Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana10.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#143760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
bolalarda sezgi azolari anatomiyasi va fiziologiyasi (1)

 

 

                                      “Sog’lom avlodni tarbiyalash- buyuk davlat             

 

                                        poydevorini, farovon hayot asosini qurishdir”. 

                                                                               I.A.Karimov. 


 

 

   K I R I S H. 

 

Inson  sog‘ligini  muhofaza  qilish  va  mehnat  qobiliyatini  ko‘tarish 

haqida  g‘amxo‘rlik  qilish  muhim  davlat  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu 

vazifalarni  hal  etishda,  jumladan  kasalliklarning  oldini  olish,  sog‘lom 

turmush  tarzini  targ‘ib  qilishda    tibbiyot  xodimlari  bilan  bir  qatorda 

pedagoglar ham katta kuch bo‘lib xizmat qiladilar. Zamonaviy bilim berish 

uchun  avvalo  murabbiy  o‘sib,  rivojlanib  kelayotgan  avlodning  turli 

davrlardagi  o‘zgarishlarini,  tashqi  muhit  sharoitining  bola  organizmiga 

ta‘sirining gigiyenik ahamoyatini bilib olganidagina o‘quv-tarbiya jarayonini  

to‘g‘ri tashkil eta oladi.  Avlodni jismonan sog‘lom, aqliy va ruhiy jihatdan 

tetik,  qaddi-qomati  kelishgan    qilib  tarbiyalash  uchun  har  qanday  o‘qitish 

shaklidagi  bilim  muassasalari  tarbiyachi  va  o‘qituvchilari  bola  organizmi 

fiziologiyasi,  uning  sensor  tizimi  fiziologiyasining  yosh  xususiyatlarini 

bilishi, oz bo‘lsada bu haqida ma‘lumotga, bilimga ega bo‘lishi zarur.  

O‘zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  o‘zining  asosiy 

masalalaridan  biri    deb  sog‘lom  avlodni  tarbiyalashni  belgilab  oldi.    Shu 

munosabat bilan 29-aprel 1993 yil ― Sog‘lom avlod‖ jamg‘armasi tuzildi 3- 

dekabr 1993-yili Vazirlar mahkamasining 589- qarori bilan o‘sib kelayotgan 

avlodni  sog‘lomlashtirish  chora-tadbirlari  haqidagi  kompleks  dastur  qabul 

qilindi.  Shunday  ekan  davlatimiz  tomonidan,  aynan  davlatimiz  sarbonlari 

tomonidan  xalq  sog‘ligiga  nisbatan  shunday  katta  e‘tibor  berib,  juda  katta 

imkoniyatlar  yaratilayotgan  ekan,  biz  bunga    salomatligimiz  bilan  javob 

qaytarishimiz kerak. 

Mening  bitiruv  malakaviy  ishimning  mavzusi  ham  qaysidir  ma‘noda 

yuqorida  keltirgan  so‘zlarimga  bog‘liqdir.  Fan-texnikaning  rivojlanishi, 

ayniqsa  kompyuter  texnologiyalarining,  uyali  aloqa  vositalari,  shuningdek 

inson  sensor  sistemasi  yordamida  qabul  qiladigan  ko‘pgina  texnologiyalar 

yaratilmoqdaki,  ular o‘z  navbatida  sensor  tizim  a‘zolariga ta‘sir o‘tkazmay 

qo‘ymaydi. 

Barcha tirik organizmlar ovqat  va o‘z turining boshqa jinsiga mansub 

vakilini topish, turli xavf-xatardan qochish, fazoda chamalash (oriyentir) va 

uning  muhim  xossalarini  baholash  uchun,  atrof-  muhit  to‘g‘risida  axborot 

olishga 

muhtojdir. 

Aynan 

shunday 


imkoniyatni 

sensor 


tizimlar  

(analizatorlar) ta‘minlaydi. 

 

Sensor    so‘zi  lotincha  ”  sensus”  -  sezish  so‘zidan  olingan,  sensor 



tizim  deganda,  asab  yo‘llari  orqali  retseptor  apparatlari  va  o‘zaro  bir  biri 


bilan  bog‘langan,  M  A  T  ning  ma‘lum  bir  tuzilmalarining  yig‘indisi 

tushiniladi. Uning vazifasi bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ta‘sirlarni qabul 

qilib, tashqi signalni kodlash bilan tugallashdan iborat. 

 

Sensor  tizimi  fiziologiyasida  ob‘ektiv  va  sub‘ertiv    aspektlar 



muammosi  mavjud.  Biz  odamlar  va  hayvonlar  sezgi  a‘zolarining 

birortasining    faoliyatini  kuzatishimiz  va  tahlil  qilishimiz  mumkin.  Bunday 

yo‘l  bilan  biz  ob‘ektiv  sensor  fiziologiyasini  o‘rganamiz.  Biz  bunda 

to‘xtamasdan    ilgarilab  borishimiz  mumkin  va  tashqi  hodisalar    sezgi 

a‘zolari yordami orqali hosil qiladigan o‘z his- tuyg‘ularimizni  ilmiy tahlil 

qilishimiz  mumkin.  Bu  holda  biz,  sub‘ektiv  sensor  fiziologiyasi    sohasiga 

kirib kelamiz. 

 

 



Sub‘ektiv  sensor  fiziologiyasi    sezish  va  idrok  qilish  faoliyati,  ya‘ni 

inson ruhiyati( psixikasi) bilan shug‘ullanadi. Ob‘ektiv  sensor fiziologiyasi 

retseptor potensiallar, bosh miya sensor markazlaridagi impulslar  chastotasi 

bilan shugullanadi.Ularning barchasi material fenomendir, ya‘ni fizikaviy va 

kimyoviy tushunchalar  yordamida ularni yoritish  mumkin. 

Axborotni  qabul  qilish  va  qayta  ishlash  analizatorlar  ,  ya‘ni  sezgi 

organlari  orqali    amalga  oshiriladi.  Tashqi  olamdagi  ta‘sir  nerv  signallari 

holida  bosh  miyadagi  nerv  markazlariga  etkaziladi.Bu  signallar  bosh 

miyaning  turli  bo‘limlarida  qayta  ishlanib,  uning  oliy  bo‘limida  sezish, 

anglash, tasavvur qilish bilan yakunlanadi. 

 

I.P.Pavlov  har  bir  analizator  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan    uchta  :  



periferik,  o‘tkazuvchi  va  markaziy  qismdan  iborat  ekanini  birinchi  bo‘lib  

isbotlagan.  Retseptorlar  analizatorning  periferik  qismi  hisoblanadi,  bular 

ma‘lum  ta‘sirga  javob  beruvchi    nerv  uchlari  bilan  tugaydi.  Retseptorlar 

tuzilishi,  joylashishi,  fuksiyasiga  ko‘ra  turli  xil  bo‘ladi.  Qo‘zg‘alishni 

retseptoridan  boshqa  miya  katta  yarin  sharlariga  o‘tkazuvchi  markazga 

intiluvchi  neyronlar  analazatorning  o‘tkazuvchi  qismini  tashkil  etadi. 

Analizatorning  barcha  qismlari  bir  butun  holda  ishlaydi,  istalgangan  

analizatorning biror bir  qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi. 

 

Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim, agar 



bolaning turli organlaridan,  turli sezgi organlaridan ta‘sir kam borsa, bosh 

miya  rivojlanishdan  orqada  qoladi.  Tashqi  olamdagi  turli  xil  ta‘sir  avval 

retseptorlarda, so‘ngra bosh miya bolimlarida analiz qilinadi. Ta‘sirning har 

tomonlama nozik analizi bosh miya katta yarim sharlarida amalga oshadi.  

 

Sezgi organlariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va 



muskullar, qon tomirlar devoridagi retseptorlar  va boshqalar kiradi. 

Analizatorlarning miya po‘stlog‘idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa, 

ta‘sir  murakkab  analiz  va  sintez  qilinmaydi.  Masalan,  miya  po‘stlog‘idagi 



eshitish  analizatorlari  joylashgan  chakka  qismi  olib  tashlansa  ta‘sirning 

nozik tabaqalanishi yo‘qoladi. 

 

Nerv  sistemalarining  faoliyati  uchun  ta‘sir  doim  butun  organizmga 



ta‘sir  qilib  turishi  kerak.  Ko‘pgina  sezgi  organlarining  shikastlanishi 

natijasida ta‘sirning  ular orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam 

faol  faoliyatini  yo‘qotadi,  doimo  uxlaydi.  Bunday  odamni  saqlanib  qolgan 

sezgi organlariga ta‘sir etish bilangina uyg‘otish mumkin. Tekshirishlardan 

ma‘lum bo‘lishicha sensor ta‘sirotning yoqolishi diqqatni to‘plash, mantiqiy 

fikrlash,  aqliy  mehnat  qilish  xususiyatlariga  salbiy  ta‘sir  etadi.  Sezgi 

organlari  orqali  ta‘sirni  tashqi  muhitdan,  ichki  organlardan  retseptorlar 

bo‘ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti haqidagi 

ma‘lumotlar bosh miyaga yetib boradi. 

 

Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida  organizm 



o‘z-o‘zini  boshqaradi.  Masalan,  qonning  tarkibi  o‘zgarsa,  shunga  yarasha 

qon tomirlar devorida qo‘zg‘alish, tormozlanish vujudga keladi. 

 

Organizmning  sensor  sistemalari  yoki  analizatorlariga  ko‘rish, 



eshitish,  vestibulyar  ,  ta‘m  bilish,  hid  bilish,  teri  va  ichki  organlarda  sodir 

bo‘ladigan  o‘zgarishlarni  qabul  qiladigan  interoretseptorlar  yoki  vistseral  

sensor sistemalar kiradi. 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish