillari tashrifi 
kutilmoqda. Forum Sirdaryo viloyatining xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy 
hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yangicha impuls berib, hududga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
investitsiyalarni jalb qilishi kutilmoqda. 
Tadbir dasturidan seksion yig‘ilishlar, Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
hamda investitsion salohiyati taqdimotlari, hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi 
kabilar o‘rin olgan. Shu bilan birga, viloyatda “Gul bayrami”, “Qushlar ko‘rgazmasi”, 
“Qovun sayli” ommaviy-madaniy tadbirlarini ham yuqori saviyada tashkil etish 
rejalashtirilgan. 
Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatida turistik axborot markazlarining ochilishi davom 
etmoqda. Prezidentning joriy yil 5-yanvaridagi farmoniga muvofiq, Sirdaryo viloyati 
Guliston shahridagi sayyohlar tashrif buyuradigan mashhur obyektlar, sayyohlik 
marshrutlari va har bir hududning markaziy qismlarida turistik axborot markazlarini 
(infokiosklar) tashkil etish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Turizmni rivojlantirish 
hududiy boshqarmasi tomonidan Guliston shahri O‘zbekiston ko‘chasi “Madraxim 
Qosimov” MChJga qarashli “BookSafe”da ana shunday axborot markazlari tashkil etildi. 
Mazkur infokisoklar faoliyati turistlarga yengillik va qulay sharoitlar yaratish, ularga 
ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va ushbu loyihalar orqali 
shaharga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini yanada oshirishga yo‘naltirilgan. Shu bilan 
birga, Guliston shahrining turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar ham 
tarqatilishi yo‘lga qo‘yildi. 
2019 yil 13 sentabr kuni Sirdaryo viloyatid
a O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va 
turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyatida turizm 
sohasini rivojlantirish 
bo‘yicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2019 
yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot eshitildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati 
xabariga
ko‘ra, Sirdaryo 
viloyati mamlakatning markaziy qismida, mintaqadagi eng katta daryolardan birining 
bo‘yida joylashgan bo‘lib, hududda sayyohlikning ayrim turlari, ayniqsa ekoturizmni 
rivojlantirish imkoniyatlari katta. 2019 yil birinchi yarim yilligida 3 ta oilaviy mehmon 
uyi, 5 ta restoran va kafe hamda turoperatorlik sub'yektlari tashkil etildi, shuningdek, 
turistik toifadagi mikroavtobus hamda elektromobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 
Guliston temir yo‘l vokzali hamda “Shohrux” mehmonxonasi hududida turizm axborot 
mar
kazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilib, shaharda Wi
-Fi zonalari tashkil qilingan. 


So‘zga chiqqanlar ta'kidlaganidek, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan ijobiy 
natijalar bilan bir qatorda turizm sohasidagi hududiy dasturlarga kiritilgan, ammo ijrosi 
ta'minlanmasdan qolayotgan topshiriqlar, shuningdek, Sirdaryo viloyati turizm 
salohiyatini yanada oshirish borasida bir qator bajarilmagan ishlar ham mavjud. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni 
jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda turizmni rivojlantirish uchun yuqori 
salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan hamda asosan muhandislik 
kommunikatsiyalar bilan ta'minlangan foydalanilmayotgan yer uchastkalarini ro‘yxat 
bo‘yicha uch oy muddatda xatlovdan o‘tkazilishi hamda keyinchalik Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘m
itasi xulosasiga asosan har bir hududda umumiy maydoni 
kamida 20 gektar bo‘lgan 20 ta yer uchastkasi hisobidan kelib chiqib, turizm sohasidagi 
loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa 
joylashtirish vositalari, tematik xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar 
qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari hamda potensial 
investorlarga taqdim etish uchun ajratilishi belgilangan. Lekin bugungi kunga qadar 
Sirdaryo viloyatida birorta ham yer uchastkasi tadbirkorlarga ajratib berilmagan. 
Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyati Guliston 
shahridagi turistlar tashrif buyuradigan mashhur obyektlar, sayyohlik marshrutlarida 
va har bir hududnin gmarkaziy qismlarida turistik axborot markazlarini (infokiosklar) 
tashkil etish ishlari davom etmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati 
xabar berdi. 
Guliston shahri Oʻzbekiston koʻchasi “Madraxim Qosimov” MCHJga qarashli 
“Bookcafe”da Sirdaryo viloyati Turizmni rivojlantiri
sh hududiy boshqarmasi 
tomonidan axborot markazlari tashkil etildi. 
Mazkur infokiosklar turistlarga yengillik va qulay sharoitlar yaratish ularga 
koʻrsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va ushbu loyihalar orqali 
shaharga tashrif buyu
ruvchi turistlar oqimini yanada oshirish koʻzda tutilgan. 
22-
avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro 
investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Turizmni 
rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 
Mazkur forumga xorijiy davlatlar kompaniyalari va diplomatik korpus vakillari tashrifi 
kutilmoqda. Forum Sirdaryo viloyatining xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy 
hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yangicha impuls berib, hududga t
o‘g‘ridan to‘g‘ri 
investitsiyalarni jalb qilishi kutilmoqda. 
Tadbir dasturidan seksion yig‘ilishlar, Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
hamda investitsion salohiyati taqdimotlari, hamkorlik shartnomalarini imzolash 


marosimi kabilar o‘rin olgan. Shu bilan birga, viloyatda “Gul bayrami”, “Qushlar 
ko‘rgazmasi”, “Qovun sayli” ommaviy-madaniy tadbirlarini ham yuqori saviyada 
tashkil etish rejalashtirilgan. 
Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatida turistik axborot markazlarining ochilishi davom 
etmoqda. Prezidentning joriy yil 5-yanvaridagi farmoniga muvofiq, Sirdaryo viloyati 
Guliston shahridagi sayyohlar tashrif buyuradigan mashhur obyektlar, sayyohlik 
marshrutlari va har bir hududning markaziy qismlarida turistik axborot markazlarini 
(infokiosklar) tashkil etish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Turizmni rivojlantirish 
hududiy boshqarmasi tomonidan Guliston shahri O‘zbekiston ko‘chasi “Madraxim 
Qosimov” MChJga qarashli “BookSafe”da ana shunday axborot markazlari tashkil 
etildi. 
Mazkur infokisoklar faoliyati turistlarga yengillik va qulay sharoitlar yaratish, ularga 
ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va ushbu loyihalar orqali 
shaharga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini yanada oshirishga yo‘naltirilgan. Shu 
bi
lan birga, Guliston shahrining turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi tarqatma 
materiallar ham tarqatilishi yo‘lga qo‘yildi. 
Sirdaryo viloyatining boy turistik salohiyatga ega Xovos tumani aholisi 
“Turizm qishlogʻi” tashkil etish boʻyicha takliflar bergan. 
Arxeologlar tomonidan qazishma ishlarining dastlabki natijalari guvohlik berishicha, 
Xovos 2400-2500-yillik tarixga ega nihoyatda qadimiy shaharlardan biri sanaladi. 
Tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Xovosda 28 ta tabarruk qadamjo boʻlgan. Hozirgi 
kunga qadar ulardan 12 tasi saqlanib qolgan. Shulardan biri “Xasti buzurgon” 
ziyoratgohi sanaladi. Bu ziyoratgohda “Xasti buzurg” laqabi bilan ulugʻlangan Jobir 
boboning qabri joylashgan. Rivoyat qilishlaricha, Jobir bobo Xovos va uning atroflariga 
Islom dinini yoyish uchun kelgan. Bu inson Xovosni obod qilishda qatnashgan va xalq 
oʻrtasida ilm-maʼrifat tarqatgan. Shu sababli “Xasti buzurg” deya ulugʻlangan. “Bibi 
ocha” ziyoratgohida Jobir boboning turmush oʻrtogʻi Bibi Xadicha dafn etilgan. 
Bu yerda ona yoki buviga ocha deya murojaat qilishgani sababli u kishi Bibi ocha deya 
eʼtirof etilgan. “Yusufbobo” ziyoratgohida esa qadimda Xovosda temirchilik bilan 
shugʻullangan va tabiblik qilgan, keyinchalik temirchilar piri deb ulugʻlangan Yusufbobo 
maqbarasi mavjud. “Sherbobo” maqbarasida esa olis oʻtmishda Xovosni 
dushmanlardan himoya qilgan, himoyachilarga bosh boʻlgan
Ibrohim ismli sheryurak inson dafn etilgan. Qadimiy “Namozgoh” masjidini xovosliklar 


Jobir boboning yetuk, donishmand farzandlari sharafiga
“Saʼdu Saʼid” 
(Sayyidlarning ulugʻi) nomi bilan atashgan. Bu ziyoratgohlarning aksariyati bugungi 
kunda obod maskanlarga aylantirilgan. 
Mazkur hududda yashovchi tadbirkorlar oʻz uyida oilaviy mehmon uylari hamda milliy 
hunarmandchilik ustaxonalarini yaratish boʻyicha takliflarini bildiryapti. Xulosa qilib
aytganda, boy turistik salohiyatga ega Xovos tumani aholisi “Turizm qishlogʻi” tashkil
etish boʻyicha takliflar bildiryapti, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot 
xizmati xabar berdi. 
Turoperator xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo‘yicha va turistlar 
ehtiyojlariga mos ravishda turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadigan turistik
firma(tashkilot)dir. Turoperator - bu turistik paket ishlab chiqaruvchidir. U turistik
yo‘nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal
qilishini ta‘minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni
hisoblaydi, tu
rlarni to’g’ridan
-
to’g’ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga
sotadilar.
Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta‘minlab beradi
va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma ber
ish
vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi. 
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular
turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar,
turistik xizmatlar paketini 
shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to‘g’ri yoki
bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni
alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi.
Masalan, imtiyozli nar
xlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to‘ldirish uchun u
chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachi sifatida keladi.
Birinchi holda, ya‘ni, turoperator paket shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab 
chiqaruvchisi sifatida faoliyat 
yuritadi. Ikkinchi holda, ya‘ni, turoperator xizmatlarini 
alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat 
turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan
ortiqcha turistik xizmatlar soti
b olganda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda
ommaviy (ko‘p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar
orasida tegishli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud.
Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay
bo‘lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi
o‘zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim
mehmonxonalar narxlaridan arzo
n bo‘ladi. 
Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi
sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Shunda u haqiqatga to‘g’ri bo‘ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turl
ar yoki
turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi.


Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik safarlarni sotish
hajmini o‘stirishga imkon 
beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan chiqish turizmining
provinsial bozoriga kirib boradi. Bu bilan o‘z xodimlarini ta‘minlash harajatlarini, ijara
binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O‘z navbatida turagent safarlarni oxirgi
iste‘molchisiga soti
b bergani uchun vositachiligiga komission mukofat oladi. Uning hajmi 
odatda sotilgan turistik mashulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni 
tashkil qiladi. U ko‘paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko’proq
turistik xizmat sotilganda). Komission mukofat turagentlikning asosiy daromad manbai
bo‘lib xizmat qiladi. 
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot zahirasiga ega bo‘ladi, turagent bo‘lsa 
mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma‘lum xizmatlarni talab e
tadi. Biroq 
amaliyotda ba‘zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo‘lmaydi, chunki 
har ikkalasi o‘xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator 
sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga 
sotishi ham 
mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa
firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin. Turizm 
industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi 
va kuchayishi - 
hammasi turoperatorlar strukturasiga ta‘sir ko‘rsatdi va ularning 
keyingi maxsuslashuvini qayta aniqlab berdi.
Turoperatorlar quyidagilarga ajratiladi:
Faoliyat turiga ko‘ra: 
1.
Ommaviy bozor turoperatorlari. Ular ommaviy turizm joylariga charter
aviareyslardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar.
2.
Maxsuslashgan turoperatorlar - 
bozorning ma‘lum segmenti yoki 
mahsulotiga maxsuslashgan turoperatorlardir. Bular o‘z navbatida quyidagilar 
bo‘lishi mumkin: 

maxsus qiziqishlar turoperatorlari (masalan, sport-sarguzasht 
turizmi, Afrikada safari uyushtirish va boshqalar);
• 
maxsus boriladigan joylar turoperatorlari (masalan, Angliya, Fransiya va
boshqa joylarga safarlar);
• 
ma‘lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar, is
h odamlari va
boshqalar);
• 
maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari, turbazalar va
hokazo);
• 
ma‘lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod, 
poyezd va boshqalar).
Faoliyat joyiga ko‘ra: 
1.Mahalliy (ichki) 
turoperatorlar. Ular o‘zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida 
yo‘nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar. 
2.Chiqish turoperatorlari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‘naltiradilar. 3.Qabul 
qiluvchi turoperatorlar. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda joylashgan 
bo‘ladi va ularga xizmat ko‘rsatishadi. 
Bundan tashqari, turoperatorlarni Initsiativ va Reseptiv turoperatorlarga ham bo‘lish 
qabul qilingan.
Initsiativ turoperatorlar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Reseptiv) operatorlar yoki 
to’g’ridan
-
to’g’ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa
regionlarga jo‘natadigan operatorlardir. Bu operatorlarning faqat o’zgalar turlarini sotish


bilan shug‘ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me‘yorlari
bo‘yicha kamida 
uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yuqoridagi ikkitasidan 
boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi
bilan shug‘ullanishida. Klassik Initsiativ turoperator turli joylardag
i mahalliy
turoperatorlar xizmatlaridan foydaianib, murakkab yo‘nalishli turlarni shakllantiradi,
sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta‘minlaydi. Shu bilan
birgalikda yo‘nalish ichida transport xizmati ko‘rsatilishini tashk
il etadi. Reseptiv
turoperatorlar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan
to’g’ridan
-
to’g’ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir. 
Real turizm tadbirkorligida, ko‘pincha, turizm bozori uchun harakterli bo‘lgan vazifalarning 
aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o‘zining ba‘zi mahsulotlariga nisbatan ham 
Reseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba‘zi hollarda esa boshqa turoperator tomonidan 
shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‘yicha turagent
sifatida ham kelishi mumkin.
"Turizm to’g’risida"gi Qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va 
unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi.
Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‘llanma turistl
ar bilan qilinadigan bitimga rasmiy
ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat 
- vaucherdir). Reseptiv 
turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Initsiativ 
maxsuslashgan turoperator, qoida bo‘yicha
, bir necha punktlarda qabul qilishlardan 
mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan
maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin.
Turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo‘lishi mumkin bo‘lgan (sotish chog‘ida
o‘zgarmaydigan, oldindan aniq bo‘lgan xizmatlar to‘plami) dasturlar paketi, turpaket
(pekidj-
tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko‘rsatish variantlari bilan, ikkinchisi

variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to‘plami bilan sotiladi. Bu 
qabul qilish
imkoniyatlari va sayohatlar yo‘nalishiga bog‘liq. 

Download 327,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish