Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti o



Download 311,89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi311,89 Kb.
#281925
Bog'liq
sifatli birikmalarning badiiy uslubda qollanilishi a.oripov sheriyati misolida



       O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA    

                       MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

                BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 



                        FILOLOGIYA FAKULTETI 

 

              O‟ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI  



 

 

         IV KURS KUNDUZGI BO‟LIM BITIRUVCHISI   



                        SOHIBOVA ZARNIGORNING 

          “SIFATLI BIRIKMALARNING BADIIY USLUBDA 

QO‟LLANILISHI  (A. ORIPOV SHE‟RIYATI MISOLIDA)” 

                                         

mavzusidagi

   


5220100 – Filologiya (O‟zbek filologiyasi) yo‟nalishida    

          bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozgan    

 

           MALAKAVIY BITIRUV ISHI 



                    

(2009-2010-o‟quv yili) 

Ilmiy rahbar:                                                   filologiya fanlari  

                                                                        nomzodi, dotsent 

                                                                        Nazarova  S.A. 

 

                                  Buxoro-2010 




 

 

                                      REJA: 



 

Kirish. Ishning umumiy tavsifi . 

 

I bob. O‟zbek tilida sifarli so‟z birikmalari. 



 

1.1.  Hokim a‟zosi sifat bilan ifodalangan so‟z birikmalari. 

1.2.  Sifatli birikmalarning qurilish qoliplari. 

 

II bob. Sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi. 



 

2.1. O‟zbek tilining vazifaviy uslublari va unda badiiy uslubning 

o‟rni. 

2.2. Sifatli birikmalar poetik nutq vositasi sifatida. 

 

Xulosa. 


 

 

 



 

 

 




            KIRISH. ISHNING UMUMIY TAVSIFI  

 

      Mavzuning tadqiq darajasi.O



‟zbek tilshunosligida sintaktik sathning asosiy 

birikmalaridan biri – so‟z birikmasi (SB) turli ilmiy yondashuvlar aossida tadqiq etilgan. 

XX asrning o‟ttizinchi yillaridan boshlab hozirgi kungacha davom etib kelayotgan formal 

grammatik tadqiqotlarda SB larining bevosita kuzatishda berilgan qirrlari tavsiflangan. 

Jumladan, o‟zbek tilshunosligi fanining tamal toshlarini qo‟ygan buyuk tilshunoslar – 

F.Abdurahmonov, F. Abdullayev, A.Abdullayev, M.Asqarova, A.K. Borovkov, 

F.Ibrohimova, S.N. Ivanov, A.Koklyanova, X.Komilova, A.N.Kononov, I.Rasulov, 

Sh.Raxmatullayev, V.V. Reshetov, A.Safoyev, X.Xolibrov , M.Sharipov, A.G‟ulomov, 

A.Hojiyev va ularning izdoshlari yaratgan darslik, o‟quv qo‟llanma-yu ilmiy asarlarida  SB 

nutq bosqichida talqin etilgan.  

          SB larining tuzilishi soda va murakkab SB lariga bo‟linishi, tobelanishning 

moslashuv, boshqaruv, bitishuv usullariga ko‟ra turlari, bosh so‟zning ma‟lum so‟z 

turkumiga tegishliligiga ko‟ra turlari, SB larining gap qurilishining “xom ashyosi” (v.h.) 

to‟g‟risidagi ilmiy dalillar to‟planib mazkur sintaktik hodisani bilishning fahm (hissiy, 

sensual) bosqichida shakllangan sintaktik ta‟limotni keltirib chiqardi. Biroq shu bilan 

o‟zbek tilida SB larining ilmiy tadqiqi o‟z yakuniga yetgani yo‟q. zero o‟tgan asrning 

so‟nggida kurtak yozib, XXI asrning dastlabki yillaridayoq o‟zbek tilshunosligi 

kelajagining nazariy poydevoriga aylangan formal-funksional (substansial, system-

struktur) tahlil yo‟nalishi Sb haqidagi empirik bilimlarga tayangan holda yangi ilmiy 

g‟oyalarni ilgari surdi. Bugungi kunda o‟zbek substansial tilshunosligi tiltizimi va uning 

birliklarini bilish jarayonining idrok bosqichida bir butun nazariy ta‟limotni shakllantirdi. 

   Bu ta‟limot o‟zbek tili lisoniy-sintaktik sathining tadqiq manbayi – lisoniy-sintaktik 

qurilish qolipi (LSQ) bo‟lib, bevosita kuzatishda berilgan SB va gaplar LSQ hosilari 

sanalishi, shunga ko‟ra, SB LSQ lari hamda gap LSQ lariga bo‟linishi, umuman, SB til 

birligi sifatida lisoniy va nutqiy jihatlarning ichki ziddiyatidan iboratligi to‟g‟risidago 

nazariy xulosalarni almashtirdi.  

   O‟zbek substansial sintaksisi nazariy asoslari ishlab chiqilgan bo‟lsa ham, SB larining 

formal-funksional tadqiqi bilan bog‟liq muammolar talaygina. Xisusan, hokim a‟zosi sifat 




leksemali SB larining lisoniy-sintaktik qurilishi hamda mazkur birikmalarning uslubiy 

qo‟llanilishi masalasi hozirga qadar alohida tadqiq etilmagan. Malakaviy-bitiruv ishi ushbu 

masalaning yechimani berishdagi ilk qadamdir. 

  MAVZUNING DOLZARBLIGI. Bugun davlat tili rutbasidagi o‟zbek tili 

mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor 

 

yo‟nalishi o‟laroq amalgam oshirilayotgan 



ko‟lamli ma‟naviy-marifiy islohotlariga kamarbastalikning huzurini tatib erkin takomli va 

taraqqiyot yo‟lidan bormoqda [12; 54]. Chunonchi, ona tilimizning milliy grammatik 

talqini vauning natijalarini qamrab olgan lug‟atlar o‟quv adabiyotlari ta‟lim tizimining 

barcha bog‟inlari hamda bosqichlari orasidagi uzluksizlikni ta‟milashga xizmat qilmoqda. 

Ammo o‟zbek tilida sifatli birikmalarning formal-funksional tahlili masalasi bilan aloqador 

ilmiy xulosalar o‟quv adabiyotlarida o‟z aksini topmagan. Bu esa hokim a‟zosi sifat 

leksemali birikmalarning qurilish qoliplarini aniqlash va mazkur SB larining uslubiy 

qo‟llanish xususiyatlarini o‟rganish zaruriyatini belgilaydi. Zotan sifatlarning hokim 

vaziyattda biriktirish imkoniyatlarini ko‟rsatish va bunday birikmalarning lisoniy 

faoliyatda qo‟llanilishini tavsiflash ham substansial tilshunoslik, ham uslubshunoslik, ham 

kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyatlidi. Shunday ekan, mazkur masalaning 

kun tartibiga qo‟yilishi malakaviy-bitiruv ishini shakllantirish uchun yetarlicha asos bo‟la 

oladi. 

  ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI. O‟zbek tilida sifatli birikmalarning lisoniy-

sintakti qurilishini va mazkur birikmalarning badiiy uslubda qo‟llanilishini talil qilish 

malakaviy-bitiruv ishi oldida qo‟yilgan maqsaddir. Belgilangan maqsadga muvofiq 

quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‟zda tutilgan: 

1)  hokim a‟zosi sifat leksemali birikmalarni ajratish; 

2) 

sifatli birikmalarning qurilish qoliplarini aniqlash:



 

3) 


badiiy uslubning adbiy uslublardan farqli, o‟ziga xos xususiyatlarini tavsiflash;

 

4) 



sifatli birikmalar poetik nutqni shakllantiruvchi vosita ekanligini isbotlash;

      


5)  sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishiga  xos xususiyatlarni umumlashtirish.  

ISHNING TADQIQ MANBAYI. Malakaviy-bitiruv ishining tadqiq manbayi sifatida 

nutqda cheklanmagan miqdorda ro‟yobga chiquvchi sifatli birikmalar tanlab olindi. Hokim 

a‟zosi sifatlardan iborat SB larining badiiy uslubda qo‟llanilishini kuzatish maqsadida 




A.Oripovning she‟riyatiga murojaat qilindi. Shoirning “Yillar armoni”, “Ishonch 

ko‟priklari”, “Menga xush xabar ayt” to‟plamlaridagi poetik asarlar matnida qo‟llangan 

sifatli birikmalar tahlilga tortildi. O‟zbek tili formal sitaksisi, struktural sintaksisi va 

stilistikasiga tegishli ilmiy tadqiqotlar ishning  nazariy asosini tashkil etadi. 

ISHNING METODOLOGIK ASOSI VA TADQIQ USULLARI. Malakaviy-bitiruv 

ishida substansial tilshunosligidagi til birligining mohiyatini lison-nutq qarama-

qarshiligidagi izchil farqlaydigan dialektik tabiatli umumiy-xususiylik, mohiyat-hodisa, 

imkoniyat-voqelik ixtiloflari tadqiq usullari va metodologig asos vazifasini o‟tadi. Sifatli 

birikmalarning lisoniy-sintaktik qutilishini belgilashda structural metodga tayanildi. 

Mazkur SB larining lisoniy sintaktik qurilishini belgilovchi sintaktik qplolar paradigmasi 

aniqlanadi va shu qoliplar pardigmasi SB LSQ larining o‟zaro paradigmatik munosabatini 

o‟rganish hamda SB LSQ lari paradigmalarini chegaralash muammosini hal qilishga 

yordam beradi. Shu bilan birga, sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanish imkoniyatlarini 

aniqlash, adabiy til va uslubiy me‟yotlarning o‟zaro aloqadorligi hamda uslubiy me‟yordan 

chekinish va me‟yoriy muvofiqlik orasidagi ziddiyat masalalarining yechimlarini topishda 

uslubshunoslik sohasiga samarali hissa qo‟shadi. Aytish joizki, mazkur ishning 

natijalaridan oily ta‟limda ham formal-funksional sintaksis, ham stilistika sohalarini 

o‟rganosh, o‟qitish jarayonida foydalanish mumkin.  

  ISHNING JAMOATCHILIK E‟TIBORIDAN O‟TISHI. Mazkur malakaviy bitiruv 

ishi mavzusi Buxoro davlat universiteti O‟zbek tilshunosligi kafedrasida muhokama 

qilinib, tasdiqlangan. 

  ISHNING TUZILISHI VA HAJMI. Malakaviy-bitiruv ishi kirish, ishning umumiy 

tavsifi, ikki bob, xi\ulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati kabi qismlardan iborat  bo‟lib, 

137 sahifada o‟z aksini topgan. 

 

 

 



 

 

 



 


I BOB. O‟ZBEK TILIDA SIFATLI SO‟Z BIRIKMALARI 

 

 



Milliy istiqlol ona tilimizning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi, ma‟naviy nufuzini oshirish 

bilan birga tilshunosligimizni “o‟zbek tili hodisalarini rus tili qoliplariga solib 

tushuntirish”, [40; 5] tutqunligidan ozod qildi. Unga mustaqil taraqiyot yo‟liga o‟tib, milliy 

ong, milliy tafakkur va mafkuraning muhim suyanchiqlaridan, yosh avlodga ijodiy 

tafakkur ko‟nikmalarini singdirishning asosiy vositalaridan biriga aylanishga imkon berdi. 

Qisqa davr ichida fanimizda bir necha yangi yo‟nalish-u maktablar shakllandi va ular 

jadallik bilan rivojlanmoqda. Shuning uchun keyingi yillarda lisoniy qurilishning umumiy 

qonuniyatlarini o‟zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq va tahlil qilishga qaratilgan 

izlanishlar silsilasi yuzaga keldi va uning salmog‟i kundan kunga oshib bormoqda [53; 1].  

  Chunonchi, H.Ne‟matov, R.Rasulovlarning “O‟zbek tili system leksikalogoyasi 

asoslari” (T., 1995) , O.Bozorovning “O‟zbek tilida darajalanish” (T., 1995), 

N.Mahmudov, A.Nurmonovlarning “O‟zbek tili nazariy grammatikasi” (T., 1995), 

B.Qilichevning “O‟zbek tilida partonimiya” (T., 1996), H.Ne‟matov, R.Sayfullayeva, M. 

Qurbonovalarning”O‟zbek tili struktural sintaksisi asoslari” (T., 1999), B.Mengliyevning 

“O‟zbek tilining struktir sintaksisi” (Qarshi, 2003), M.Qurbonovaning “Hozirgi zamon 

o‟zbek tili (soda gap sintaksisi uchun materiallar)” (T., 2002), R.Sayfullayeva, 

B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalovalarning “Substansial 

morfologiya valentlik va gap qurilishi talqini ” (T., 2009) kabi o‟quv adabiyotlari va ilmiy 

tadqiqotlarida tilimizning turkona talqini o‟z aksini topgan. 

  Bu sirada sanab o‟tilgan ilmiy va o‟quv-usuliy ishlarda ularning mualliflari o‟zbek 

tili grammatikasi, xususan, substansial (formal-funksional, struktural) sintaksisning nazariy 

asoslarini bayon etishgan. Malakaviy-bitiruv ishimizda tahlil markaziga qo‟yilgan masala 

SB sintaksisiga aloqador bo‟lganligi tufayli formal-funksional tadqiq yo‟nalishda ishlab 

chiqilgan o‟zbek tili sintaksisining nazariy asoslari tayanch vazifasini o‟taydi. Dastavval 

bu nazariy asoslar nimadan iboratligini aniqlab olish lozim. O‟zbek tilshunosligida formal-

funksinal yo‟nalish tadqiq usullari, tayanch tushunchalarini aniqlab, bu sohadagi ilmiy 

ishlarni birma-bir tahlil qilib, bu tadqiq yo‟nalishining yaxlit ta‟limot darajasiga 

ko‟tarilganligini ilmiy asoslagan [54;] tilshunos – olima M.Qurbonova: “Hozirgi o‟zbek 




tilshunosligida tahlil usuli maqsadi, vazifasi, tayanch tushunchalariga ko‟ra o‟zaro 

farqlanuvchi uch xil sintaktik yo‟nalish mavjud”, - deb yozadi [47; 73]. Bu sintaktik 

yo‟nalishlarni quyidagicha tasniflaydi: 

1)  formal sintaksis yoki an‟anaviy sintaksis; 

2)  mazmuniy sintaksis; 

3)  formal-funksional sintaksis.  

O‟tgan asrning 20-yillarida shakllana boshlagan 60-70-yillarga kelib mantiqiy 

nihoyasiga yetgan formal sintaksis A.Shaxmatov, A.Peshkovskiy, V.Vinogradovlarning 

ilmiy qarashlariga asoslanadi. XX asrning 40-yillarida sintaksisni shakily-tavsifiy tahlil 

usullari asosida o‟rganish ham ilmiy , ham ijtimoiy an‟ana sifatida o‟zbek tilshunosligida 

qabul qilinib, 60-yillarga qadar davom ettirildi. Ushbu ta‟limot fanda buyuk tilshunos 

A.G‟ulomovning beqiyos xizmati o‟laroq yetuk ta‟limotga aylandi va uning nomi bilan 

tilshunoslik tarixida alohida o‟rin tutadi. A.G‟ulomovning “Hozirgi zamon. I bo‟lim. 

Sodda gap” (T., 1948), “Sodda gap” (T., 1955), “Hozirgi o‟zbek adabiy tili. Sintaksis” (T., 

1961, 1965, 1987) kabi darslik-u o‟quv qollanmalarida sintaktik birliklar, jumladan, SB 

lari ham shakily-tavsifiy (ya‟ni formal) nuqtayi nazardan tahlil qilindi.  

  Fanimizda o‟tgan asrning 70-80-yillarda shakllana boshlagan keyingi ikki 

yo‟nalish sistemaviy tahlil usuliga tayanadi. Sistemaviy tahlil usuli deganda yevropada XX 

asrning boshlarida struktural (lison va nutq differensiatsiyasiga asoslanuvchi) tahlil metodi 

tushuniladi[47;74]. 

Mazmuniy sintaksis structural tilshunoslikning bir yo‟nalishi bo‟lib, unda gapning 

mantiqiy bo;laklari va mazmuniy unsurlari izchil farqlanadi. A.Nurmonov, N. Mahmudov, 

A.Axmedov , S.Solixo‟jayevalarning “O‟zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (T., 1992) 

nomli o‟quv qo‟llanmasida gapning mazmuni murakkab va serqirra tuzilishiga egaligi 

asolab berildi. Demak, o‟zbek tilida sintaktik birliklarning semantik tahlil usullari va 

tayanch tushunchalarini shakllantirgan mazmuniy sintaksis mustaqil ta‟limot maqomiga 

erishgan. 

Sintaksis yo‟nalishlarini tavsiflashdan maqsad shuki, malakaviy-bitiruv ishida tadqiq 

manbayi sifatida tangan sifatli SB larining sintaktik qurilish qoliplari va ularning 

paradigmalarini uchinchi yo‟nalish – formal-funksional yo‟nalish, H.Ne‟matov ta‟biri bilan 

aytganda, substansial tadqiq usullari asosida aniqlash, tahlil qilish, davr talabiga 



muvofiqligini ta‟kidlashdir. Negaki, o‟zbek tilida SB larining formal-funksional tadqiqi  

muammosining tarkibiy qismi o‟laroq hokim a‟zosi sifat leksemalaridan iborat SB larining 

struktural tahlili o‟rganish obyektining tabiatiga mos lisoniy qurilishni tekshirishni taqazo 

etadi. Bu esa o‟z navbatida tahlilni formal-funksional sintaksisning tadqiq usullari asosida 

olib boorish zarurligini tasdiqlaydi.  

“Formal-funksional sintaksis ” atamasidan anglashiladiki, ma‟lum bir vazifaga 

xoslangan lingvistik shakllarni (yoki ma‟lum bir shaklda ifodalanishi mumkin bo‟lgan 

lisoniy mohiyat-imkoniyatlarni) tekshiradi. Shu sababdan bu tahlil usulida shakl va uning 

vazifasi, vazifa (ya‟ni mazmun) va uning shakli tushunchalari ajralmasdir [54; 47; 74]. Shu 

bilan birga, sintktik birliklarning ikki yoqlama ziddyatli xarakterga ega ekanligi, ularda 

lisoniy imkoniyatlar va nutqiynvoqelnishlarning farqlanishi dialektik mantiqiy umumiylik-

xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-oqibat kategoriyalari (UMIS 

vaYaHVO munosabati asosidagi tadqiq usullari) yordamida aniqlanadi. Boshqacha 

aytganda, formal-funksional talqinda lisoniy sintaktik birlik substansiallik omili asosida 

o‟rganiladi. 

Lisoniy birlikning substansial (zotiy) tabiati uning mohiyati “majmui asmo va sifot” 

(ismlar va belgilar yig‟indisi) ekanli, ya‟ni bevosita kuzatishda berilmagan bo‟lib, faqat 

moddiy voqelanishlar uchun asos bo‟la oladigan imkoniyatlar majmuasidan iborat 

ekanligida namoyon bo‟ladi [32; 8]. Substansial yondashuvda lisoniy birlik o‟zida barcha 

belgi va xususiyatlarni, jihat va munosabatlarni tashuvchi, bularga ega butunlik sifatida 

gavdalanadi. Shu jihatdan har bir lisoniy birlik o‟zbelgi-xususiyatlarining yaxlitligidan 

iborat muayyan butunlikka, tarkibiy qismlarga, imkoniyatlarga ega bo‟lgan o‟ziga xos 

tizimdir [54; 12]. 

Aytish joizki, zamonaviy tilshunoslik talab va ehtiyojlariga muvofiq ishnyuritilsa, 

SB larining shakliy-tavsifiy (formal-logik), mazmuniy (semantik) tahlilidan ko‟ra 

substansial (formal-fuksional ) talqini ko‟proq nazariy qiymatga egaligi bilan ustunlik 

qiladi. Zero til tizimini substansial yondashuvda o‟rganish o‟zbek tilining barcha lisoniy 

sathlariga tegishli bilimlarni ilmiy dunyoqarashning eng yuqori bosqichi – aqliy 

umumlashmalar shakllanuvchi idrok bosqichida birlashtirdi. Demak, ilmiy bilish 

jarayonida empirizmdan ratsionalizmga o‟tildi, pirovard natijada, ratsionalizm lingvistik 

nazariyalarni dunyoga keltrirdi. Ilmiy bilishning falsafiy gnoseologik asoslari buni to‟la 



to‟kis kafotlay olishiga to‟la to‟kis alohida dalil keltirishga zarurat yo‟q. shundayekan, 

mavzu va tadqiq manbayini ilg‟or sintaktik nazarayaning tahlil usullar asosida o‟rganish 

zamon talabidir. Tabiiyki, mazkur bobda sifat leksemalarining SB larida hokim a‟zo 

mavqeyida voqelanishi hamda sifatli SB larining lisoniy sintaktik qurilishini yoritish 

ko‟zda tutilgan bu esa dastavval hokim a‟zo mavqeyida sifatlar voqelashdigan SB larni 

ko‟zdan kechirishni hamda sifatli birikmalar guruhini belgilashni taqazo etadi. 

 

1.1.  HOKIM A‟ZOSI SIFAT BILAN IFODALANGAN SO‟Z BIRIKMALARI 



 

Ayonki, sifat predmetlarning belgi-xususiyatini bildirgan lug‟aviy birliklar turkumi 

va alohida olingan belgi ma‟noli leksemalarini nomlaydi. O‟zbek formal tilshunosligida 

olti mustaqil so‟z turkumidan biri sifat ekanligi o‟rta maktab darsligidanoq ma‟lum. 

Sifatning nutq bosqichidagi talqinidan farqli o‟laroq, substansial tilshunoslik so‟zlarni 

tasniflash masalasiga dialektik mantiqiy nuqtayi nazardan yondashdi. Substansial 

morfologiyada ilk bora so‟zlar serqirralik xususiyatlari asosida I.Madrahimov tomonidan 

ta‟riflandi[49]. Bu tasnifga ko‟ra, sifat ma‟noviy jihatdan “belgini nomlash orqali atovchi 

mustaqil leksemalar ” va morfologik prinsipga muvofiq “darajalanuvchi, o‟zgaruvchi 

so‟zlar “ turkumi sifatida belgilandi [49; 12-betdagi jadvalga qaralsin]. 

Sift predmetga xos belgi-xususiyatni bildirar ekan, uning lug‟aviy ma‟no 

imkoniyatlari mazkur turkumidagi so‟zlarning boshqa so‟zlar bilan birikuvida namoyon 

bo‟ladi‟ zero sifat leksemalari nutqda hech vaqt alohida yuzaga chiqmaydi. Ular asosan ot 

va fe‟l leksemalari bilan birikib, muayyan predmet, narsa-hodisa, harakat vaholatning belgi 

xususiyatini ifodalab keladi.  

Jumladan, katta ko‟cha, moviy osmon, shirin qovun, eski hovli, zamonaviy ko‟ylak, 

sermahsul ijod, nozik tuyg‟u, tez yurmoq, yaxshi yashamoq, soxta kulmoq, mufassal 

tasvirlamoq, ma‟yus qaramoq, sekin gapirmoq, benuqson yozmoq, jiddiy o‟ylamoq kabi 

SB larida sifatlar tobe a‟zo mavqeyida voqelangan. Mazkur birikmalarni ikki turga ajratish 

mumkin. Birinchi turdagi hosilalar, ya‟ni katta ko‟cha, moviy osmon, shirin qovun, eski 

hovli, go‟zal ayol, zamonaviy ko‟ylak, sermahsul ijod, nozik tuyg‟u birikmalarida sifatlar – 

“katta”, “moviy”, “shirin”, “eski”, “go‟zal”, “zamonaviy”, “sermahsul”, “nozik”, 

leksemalari predmet, narsa-hodisani nomlovchi leksemalar – “ko‟cha”, “osmon”, “qovun”, 



“hovli”, “ayol”, “ko‟ylak”, “ijod”, “tuyg‟u” ning u yoki bu belgi xususiyatini 

aniqlashtirganligi bois tobe vaziyatni egallaydi. Shuningdek, ikkinchi turdagi hosilalarda 

“yurmoq”, “yashamoq”, “kulmoq”, “tasvirlamoq”, “qaramoq”, “gapirmoq”, “yozmoq”, 

“o‟ylamoq” fe‟l leksemalari bilan bog‟langan “tez”, “yaxshi”, “soxta”, “mufassal”, 

“ma‟yus”, “sekin”, “benuqson”, “jiddiy” sifat leksemalari harakat va holatning muayyan 

belgi-xususiyatini bildirib,mazkur SB larida ham tobe mavqeyida reallashadi. Ko‟rinadiki, 

bu ikki turdagi hosilalar sifat leksemalarining tobe vaziyatini egallashi tufayli yuzaga 

keladi. Biroq hosilani bir-biridan farqlovchi jihat hokim vaziyatni egallagan 

leksemalarning ot va fe‟l turkumiga mansubligi bilan bog‟liq. 

Shuni alohoda ta‟kidlash lozimki, belgi-xususiyatni anglatish vazifasi (ma‟nosi) 

sifatning ot hamda fe‟l bilan sintaktik aloqaga kirishuvida yaqqollashadi. Demak, sifatning 

lug‟aviy ma‟nosi va semantik imkoniyatlari boshqa leksemalar bilan sintakmatik 

munosabatida ko‟zga tashlanadi.  

Ayni paytda, sifatga xos birikish imkponiyatlarini faqat bir tomonlama  - uning ot va 

fe‟lga tobelanishi misolida talqin etish mazkur leksemalarning sintaktik imkoniyatlarini 

cheklash bilan barobardir. Zotan, o‟zbek tilida “Odam temirdan qattiq, guldan nozik” 

gapida kuzatiganidek turli nutqiy shartsharoit bilan bog‟liq voqelanishlarda sifatning 

hokim a‟zo mavqeyida reallashishini ko‟rish mumkin. Bu hol, tabiiyki, sifatning sintaktik 

imkoniyatlarini ikkinchi tomondan, ya‟ni sintagmatik munosabatlarda hokimlik 

pozitsiyasini egallashi nuqtayi nazaridan o‟rganish zaruratini bildiradi. 

Modomiki, sifat nutqiy voqelikda goh tobe, goh hokim a‟zo mavqelarida reallasha 

olar ekan, unda bunday voqelanishlar qanday sababiyat oqibati o‟laroq yuzaga chiqadi? Sb 

larida sifatning tobe vaziyatda ham, hokim vaziyatda ham kela olishi qaysi lisoniy 

qonuniyatga muvofiq amalgam oshadi? Mantiqiy javob izlab, “umuman, so‟zlar boshqa 

so‟lar bilan qanday bog‟lanadi, bu bog‟lanishning mohiyatida nima yashiringan ?” degan 

navbatdagi savollarga ro‟baro‟ kelamiz. 

Barcha savollarning javobi lisoniy valentlik nazariyasi zaminidan izlanishi lozimligi 

haqidagi mulohaza ilmiy dalillarni oydinlashtirish sari yo‟l boshlaydi. Chunonchi, valentlik 

nazariyasiga ko‟ra til birligi (keng ma‟noda ) boshqa til birligini biriktirish va unga birikish 

qobiliyatiga ega til birligining (tor ma‟noda leksemaning ham ) birikish va biriktira olish 

qobiliyatlari bir butun holda birikuvchanlik imkoniyatida mujassamlashadi. So‟zlovchining 



nutqiy ehtiyoji tufayli bu imkoniyat qulay nutqiy vaziyatda voqelashadi. Birikuvchanlik 

(ayni paytda biriktiruvchanlik) imkoniyatlari barcha til birliklarida bo‟lganidek  

leksemalarda ham mavjud.  Demak, leksemalarga xos birikuvchanlik imkoniyatlari 

valenylik tushunchasida yaxlitlashadi. 

Valentlik tushunchasi funksional yoki dinamik sintaksis nazariyasi bilan bog‟liq 

holda yuzaga keldi. Funksional (dinamik) sintaksis kategorial (statik) sintaksisga qarama-

qarshi qo‟yiladi. Bu g‟oya fransuz tilshunosi L.Tener tomonidan 1934-yilda aytilgan 

[34;71]. 

“L. Tener o‟zining bu g‟oyalarini  rivojlantirib, 1953-yilda “structural sintyaksiz 

ocherki” (“Очерк структурального синтаксиса”) asarini yaratdi, bu asarda valentlik 

tushunchasi har tomonlama asoslab berildi”, - deb yozadi professor E.Qo‟chqortotev    

[34;71]. 

Turkiyshunos olim valentlikni sof sintaktik tushuncha emas balki semantik-

grammatik tushuncha deb hisoblaydi. So‟z valentligi uning gapda qanday bo‟lak bo‟lib 

kelishi bilan emas, so‟zning leksik-semantik xususiyatlari bilan belgilanishini ta‟kidlaydi. 

“Valentlikni o‟rganish birinchi navbatda, so‟z turkumlari xususiyatlarini o‟rganish 

demakdir” degan  xulosaga keladi. Bizningcha I.Qo‟chqortoyevning aynan shu xulosasi 

sifatning turli-tuman birikmalarda voqelanish sababiyatini ochish nuqtayi nazaridan 

ahamiyatlidir. Chunki sifatning goh tobe vaziyatda, goh hokim vaziyatda kelishi, ya‟ni SB 

lar tarkibida voqelashuvi valentlik xususiyatlariga bo‟g‟liq. Sifat leksemalarining valentlik 

xususyatlarini tahlil qilar ekanmiz, bu leksemalarning xususiy ma‟noviy va umumiy (sifat 

so‟z turkumiga xos) ma‟noviy imkoniyatlarini aniqlashga ega bo‟lamiz. Shuning uchun 

sifatning boshqa leksemalar bilan  sintagmatik munosabati valentlik nazariyasi ko‟magida 

tahlil qilinishi lozim. 

Jumladan, “so‟zning semantik valentligi so‟zga tegishli potensial semantik 

imkoniyat bo‟lib, uning leksik ma‟nosidan kelib chiqib, so‟zning boshqa til birliklaridan 

farqlanishi, alohidaligi, konkretligini ko‟rsatuvchi asosiy kriteriy sanaladi” [22;13]. Shu 

bois sifatning predmet, narsa-hodisa, harakat, holatning u yoki bu belgisini bildirishining ot 

va fe‟l bilan sintakmatik munosabat hosil qilishida kuzatish mumkin. 

Qiyoslang: 

Shirin qovun va sekin gapirmoq 



“shirin qovun ” SB sida “shirin” leksemasi o‟z lug‟aviy ma‟no strukturasida mavjud 

istemol qilinuvchi predmet, ya‟ni oziq-ovqat meva turiga xos maza-ta‟m belgisini 

ifodalash semasini qovun leksemaining lug‟aviy ma‟no tarkibidagi poliz mevasi (sabzovot 

turi) ni ifodalovchi semaga muvofiqlashtirganligi uchun voqelashadi. Aynan shu semasi 

asosida “shirin ” so‟zi “kulcha”, “non”, “taom”, “olma”, “anor”, “holva” kabi oziq-ovqat 

nomlari sirasidagi ot leksemalari bilan birika oladi. Tabiiyki, mazkur oziq-ovqat nomlari 

ham “qovun ” leksemasi kabi iste‟mol qilinuvchi taom yoki meva turini anglatish va 

muayyan maza-ta‟mga ega bo‟la olish semalarining talabiga ko‟ra “shirin” leksemasini 

biriktira oladi. “Shirin ” leksemasi o‟rnida “nordon”, “achchiq”, “taxir”, “chuchmal”, 

“chuchuk”, “sho‟r”, “bbemaza ” kabi sifatlardan mosini tanlab biriktirish imkoniyatiga 

egaligini ta‟kidlash kerak. Zero R>Rasulov buni valentlikning so‟z ma‟nolariga saylash va 

saylanish imkonini berishi bilan asoslaydi. “U saylash imkoniga egaligi bilan mustaqil 

bo‟ladi, so‟zlar orasidagi sintaktik aloqani ta‟minlaydi” ,- deb hisoblaydi olim [22; 13].  

Shunday birikish va biriktirish jarayoni “sekin gapirmoq” birikmasining 

shakllanishida ham kuzatiladi “Sekin” leksemasi ma‟no tarkibidagi harakat yoki holatning 

yuzaga chiqish tezligini va uning me‟yoriy darajadan past (kam) ekanligini ifodalovchi 

sema “gapirmoq” fe‟li tomonidan saylanadi, aksincha, u yoko bu harakat (holatga) ga xos 

tezlik vauning me‟yoriy darajasidan kamligini ifodalovchi sema ham harakat ma‟noli 

lug‟aviy birliklar turkumidan nutq fe‟llari LMG iga mansub “gapirmoq” so‟zidagi og‟zaki 

nutq harakatini ifodalash semasini saylab oladi. Oqibatda, tobe vaziyatdagi sifat (sekin) va 

hokim vaziyatdagi fe‟l (gapirmoq) orasida sintaktik aolqa hosil  bo‟lganligi “sekin 

gapirmoq”  SB si vujudaga kelganligidan dalolat beradi. 

Bugungi kunda tilshunoslikda quyidagi uch turi aniqlangan : 

1)  semantic valentlik (I.Qoochqortyev, R.Rasulov); 

2)  morfologik shakl valentligi (B.Mengliyev); 

3)  sintaktik valentlik (R.Rasulov) [qarang: 34, 22, 50]. 

           Bizningcha, valentlikning mazkur uch turi bir butun holda ichki imkoniyatlar 

sifatida so‟zda mujassamlashgan bo‟ladi. Valentlik nutq faoliyatida, so‟zlarning o‟zaro 

bog‟lanishida  yuzaga kelmaydi. R.Rasulov ta‟kidlaganidek,  “nutqgacha, ya‟ni tilda – til 

birligi sifatida so‟zda mavjud boladi, “yashaydi”, potensial imkoniyatlar tarzida saqlanadi” 

[22; 13]. Nutqda esa mazkur lisoniy imkoniyatlar harakatga keladi, namoyon boladiki, turli 



nutq birliklarida o‟zining aniq ifodasini topadi. Aytish joizki, valentlik bir tomondan jonli 

nutqni – so‟zlar orasidagi sintaktik aloqani, so‟zlarning birikuvini ta‟minlaydi, ikkinchi 

tomondan, valentlik so‟lar orasidagi sintaktik a‟loqada, so‟zlarning birikuvida reallashadi, 

ta‟sir qiluvchi “kuch” ga aylanadi [22;13]. 

             Demak, valentlik lisoniy imkoniyatlar, ya‟ni so‟ning ma‟noviy, morfologik ( 

Grammatik shakliga xos) sintaktik birikish imkoniyatlari majmuyi o‟laroq barcha sozlar 

kabi  sifatlarga ham nutqda turli sintakmatik munosabat hosil qilish uchun yetarlicha 

imkon  bera oladi.  

   

Sifat ot va fe‟llar bilan sintaktik aloqaga kirishar ekan, predmet va harakatning 



belgi xususiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Bu vazifa sifatning tobe vaziyatda 

voqelanishini belgilab beradi ammo sifatning valentligi va u orqali belgilangan 

birikuvchanlik imkoniyatlari mazkur leksimalarning faqat tobe a‟zo mavqeyida voqelanishi 

bilan chaegaralanmaydi. Sifat leksimalari “guldan nozik”, “temirdan qattiq”, “nondek 

aziz”, “moshdan yirik”, “osmon kabi bepoyon”, “husnda yagona”, “so‟zga chechan”, 

“pulga o‟ch” kabi nutqiy hosilalarda hokim a‟zo mavqeyida gavdalanadi. Ko‟rinadiki sifat 

nafaqat birikish, saylanish, balki biriktirish saylab olish imkoniyatiga ega bo‟lib bu 

imkoniyat sifatida potensial holda mavjud ma‟noviy morfologik va sintaktik 

valentliklarning ta‟sirida yuzaga chiqadi. 

   


Sifat leksimalarini predmet yoki harakatning muayyan belgisini aniqlash vazifasi 

tufayli tobelantirgan ot yoki fe‟lning ma‟nosini konkretlashtiradi. Qiyoslang: qovun – 

shirin qovun – bemaza – qovun (sifat+ot) 

gapirmoq – sekin gapirmoq – tez gapirmoq (sifat+fe‟l) 

   

Biroq sifat leksimalari anglatuvchi belgi ma‟nosi ham o‟z novbatida, sifat 



leksimalari tobelantiruvchi ot, sifatdosh, harakat nomi, taqlid, undov, son, olmosh, 

leksemalari tomonidan kankretlashtiriladi. Natijada turli ma‟noviy munosabatlarni 

ifodalovchi sifatli birikmalar hosil bo‟ladi. Mazkur birikmalarda sifat hokim mavqeyida 

voqelashib, o‟z lug‟aviy ma‟nosi, Grammatik shakli va sintaktik pozitsiyasini tobelanuvchi 

so‟z yordamida aniqlashtiradi, qiyoslang:  

Guldan nozik (ot+sifat) 

Osmon kabi bepoyon (ot+sifat) 

Oluvchidan ko‟p (sifatdosh+sifat) 




Eshitmoqdan avzal (harakat nomi+sifat) 

Gum-gumdan uzoq (taqlid+sifat) 

Raxmatga zor (undov+sifat) 

Yuzdan kichik (son+sifat) 

O‟ziday chaqqon (olmosh+sifat) 

   


Sifatning ma‟noviy, marfologik va sintaktik valentlikdagi unga tobelantirish, 

saylash huquqini bergani boyiz ot, sifatdosh, harakat nomi, taqlid, undov, son, olmosh 

leksemalari kelishik ko‟makchi va o‟xshatish shakli (ko‟rsatkichi) yordamida sifat 

leksemalariga tobelanadi. Tobelanuvchi so‟zlar hokim a‟zo mavqeyidagi sifatlar 

ifodalayotgan belgi ma‟nosini boshqa predmet, narsa, hodisa, harakat va holat bilan 

qiyoslaydi. Demak, hokim vaziyatda reallashgan sifatlar tobe vaziyatni egallagan ot, 

sifatdosh, harakat nomi, taqlid, undov, son, olmoshlarni boshqari, qiyoslash, chog‟ishtirish 

ma‟noviy munosabatlarini shakllantiradi.  

            Bunday hokim a‟zo lug‟aviy asosidan anglashilgan belgi ma‟nosi qiyoslanayotgan 

SB lari nutq bosqichida atroflicha o‟rganilgan. Chunonchi, SB lari komponentlarining 

Grammatik tabiatiga ko‟ra tasnifida [16; 166] , ya‟ni: 

1)  otli birikmalar; 

2)  fe‟lli birikmalar; 

3)  ravishli birikmalar; 

4)  modal so‟zli birikmalar sirasida alohoda; 

5)  sifatli birikmalar tarzida ajratilgan. 

         Biroq A.G‟ulomov va M.Asqarova SB si tarkibidagi hokim komponentning qaysi 

so‟z turkumiga kirishiga qarab, uch xil birikmani, jumladan, otli birikma, fe‟lli va ravishli 

birikmalar farqlangada [37; 27] hokim vaziyatda sifat vooqelashgan birikmalarning 

“ot+ravish” birikuviga kiritishgan .mualliflar “ravishli birirkma ” deb baholagan “ovozdan 

tez” va “o‟qdan tez” SB larida “tez” sifati ravish turkumiga tegishli so‟z sifatida talqin 

etilganligi bois, aslida, sifatli birikmalar “ravishli birikma” deb xulosalangan. 

   

Buning sababi ravish turkumining leksik grammatik jihatdan noaniq, ziddiyatli 



tadqiqida bo‟lib, hozirgi kunda so‟z turkumlarining substansial tahlili tufayli o‟zbek tilini 

maktabda o‟qiyotgan o‟quvchilardan tortib, ona tilimizni xorijiy til sifatida 

o‟zlashtirayotganlarga qadar – barchaga “tez”, “oz”, “ko‟p”, “kam” so‟zlari 



darajalanuvchanligi demak, sifat ekanligi, aksincha ravishlar darajalana olmasligi, 

umuman, morfologik jihatdan o‟zgarmas so‟zlar [6] ma‟lumdir. Shunday ekan, “mazkur 

mualliflar ravishli birikmalar turini tasniflayotganda SB lari orasida otli va fe‟lli birikmalar 

kabi salmoqli o‟rin tutgan sifatli birikmalarni nazarda tutishgan” , desak xato bo‟lmas. Bu 

mulohazani bildirishdan maqsad shuki, ovozdan tez, o‟qdan tez singarisifatli so‟z 

birikmalini har bir bobda bo‟limlararo izchillikda tahlil qilib ularning o‟zbek tili lisoniy 

sintaksisi va nutqiy uslubiy qo‟llanishda tutgan salmoqli o‟rnini ko‟rsatishdir. 

   


Darhaqiqat, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlarning tasnifida tavsiflanganidek 

“bu tip SB larining hokim bo‟lagi sifat bilan ifodalanib, komponentlari boshqaruv yo‟li 

bilan birikadi” [16; 167]. Demak, formol sintaksisda sifatli birikmalar atamasi ostida 

hokim bo‟lagi (HB) sifat leksemalari bilan ifodalangan SB lari tushinilgan. Hozirgi kunda 

ham formal-funksional sintaksisda SB lari o‟z tarkibidagi hokim a‟zoning qaysi so‟z 

turkumiga kirishiga qarab ikki, ya‟ni : 

1)  ismli birikmalar (hokim a‟zosi ot, sifat, son, olmosh, turkumlariga tegishli 

so‟zlar bilan ifodalangan SB lari ); 

2)  fe‟lli birikmalar (hoikim a‟zo fe]l bilan ifodalangan SB lari ) ko‟rinishida 

bo‟lishi e‟tirof etilgan [25; 43-44]. 

                       Anglashiladiki, formal-funksional sintaksisda sifatli birikmalar ismli birikmalar 

tarkibiga kiritilgan. Sifatli birikmalar otli birikmalar kabi ismli birikmalar umumiyligiga 

birlashtirilgan. Shunday ekan, ismli birikmalarning xususiy ko‟rinishi o‟laroq sifatli 

birikmalar, o‟z navbatida, qanday lisoniy sintaktik qurilish xususiyatlari, demakki, qurilish 

qoliplari bilan boshqa SB laridan farq qiladi? Hokim a‟zosi sifatlardan  iborat SB lari o‟z 

ichida qanday ma‟noviy guruhlarni qamrab olgan ? Bu kabi savollarga javoblarni izlash 

mantiqan keyingi bo‟limni yoritishni belgilaydi. 

                           

1.2.  SIFATLI BIRIKMALARNING QURILISH QOLIPLARI. 

 

Nutqimizda “guldan nozik”, “no‟xatdan kichik”, “moshdan yirik”, “itdan past”, 



“otdan baland”, “nurdan tez”, ”oydan go‟zal “, “toshdan qattiq”, “jondan aziz”, “shahardan 

katta”, “sirga to‟la”, “go‟zallikka asir”, “pulga o‟ch”, “so‟zga chechan”, “oltinga boy”, 

“ko‟ngilga yaqin”, “yordamga muhtoj”, “husnda tengsiz”, “olamda mahhur”, “go‟zallikda 



yagona”, “qalbda yashirin”, “guldek nozik // gulday nozik”, “qordek oppoq // qorday 

oppoq”, “nondek aziz // noonday aziz”, “aslday shirin // asaldek shirin”, “oy kabi // singari 

// yanglig‟ // misoli yolg‟iz” , “samo kabi // singari // yanglig‟ // misoli bepoyon”, “qal‟a 

kabi // singari // yanglig‟ // misoli mustahkam”, “dengiz kabi // singari // misoli // yanglig‟ 

sokin” birikmalari uchraydi.  

Bu SB larning barchasida hokim a‟zo, ya‟ni tobe bo‟lak (TB) dan keyingi 

pozitsiyani egallagan ma‟nosi aniqlanayotgan, to‟ldirilayotgan va izohlanayotgan so‟z sifat 

turkumiga tegishli bu jihatdan mazkur SB lari hokim bo‟lagi (HB) ning sifat leksemari 

bilan ifodalanishiga ko‟ra sifatli birikmalar hisoblanishi (yuqorida tahlil etilgani uchun ) 

isbot talab etmaydi. Ammo sanab o‟tilgan sifatli birikmalarning farqli xususiyatlari ularni 

bir-biridan ajratish hamda guruhlashni taqazo etadi. 

Negaki, “guldan nozik”, “no‟xatdan kichik”, “moshdan yirik”, “itdan past”, “otdan 

baland”, “nurdan tez”, “oydan go‟zal “, “toshdan qattiq”, “jondan aziz”, “shahardan katta” 

kabi SB larida TB mavqeyida yuzaga chiqqan ot leksemalari HB mavqeyidagi sifat 

leksemalariga chiqish kelishigi [-dan] vositasida bog;langan demak, mazkur birikmalarda 

HB mavqeyidagi sifat TB mavqeyidagi otni chiqish kelishigi yordamida boshqaradi. Nutq 

sintaksisida bu tobelanishning boshqaruv usuliga xos bo‟li o‟zbek tili formal 

grammatikasiga oid ilmiy va o‟quv-usuliy adabiyotlarda keng hamda mufassal sharhlangan 

sifat boshqaruvining bir ko‟rinishi hisoblanadi [16;, 37, 29, 4]. 

Taniqli olim F.Abdullayev “So‟zlar o‟zaro qanday bog‟lanadi?” risolasida sifaq 

boshqaruvi haqida shunday yozadi: “Siastlar jo‟nalish, chiqish, o‟rin-payt kelishiklardagi 

so‟zlarni 9ot, olmosh yoki otlashgan so‟zlarni ) boshqarib keladi… o‟zbek tilida sifat 

boshqaruvida yuzaga kelgan birikmalarning ko‟pchiligi tobe muchasi ( ya‟ni a‟zosi, 

bo‟lagi – izoh bizniki) jo‟nalish kelishigi formasida bo‟lgan konstruksiyalar tashkil qiladi 

[4; 34]. 

F.Abdullayevning ta‟kidlashicha, belgini qiyoslab ko‟rsatish xususiyatiga ega 

bo‟lgan barcha sifatlar chiqish kelishigidagi so‟zni boshqara oladi [4; 38]. Tabiiyki, barcha 

sifat leksemalari chiqish kelishigidagi ot leksemalarini boshqarayotganda o‟z ma‟no 

tarkibidan ajralib chiqqan leksemaning muayyan obyektiga nisbatan qiyoslanishi yoki 

chog‟iishtirilishini bildiradi. Shu bois TB mavqeyidagi so‟ (aksariyat hollarda otlar ) ning 

chiqish kelihigida shakllanishini talab etadi. Bu eas chiqish kelishigining lisoniy-



morfologik tabiatidan kelib chiqadi. Sifatning chiqish kelishigidagi otlar bilan birikuvidan 

hosil bo‟ladigan SBlarining lisoniy-sintaktik qurilishi va ma‟noviy xususiyatlarini bu xil 

SB larining guruhlarini aniqlagach, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun 

hozircha yuqorida tavsiflangan birikmalarni [ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB lari tarzida 

umumlashtira olamiz va guruhlarni ajratishni davom ettiramiz. Demak, sifatli birikmalar 

tarkibidagi birinchi guruhni “[ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB lari deb nomlash mumkin.  

Ayni paytda, bilmga tashna, sirga to‟la, go‟zallikka asir, pulga o‟ch, so‟zga chechan, 

yordamga muhtoj kabi nutqiy hosilalarda HB mavqeyidagi sifatlar TB mavqeyidagi otlarni 

jo‟nalish kelishigi yordamida tobelantirishiga qiqqat qilaylik. Bunda ham HB mavqeyidagi 

sifatning otlarni boshqaruvi hodisasi ko‟zga tashlanadi. Endi sifat otni jo‟nalish kelishigi 

ko‟magida boshqaradi. Jo‟nalish kelishigi ko‟rsatkichi bilan shakllangan otlarni boshqarish 

sifat boshqaruviga xos yana bir xususiyat bo‟;lib, o‟zbek tilida bunday birikmalar juda 

ko‟p qo‟llanish imkoniyatiga ega. Biroq F.Abdullayevning “Semantika talabiga ko‟ra o‟rin 

va chiqish kelishiklarini boshqarib keluvchi sifatlar jo‟nalish kelishigi formasiga nisbatan 

ancha kam uchraydi” [4; 34] degan xulosasiga qo‟shila olmaymiz.  Negaki, jo‟nalish 

kelishigidagi otlarni ham, chiqish yoki o‟rin payt kelishigidagi otlarni ham sifatlar 

so‟zlovchining shunday SB lariga bo‟lgan ehtiyoji tufayli boshqaradi. Bu esa mazkur SB 

larining ko‟p yoki kam qollanilishi nutqiy ehtiyoj va nutqiy vaziyatga bog‟liqligini 

ko‟rsatadi. Sanab o‟tilgan omillar qatorida nutqiy voqelikning cheksizligi ham inobatga 

olinishini unutmaslik lozim. 

Shunday qilib, jo;nalish kelishigi shaklidagi otlar va sifatlardan tuzilgan birikmalarni 

[ot +[-ga] ~ sifat] qurilmali SB lari tarzida umumlashtirish mumkin. Demak, sifatli 

birikmalar tarkibidagi ikkinchi guruh [ot+[-ga] ~ sifat] qurilmali SB lar deb nomlanadi. 

 Hokim a‟zo mavqeyida reallashgan sifatlarni “husnda tengsiz”, “olamda mashhur”, 

“go‟zallikda yagona”, “qalbda yashrin”, “elda aziz”, “zavodda ilg‟or” kabi hosilalarda 

kuzatish mumkin. Bunday nutqiy hosillarda sifatlar o‟rin-payt kelishigidagi otlarni 

boshqarib keladi. Sifatning o‟rin-payt kelishigidagi otlarni boshqarishi sifat boshqaruviga 

xos yana bir xususiyat bo‟lib, bu birikmalar [ot+[-da] ~ sifat ] qurilmasiga ega. O‟rin payt 

kelishigidagi otlarni tobelantiruvchi sifatli birikmalarni umumlashtirib, [ot+[-da] ~ sifat ] 

qurilmali SB lar deb nomlash  mumkin. Bu o‟z navbatida, sifatli birikmalarning uchinchi 

guruhi sifatida ajratiladi.  



HB sifat bilan ifodalangan SB lari sirasida “nondek // nonday // non kabi // non 

singari aziz”, “samodek // samoday // kabi // singari // misoli // yanglig‟ bepoyon”, 

“qal‟adek // qal‟aday // kabi // singari // misoli // yanglig‟ mustahkam” (v.h.) birikmalari 

mavjud. Mazkur birikmalrda TB mavqeyida voqelanuvchi otlar [-dek // -day] o‟xshatish 

shaklida, kabi // singari // misoli // yanglig‟ ko‟makchilari vositasida HB mavqeyidagi 

sifatlarg tobelanadi. Sanab o‟tilgan vositalar – [-dek // -day] shakli va ko‟makchilarda 

o‟xshatish, qiyoslash kabi grammatik  ma‟no mujassam. Shuning uchun mazkur 

morfologik vositalar bir-biri bilan almashinib, ayni paytda, parallel qo‟llana oladi. Buning 

to‟liq tahlili va tavsifi bitiruv ishining keyingi bobida beriladi. O‟z navbatida, mazkur SB 

larining hosil bo‟lish usulini boshqaruv usuliga tenglashtirib bo‟lmaydi. Zero boshqaruv 

usulida TB mavqeyidagi so‟z kelishik yoki ko‟makchi vositasida HB mavqeyidagi so‟zga 

tobelanadi [37, 29, 4, 25]. Boshqacha aytganda, boshqaruvda, xususan, sifat boshqaruvida 

ham boshqariluvchi so‟z (ot) kelishik yoki shu kelishikka ma‟nodosh ko‟makchi shaklida 

bo‟lishi kerak. Shunga ko‟ra kelishikli boshqaruv, ko‟makchili boshqaruvga ajratish 

an‟anasi mavjud. So‟nggi yillarda bu an‟ana “ravishdoshli boshqaruv”, “sifatdoshli 

boshqaruv” ko‟rinishlari bilan to‟ldirilib, davom ettirilayotganligini ta‟kidlash lozim [25; 

38]. Biroq [-dek // -day] kelishik kategoriyasi tarkibidan o‟rin olmagan va unga 

ma‟nodoshlik kasb etgan kabi // singari // yanglig‟ // misoli ko‟makchilari ham kelishik 

paradigmasi a‟zolarini almashtira olmaydi. Tabiiyki, bu morfologik vositalar yordamida 

shakllangan  tobelanish usuli boshqaruvning mohiyatiga mos kelmaydi. Ayni chog‟da, 

tavsiflanayotgan tobelanish usulini bitishuv yoxud moslashuv usuli deb baholash mushkul. 

Ma‟lum boladiki, “SB lari nutq bosqichida har tomonlama o‟rganilgan” degan xulosa 

nisbiy bo‟lib, hali SB larining fahmiy (empirik) bilish bosqichidagi tavsifi va tahlili 

nihoyasiga yetmagan.  

Ayni paytda, hokim a‟zo mavqeyidagi sifatlarga [-dek // -day] shakli, kabi // singari 

// misoli // yanglig‟ ko‟makchilari vositasida birikkan otlar sifatli birikmalarning o‟ziga xos 

turini belgilaydi. Bu turdagi SB larni [ot+[-day // -dek // ko‟makchi ~ sifat] qurilishli SB 

lari tarzida umumlashtira olamiz. Binobarin bu sifatli birikmalarning 4-turi hisoblanadi.  

Shunday qilib hokim a‟zosi sifat leksemaridan tuzilgan SB lari to‟rtta guruh asosida 

birlashadi. Sifatli birikmalarning turlari quyidagi to‟rt guruhida o‟z aksini topadi: 

1-guruh: [ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB lari. 



2-guruh: [ot+[-ga] ~ sifat] qurilmali SB lari. 

3-guruh: [ot+[-da] ~ sifat ]qurilmali SB lari. 

4-guruh: [ot+[-day // dek] // ko‟makchi ~ sifat] qurimali SB lari  

Nutqiy sintaktik birliklar sifatida bevosita kuzatishda berilgan, sezgi a‟zolarimizga 

ta‟sir qiladigan o‟qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo‟lgan muayyan SB lar 

tushuniladi. Biz tadqiq manbayi sifatida tanlagan sifatli birikmalar ham ana shunday 

xususiyatlarga ega bo‟lgan nutqiy sintaktik birliklardir. Biroq substansial tadqiq natijasida 

lisoniy-sintaktik birliklar, ya‟ni muayyan SB va gaplarni hosil qiluvchi qoliplar ajratildi. 

Lisoniy bosqichda sintaksisning  tadqiq manbayi SB va gaplarni yuzaga keltiruvchi lisoniy 

sintaktik qolip LSQ lar ekanligi ma‟lum bo‟ldi [17,19, 4, 51, 25, 54]. 

Sintaksisning tadqiq manbayi SB va gap ekanligi tilshunoslikda bir necha asrdan 

buyon tan olinadi. Substansial sintakis ham shu asosiy g‟oyag atayanadi. Lekin substansial 

sintaksisda lison-nutq qarama-qarshiligiga izchil amal qilinganligi sababli moddiy shaklda 

voqelangan SB lari va gaplar nutqiy sath birliklari sanaladi. O‟z-o‟zidan anglashiladiki, 

substansial sintaksis lison sathida faqat SB va gaplarning qurilish chizmalarini,qoliplarini 

qoldiradi. Demak, nutqda voqelanish imkonoyatiga ega bo‟lgan SB va gaplarning LSQ lari 

substansial sintsksisning tadqiq manbayidir [19; 19].  

Bizning ongimizda, ya‟ni lison sathida so‟zlash, nutqni shakllantirish uchun xilma-

xil maqsadlarga xizmat qiluvchi, leksemalarini SB sifatida bog‟lash, leksema yoki SB 

larga gap shaklini berish qoliplari bor [19;6]. 

“LSQ lar bilan SB va gaplar orasida umumiylik-xususiylik dialektikasi mavjud. LSQ 

lar bizning ongimizdagi yuksak darajadagi umumiylik bo‟lib, ular ongimizda imkoniyat 

sifatda yashaydi”, - deya ta‟kidlaydi tilshunos M.Qurbonova [32; 12]. Shu bilan birga LSQ 

lar lisoniy birlik mavqeyioda bo‟lganligi uchun bevosita kuzatishda berilmaydi. Ularni 

empirik  (hissiy) bilish bosqichida o‟rganib, ya‟ni ko‟rib, ushlab yoki eshitib bo‟lmaydi. 

LSQ lar fonema, morfema, leksema kabi ratsional (aqliy) bilish bosqichida idrokiy usl 

bilan tasavvur qilinadi. Shunday ekan, nutqiy voqelikda xilma xil ma‟naviy xususiyatlarni 

yuzaga chiqaruvchi sifatli birikmalar qanday LSQ asosida hosil bo‟ladi?  

Chunonchi, guldan nozik, no‟xatdan kichik, itdan past, temirdan qattiq kabi SB 

larining qurilish qolipini aniqlamoqchi bo‟lsak, shu turdagi barcha SB larni tasavvurimizda 




to‟plab, ulardagi umumiy jihatlarni ajratamiz. Buni bosqichma-bosqich chizma yordamida 

amalgam oshiramiz. 

                                 

 

I BOSQICH 



Gul [o‟simlik nomi] 

No‟xat [donli mahsulot nomi]                                           [aniq ot ] + [-dan] 

It [hayvon nomi]                                                                [ot] + [-dan] 

Temir [ma‟dan] 

 

Chizmadan ko‟rinib turibdiki, I bosqichda TB mavqeyida voqelashgan “ guldan”, 



“no‟xatdan”, “itdan”, “temirdan” so‟zlari leksik morfologik jihatdan umumiy belgiga, 

ya‟ni aniq otga mansuligiga ko‟ra birlashadi. Aniq  ot ot so‟z turkumiga kiruvchi lug‟aviy-

ma‟noviy guruh bo‟lgaligi uchu ularni [ot ]+[-dan] shaklida umumlashtira olmiz.  

                   

 

                                       II BOSQICH 



Nozik [xususiyat] 

Kichik [hajm-o‟lchov] 

Past [shakl-ko‟rinish]                                                   [SIFAT] 

Qattiq [xususiyat] 

 

 

II bosqichda HB mavqeyidagi “nozik”, “kichik”, “past”, “qattiq” so‟zlari sifat so‟z 



turkumiga mansublik belgisiga ko‟ra birlashadi. HB [sifat] ko‟rinishini oladi. Natijada, 

[ot]+[-dan] ~ sifat] munosabatini ifodalovchi shakl hosil bo‟ladi.  

  SB larning umumlisoniy qolipi [TB~HB] = SB ko‟rinishida bo‟lishini, ammo 

muayyan tilda SB larni hosil qiluvchi sintaktik qurilish qolipi aniq sintaktik shakl va 

mazmun birligidan tashkil topganligini inobatga olishimiz kerak. Shuga ko‟ra, yuqorida 

tavsiflangan chiqish kelishigidagi ot va sifat birikuvini [TB~HB] = SB qolipiga muvofiq 

quyidagi ko‟rinishda ifodalay olamiz:  



  [ot 

ch.k


~sifat] = SB  

LSQ shakl va mazmun tomonlariga ega. LSQ ning shyakliy tomoni haqida fikr 

yuritar ekanmiz, bu o‟rinda ikki xil umumiy (lisoniy) shaklni va xususiy (nutqiy) shaklni 

farqlash lozim [19:14]. Manbalarida LSQ tub mohiyati bilan riyoziy tenglamaga 

o‟sshashligi haqida ma‟lumot berilgan [19:25:32]. LSQ tenglama kabi ikki qismdan iborat, 

tenglik belgisidan chap tomon va bu belgidan o‟ng tomon. Shu kihatdan yondashganda 

chiqish kelishigidagi otlarning sifatlar bilan birikuvi [O 

ch.k


~Sf] shaklida o‟z aksini topadi 

va qolipning chap tomonida joylashadi. Tenglik belgisidan o‟ng tomonda esa mazkur 

birikuvning natijasi bo‟lgan nutqiy hosila – SB ramzi ifodalanadi. Demak, [O 

ch.k


~Sf] = SB 

qolipida [O 

ch.k

~Sf] xususiy shakli faqat chiqish kelishigidagi ot va sifat orasidagi sintaktik 



munosabatni umumlashtirsa, Sb ramzi mazkurmunosabat asosida kelib chiqadigan 

sintaktik ma‟noni mujassamlashtiradi. Muhimi, bu sintaktik ma‟no [O 

ch.k

] ~ Sf] 


birikuvidan hosil bo‟lgan SB larni boshqa sifatli birikmalar turlaridan farqlaydi. Chunki 

mazkur birikuvdan qiyoslashlar, chog‟ishtirish ma‟noli SB lari vujudga keladi. Shunga 

ko‟ra qolip yanada aniqroq ko‟rinishni oladi: 

  [O 


ch.k

] ~ Sf] = [qiyoslash] SB. Bu qolip chiqish kelishigidagim otlar va sifatlarning 

o‟zaro birikuvidan hosil bo‟lgan qiyoslash va chog‟ishtirish ma‟noli Sb larning qurilish 

qolipidir [O 

ch.k

] ~ Sf] = [qiyoslash] SB qolipi guldan nozik, no‟xatdan kichik, temirdan 



qattiq tipidagi ko‟plab nutqiy hosilalarning hosil bo‟lishini leksik – morfologik jihatdan 

umumlashtiradi. Biroq bu qolip sifatli birikmalarning barcha turlari uchun umumiy LSQi 

bo‟la olmaydi. Chunki qolipda [O 

ch.k


], yoki TB mavqeyida faqat chiqish kelishikli otlar 

voqelanishini va ular qiyoslash predmetini anglatadi. Bu esa o‟z novbatida mazkur qolip 

nutqiy hosilalar va LSQ oralig‟ida joylashgan oraliq shakllardan biri ekanligini ko‟rsatadi. 

Negaki, nutqimizda qiyoslash obyktini ifodalab, TB mavqeyida reallashuvchi son, sifat, 

sifatdosh, harakat nomi, undov, taqlid, olmoshlarning  sifatlar bilan bikuvidan vujudga 

keladigan SB larining sintaktik qurilishini leksik-morfologik jihatdan umumlashtiruvchi 

oraliq shakllar anchagina. Bu oraliq shakllarni nutqiy hosilalari asosida keltirib chiqarish 

qiyin emas. Lekin bitiruv ishimizda hokim a‟zo sifatdan va tobe a‟zosi otdan iborat SB 

larini tahlil qilishni maqsad qilganligimiz bois TB mavqeyida son, sifat, sifatdosh, harakat 

nomi, taqlid, undov, olmoshlar voqelashuvchi sifatli birikmalarning lisoniy-sintaktik 

qurilishi masalasini e‟tibordan chetda qoldirishga majbuurmiz. Zero masala o‟z mohoyat 



e‟tibori bilan alohida tadqiq etilishiga loyiq va bizningcha, boshqa ilmiy tadqiqotlar olib 

borish uchun yetarlicha imkon bera oladi . demak, [O 

ch.k

 ~ Sf ] = SB qolipi lison-nutq 



qarama-qarshiligida eng quyi bosqich – muayyan nutqiy hosila (guldan nozik, no‟xatdan 

kichik v.h) va mazkur sintaktik qurilishni umumlashtiruvchi LSQ ( [Ism 

 m.v

 ~ Ism] = Sb) 



oralig‟ida faqat chiqish kelishigidagi otlar hamda sifatlarning birikish tarzini, ayni paytda, 

bu birikuvning mahsulini ixchamgina ifodalovchi oraliq shakl sifatida joylashadi. Negaki, 

mazkur qolip qiyoslash / chog‟ishtirish / o‟xshatish ma‟noli SB larini cheksiz miqdorda 

voqelantira oladigan va lisoniy-sintaktik sathning eng yuqori bosqichida turgan [Ism 

m. v

 ~ 


Ism] = Sb LSQ sidan quyi bosqichda, aksincha, o‟z hosolalariga nisbatan yuqori bosqichda 

o‟rin oladi. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, [Ism 

m.v

 ~ Ism] = SB LSQ si o‟zbek tili 



structural sintaksisida o‟z yechimini kutayotgan SB larining formal-funksional tadqiqi 

muammosi bilan bevosita aloqador bo‟lganligi bois hozirgi kungacha yetarlicha ilmiy 

asoslanmagan shuning uchun bitiruv ishida sifatli birikmalar lisoniy-sintaktik ierarxiyasida 

[Ism 


m.v

 ~ Ism ] = SB LSQ iga egaligini va [O 

ch.k

  ~ Sf ] = SB qolipi uning xususiy shakli 



ekanligini ta‟kidlash bilan cheklanamiz. 

Maqsadimiz – sifatli birikmalarning  [O 

ch.k

 ~ Sf] = [qiyoslash] SB qolipi sirasida 



o‟rin oladigan oraliq shakllarni aniqlash. Shunday ekan, yuqorida sifatli SB larining biz 

ajratgan guruhlari asosida quyidagi oraliq shakllarni keltiri chiqarish mumkin: 

1. [Ot+[-dan] ~ sifat] qurilmali SB larining qolipi: [O 

ch.k


 ~ Sf] = [qiyoslash] SB . 

2. [Ot+[-ga] ~ sifat] qurilmali SB larining qolipi: [O 

j.k 

 ~ Sf]= [qiyoslash] SB. 



3. [Ot+[-da] ~ sifat] qurilmali SB lar qolipi: [O 

o‟.-p.k


 ~ Sf] = [qiyoslash] SB. 

4. [Ot+[-dek // -day // ko‟makchi] ~ sifat] qurilmali SB lari qolipi: [O 

o‟xsh.

 ~ Sf] = 



[o‟xshatish] SB. 

Ko‟rinib turibdiki, TB ot leksemalaridan iborat sifatli birikmarning to‟rt guruhi 

asosida kelib chiqadigan to‟rt oraliq shakli mavjud. Bular:  

1.  [O 


ch.k

 ~ Sf] = [qiyoshlash] SB qolipi. 

2.  [O 

j.k


 ~ Sf] = [qiyoshlash] SB qolipi. 

3.  [O 


o‟.-p.k

 ~ Sf] = [qiyoshlash] SB qolipi. 

4.  [O 

o‟xsh


 ~ Sf] = [o‟xshatish] SB qolipi.

 

O‟z navbatida, berilgan qoliplar ma‟lum bir o‟xshash va farqli belgilariga egaligini 



ta‟kidlash lozim. Bu qoliplardagi o‟xshashlik tobe a‟zoning ot turkumiga mansubligi, 


asosan kelishik ko‟rsatkichi bilan shakllanganligi ([O 

ch.k


], [O 

j.k


], [O

o‟.-p.k


]) hamda 

qiyoslash, o‟xshatish ma‟noli SB larini hosil qilishda ko‟zga tashlanadi. Bu o‟xshashlik, 

birinchi, ikkinchi, uchinchi qoliplarni umumlashtirishga imkon beradi 

 

            [O 



ch.k  

~ Sf]                   [O 

j.k 

 ~ Sf]                   [O 



o‟-.p.k 

 ~ Sf] 


               

 

                                            [O 



k.k

 ~ Sf] = SB 

 

Chizmadan  ma‟lumki, [O 



k.k

 ~ Sf] = SB qolipidagi [O 

k.k

] qismi qoliplarning TB 



ko‟rinishlarini o‟z ichiga qamrab oladi. Shuning uchun yuqoridagi birinchi, ikkinchi va 

uchinchi qoliplarni bitta umumiy ko‟rinish orqali ifodalash mumkin. Natijada, ikki a‟zoli 

paradigma hosil bo‟ladi: 

1.[O 


k.k

 ~ Sf] = [qiyoshlash] SB . 

2.[O 

o‟xsh


 ~ Sf] = [o‟xshatish] SB. 

 

 



             

Berilgan  paradigmaning  1-a‟zosi,  yani  [  O 

k.k

     


Sf

 

]  =  [qiyoslash]  SB  qolipi  TB 



kelishik ( chiqish, jo‟nalish, o‟rin-payt ) ko‟rsatkichi bilan shakllangan otlardan iboratligi 

va qiyoslash ma‟noli SB larni voqelantirish

  

kabi belgilariga ko‟ra keyingisidan farq qiladi. 



Shunga ko‟ra 1-a‟zo 2-a‟zo bilan ziddiyatga kirishadi. Paradigmaning 2-a‟zosi mavqeyida 

turgan [O 

o‟xsh.

  

~ Sf ] = [o‟xshatish] SB qolipi esa TBning o‟xshatish grammatik ma‟nosini 



ifodalovchi  morfologik  vositalar,  ya‟ni  [-dek  //  -day],  kabi  //  singari  (v.h)  ko‟makchilar 

bilan  shakllangan  otlardan  tuzilganligi  va  o‟xshatish  (chog‟ishtirish)  ma‟noli  SB  larini 

yuzaga  chiqarishi  kabi  farqlovchi  belgilari  asosida  birinchi  a‟zo  bilan  ziddiyatni  hosil 

qiladi. Mazkur sintaktik paradigma a‟zolari sintaktik birikuvning lug‟aviy, morfologik va 

ma‟noviy  xususiyatlari  asosida  ziddiyatga  kirishsa  ham,  qiyoslash,  o‟xshatish  ma‟nosini  

bildiruvchi sifatli birikmalarni voqelantirishiga ko‟ra birlashadi. Natijada, [ O 

k.k

   


~ Sf ] = 

[qiyoslash] SB va [ O 

o‟xsh.

  ~ 


Sf ] = [o‟xshatish] SB orasida lisoniy paradigmatik munosabat 

mavjudligi tasdiqlanadi. Demak, o‟zbek tili sintaktik sathida sifatli birikmalarning lisoniy 

qurilishiga  xos  TB  ot  leksemalari  bilan  ifodalanuvchi  bir  turini,  shuningdek,  sifatli 

birikmalarning xilma-xil variantlarini birini umumlashtiruvchi [ O 

k.k

  

~ Sf ] = [qiyoslash] 




va  [  O 

o‟xsh.


  ~  Sf  ]  =  [o‟xshatish]  SB  qoliplari  alohida  o‟rniga  ega.  Bu  qurilish  qoliplari 

sifatli  SB  larning  umumiy  lisoniy-sintaktik

   

qurilishini  faqat  bir  jihatdan,  ya‟ni  tobe 



vaziyatdagi  ot  leksemalarining  muayyan  morfologik  vositalar  orqali  hokim  vaziyatdagi 

sifat leksemalariga birikish tarzini qamrab oladigan variantlar, aniqrog‟i, qolip variantlari 

hisoblanadi.  

Sifatli  SB  larining  qurilish  qoliplari  paradigmalarini  ajratish,  paradigmalar 

orasidagi munosabatni tahlil qilish mazkur ishning maqsadi va vazifalari sirasiga kirmaydi. 

Shuning uchun bu masalalarning tahlili alohida tadqiqotni talab etishini ta‟kidlagan holda, 

bitiruv ishida belgilangan rejaga asosan sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi masalasi 

kun tartibiga qo‟yilgan navbatdagi bobni yoritishga kirishamiz. 

 

         II bob. Sifatli birikmalarning uslubiy qo‟llanilishi  



 

Inson  til  orqali  o‟z  fikrini  bayon  qiladi,  ya‟ni  boshqalarga  axborot  beradi  va  shu 

vosita  bilan  boshqalarning  fikrini  ham  anglaydi.  Shunday  ekan,  kishilar  orasidagi  aloqa 

aralashuv  jarayonini

 

uyushtiruvchi  ijtimoiy  hodisa  bo‟lgan  tilning  ahamiyati  benihoya 



kattadir. Taniqli tilshunos olim Alibek Rustamiy “Adiblar odobidan adablar” kitobidagi “ 

Erdam boshi til “ nomli maqolasida shunday yozadi: 

“  Til  inson  hayotida  oddiy  tus  olganligi  tufayli  kishi  uning  qanchalik  muhim 

ekanligini  yetarli  darajada  anglay  olmaydi.  Holbuki  insonni  inson  qilgan  ilm-u  fan  va 

iqtisod-u  madaniyatni  rivojlantirgan  hamda  dunyoni  obod  qilgan  vositalarning  asosiysi 

mana  shu  tildir.  Kishilar  til  vositasida  bir-biridan  bilim  va  hunar  deb  atalgan  haqiqiy 

boylikni avlodan avlodga til xazinasi tufayli topshirib boradilar “ [23; 12]. 

Ayni paytda, til mohiyatan tabiiy hodisa ham, yakka shaxsga xos hodisa ham emas. 

Til  faqat  bir  jihati,  ya‟ni  tovush  tomoni  bilan  tabiiy,  yana  bir  jihati  –  nutqiy  qobiliyat 

tomoni  bilan  yakka  shaxsga  xos.  Ammo  mohiyat  e‟tibori  bilan  jamiyat  mahsuli  bo‟lib, 

ijtimoiy  hodisadir.  Tilning  bir  necha  vazifasi  bor,  lekin  bizga  uning  asosiysi,  uning 

ijtimoiyligi bilan bog‟liq vazifasi muhim. Kishilar biror hodisaga, fakir, istak, so‟roq yoki 

hayajonni til bilan ifodalaydilar, ifodalanish narsani bir-biriga bildiradilar. Demak, til ifoda 

va  aloqa vositasi  ekan  [23;14]. Tilning  aloqa  vositasi bo‟lish vazifasi uning ijtimoiyligini 




taqazo  qiluvchi  vazifadir.  “Shunday  qilib,  tilning  mohiyati  uning  ijtimoiyligi,  ifoda  va 

aloqa vositasiligidan iborat”, - deb xulosalaydi A.Rustamiy.  

Binobarin,  “kishilar  har  qanday  sharoitda  va  faoliyatning  barcha  sohalarda  aloqa 

qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, Grammatik va fonetik vositalarni tanlash va 

ishlatishda bir-birlaridan ma‟lum darajada farq qiladilar [ 28; 9 ]. Hozirgi o‟zbek adabiy 

tilida so‟zlovchi yoki yozuvchi odam nutqiy sharoit taqazosiga ( komunikativ ehtiyojiga ) 

ko‟ra  bu  tilda  mavjud  so‟zlarning  Grammatik  formalari,  so‟z  birikmalari  va  gap 

tuzilishining  ma‟lum  qismidangina  foydalanadi.  Muayyan  bir  ma‟ruza  yoki  ma‟lum 

maqola  egasi  yoxud  ilmiy  asar,  shuningdek,  biror  bir  badiiy  asar  yoki  asarlar  muallifi, 

shu bilan birga, har qanday shaxs ham bu tilning barcha so‟z boyliklaridan, grammatik 

vositalaridan, imloviy va talaffuz imkoniyatlaridan to‟lig‟icha foydalanmaydi. 

 

Hatto eng 



mashhur  va  ulkan  yozuvchining  ijodida  ham  o‟zbek  tilining  boy  imkoniyatlari  amalda 

qisman  ishga  solinadi.  Mana  shu  ma‟noda  tilning  potensial  imkoniyatlari  kollektiv 

doirasida ham hech qachon to‟lig‟icha ishga solinadi, deb bo‟lmaydi [ 8; 11 ]

.  


Tilning  imkoniyatlari  bu  imkoniyatlarning      amalda  qo‟llanayotgan  holatidan 

doimo ortiq va keng bo‟ladi. Har bir tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning 

vositalar  sistemasini  tashkil  etadi.  Jamiyat  a‟zolarining  til  vositalaridan  foydalanishi, 

ya,ni nutq murakkab va ko‟p qirrali jarayondir. Shu bilan birga, nutq ko‟rinshlari konkret 

sharoit va maqsad, ijtimoiy muhitga ko‟ra ham farqlanadi. Ayni paytda, nutq so‟zlovchi 

shaxslarning  turmush  tarsi,  kasb-kori,  dunyoqarashi,  aytmoqchi  bo‟lgan  fikri,  maqsadi, 

nutqiy sharoit, so‟zlovchining psixik, fziologik holati, adabiy tilni qanchalik egallaganligi 

yoki  egallamaganligi,  ma‟lumoti  va  shunga  o‟xshash  juda  ko‟p  nomillar  bilan 

chambarchas  bog‟liqdir  [  8;  12].  Individual  nutqda  ham,  kollektiv  nutqida  ham  til 

vositalaridan sanab o‟tilgan ko‟p sonli omillarni hisobga olgan holda, ma‟lum ko‟nikma 

va malakaga ko‟ra tanlab foydalaniladi. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday 

tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko‟rinishlarining paydo bo‟lishiga olib keldi [ 28; 9]. 

Nutqning  xilma-xil  ko‟rinishlari,  ularning  uslubiy  xususiyatlari,  asosiysi,  til 

sistemasida nominativ birliklar kabi lisoniy qiymat kasb etgan SB lari, xususan, sifatli SB 

larining uslubiy qo‟llanilish imkoniyatlarini tahlil qilish mazkur bob oldida turgan muhim 

vazifadir. Shunday ekan, dastavval o‟zbek adabiy tiliga xos nutqiy uslublarni tavsiflash, 




so‟ngra  tanlangan  SB  larining  (  muayyan  ko‟rinishlarining  )  badiiy  uslubda 

qo‟llanilishini  kuzatish  va  shu  asosda  tahlil  qilish  lozim.  Demak,  navbatdagi  vazifa 

o‟zbek adabiy tiliga xos uslublar va ular orasida badiiy uslubning o‟rnini aniqlash bo‟lib, 

bu vazifa mazkur bobning birinchi bo‟limida amalga oshiriladi. 

 

2.1. O‟zbek tilining vazifaviy uslublari va unda badiiy  



uslubning o‟rni. 

                                        

Ushbu bobning ibtidosida umumxalq tili doirasida til vositalarining tanlab olinishi 

va  ulardan  ma‟lum  ko‟nikma-yu  malakaga  ko‟ra  foydalanish  nutqning    xilma-xil 

ko‟rinishlarini  yuzaga  keltirganligi  haqida  mulohaza  bildirilgan  edi.  Buni  eslashdan 

maqsad  shuki,  nutqning  xilma-xil  ko‟rinishlari  nutq  stillari  (bizningcha  uslublari)  

hisoblanishini,  aslida,  nutq  uslublari  ifoda  vositalari  sistemasining  muayyan  aloqa 

doirasida  maqsadga  muvofiq  tanlash  natijasida  tarixan  tashkil  topgan  nutq  ko‟rinishlari 

ekanligi [ 28; 9] ni ta‟kidlashdir. Negaki, til o‟z vazifasini alohida-alohida nutq ko‟rinish 

larida, ma‟lum uslublar doirasida bajaradi. 

Nutq  uslublarining  har  biri  alohida  yagona  bir  sistemani  tashkil  qiladi.  Nutq 

uslubining bir-biriga aloqador elementlar sistemasini tashkil etishi tilning aloqa-aralashuv 

quroli  sifatida  xizmat  qilishi  bilan  bog‟liq  ijtimoiy  tabiatidan  kelib  chiqadi.  Tabiiyki, 

tilning  fonetik  tuzilishi,  lug‟aviy  birliklar  tarkibi  va  Grammatik  qurilishi  ham  har  biri 

alohida bir tizimni tashkil etadi va yaxlit holda bir butun til tizimi ichda sistema-element 

munosabati  asosida  joylashadi.  Tilning  vazifaviy  uslublari  mana  shu  fonetik,  leksik, 

grammatik  tizimlarga  xos  barcha  vositalarning  ma‟lum  kommunikativ  maqsadga  ko‟ra 

birlashuvi  tufayli  vujudga  keladi.  Demak,  nutq  uslublari  tilning  vazifasi  bilan  bevosita 

bog‟liq  bo‟ladi.  Shuning  uchun  ham  ular  “funksional  stillar”  deb  nomlanadi  [28;  11]. 

Bizningcha, “O‟zbek tili stilistikasi ” (T., 1983) o‟quv qo‟llanmasi mualliflari ishlatgan 

“funksional  stillar”  atamasi  o‟rnida  “vazifaviy  uslublar”  atamasini ishlatgan  ma‟qulroq. 

Zero  so‟nggi  yillarda  chop  etilayotgan  va  tobora  ommalashayotgan  uslubiyatni  tadqiq 

etuvchi  manbalarda  mazkur  atama  “vazifaviy  uslublar  ”ko‟rinishida  qo‟llanmoqda.  Biz 

ham shu atamadan foydalanamiz va uning ilmiy izohini davom ettiramiz. 




“Stilistika  –  fikrni  ifodalash  yo‟llari,  til  vositalarini  –  materiallarini  saylash 

haqidagi  ta‟limot  –  uslublar  ilmi  bo‟lib,  tilning  vazifalariga  mos  ravishda  bir  necha 

vazifaviy  uslublarga  bo‟linadi  ”,  -  deb  yozadi  professor  Y.Tojiyev,  N.Hasanova, 

R.Saidova,  O.Yo‟ldosheva  bilan  hammualliflikda  e‟lon  qilingan  o‟quv  qo‟llanmasida 

[26;  90].  Ayni  fikrga  hamohanglik  professor  E.Qilichev  va  dotsent  B.Qilichevlar 

tomonidan yozilgan “Nutq madaniyati va uslubuyat asoslari ” o‟quv qo‟llanmasi (Buxoro 

2002) da ham sezilib turadi. Buni quyidagi ilmiy mulohazani o‟qib anglash mumkin: 

“  Uslubiyat  fikr  va  emotsiyalarni  bildirishda    tilning  turli  vositalaridan  saylab 

foydalanish  yo‟llarini  o‟rgatadi.  Demak  uslub  fikr  va  hodisalarni  shunga  mos  vositalar 

orqali ifodalash yo‟lidir “ [30; 31]. 

Aytish  joizki,  uslub  til  materiallarini  nutqning  mundarijasiga  –  mavzusiga,  qaysi 

sohaga xosligiga, so‟zlovchining maqsadiga aytilayotgan fikrga janriga qarab saylashning 

umumlashtirishning  natijasidir.  Masalan  ilmiy  uslubda  maxsus  leksikaning  qo‟llanilishi, 

tarixiy  romanlarda  istorizm  va  arxaizmlarning  ko‟proq  uchrashi,  badiiy  asarlarda  pietik 

metaforalarning  voqelanishi  kabilar  buning  yorqin  dalilidir.  “Uslub  tilning  jamiyat 

ijtimoiy  faoliyatining  ma‟lum  tomoni  bilan  bog‟langan  o‟ziga  xos  lug‟ati,  frazeologik 

birliklari,  grammatik  qurilmalari  bilan  nutqning  xuddi  shunday  boshqa  turlaridan  o‟z 

ichki  xususiyatlari  bilan  tafovut  qilib  turuvchi  kenja  sistemasidir  ”  [26;  90]  degan 

xulosasini  o‟qir  ekanmiz,  uslubga  berilgan  ta‟riflar  xilma-xilligi  hamda  o‟ziga  xosligi 

haqida fikr yuritishga undaydi. 

Chunonchi,  “Uslub  –  bu  ma‟lum  so‟z,  so‟z  birikmasi  yoki  gapning  (ko‟proq 

frazeologiya,  soda  gapning  so‟roq,  buyruq,  undov  turlari,  intonatsiya  va  morfologik 

kategoriyalar  va  boshqalar)  badiiy  bo‟yoq  olishi  –  tezkorligi,  ta‟sirchanligi,  shaxsiy 

munosabat  bildirishidir  “,-  deb  yozadi  akademik  G‟.Abdurahmonov  “Hozirgi  zamon 

o‟zbek  tilining  adabiy  uslubi  haqida”  maqollasida  [39;28].  Ushbu  maqola  shunisi  bilan 

diqqatga sazovorki, unda “ uslub – gapiruvchining, yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, 

xabarga,  voqea-  hodisaga,  shax  yoki  predmetga  shaxsiy  yoki  boshqa    bir  shaxs  (yoki 

predmet)  ning  munosabati,  jumladan  ifodalangan  qo‟shimcha  subyektiv  fikrdir”  degan 

yana bir ta‟rif o‟z ifodasini topgan va uslub haqida ilmiy izohini to‟ldirgan.                    

             Mashhur  filolog  olimlar  qalamiga  mansub  “uslub  filologiya  fanining  toji 

tilshunoslik  va  adabiyotshunoslik  fanlarining  yuqori  bosqichi  (A.V.Stepanov)  ,  “…  har 



bir taraqqiy etgan tilning qalbi” (R.A.Budagov) “ Uslub – bu talant” (V.G.Belinskiy) kabi 

ta‟riflar ham ushbu maqola matnidan anglashiladi [39; 28].  

             Ko‟rinadiki,  adabiy  tilning  uslubi  haqidagi  mavjud  ilmiy  ta‟rif-u  tavsiflar 

bu  hodisaning  serqirraligi  bilan  bo‟liq.  Zero  uslubni  tor  ma‟noda  tushunish  uni  “biror 

yozuvchi yoki shoirning  yozish (ijod qilish) tarzini ifodalovchi hodisa” ga tenglashtirsa, 

(masalan, Oybekning uslubi [30;31] buning yorqin dalili bo‟la oladi), bu hodisani keng 

tushunish  esa  “uslub  til  ifoda  vositalarining  maqsadga  muvofiq  uyushgan    sistemasi” 

[30;33] degan xulosani shakllantirdi.  

               O‟z  navbatida,  uslub  tilning  asosiy  vazifalari  (fikr  bildirish, 

ekspressivlikni  `ifodalash  va  boshqalar)  ga  mos  ravishda  bir  qancha  turlarga  bo‟linadi 

[30;33]. Shunga ko‟ra, ular vazifaviy uslublar deb yuritiladi. Vazifaviy uslublar deganda, 

tildan  farq  qiladigan  qandaydir  alohida  narsa  tushunilmaydi,  balki  shu  aniq  adabiy  til 

tizimining  ichida  qaraladigan,  o‟ziga  xos  xususiyatlari,  xizmat  qilish  doirasi  bilan  bir-

biridan  farq  qilib  turadigan  kichik  tizim  anglashilishi  [26;90]  ni  qayd  etmoq  zarur. 

Negaki,  vazifaviy  uslublar  tarixan  shakllangan  adabiy  tilning  turli  ko‟rinishlari  bo‟lib, 

ular fikrni ifoda etish jarayonida nutq tuzilishining o‟ziga xosligi bilan farqlanadi. 

              Uslubiyatning  katta  bir  tarmog‟i  hisoblangan    vazifaviy  uslublar  turli 

oliumlar  tomonidan  har  xil  tasnif  qilingan.  Biroq  ishimizda  ularning  tasniflanishi  bilan 

bog‟liq  masalaning  tahlilini  chetlab  o‟tib,  lingvistik  manbalarda  qat‟iylashgan  va  keng 

jamoatchilik orasida ommalashgan tasnifdan foydalanamiz. O‟zbek tilida neytral uslubga 

oppozitiv holatda nutq uslublarining asosiy  besh ko‟rinishi mavjud. Bular: 

1) 


so‟zlashuv uslubi; 

2) 


rasmiy uslub; 

3) 


ilmiy uslub;  

4) 


publisistik uslub; 

5) 


badiiy uslub [26;30;28]. 

          

Hozirgi o‟zbek tilining so‟zlashuv uslubi ikki asosiy turga ajratiladi: 

a) 


adabiy so‟zlashuv uslubi; 

b) 


oddiy so‟zlashuv uslubi. 


           Adabiy so‟zlashuv uslubi tilning adabiy me‟yorlariga mos, tartibga solingan 

va ishlangan bo‟lishi bilan xarakterlanadi. U jargon va sheva elementlaridan xoli bo‟ladi. 

Adabiy  so‟zlashuv  uslubi  jamiyat  a‟zolarining  kundalik  hayotida  keng  qo‟llanadigan 

aloqa-aralashuv vositasi bo‟lib, ommaviy axborot tarmoqlari, ta‟lim sohasidagi ishlar shu 

uslubda olib  boriladi.  Qisqasi,  adabiy  so‟zlashuv  uslubi umum  xalq  adabiy  tilining eng 

keng  va  universal  turidir  [28;14].  O‟z  navbatida,  oddiy  so‟zlashuv  uslubi  uchun 

betakalluflik bilan erkin muomala qilish xarakterli xususiyatdir. Unda so‟zlashuv nutqiga 

xos emotsionallik yaqqol sezilib turadi.  

              Bu  uslub  nutqi  g‟ayri  rasmiyligi,  ekspressivligi,  bayonning  erkinligi  va 

asosan,  dialogig  xarakterdaligi  bilan  izohlanadi  [30;36].  So‟zlashuv  uslubida  metaforik 

so‟zlar, dialektizm, vulgarizm va frazeologik iboralar, shuningdek to‟liqsiz gaplar, so‟z-

gaplar, undov gaplar, ritorik so‟roq gaplar hamda bog‟lovchisiz qo‟shma gaplar ko‟proq 

ishlatiladi. 

               Rasmiy  uslub    “O‟zbek  tili  stilistikasi”  o‟quv  qo‟llanmasida  shunday 

tavsiflanadi:  “rasmiy  yozishma  va  hujjatlar  stili  iqtisodiy,  yuridik  va  diplomatic 

munosabatlarda davlat  idoralari, sudlar,  savdoga doir o‟zaro muomalalarda  aloqa qilish 

uchun  ishlatiladi.  Shunga  ko‟ra  bu  stilda  yuridik  qonun  moddalari,  diplomatik 

murojatnomalar,  hukumat  idoralarining  qarorlari  instruksiyalar,  buyruqlar,  shartnomalar 

rasmiy e‟lon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi hujjatlar yoziladi [28;20]. 

            Fikrning  sodda,  qisqa,  aniq  ifoda  etilishi  rasmiy  ish  qog‟ozlari  uslubining 

asosiy  talabidir.  Mazkur  uslubning  xarakterli  belgilari:  u  kitobiy  uslubga  kiradi, 

ma‟muriy  idoraning  ish  usuliga  mos,  maxsus  (qisqa,  ixcham)  standart  shakli,  turg‟un 

iboralari,  qisqartma  so‟zlar,  maxsus  sintaktik  qurilmalarning  “tayyor”  qolipda  bo‟lishi 

bilan aloqa- arashuvga qulay keladi [26;93]. 

              Rasmiy uslubdan farqli o‟laroq ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi 

hodisalar  aniq  ta‟riflanadi.  Bu  uslub  ilmiy  terminologiya    bilan  bevosita  aloqador 

bo‟lganligi    uchun  atamalar  ilmiy  uslubning  leksekasini  tashkil  qiladi.  Ilmiy  uslubning 

grammatik  qurilishi  mantiqiy  bog‟liqlikni,  izchillikni,  sintaktik  aniqlikni  talab  etadi. 

Muhim jihati shundaki, ilmiy uslubda yozilgan asarlar, odatda, ilm-fanga oid ma‟lumotlar 

berish bilan mutaxassislarga mo‟ljallangan bo‟ladi [30;34]. 




               Obrazlilik  (emotsionallik)  kategoriyasi  agar  ilmiy  uslubda  “so‟ngan, 

nursiz” holda ko‟rinsa, badiiy adabiyotda esa “jonli” tarzda namoyon bo‟ladi. Masalan, 

“uchar  yulduz”,  “somon  yo‟li”  astronom  uchun,  avvolo,  atama  vazifasini  o‟taydi, 

ytozuvchi  uchun  esa  bu  so‟z  birikmalari  o‟xshatish  yoki  obrazli  ifoda  manbai  bo‟lishi 

mumkin [28;25]. 

               Shu bilan birga ilmiy  uslubda  murakkab  sintaktik butunliklar (periodlar) 

kenggaygan  oborotlar  va  ergashgan  qo‟shma  gaplar  ko‟proq  ishlatiladi.  Bu  mazkur 

uslubning o‟ziga xos sintaktik xususiyatlarni to‟la qamrab olmaydi. Sababi bu uslubdagi 

matnlarda  to‟liqsiz,  vokativ,  bir  tarkibli  gaolar  deyarli  qo‟llanmaydi,  fikrlarni  mantiqiy 

izchilini  ta‟minlash  maqsadida  kirish  so‟z,  kirish  biriukmalar  va  qo‟shimcha  dalil 

keltirish uchun kiritmali gaplardan foydalaniladi.  

              Publisistik  uslub  o‟zbek  adabiy  tilining  nutq  uslublari  sistemasida  19-

asrning oxiri 20- asrning boshlarida paydo bo‟la boshladi [28;26-27]. Vaqtli matbuot va 

nashriyotda  hozirgi  zamonning  muhim  ijtimoiy-siyosiy  masalalariga  bag‟ishlangan 

materiallarning keng yoritilishi, radio va televideniya  orqali siyisat hamda ijtimoiy hayot 

masalalariga  doir  ma‟ruza,  suhbatlarning  muntazam  eshittirib  turilishi  kabi  vositalar 

publisistik  uslubning  taraqqiyotiga  kuchli  ta‟sir  o‟tkazdi.  “Publisistik  uslubda  qisqalik 

(lakonizm) markaziy o‟rinlardan birini egallaydi, ya‟ni qisqa, lo‟nda, tushunarli, yorqin, 

ixcham  tilda  yozish  asosiy  talablardan  hisoblanadi”  ,  -  deb  yozadi  professor  Yormat 

Tojiyev [26; 94].  

              Publisistik nutq mantiqiy asosli bo‟lishi bilan birga, jamoatchilikning fikri 

va yuragiga hissiy ta‟sirli ham bo‟lishi lozim [30; 35]. “Bu uslubning xarakteriga ko‟ra 

unda  turli  siyosiy  atamalar,  neologizmlar,  professionalizmlar,  so‟zlashuv  nutqiga  xos 

elementlar  (ozodlik,  do‟stlik,  tenglik,sharaf  v.h)  uchraydi”,  -  deya  ta‟riflaydilar  “Nutq 

madaniyati va uslubiyat asoslari” qo‟llanmasining mualliflari [30; 35]. Bulardan tashqari 

antiteza  va  nutqda  ohangdorlikni  kuchaytirishga  xizmat  qiluvchi  ritorik  so‟roq,  ritorik 

murojaat, teng bog‟lanishli va tobe tarkibli qo‟shma gaplar, sintaktik parallelizmlarning 

ishlatilishi bu uslubni boshqalaridan ajratib turadi. 

               Izohlangan  vazifaviy  uslublarning  har  bir  turi  ijtimoiy  hayotning  u  yoki 

bu  sohasi  uchun  xizmat  qilishi  va  amaliy    faoliyatining  muayyan  doirasiga  mansubligi 

bilan  farqlanadi. Biroq  vazifaviy  uslublarning  bir turi  sifatida badiiy  uslub    inson  amliy 



sanati  faoliyati  va  hayotining  hamma  tomonlarini  qamrab  olishi,  umumga  taalluqliligi, 

jamiyatning  barcha  a‟zolariga  bilan  ajralib  turadi.  Jumladan  zukko  tilshunos 

G‟.Abdurahmonov  bu  uslubni  shunday  ta‟riflaydi:  “Badiiy  uslub  badiiy  adabiyotda, 

uning  turli  janrlarida  qo‟llaniladigan  o‟ziga  xos  til  ifodasidir.  So‟zni  badiiy  asar 

g‟oyasiga,  mazmuniga,  yo‟nalishiga  moslab  ishlatish  badiiy  uslubni  keltirib  chiqaradi” 

[39;33].  Darhaqiqat,  badiiy  uslub  adabiy  ijod  namunalari  (asarlari)  ning  tili,  ya‟ni,  til 

vositalarining  majmuyidir.  Badiiy  uslub  badiiy  adabiyot  bilan  chambarchas  bog‟liq. 

Badiiy  adabiyot  insonlar  hayotining  barcha  qirralari  bilan qamrab  oladi. Shuning  uchun 

adabiyot  turli  xil  kasb  egalarining,  har  xil  toifadagi  kishilarning  fikr-o‟ylari  his-

hayajonlarini tasvirlabgina qolmay, ularning ichki dunyosini, jamiyatdagi faoliyatini ham 

to‟la  aks  ettiradi.aynan  shu  sababli  bu  uslubda  til  vositalari  boshqacharoq  –  o‟ziga  xos 

xarakterda  qo‟llanadi:  agar  nutqning  boshqa  vazifaviy  uslublari  faqat  u  yoki  bu 

hodisaning mazmunini xabar qilish uchun xizmat qilsa, badiiy uslub esa bundan tashqari, 

o‟quvchi yoxud tinglovchiga estetik va emotsional ta‟sir ko‟rsatishni ham  maqsad qilib 

qo‟yqdi. Demak, estetik ta‟sir etish vazifasi badiiy nutqning o‟ziga xos xususiyatidir [28; 

30]. 


              Badiiy  uslub  juda  xilma-xil  ko‟rinishlarda  namoyon  bo‟ladi.  Mazkur 

uslub  ijodkorlarga  asarning  estetik  ta‟sirini  kuchaytirish  uchun  tilning  barcha  leksik  va 

Grammatik  vositalaridan  ustalik  bilan  foydalanish,  tanlash,  shuningdek,  yangidan-yangi 

ifoda  vositalar  yaratish  imkonini  beradi.  Binobarin,  til  badiiy  nutq  uslubida  obraz, 

xarakter va manzaralar yaratish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shunga ko‟ra badiiy uslub 

o‟zining  obrazliligi  bilan  adabiy  tilning  boshqa  vazifaviy  uslublaridan  farq  qiladi. 

Obrazlilik  so‟zlashuv  uslubida  ham  kuzatiladi.  Biroq  so‟zlashuv  uslubidagi  obrazlilik 

o‟ziga xos turg‟un; “shablonlashgan” holatda bo‟ladi. Badiiy uslubda esa har bir obrazli 

ifoda, so‟z  muayyan sharoitda  induviduallik belgisiga, ya‟ni biror muallif takrorlamagan 

ko‟rinishda birinchi marta qo‟llaganlik, “ohori ” ga ega bo‟ladi [28;31]. 

                Umuman  olganda  obrazlilik  nafaqat,  adabiyotning,  balki  san‟atga  xos 

barcha turlar va butunlay san‟atning o‟ziga xos xususiyatidir. Shunday ekan, obrazlilikni 

badiiy uslub orqali namoyon bo‟ladigan fikrlash vauninh mahsulini belgilaydigan asosiy 

kriteriy, mezon, tamoyil sifatida baholash mumkin.  




                Badiiy  uslubda  obrazlilik  tamoyili  polisemantik  so‟zlar,  ko‟chma 

ma‟noli so‟zlar, sinonim, omonim, antonimlar, eskirgan va yangi so‟zlar (neologizmlar), 

jargon  va  vulgarizmlar,  ibora,  maqol  va  matallardan  o‟rinli  foydalanishni  talab  etadi. 

Zero bu vositalar obraz yaratishga, hayotiy manzaralarni tasvirlashga xizmat qiladi.  

             Otlardagi ko‟plik shakli [-lar] ning turli semantik-uslubiy maqsadlar uchun 

ishlatilishi,  kichraytirish-erkalash  shakllarining  ko‟p  qo‟llanilishi  va  fe‟lning  nisbat, 

zamon, shaxs-son shakllarining ishlatilishi badiiy uslubning morfologik xususiyatidir  

[30; 37]. 

               Uslubshunos  olim  E.Qilichev  ta‟kidlaganidek,  “Sintaktik  jihatdn  badiiy 

uslub  turli  qurilishdagi  gaplarning  bo‟lishi,  ko‟chirma  va  o‟zlashtirma  gaplarning 

chegaralanmaganligi,  sinonimik  gaplar,  perefrazalarning  ko‟p  uchrashi,  so‟zlarning 

tartibi va inversiyadan istagancha foydalanish mumkinligi bilan xarakterlanadi” [30; 37].  

               Shunday qilib, badiiy uslub adabiy tilning boshqa vazifaviy uslublaridan 

quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi: 

1)  o‟quvchi yoki tinglovchiga estetik ta‟sir etishni maqsad qilib qo‟yadi; 

2)  badiiy obraz yaratish vositasi bo‟lib xizmat qiladi; 

3)   unda  adabiy  tilning  barcha  uslublariga  xos  elementlar  aralash  holda 

qo‟llanilishi mumkin; 

4)  til  vositalaridan  induvidual  –  ijodiy  foydalanish,  ularni  tanlab  ishlatish 

imkoniyati mavjud va bu jihati uning o‟ziga xosligini ta‟milaydi. 

             Tabiiyki,  sanab  o‟tilgan  xususiyatlar  badiiy  uslubning  adabiy  tilning 

vazifaviy uslublari orasida alohida o‟rin tutganligini tasdiqlaydi. 

 

         2.2. Sifatli birikmalar poetik nutq vositasi sifatida  



          

Badiiy nutq tili – hissiyotlarimizga yuksak darajada ta‟sir qiladigan, ularni 

uyg‟otadigan  va  jumbushga  keltiradigan,  go‟zallik  haqidagi  tushunchalarimizni 

tarbiyalaydigan  va  shakllantiradigan,  fikrimiz  va  xayolimiz  boyitadigan  tildir.  “Badiiy 

nutq  tili  xuddi  jonon  raqs  kabi  chin  o‟lmas  zavqlarning  manbayidir”,  -  deb  ta‟riflaydi 

I.G‟afurov.  sakkizinchi  asrda  yashagan  ulug‟  hind  mutafakkiri  Vamana  “uslub  nima?” 

degan savolga: “So‟zlarning o‟ziga xos qurilishi  – uslub. So‟zlarni eng yaxshi ma‟noda 



saralash  va  yaxshi  ravish  bilan  joylashtirish  –  bu  uslub.  So‟zlar  qurilishining  o‟ziga 

xosliklari va mohiyati hamda nutqning fazilatlari tajassumi”, - deya javob bergan  

[35; 277]. 

                   Modomiki, so‟larning  o‟ziga  xos  qurilishi, ularni  eng  yaxshi  ma‟noda 

saralash,  yaxshi  ravish  (ya‟ni  eng  muvofiq  usul,  tarz  –  izoh  bizniki)  bilan  joylashtirish 

asnosida  hosil  bo‟ladigan  mohiyat  va  uni  qamrab  olgan  nutqning  fazilatlari  uslub 

hisoblanar ekan, badiiy uslubni shakllantiruvchi o‟ziga xos lisoniy imkoniyatlar manbayi 

- til 


 

vositalariga e‟tibor qaratilishi lozim. 

                Ma‟lumki,  “so‟zlovchi  yoki  yozuvchi  o‟zi  bayon  qilayotgan  fikrni 

tinglovchiga ixcham, aniq, ta‟sirchan va tushunarli qilib yetkazib berishga harakat qiladi. 

Masalan ko‟pincha biror narsa, belgi, xususiyatni tinglovchi yoki o‟quvchiga tushunarli, 

aniq  qilib  tasvirlab  berish  uchun  uzundan-uzoq  va  birdan  ortiq  gaplarga  murojaat 

qilishiga  to‟g‟ri  keladi.  Shunday  vaqtlarda  so‟zlovchi  yoki  yozuvchi  ayni  shu  fikrni 

bayon  qilib  berishda  aytganimizdek,  birdan  ortiq  uzundan-uzoq  gaplarni  qatorlashdan 

qochadi-yu,  ammo  shu  fikrni  boshqa  vositalardan  (jumladan,  o‟xshatish,  sifatlash, 

kinoya,  allegoriya,  ellipsis  v.h)  foydalangan  holda  lo‟nda  va  aniq  qilib  tushuntirishga 

erisha  oladi.  Bunday  vositalarni  tilshunoslik  va  adabiyotshunoslikda  ifoda  tasviriy 

vositalar  deyiladi”,  degan  tavsif    R.Qo‟g‟urov,  E.Begmatov,  Yo,Tojiyevlarning  “Nutq 

madaniyati va uslubiyat asoslari” nomli o‟quv qo‟llanmasida [33; 97]. 

             Demak,  tilning  vazifaviy  uslublari  orasida  aksari  badiiy  uslubda 

qo‟llaniladigan,  bu  uslubning  o‟ziga  xosligini  belgilovchi  vositalar  alohida  bir  tizimni 

tashkil  etadi.  Tasviriy  vositalar  adabiyotshunoslik  va  tilshunoslik  fanlari  uchun  birday 

ahamiyatli va ayni paytda, mazkur fanlarni tadqiq manbayi sufatida birlashtiradi. 

            Tilning  tasviriy  vositalari,  professor  R.Doniyorov  fikricha,  “ifoda-tasviriy 

vositalar”  ta‟bir  joiz  bo‟lsa,  adabiyotshunoslik  va  tilshunoslik  sifatida  shartli  ravishda 

ikkiga  bo‟lingan,  biroq  bu  ikki  bo‟lakni  birlashtiruvchi  butunlik  –  filologiya  fanining 

o‟rganish obyekti bo‟lib, o‟zining funksional (nomlash, ifodalash, estetik zavq uyg‟otish) 

qiymatiga  ko‟ra  maxsus  tizimni  hosil  qiladi.  Bu  vositalar  tizimi  filologiya  bag‟rida 

mustaqil  voyaga  yetgan  poetika  sohasida  o‟rganiladi.  Shunday  bo‟lsa  ham,  tasviriy 

vositalar  til  sathlarining  u  yoki  bu  turiga  mansubligi,  lingvistik  tuzilish,  hosil  bo‟lish, 

qurilish  xususiyatlariga  egaligi,  eng  muhimi  tilning  nominativ  va  kommunikativ 



vazifalarining  muayyan  nutq  uslubiga  xos  va  mos  holda  uyg‟unlashtiruvchi  yuksak 

ifodasi  bo‟lgani  uchun  dastavval  tilshunoslik  nuqtayi  nazaridan  tadqiq  etilishi  lozim. 

Buni  tilshunoslikning  uslubiyat  sohasida  ma‟lum  va  mashhur  dalillar  orqali  isbotlash 

qiyin  emas.  Chunonchi,  G‟.Abdurahmonov,  A.Rustamov,  A.Shomaqsudov,  I.Rasulov, 

R.Qo‟ng‟urov,  E.Begmatov,  A.Boboyeva,  M.Asomiddinova,  I.Toshaliyev,  Y.Tojiyev, 

E.Qilichev,  B.Qilichev  kabi  olimlarning  ilmiy  tadqiqotlarida  o‟zbek  tilining  vazifaviy 

uslublari,  adabiy  va  uslubiy  me‟yor,  badiiy  asar  tili  hamda  badiiy  tasvir  vositalari 

mufasssal o‟rganilgan [39, 23, 28, 8, 26, 33, 31, 30]. 

            Bizning  maqsadimiz  badiiy  tasvir  vositalarining  fanimizdagi  ilmiy 

tadqiqini  baholash  emas,  balki  tilning  badiiy  uslubiga  xos  tasvir  vositalari  orasida  SB 

larining,  xususan,  sifatli  birikmalarning  tutgan  o‟rnini  aniqlashdir.  Tabiiyki,  sifatli  SB 

larining tilning tasviriy vositalari sirasidagi o‟rni mazkur til bir5liklariningbadiiy nutqda 

qo‟llanilishini kuzatish va uslubiy ahamiyat kasb etganligini dalillash orqali belgilanadi. 

Shunday  ekan,  dastlab  tasviriy  vositalar  tizimi  qanday  tashkil  etuvchilardan  iboratligini 

ko‟zdan kechiraylik. 

             “ Mazkur tasviriy vositalar, - deb yozadi professor R. Qo‟ng‟urov, - troplar 

va  figuralar  deb  ikkiga  bo‟linadi”  [33;  ]97  .  ifodalilik  ekspressivlik  va  aniqlikni 

ta‟minlash niyatida biron narsaning nomini, belgiaini ikkinchisiga ko‟chirish, o‟xshatish 

yoki so‟zlarni shu maqsadda umuman, ko‟chma ma‟noda ishlatish troplar deyiladi.  

            Metafora,  o‟xshatish,  sifatlash,  metanimiya,  sinekdoxa,  mubolag‟a, 

kichraytirish,  kinoya,  allegoriya,  jonlantirish,  perefraza  kabi  usullar  troplarning  turlari 

bo‟sa,  takror,  antiteza,  gradatsiya,  ellipsis,  ritorik  so‟roq,  bog‟lovchisizlik,  ko‟p 

bog‟lovchililik figuralar ( stilistik figuralar) ning ko‟rinishlari hisoblanadi [33; 98]. O‟z 

navbatida, “tilda muayyan lisoniy- sintaktik qurilish qolipi hosilasi sifatida qaraladigan, 

lison-nutq farqlanishi asosida yondashilganda nutq birligi maqomini egallaydigan SB lari 

sanab o‟tilgan tasviriy vositalarning qaysi guruhiga tegishli?” degan savol tug;iladi. 

              Ta‟kidlab o‟tilganidek, troplar tilning badiiy tasvir vositalaridan bir turini 

o‟z  ichiga  oladi.  Shu  bilan  birga,  trop  nutqda  so‟z  yoki  iboralarning  ko‟chma  ma‟noda 

ishlatishdir  [33;  98].  Basharti,  troplar  eng  avval  so‟zlarning  uslubiy  qo‟llanilishi,  ya‟ni 

ko‟chma ma‟no asosida obrazli nutqni shakllantirishidan hosil bo‟lar ekan, SB lari ham 

troplarning u yoki bu ko‟rinishini yuzaga chiqara olishi, hech bo‟lmaganda, troplarning 



bir  turi  ifatida  xizmat  qilishi  mumkin.  Negaki,  SB  lari  ham  so‟zlar  kabi  atash,  nimlash 

vazifasiga ega bo‟lib, tilning nominative birliklar tizimi tarkibiga kiradi.  

              Uslubshunos  olim  E.Qilichev  ta‟biri  bilan  aytganda,  “So‟z  badiiy 

tasvirning  asosiy  vositasi,  obraz  yaratishning  ,  uni  induviduallashtirishning  muhim 

omillaridan  biri”  sanalar  ekan  SB  lari  ham  so‟lar  singari  badiiy  tasvirning  o‟ziga  xos 

vositasi, eng asosiysi, obraz va obrazli ifoda yaratish usuli hamda nutqiy omil bo‟la oladi.  

              Fikrimizning isboti uchun quyidagi dalillarga murojaat qilamiz. 

             “ Konnotativ ma‟noga nisbatan neytral bo‟lgan “po‟lat ” so‟zining “po‟lat 

iroda”  birikmasida  kuchli  konnotativ  ma‟noga  ega  bo‟lishi  uning  denotative  ma‟nosini 

o‟zgartiradi ”, degan [31; 14] iqtibosni keltirar ekan, E.Qilichev “po‟lat iroda” SB sidagi 

“po‟lat”  so‟zining  konnotativ  ma‟nolari  faqat  nutqda,  ma‟lum  bir  kontekstda 

mavjudligini  ichki  konnotativ  ma‟nodan  farqli  o‟laroq,  nutqiy  hodisa  bo‟lib  so‟zning 

semantic  strukturasiga,  uning  paradigmatik  ma‟nosiga  kirmasligini  ta‟kidlaydi.  Zero 

“po‟lat  iroda”  birikmasida  tobe  so‟z  (po‟lat)  metalning  bir  turini  ifodalashga  xizmat 

qilmaydi. Bu konteksdagi “po‟lat” so‟zi “mustahkam”, “bukilmas”, “sinmas”, “qattiq” va 

“kuchli”  so‟zlari  qatorida  teng  huquqlidir.  Shu  sababdan  nutqiy  ehtiyoj  va  sharoitga 

qarab  “iroda”  so‟zi  mazkur  so‟zlar  qurshovidan  birini  tanlab  birikadi  va  SB  si 

mazmunida mujassamlashgan tushuncha aniqlashdi. Biroq nutqiy ehtiyoj tufayli “po‟lat 

iroda”  birikmasi  hosil  qilinsa  va  tasvirlashning  shu  imkoniyati  takrorlansa,  unda 

tushuncha nafaqat aniq, balki yorqin ta‟sirchan ifodalangan, ayni paytda, til sohibi ko‟z 

o‟ngida yaqqol gavdalanadigan obrazga teng bo‟ladi.  

              Demak,  SB  lari  so‟zga  qaraganda  tushunchani  aniq,  muayyan  ifodalashi 

barobarida tushuncha asosidagi obrazni ham yaqqol gavdalantira oladi.  

             Buni  bitiruv ishi tadqiq    manbayi  sifatida  tanlangan  sifatli  birikmalarning 

badiiy  uslubda  qo‟llanilishi  orqali  kuzatish  mumkin.  Sifatli  birikmalarning  uslubiy 

qiymatini  aniqlash  maqsadida  badiiy  nutqning  eng  yuksak,  ayni  choqda,  sermashaqqat 

ijodiy  faoliyatning  oily  namunasi  –  poetik  nutqni  tanladik.mazkur  bobning  mazmunini 

to‟ldiradigan ushbu bo‟lim o‟zbek tilining poetic qudratini o‟z ijodi orqali namoyon etgan 

zabardast shoir A.Oripov she‟riyati, ya‟ni poetik nutqida qo‟llangan sifatli birikmalarning 

tahliliga bag‟ishlanadi.    




              Sifatli  birikmalarning  badiiy  uslubda  qo‟llanilishini  o‟rganish  uchun 

poetik nutq, asosiysi, A.Oripov she‟riyati bejiz tanlanmagan, albatta. 

               Negaki,  “taqdir  va  tarix  XX  asrda  turkiylarning  chin  shoirlaridan  biri 

sifatida A.Oripivni tanladi.u o‟zi mansub bo‟lgan elga ham, dunyoning jamiki xalqlariga 

ham  samimiy  mehri  va  ehtiromi  bilan;  tarix  yukini  kiftida  ko‟taradigan  shaxslarga  xos 

isyon,  kurash  va  dardlari  bilan;  So‟zning  sehri  va  jilvalarini  ilohiy  bir  sezim  bilan  his 

etgani va namoyon eta olgani; So‟z dalasidagi ellik yillik zahmatlari bilan chin shoirdir” 

[36; 4]. 

              Zeroki,  millatimizning  chin  shoiriga  millatimiz  rahnamosi,  davlatimiz 

rahbari  I.Karimov  bergan  yuksak  bahoda  tahlil  materiali  bu  shoir  ijodidan  bejiz 

tanlanmaganligiga izoh yetarli: “ Abdulla Oripovday shoir yuz yilda bir marta tug‟iladi ”. 

              Ijod – bu kashfiyot, yaratish zavqi, o‟z-o‟zini anglash namoyon qila bilish, 

o‟z  haqiqatiga  o‟zgalarni  ishontirish  va  ergashtirish,  butun  bir  muhitni  o‟zgartirishga 

intilish qudrati ilohiy ilm va zehn, olam va odamni ichdan chuqur bilish san‟ati hamda 

mas‟uliyati.  A.Oripovning  o‟z  ta‟biri  bilan  aytganda  “ehtiyoj  farzandi”,  shundy  ekan, 

A.Oripov  ijodi  Doniyor  Begimqulov  ta‟riflaganidek,  “uning  tilga  nisbatan  zargarona 

munosabatidan guvohlik berib turadi”. 

               Jumladan,  shoirning  “Asrimiz  odami”    she‟ridan  olingan  parchadan 

qo‟llangan sifatli birikmalarga diqqat qilaylik: 

 

                             Intilar yulduzlar tumaniga dam, 



                             Dam oyning yonida bo‟lar parvona. 

                             U nima istaydi? Shon-u shavkatmi –  

                             Yulduzlardan baland, kundan purziyo?    

              

               She‟riy parchaning eng oxirgi misrasida “yulduzlardan baland ” “kundan 

purziyo”  birikmalari ko‟zga  tashlanadi.  Bu  SB lari  sintaktik  qurilish  xususiyatiga ko‟ra 

umumiy  o‟xshashlikka  ega,  ya‟ni  bu  nutqiy  birliklar  [O 

ch.k


      ~  Sf    ]  =  SB  qolip 

ko‟rinishining mahsulidir. Albatta, tobe so‟z tarkibidagi chiqish kelishigi birikish usulini 

belgilovchi  muhim  morfologik  omil  bo‟lib,  hokim  vaziyadagi  sifatlar  ifodalayotgan 

xususiyatlarni  qiyoslash  manbayi  (obyekti)  ni  ko‟rsatib  turadi.  Aytish  joizki,  shoir 




yaratgan  har  ikkala  birikma  ham  umumiy  qiyoslash  ma‟nosidan  tashqari  yana  bir 

o‟xshashlik  xususiyatiga  egaligidan  darak  beradi.  Umumiy  qiyoslash  ma‟nosi  ularni 

sifatli birikmalarning bir ma‟noviy tipiga birlashtiradi. Ammo “yulduzlardan baland” va 

“kundan  purziyo”  birikmalari  leksik-semantik  xususiyatlariga  ko‟ra  bir-biridan  farq 

qiladi.  Birinchidan,  birikmalar  tarkibidagi  so‟zlar  o‟z  lug‟aviy  m‟nolari,  denotatlari 

jihatidan  o‟zaro  tafovutlanadi.  Ikkinchdan,  “yulduzlardan  baland  ”  birikmasida  hajm-

o‟lchov  sifati  bilan,  “kundan  purziyo”  birikmasida  xusisiyat  sifati  (purziyo)mantiqan 

qiyoslanish  mumkin  predmetlar  bilan  chog‟ishtirilgan  ya‟ni  “balandlik”  o‟lchov  belgisi 

osmon  yoki  yulduzga  nisbatan  olinishi  mukin.  Biroq  kontekstual  qo‟llanishda  osmonga 

qaraganda yulduzlar yana ham yuksakroqda joylashishi tabiiy bo‟lgani holda, sifatli SB si 

bog‟langan “shon-u shavkat” ning yulduzlardan ham baland sifatiga egaligi ham ishonarli 

va obrazlidir. Qiyoslang: 

 

Osmondan 



                                                       Baland           shon-u  shavkat 

Yulduzlardan                                           

   

              Shoir  “yuksak”  yoxud  “buyuk”  so‟laridan  foydalangamda  edi,  badiiy 



tasvir  “yulduzlardan  baland”  birikmasi  orqali  reallashadigan  jonli,  ta‟sirchan,  obrazli 

ifodasini  topa  olmagan  bo‟lar  edi.  Chindan  ham,  “yuksak  shon-u  shavkat”  birikmasiga 

qaraganda “yulduzlardan baland, shon-u shavkat” murakkab birikmasida sifatli, ya‟ni [ O 

ch.k


    ~  Sf]  qurilishli  “yulduzlardan  baland”    birikmasining  shoir  tomonidan  qo‟llanilishi 

tufayli hissiy ta‟sirchanlik kuchayib, jonli manzara yuzaga kelgan.  

              Xuddi shunday obrazli ifoda “kundan  purziyo” SB si orqali shakllangan 

bu  birikmada  “purziyo”  sifat  leksemasi  “yorug‟”  ,  “ravshan”,  “nurli”  kabi  leksemalar 

qatoridan ataylab tanlab olingan. Chunki “ziyoga to‟la” xususiyatini ifdalovchi leksema 

emotsional-ekspressiv bo‟yoqdorligi bilan leksik qatorni tashkil etuvchilardan farq qiladi. 

Shu  bilan  birga,  A.Oripov  “kundan  yoryg‟”,  “kundan  ravshanroq”  tarzida  ifodalash 

imkoniyatiga  ega  edi.  Bunday  SB  larni  kundan,  ya‟ni  yorug‟lik,  ravshanlik 

mujassamlashgan  manbaga  nisbatan  qiyoslanayotgan  xususiyatlarni  oddiy,  odatiy  va 

beta‟sir ifodalovchisiga aylanishini so‟z tanlash va ishlatishda benihoya sezgirlik, jiddiy 




mas‟uliyat yukini o‟z zimmasiga olgan shoir e‟tiborga olmasligi mumkin emas. Shuning 

uchun  A.Oripov  qo‟llagan  “kundan  purziyo”  birikmasini  “kundan  yorug‟(-roq)”  yoki 

“kundan  ravshan(roq)”  SB  lari  bilan  garchand,  har  uchala  nutqiy  atov  birligida 

mazmunan umumiylik mavjud bo‟lsa-da, almashtirib bo‟lmaydi. Bu esa shoirning “so‟z 

lashkarlari  sarkardasi  ”  (O.Sharafiddinov  )  ekanligidan,  ayni  paytda  esa  “yulduzlardan 

baland  ”  ,  “kundan  purziyo”  misrasini  shakllantirgan  sifatli  birikmalarining  nechog‟li 

uslubiy qiymatga egaligidan yetarlicha dalolat beradi.  

             A.Oripov sh‟riyatida shunday favqulodda, javohirday porlab turgan misra-

yu  baytlar  borki,  ularni  mubolag‟asiz  shoh  satrlar  deyish  mumkin.  Ularni  nogahoniy 

obraz  va  muqoyasa,  samimiyat  va  tabiiylik,  hayotiylik  va  latiflik,  Oybek  domla  ta‟biri 

bilan aytganda ingichkalik ajratib turadi. Ular beixtiyor yodda qoladi [36; 89]. 

             Chunonchi: 

1. 

Qizg‟aldoq bargidek uchar dildan g‟am… 



2. 

Bahor norasida go‟dakday shirin, 

Qo‟ynida ezgulik, armon yashirin. 

                                                    [55;129] 

                Qiyoslayotganimiz ikki she‟riy matnda diqqatimiz “qizg‟aldoq bargidek” 

uchar  (uni  [-ar]  bo‟lganligi  uchun  noaniq  [-moq]  shakli  bilan  ifodalaymiz)  va  “ 

go‟dakday  shirin  “  birikmalariga  tortiladi.  Tabiyki,  bu  ikki  birikma,  ya‟ni  “  qizg‟aldoq 

bargidek  uchmoq”  va  “  go‟dakday  shirin”  da  diqqat  markazini  [-dek//  -day]    shakli 

egallaydi.  Negaki,  bu  morfologik  vosita  badiiy  tasvir  vosital;aridan  troplarning  “ 

o‟xshatish”  turini  yuzaga  chiqargan.  O‟xshatish  to‟rt  asosiy  qismdan,  ya‟ni  1) 

o‟xshatilgan  narsa;  2)  o‟xshatiladigan  narsa;  3)  o‟xshatish  asosi  –  belgi;  4)  o‟xshatish 

vositasidan tarkib topadi [29;99]. O‟z-o‟zidan ma‟lum bo‟ladiki keltirilgan parchalardagi 

birikmalarda  [-  dek//  -day]  –  o‟xshatish  vositasi  bo‟lib, u  ikki  xil  SB sini  hosil  qilishga 

xizmat qilgan : 

1)  qizg‟aldoq bargidek uchmoq – fe‟lli SB si; 

2)  go‟dakday shirin – sifatli SB. 

                  “Uchmoq”  fe‟l  asosli  SB  sida  HB  mavqeida  bo‟lib,  o‟xshatiladighan 

harakatni  “qizg‟aldoq  bargi”  (SB  si  shaklida)  o‟xshatilgan  narsani  va  [-dek]  o‟xshatish 

vositasini bildiradi. Mazkur SB si hajman murakkab (uch so‟zdan iborat), hokim a‟zosi 



fe‟l  asosli  bo‟lganligi  uchun  uni  mavzu  doirasida  qiyoslash  maqsadida  ko‟zdan 

kechirishimiz  mumkin,  ammo  to‟liq  tahlil  qila  olmaymiz.  Fe‟l  asosli  birikmaning  sifat 

asosli  birikmadan  farqli  jihatlari  ko‟p:  birinchidan,  bu  SB  si  o‟xshatish  shaklini  olgan 

otlar  fe‟llarning  o‟zaro  birikuvidan  hosil  bo‟ladi;  ikkinchidan,  bunday  SB  larga  xos 

obyekt-harakat umumiy ma‟no munosabati tarkibida qiyoslash obyekti va qiyoslanuvchi 

harakatni ifodalash ma‟nosi bilan alohida semantik guruhni tashkil etadi. 

            “Shirin ” sifat asosli SB sida HB mavqeyini egallab o‟xshatiladigan belgini 

“go‟dak”  o‟xshatilgan  predmet  (shaxsni  )  ni  va[-day]  ta‟kidlanganidek,  o‟xshatish 

vositasini bildiradi. 

             Poetik nutqda “go‟dakday shirin ” kabi sifatli birikmalar turli-tuman, rang-

barang o‟xshatishlarning sintaktik usulda ifodalanish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. 

            “Go‟dakday  shirin  ”  so‟z  birikmasi  lisoniy  jihatdan  [O 

o‟xsh

    ~  Sf  ]  =  SB 



qurilish  qolipga  tegishliligini  nutqiy  jihatdan  badiiy  tasvirning  o‟xshatish  turiga 

mansubligini  hisobga  olsak,  mazkur  til  birligi  lisoniy  va  nutqiy  jihatlarning  ichki 

ziddiyatidan  iborat  bo‟ladi.  Nutqiy  ifodalanish  bu  birlikning  uslubiy  qiymatini,  lisoniy 

tuzilish uning sintaktik qurilish mohiyatiga egaligini ko‟rsatadi. Biroq bu qarama-qarshi 

jihatlarni  bir-biridan  uzib,  alohida  tavsiflash  til  birligining  substansial  mohiyatiga  zid 

xulosalarni keltirib chiqaradi.  

              Shunday  ekan,  sifatli  birikmalar  qanday  lisoniy  sintaktik  qurilish  qolipi 

asosida yuzaga kelishidan qat‟iy nazar poetik nutqning qator tasviriy vositalari, jumladan, 

o‟xshatish  turlari,  ko‟rinishlari  sirasida  faqat  nutqiy  qo‟llanish  vazifasiga  ko‟ra  o‟z 

o‟rniga  ega  bo‟ladi.  Zero  sifatli  birikmalarning  A.Oripov  she‟riyatida  “yulduzlardan 

baland”,  “kundan  purziyo”,  ”go‟dakday  shirin”  kabi  nutqiy  akkazional  qo‟llanilishi 

asosida o‟xshatishning birikmali turi hosil bo‟ladi. Bundagi o‟xshatish vositasi  [-dan ] va 

[-day]  ko‟rinishida  ikki  turdagi  o‟xshatishli  birikmalani  shakllantiradi  .Ayni  paytda, 

sifatli  SB  larini  shallantiruvchi  morfologik  vositalar  nafaqat  [-dan]  va  [-day] 

qo‟shimchalaridan  iborat  ekanligini,  balki  ishimizda  tavsiflangan  [-ga],  [-da]  kelishik 

ko‟rsatkichlari hamda “kabi / singari / yanglig‟ / misoli” ko‟makchilari ham bu siradan 

o‟rin  olganligini  unutmaslik  lozim.  Aks  holda,  poetic  nutq  vositasi  o‟laroq  o‟xshatishli 

birikmalarning  [-dan]  va  [-dey]  ko‟magida  shakllangan  ikki  turidan  boshqasi  mavjud 




emasligi  haqida    noto‟g‟ri  tasavvur  paydo  bo‟lishi  mumkin.  Bunday  tasavvur  paydo 

bo‟lmasligi uchun poetik nutq voqeligidagi sifatli birikmalarni kuzatishda davom etamiz.  

         

   Chunonchi:         

1.  Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo,  

Shabnamday ma‟sum-u, ko‟klam kabi yosh. [55; 237] 

 

A) shabnamday ma‟sum (-day); 



B) ko‟klam kabi yosh (kabi). 

 

2.  Garchi zaminda ko‟p har xil xor-u xas,  



       Tog‟larga mengzashar dunyo tomini. [58; 90] 

       


V) zaminda ko‟p (-da) 

 

3. Ezgulik kimningdir mulki emasdir, 



       Quyosh ham barchaga barobar biroq. 

 

G) barchaga barobar (-ga ) 



 

4. Lekin sen bu gapni yodda tut faqat, 

    Hammaga ayondur ushbu haqiqat. [58;122] 

 

 D) hammaga ayon (-ga) 



 

 5. Bu hol yuz beribdi qadim zamonda 

     Bir ayol jazoga mustahiq ermish [58; 15] 

 

 E) jazoga mustahiq (-ga ) 



 

 6. Kezdim bu yerlarda tanho shodumon  




    Yulduzlarga yaqin, ko‟zlardan yiroq [55; 235]. 

 

   F) yulduzlarga yaqin (-ga) 



     J) ko‟zlardan yiroq (-dan) 

 

 7. Dunyo bepoyondir turfadir inson, 



    Yulduzlar misoli beadad qismat [55; 290]. 

 

     K) yulduzlar misoli beadad (misoli) 



  8. Lekin shaddot hayotning yulduzda bormi ishi, 

     Odamlar bor yulduzdan yulduzlar qadar yiroq [55; 229]. 

 

  L) yulduzlar qadar yiroq (qadar) 



 9) Bamisli adashib yo‟lin topgan zot 

   O‟zini biz yanglig‟ shodumon sezar [58; 139] 

 

 M) biz yanglig‟ shodumon (yanglig‟ ) 



 

      Keltirilgan  to‟qqiz  xil  she‟riy  parchada  A.Oripiv  sifatli  birikmalarning  rang-

barang  ko‟rinishlaridan  unumli  foydalangan  va  ba‟zan  poetik  nutqqa  xos  ko‟tarinkilik, 

pafosni ta‟minlash maqsadida turli lisoniy vositalardan yangi o‟xshatishli birikmalar hosil 

qilgan. Jumladan, birgina “yulduz” leksemasi o‟xshatilgan predmet sifatida voqelashgan 

o‟xshatishlarga  e‟tibor  qaratishning  o‟zi  kifoya.  Negaki,  “yulduzlar  „  so‟zi  ishtirokida 

quyidagi  o‟xshatishli  birikmalarni  qiyoslaganda  shoirning  so‟zni  zargarona  tanlash  va 

so‟zni dur kabi nozik did bilan tizish mahorati ko‟zga yaqqol tashlanadi.  

           

 

 



 Qiyoslang: 

                                               O‟xshatishli birikmalar:  

1) 

yulduzlarga yaqin (6-misol); 




2) 

yulduzlar misoli beadad (7-misol); 

3) 

yulduzkar qadar yiroq (8-misol). 



 

                                    Birikish imkoniyatlari: 

  

                                                          -ga yaqin, 



           Yulduzlar                               misoli beadad,  

                                                           qadar yiroq . 

 

    Ko‟rinib turibdiki, poetik nutqda “yulduzlar ” so‟zining [-ga] jo‟nalish kelishigi 



hamda  “misoli”,  “qadar”  ko‟makchi  shaklidagi  birikish  imkoniyatlari  mavjudligini 

“yaqin”,  “beadad”,  “yiroq”  so‟zlari  yuzaga  chiqarmoqda.  Tobe  so‟z  (yulduzlar)  ning 

morfologik  valentligi  birikish,  ya‟ni  sintaktik  imkoniyatning    ikki  –  kelishikli, 

ko‟makchili  ko‟rinishini  hosil  qilgan.  Bunday  lisoniy  imkoniyatlarni  ichki  sezim  va 

lisoniy  shuur  orqali  anglagan  shoir  o‟z  ijodiy  mahsulida  bir  so‟zning,  ya‟ni 

“yulduzlar”ning  lisoniy  qimmatini  jilolantiruvchi  yorqin  obrazli  ifodalar  yaratgan. 

Qisqasi, so‟zning boshqa so‟zlar bilan nirikuvida badiiy jilolanishi, estetik jozibadorligini 

ko‟rsata olgan  

  Chunonchi,  oltinchi  misolda  “yulduzlarga  yaqin  ”  birikmasi  lirik  qahramon 

ruhiyatida  samoga  yaqin  yuksaklikda  ekanligini,  7-misolda  “yulduzlar  misoli  beadad” 

birikmasi inson qismati uning o‟zi kabi xilma-xil va ko‟pligini, 8-misolda esa “yulduzlar 

qadar  yiroq”  birikmasi  insonlar  orasidagi  ruhiy,  ma‟naviy  uzoqlashuvning  masofasini 

o‟ta  ta‟sirchan,  obrazli  o‟xshatish  asosida,  hattoki,  mubolag‟a  yordamida  (“yulduzlar 

misoli beadad qismat” da ), demak, badiiy ifodalashga xizmat qiladi. 

       Aytish  mumkinki,  shoirning  sifatli  birikmalardan  betakror,  jozibador 

o‟xshatishlar hosil qilishini tasdiqlovchi nutqiy dalillar biz kuzatgan she‟riy parchalar va 

tahlil  qilgan  birikmalar  bilan  cheklanmaydi,  aksincha,  ular  sifatiy  va  miqdoriy  jihatdan 

ko‟p  va  xilma-xildir.  Biz  bituruv  ishi  maqsadi  va  hajmi  talablari  asosida  bu  nutqiy 

dalillarning ayrimlarinigina ko‟zdan kechirdik hamda baholi qudrat tahlil qildik . o‟zbek 

she‟riyatining  yorqin  yulduzi,  turkey  so‟  san‟atkori,  zargari  buyuk  shoir  A.Oripov 

nazmida  sifatli  birikmalar  yordamida  yaratilgan  obrazli  ifoda  va  timsollar  salmog‟ini 



hamda  sifatli  birikmalarning  badiiy  uslubiy  qiymatini  aniqlashga  qanchlik  urunmaylik, 

bu  ummondan  bir  qatra  suv  olish  bilan  barobardir.  Zero  o‟zbek  tilida  so‟z  birikmalari, 

xususan,  sifatli  birikmalarning  uslubiy  qo‟llanilishi  shunday  cho‟ng  ummonki,  undan 

uslubshunoslik  ham,  sotsiolingvistika  ham,  pragmalingvistika  ham,  adabiyotshunoslik 

ham, hattki, poetik sintaksis ham o‟z htiyojini qondirish uchun foydalana oladi. Shunday 

ekan,  o‟zbek  tili  sintaktik  sath  birliklari,  jumladan,  so‟z  birikmalarining  nutqiy 

voqelanish 

imkoniyatlarini 

o‟zida 

mujassamlashtirgan, 

ammo 

bu 


mavjud 

imkoniyatlardan  birgina  -  hokim  a‟zosi  sifatli  SB  larning  A.Oripov  she‟riyati  misolida 

voqelanishini  o‟rganish  natijasida  sifatli  birikmalar  poetik  nutq    vositasi  ekanligiga 

ishonch  hosil  qildik.  Basharti  sifatli  birikmalar  poetik  nutq  yaratish  vositasi  hisoblanar 

ekan, so‟z birikmalari so‟z singari obraz yaratishning muhim omillaridan biri sanalishiga 

zarracha shubha qolmaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                         

 

 



  Xulosa 

 

Malakaviy-bitiruv  ishida  “Sifatli  birikmalarning  badiiy  uslubda 



qo‟llanilishi (A.Oripov sheriyati misolida)” mavzuyi bilan uzviy aloqador masalalarning 

tahlili natijasi quyidagi xulosalarda o‟z aksini topadi:             




    1.        O‟zbek  formal  tilshunosligida  so‟z  birikmalari  hokim  kompanentining 

morfologik  xususiyatiga  ko‟ra  tasnifida  sifatli  birikmalar  sifatida  ajratilgan  nutqiy 

hosilalarning  lisoniy-sintaktik  qurilishi  va  uslubiy  qo‟llanishi  masalasi  fanimizdagi 

sintaktik  sathning  substansial  tadqiqiy  muammolari  bilan  chambarchas  bog‟liq.  Ushbu 

masala ilk marta o‟zbek substansional tilshunosligi tadqiq usullari yordamida, uslubiyat, 

tilshunoslik  va  adabiyotshunoslik  kesishgan  nuqtalarida,  poetik  nutq  talablari  asosida 

tahlil qilindi.  

            2.           Jamiyatimiz a‟zolari nutqida turli kommunikativ ehtiyojlarni qondirish 

(v.  k)  kibi  birikmalarning  hokim  a‟zosi  sifat  leksimalaridan  iborat.  Shuning  uchun  bu 

so‟z  birikmalari  sifatli  birikmalar  hisoblanadi.maqsadida  reallashuvchi  va  faqat  nutq 

jarayonida muvaqqat qo‟llanish tabiatini namoyon etadigan guldan nozik, toshdan qattiq, 

so‟zga  chechan,  husnda  tanho,  noonday  aziz,  osmon  kabi  bepoyon,  dengiz  yang‟lig‟ 

sokin  

3. 


Tobe  a‟zo  mavqeyidagi  otlarning  jo‟nalish,  o‟rin-payt,  chiqish 

kelishigi,  o‟xshatish  shakli  va  ko‟makchilar  yordamida  hokim  a‟zo  mavqeyidagi 

sifatlarga birikish tarsi hamda mazkur birikish maxsulini umumlashtiruvchi [O 

k.k 


~ Ss] = 

SB  hamda  [O‟ 

o‟xsh 

~Sf]  =  SB  qoliblari  “qiyoslash”  va  “o‟xshatish”  ma‟noli  so‟z 



birikmalarini  yuzaga  chiqaradi.  Sifatli  birikmalarning  tobe  a‟zosi  ot  leksemalari  bilann 

ifodalanuvchi  bir  turini,  shuningdek  sifatli  birikmalarining  xilma  xil  ko‟rinishlaridan 

birini  umumlashtiruvchi  bu  qurilmalar  qolib  variantlari  hisoblanadi.  Demak,  sifatli 

birikmalar lisoniy-sintaktik iyerarxiyasida ular oraliq shakllar mavqeyida turadi.  

4. 

Uslubiyatning  katta  tarmog‟I  hisoblangan  vazifaviy  uslublar  orasida 



badiiy uslub o‟quvchi yoki tinglovchiga estetik ta‟sir etishi, badiiy obraz yaratishga va til 

vositalaridan individual ijobiy foydalanishga xizmat qilishi ham,da adabiy tilning barcha 

uslublariga xos elementlarni qamrab olish bilan alohida o‟rin egallaydi.  

5. 


Badiiy  uslubda  qo‟llaniladigan  va  bu  uslubning  o‟ziga  xosligini 

belgilovchi  vasitalar,  ya‟ni  badiiy  tasvior  vositalari  alohida  bir  tizimni  tashkil  etadi. 

Sufatli  birikmalar  badiiy  tasvir  vositalaridan  biri  –  troplar  sirasida  o‟xshatishlarni 

shakllantirishga xzmat qiladi. 

6. 

sifatli  birikmalarni  uslubiy  qiymati  badiiy  nutqning  eng  yuksak  va 



ijodiy  faoliyatning  oily  namunasi  bo‟lmish  poetik  nutq  orqali  hamda  o‟zbek  tilining 


poetik  cho‟qqisi  hisoblangan  A.  Oripov  she‟riy  asarlarida  qo‟llangan  “o‟xshatish”, 

“qiyoslash”  ma‟noli  birikmalarni  tahlil  qilish  asosida  aniqlandi.  Poetik  nutqda  sifatli 

birikmalar  turli  –  tuman,  rang-baran  o‟xshatishlarning  sintaktik  usulda  ifodalanish 

imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.  

7. 

Ma‟lum  bo‟ldiki  sifatli  birikmalar  qanday  lisoniy-sintaktik  qurilish 



qolipi asosida yuzaga kelishidan qat‟iy nazar, poetik nutqning tasviriy vositalari, xususan, 

o‟xshatish  turlari,  ko‟rinishlari  sirasida  faqat  nutqiy  qo‟llanish  vazifasiga  ko‟ra  o‟z 

o‟rniga ega bo‟ladi. A. Oripovning “Yillar armoni”, “Ishonch ko‟priklari”, “Menga xush 

xabar ayt” to‟plamlarini tahlil qilish asosida yig‟ilgan 60 xil sifatli birikma buning yorqin 

dalilidir. Bu esa sifatli birikmalar poetik nutq vositasi ekanligini tasdiqlaydi.  

 

                                Adabiyotlar ro‟yxati                       



      I. Ijtimoiy-metodologik adabiyotlar:       

1.Karimov Islom. O‟zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T. : o‟zbekiston, 1999.  

2.Karimov  Islom.  Barkamol  avlod  orzusi.  –  T.  :  O‟zbekiston  milliy 

ensiklopediyasi, 2000. 

3. Karimov Islom. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‟naviyat, 2008. 

– 176 b.


 

       II. ILmiy risola, darslik va o‟quv qo‟llanmari: 

4.Abdullayev F. So‟zlar o‟zaro qanday bog‟lanadi. – T.: Fan, 1978. -75 b. 

5.  Abdurahmonov  F.  ,  Sulaymonov  A.  , Xoliyorov  X.  ,  Omonturdiyev  J.  Hozirgi 

o‟zbek adabiy tili. Sintaksis. – T. : O‟qituvchi, 1979. – 208 b.                          

6. Asadov T. So‟z turkumlari tizimada ravish. – T.: Muharrir, 2010. – 132 b. 

7.  Baskakov  N.A.  ,  Sodiqov  A.,  Abduazizov  A.  Umumiy  tilshunoslik.  –  T.: 

O‟qituvchi, 1979. – 192 b. 

8.  Begmatov  E.,  Boboyeva  A.  ,  Asomiddinova  M.  Adabiy  norma  va  nutq 

madaniyati. – T.:Fan, 1983. – 151 b. 

9. Bozorov O. O‟zbek tilida darajalanish. – T.: Fan, 1995. -132 b.  

10. Barovkov A.K.,  G‟ulomov A., Ma‟murov Z., Shermuhammedov T. O‟zbek tili 

grammatikasi. II qism. Sintaksis. – T.: O‟zdavnashr, 1956. – 132 b. 



 11. Komilova X. Gapda so‟zlarning bog‟lanishi. – T.: Fan, 1955. – 27 b. 

12. Mahmudov N. Ma‟rifat manzillari. – T.: Ma‟naviyat, 1999. – 64 b. 

13. mahmudov N., Nurmonov A. O‟zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. 

– T.: O‟qituvchi, 1995. – 232 b. 

14. Mengliyev B. o‟zbek tilining  struktur sintaksisi. – Qarshi: Nasaf, 2003. 

15.  Mengliyev  B.  ,  Abuzalova  M.  Hozirgi  o‟zbek  adabiy  tili.  –  Qarshi  :  Nasaf, 

2005. – 184 b. 

16. Mirzayev M. , Usmonov S. , Rasulov I. O‟zbek tili. – T.: O‟qituvch, 1978. – 

256 b. 

17. Ne‟matov H. , Bozorov. O. Til va nutq. – T.: O‟qituvchi, 1993. – 32 b. 

18.  Ne‟matov  H.  ,  Rasulov  R.  ,  O‟zbek  tili  system  leksikalogiyasi  asolari.  –  T.: 

O‟qituvchi, 1995. – 128 b. 

19.  Nematov  H.,  Sayfullayeva  R.,  Qurbonova  M.  O‟zbek tili structural  sintaksisi 

asoslari. – T.: Universitet, 1999. 

20. Nurmonov a. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. – T.: Fan, 1982. – 100 b. 

21. Rasulov R. , Narziyeva M. Leksikalogiyani o‟rganish – T.: O‟qituvchi,1992. - 

24 b. 

22. Rasulov R. O‟zbek tilidagi holat fe‟llari va ularning obligtor valentliklari. – T.: 



Fan, 1989. 

23. Rustamiy A. Adibla odobidan adablar. – T.: Ma‟naviyat, 2003. – 112 b. 

24. Safarova R. Leksik semantic munosabatlarning turlari. – T.: O‟qituvchi, 1996. 

– 48 b. 


25.  Sayfullayeva  R.,  Mengliyev  B.,  Boqiyeva  G.,  Qurbonova  M.,  Yunusova  Z., 

Abuzalova M. Hozirgi o‟zbek adabiy tili. Sntaksis. – T.: O‟z MI bosmaxonasi, 2006. – 

171 b. 

26.Tojiyev  Yo.,  Hasanova  N.,  Saidova  R.,  Yo‟ldosheva  O.  O‟zbek  nutqi 

madaniyati va uslubiyat asoslari amaliyoti. – T.: 1994. – 115 b. 

27. Sharipov M. Hozirgi o‟zbek tilida so‟z birikmasi masalasi. – T.: Fan, 1978. - 

88 b. 

28.  Shomaqsudov  A.,  Rasulov  I.,  Qo‟g‟urov  R.,  Rustamov  H.  O‟zbek  tili 



sitilistikasi. – T.: O‟qituvchi, 1983. – 248 b. 


29. O‟zbek tili grammatikasi. II tom – T.: Fan, 1976. - 560 b.  

30.  Qilichev  E.,  Qilichev  B.  Nutq  madaniyati  va  uslubiyat  asoslari.  Buxoro 

“Buxoro universiteti nashriyoti” 2002. – 114 b. 

31. Qilichev E. Badiiy tasvirning leksik vositalari. – T.: Fan, 1982. – 87 b. 

32.  Qurbonova  M.  Hozirgi  zamon  o‟zbek  tili  (soda  gap  sintksisi  uchun 

materiallar). – T.:  

O‟z MU bosmaxonasi, 2002. – 117 b. 

33.  Qo‟ng‟urov  R.  ,  Begmatov  E.,  Tojiyev  Yo.  Nutq  madniyati  va  uslubiyat 

asoslari. – T.: O‟qituvchi, 1992. – 160 b. 

34. Qo‟chqortoyev I. So‟z ma‟nosi va uning  valentligi. – T.: Fan, 1977. – 168 b. 

35.  G‟afurov  U.  O‟ttiz  yil  izhori:  adabiy  o‟ylar,  maqolalar.  –  T.:  Adabiyot  va 

san‟at, 1987.  – 400 b. 

36. G‟aniyev I. Afoqova N. Ozod ruh Fflsafasi. – T.: Fan, 2006. -151 b. 

37.  G‟ulomov  A.,  Asqarova  M.  Hozirgi  o‟zbek  adabiy  tili.  Sintaksis.  –  T.: 

O‟qituvchi, 1987. – 256 b. 

          III. Ilmiy maqolalar:  

38. Abdullayev F. So‟z birikmalari sintaksisining ayrim  masalalari // “o‟zbek tili 

va adabiyoti ” jurnali, 1969. 1-son, 41-46-b. 

39.  Abdurahmonov  G‟.  Hozirgi  zamon  o‟zbek  tilining  adbiy  uslubi  haqida  // 

“O‟zbek tili va adibiyoti” 1992. 5-6-son, 28-36-b. 

40. Mahmudov N. O‟zbek tilshunosligining taraqqiyoti // “O‟zbek tili va adbiyoti” 

, 2001. 4-son, 5-b. 

41.  Nazarova  S.  So‟z  birikmalarini  formal-funksional  tahlili  muammolari  // 

“O‟zbek tili va adabiyoti” ,2002. 6-son, 55-57-b. 

42.  Nazarova  S.  Izohlovchili  birikmalar  //  Ayyub  G‟ulom  va  o‟zbek  tilshunosligi 

(ilmiy maqolalar to‟plami) . – T.: O‟z MU bosmaxonasi, 2004. 97-100-b. 

 43. Narziyeva M. Shaxsni yosh belgisiga ko‟ra atovchi so‟zlar gruppasining ichki 

klassifikatsiyasi  haqida  //  “O‟zbek  tilini  sinxron  o‟rganish  masalalari”  (  ilmiy  asarlar 

to‟plami) – T.: 1987. 30- 33 b. 



44.  Ne‟matov  H.  Tajalli  tasavvuf  bilish  nazariyasi  va  tilshunoslikda  sintasisni 

o‟rganish masalalari // “o‟zbek tili va adabiyiti” , 1993. 2-son 27-30-b. 

45. Rasulov R. So‟z  valentligi va sintaktik aloqa // “O‟zbek tili va adabiyoti” 

 , 1992. 5-6-son, 36-40-b. 

46.  Qurbonova  M.  Shakl-vazifaviy  talqinda  sustansiallik  omil  //  “O‟zbek  tili  va 

adabiyoti” , 1999. 1-son, 42-45-bet. 

47.  Qurbonova  M.,  Ochilova  M.  Raximov  A.  O‟zbek  tilshunosligida  sintaktik 

nazariyalar // “Ayyub G‟ulom va o‟zbek tilshunoisligi” (ilmiy to‟plam)  – T.: 2004, 73-

76-b. 

         



IV. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari: 

48. Abuzalova M. O‟zbek tilida soda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning 

nutqda voqelanishi. Nom. zod. disser. … avtoref. – T., 1994, - 21 b. 

49.  Madrahimov  I.  O‟zbek  tilida  so‟zning  serqirraligi  va  uni  tasniflash  asoslari. 

Nom.disser. … avtoref. – T., 1994, - 25 b.  

   


50.  Mengliyev  B.  Morfologik  vositalarning  ma‟naviy  xususiyatlari  va  sintaktik 

imkoniyatlari. Nom.disser. … avtoref. – T., 1996. – 19 b. 

51. Nazarova S. Birikmalarda so‟zlarning erkin bog‟lanish omillari. Nom. disser. 

…avtoref. – T., 1997. – 21 b. 

52. Negmatova L. o‟zbek tilida privativlik. Nom.disser. .. avtoref. – T., 2004. – 18 

b. 


53. Qurbonova M. O‟zbek tilshunosligida formal-funksional yo‟nalish va soda gap 

qurilishining talqini. Dok.disser. … avtoref. – T., 2001. – 51 b. 

 

 

V. Badiiy adabiyotlar: 



54.  Oripov  Abdulla.  Yillar  armoni.  –  T.:  G‟afur  G‟ulom  nomidagi  adabiyot  va 

san‟at nashriyoti, 1984. – 567 b. 

55. Oripov Abdulla. Yillar armini. – T.: Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1987. – 592 

b. 


56. Oripov Abdulla. Ishonch ko‟priklari.  – T.: G‟. G‟ulom nomidagi adabiyot va 

san‟at nashriyoti, 1989. – 240 b. 




57. Oripov Abdulla. Menga xush xabar ayt. – T.: Ma‟naviyat, 2009. – 128 b. 

 

 



 

A. 


Oripovning  “Yillar  armoni”,  “Ishonch  ko‟priklari”, 

“Menga  xush  xabar  ayt  ”  to‟plamlari  matnida  qo‟llangan  sifatli 

birikmalar ro‟yxati 

I  “Yillar armoni” to‟plami asosida (T., 1984): 

1) 

tabiatday baravj (542-b.); 



2) 

tabiatday hur (542-b.); 

3) 

har narsadan oily (510-b.); 



4) 

noming kabi mustahkam (460-b.); 

5) 

quyoshdek porloq (278-b.); 



6) 

oftobday baland (244-b.); 

7) 

munajjiming misoli bedor (236-b.); 



8) 

qirg‟iz xaiqin qalbiday beg‟ubor (239-b.); 

9) 

boladay xushhol (212-b.); 



10)  fazodan teranroq (134-b.); 

11)  sevgiday abadiy (202-b.); 

12)  yulduzlar bazmidan porloq (134-b.);  

  13) sendan yiroq (66-b.); 

  14) oppoq tolasidek oydin(327-b.); 

  15) qor kabi pokiza (373-b.); 

  16) tog‟dek sarbland (373-b.); 

   17) sizdan buyukroq (352-b.); 

   18) haqiqat qadarli ulug‟ (399-b.); 

   19) yulduzlar misoli beadad (290-b.); 

   20) shabnamday ma‟sum (237-b.); 

   21) ko‟klam kabi yosh (237-b.); 

   22) she‟rdan ham ulug‟ (129-b.); 



   23) nondan azizroq (129-b.); 

   24) xayolday bepoyon (266-b.); 

   25) nurdan pok (278-b.); 

   26) ishqday bezavol (278-b.); 

   27) yulduzlarga yaqin (235-b.); 

   28) ko‟zlardan yiroq (235-b.); 

   29) yulduzlar qadar yiroq (229-b.); 

   30) go‟dakday shirin (465-b.). 

            

II.  “Ishonch  ko‟priklari”  to‟plami  asosida  (  T., 

1989): 

1) 


osmon kabi keng (7-b.); 

2) 


onam kabi yolg‟iz (35-b.); 

3) 


shaharlardan uzoq (106-b.); 

4) 


kentlardan yiroq (106-b.); 

5) 


sharqning zumradidek quvonchbaxsh (135-b.); 

6) 


olam tubi qadar tiniq (135-b.); 

7) 


biz yanglig‟ shodumon (139-b.); 

 

III. “Menga xush xabar ayt” to‟plami asosida ( T., 2009):  



1) 

so‟zana yanglig‟ tugal (88-b. ); 

2) 

maktab bolasiday saf-saf (88-b.); 



3) 

zaminda ko‟p (90-b.); 

4) 

nondek arzanda (118-b.); 



5) 

hammaga ayon (122-b.); 

6) 

himoyaga muhtoj (16-b.); 



7) 

padar kabi ulug‟ (14-b.); 

8) 

jazoga mustahiq (15-b.); 



9) 

boladay xushhol (27-b.); 

10) 

nomingdan ulug‟roq (28-b.); 



11) 

menda  bisyor (40-b.); 

12) 

iymonga poydor (41-b.); 




13) 

baridan ortiq (44-b.); 

14) 

menga ta‟alluqli (49-b.); 



15) 

tinchlikka mas‟ul (50-b.); 

16) 

samovatga tegishli (78-b.); 



17) 

yulduzlar misoli bedor (79-b.); 

18) 

tog‟larning qoridek bokira (79-b.); 



19) 

durdek nihon (86-b.); 

20) 

xayol kabi chigal (88-b.); 



21) 

askiyaga barobar (78-b.); 

22) 

sukutdan yaxshiroq (54-b.); 



23) 

daftar chizig‟iday taram-taram (89-b.). 

 

 

   



 

 

 



                                     

 

 



 

Download 311,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish