Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qo'Qon xonligi va xiva xonligi o'rtasidagi munosabatlar reja



Download 1,21 Mb.
bet1/8
Sana21.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#569763
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. QO\'QON XONLIGI VA XIVA XONLIGI O\'RTASIDAGI MUNOSABATLAR


BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. QO'QON XONLIGI VA XIVA XONLIGI O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR
REJA:

  1. Qo’qon xonligida ijtimoiy hayot

  2. Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy madaniy hayoti

  3. Buxoro xonligi

1.QO’QON XONLIGIDA IJTIMOIY HAYOT
XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qо‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bо‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining о‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xо‘jalarining isyon kо‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari xо‘jalar qо‘l ostida bо‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.
Ma’lumotlarga kо‘ra, ming urug‘ining boshlig‘i, taxminan 1669-1670 yillarda tug‘ilgan Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709-1721 yy.) Chodak xо‘jalari qо‘lida bо‘lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib, 1709/1710 yilda Farg‘ona vodiysidagi minglar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Ammo, uning hokimiyati hali ashtarxoniylardan tо‘la yoki batamom mustaqil emas edi. Chunki manbalarda Shohruhbiyning nomi ashtarxoniy Abulfayzxondan sо‘ng tilga olinib, Shohruhbiyga Buxoro xoni tomonidan otaliq unvoni berilgani eslatiladi. Bu haqda tadqiqotchilarning ham fikrlari munozaralidir. Nima bо‘lganda ham, Shohruhbiy Buxoro xonligidan mustaqil ravishda (nisbatan bо‘lsa ham) siyosat olib borishga harakat qilib, minglar sulolasi tasarrufidagi yerlarni kengaytira boshladi. Shohruhbiy hukmronligi davrida Qо‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ularning atroflaridagi qishloqlar minglar sulolasi qо‘lida bо‘lgan.
Shohruhbiyning о‘g‘li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.) taxtga о‘tirganidan sо‘ng minglar tasarrufidagi yerlar yana kengaya boshladi. Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xо‘jandni, 1726 yilda О‘ratepani bosib olib, xonlik hududlariga qо‘shib oldi. U qisqa muddat bо‘lsa-da Buxoroga qarashli Samarqand va Kattaqо‘rg‘onni egallab, Shahrisabzga ham tahdid solgan. Abdurahimbiy Qо‘qon (Xо‘qand) qishlog‘i о‘rni va atrofida yangi shaharga (dastlab Qal’ai Rahimbiy deb nomlangan, keyin esa Qо‘qon) asos soladi va bu shahar xonlikning poytaxtiga aylanadi.
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U xonlikning poytaxti Qо‘qonda Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib, shahar atrofini mustahkam devor bilan о‘ratib oldi. Shu bilan birga u 1741-1745 yillardagi qalmoqlar (jung‘orlar) ning Farg‘onaga qilgan hujumlariga zarba berdi. Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va О‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan sо‘ng xonlik taxtiga uning о‘g‘li Abdurahmon о‘tirdi. Ammo, u taxtga tо‘qqiz oy о‘tirib, sо‘ng Marg‘ilonga hokim etib jо‘natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi о‘g‘li Erdonabiy о‘tirdi. 1753 yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qо‘lida garov sifatida ushlab turilgan Bobobek xonlik taxtiga kо‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham о‘tmay О‘ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda о‘ldirildi hamda Erdonabiy (1755-1769 yy.) qayta Qо‘qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning ma’lumotlariga kо‘ra, uning hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg‘ona tо‘rtta mulk: Andijon, Namangan, Marg‘ilon va Qо‘qonga bо‘lingan bо‘lib, ular ichida Qо‘qon yetakchilik qilgan. Erdonabiydan sо‘ng taxtga Shohruhbiyning uchinchi о‘g‘li Shodibekning farzandi Sulaymonbek о‘tiradi. Uning taxtni egallashida urug‘ oqsoqollarining kо‘magi katta bо‘lgan bо‘lsada u atigi 6 oy hukmdorlik qildi.
1770 yilda Qо‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning о‘g‘li Norbо‘tabiy (1770-1801 yy.) о‘tiradi. Norbutabiy markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bо‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U Chust va Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan sо‘ng, bu shaharlarga о‘z odamlarini hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan sо‘ng Andijon, О‘sh, Xо‘jand va yaqin atrofdagi qо‘shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qо‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi.
Norbutabiydan sо‘ng uning о‘g‘li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga о‘tirib, Qо‘qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini kengaytirishga alohida e’tibor berdi. Natijada Qо‘qon xonligining siyosiy mavqei oshib bordi. Olimxon davriga kelib Qо‘qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qо‘qon davlati kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham о‘zgaradi. Agar Qо‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora qilgan bо‘lsalar, Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon” deb yuritila boshlandi.
О‘z davrida Olimxon harbiy yurishlar qilib о‘ziga yangi viloyatlarni , jumladan Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent, Turkistonni bо‘ysundirishga muvaffaq bо‘ldi. Qisqa muddat О‘ratepani ham egalladi, Jizzax va Zominga yurishlar qildi. Harbiy islohatlar о‘tkazib, markazlashgan va kuchli davlat tuzish uchun harakat qilayotgan Olimxonning siyosatidan norozi bо‘lgan ayrim zodagonlar guruhi unga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. Olimxon о‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ukasi Rustambekni, bir nechta sarkardalarni, din peshvolarini о‘ldirtirib yuboradi. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu voqealardan sо‘ng kuchayib ketgan fitnachilarga Olimxonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. Natijada, 1810 yilda Olimxon Toshkentdan Qо‘qonga qaytayotganda, Oltiqush mavzesida о‘g‘li Shohruhbek bilan birga Qambar Mirza tomonidan otib о‘ldiriladi.
Manbalarga kо‘ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik yer egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqei yanada oshadi. U davlat boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar о‘rnatdi va diniy ishlarni tartibga soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan “amir al-muslimin” unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bо‘ladi.
Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga kо‘ra, Umarxon davrida Amir Temur va Sulton Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib, ularga hokimiyatga yaqin shaxslar tayinlanadi. Shuningdek, Olimxon zulmidan qochib ketgan ayrim amaldorlar Umarxon xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar.
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Qо‘qon xonligining О‘rta Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va о‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham Umarxon davridan boshlanadi. О‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va Turkiya davlatlariga jо‘natilganligi ma’lum.
N.Petrovskiy Umarxon hukmronligi davri haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi: “Umarning xonligi ham oldingi xonlarnikidek davom etdi, ya’ni, u о‘z yerlarini kengaytirdi. Bu xon davrida Turkiston viloyati musulmonlarning Hazrat (Sulton al-orifin Ahmad Yassaviy davf etilgan Turkiston) shahri bilan birga zabt etildi. Umarxon halq sevib ardoqlagan xonlardan biri bо‘ldi. Qо‘qonda ikki qator she’r tarqalgan bо‘lib, unda Umarxon haqida juda iliq va yaxshi sо‘zlar aytilar edi”.
1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan sо‘ng taxtga uning о‘g‘li Muhammadalixon (Madalixon, 1822-1842 yy.) о‘tiradi. Uning hukmronligi davrida Qо‘qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‘izlarning ba’zi tumanlari xonlikka qо‘shib olinadi hamda Kо‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi viloyatlar Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar.
Manbalarga kо‘ra, Muhammadalixon hukmronligining dastlabki yillari yaxshi va odilona kechgan. U 1826-1831 yillar davomida Qashg‘arga yurishlar qilib, bu yerdagi musulmonlarni xitoyliklar zulmidan ozod qildi hamda 70 ming uyg‘ur musulmonlarini Andijon viloyatiga kо‘chirib keltirdi. Natijada din peshvolari Muhammadalixonga “G‘oziy” (“din homiysi”, “din yо‘lida kurashuvchi”) unvonini berdilar.
1840 yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv ishlarida katta tajribaga ega bо‘lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilishi shusiz ham qaltis bо‘lib turgan vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. Undan tashqari xon davlat ishlariga loqayd bо‘lib, asosiy vaqtini haramida о‘tkaza boshladi. Natijada davlatni boshqaruv ishlarida suiste’molliklardan umumiy noroziliklar boshlanib, xonni ag‘darish uchun fitna tayyorlana boshlandi.
Lekin о‘z kuchlari bilan fitnani amalga oshirishga kо‘zi yetmagan bir guruh Qо‘qon amaldorlari boshqa xon saylash maqsadida Buxoro amiri Nasrulloga noma yozib, undan yordam sо‘rashdi. Qо‘qon yurishi uchun bahona topolmay turgan Amir Nasrullo bu taklifni tezda qabul qilib, 1842 yil aprelda Qо‘qonni bosib oldi. Qо‘qondan oilasi bilan Namangan tomonga qochgan Muhammadalixon tutib keltirilib, oilasining bir qismi bilan qatl ettirildi.
Amir Nasrullo Qо‘qon xonligining Buxoroga qо‘shib olinganligini e’lon qilib, Qо‘qonda о‘z noibi Ibrohim dodhoh Mang‘itni qoldiradi. Ammo, Ibroxim dodhohning Qо‘qon halqiga о‘tkazgan jabr-zulmi, soliqlarning haddan tashqari oshib ketishi natijasida aholi qо‘zg‘olon kо‘tarib, Buxoro hukmronligidan ozod qilish uchun qipchoqlarni yordamga taklif etadilar. Qipchoqlar Muhammadalixonning qarindoshi Sherali boshchiligida Qо‘qonga kelib, buxoroliklarni tor-mor etdilar hamda Sheralixon (1842-1845 yy.) taxtni egalladi. Qipchoqlar esa shu vaqtdan boshlab uzoq vaqt xonlikda yetakchi mavqega ega bо‘ldilar.
Qо‘qonda bо‘lgan voqealardan xabar topgan amir Nasrullo 1842 yilning kuzida yana Qо‘qonga yurish qildi, ammo bu safar unga omad kulib boqmadi. Muhammadalixon davrida yuzboshi bо‘lgan Musulmonquli qipchoq Nasrulloning ishonchiga kirib Qо‘qonga keladi va qо‘qonliklarni taslim bо‘lishga kо‘ndirish о‘rniga bir tan - bir jon bо‘lib amir Nasrulloga qarshi kurashga chorlaydi. Uning maslahatiga kо‘ra Qо‘qonda himoya vositalari kuchaytirildi. Bir oydan ziyodroq Qо‘qonni qamal qilgan amir Nasrullo о‘ziga qarshi suiqasd uyushtirilayotligi hamda xivaliklar chegaraga joylashgan Buxoro qishloqlariga hujum qilayotganligi haqidagi xabarni olib Buxoroga qaytishga majbur bо‘ldi.
Buxoroliklarning ketishi bilan Qо‘qon xonligida bir muddat tinchlik va osoyishtalik hukm surdi. Sheralixon keksa odam bо‘lib oqkо‘ngil va muloyim inson edi. Uning davrida barcha davlat lavozimlarini qipchoqlar egallab, davlat boshqaruvini о‘z qо‘llariga oldilar. Ammo, 1845 yilda Buxoroda bо‘lgan Olimxonning о‘g‘li Murodxon (Qо‘qonda 11 kun xon bо‘lgan) amir Nasrulloning yordami bilan Qо‘qonga kelib Sheralixonni qatl etadi va taxtni egallaydi. Bu paytda Namanganda bо‘lgan mingboshi Musulmonquli bu voqeadan xabardor bо‘lgach Sheralixonning besh о‘g‘lidan biri Xudoyorxonni olib Qо‘qonga keladi hamda uni xonlik taxtiga о‘tqazadi (1845-1853, 1863, 1865-1875 yy.). 16 yoshga kirgan Xudoyorxonning yoshligidan foydalangan Musulmonquli mamlakatni deyarli о‘zi boshqardi. Xudoyorxonning birinchi xonligi davrida ikkita kuch – о‘troq aholi va kо‘chmanchi turkiy qabilalar о‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga aylandi.
Umuman olganda, XIX asrning о‘rtalariga kelib Qо‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. Sо‘nggi tadqiqotlarga kо‘ra, buning sababi birinchidan, о‘troq aholi kо‘chmanchi va yarim kо‘chmanchi bо‘lgan qipchoqlar hokimiyatini tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat hukmdorlari Musulmonqulga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori mavqeni egallash hamda xonga ta’sir о‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham о‘zaro kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bо‘lgan Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning о‘troq aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar о‘troq aholiga nisbatan bepisandlik nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. Tо‘rtinchidan esa, tashqi omil – Rossiya imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bо‘lgan edi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish