Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti



Download 153,52 Kb.
bet6/9
Sana05.06.2022
Hajmi153,52 Kb.
#639066
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mohidil kurs ishi 2

Tilni o'zgartirish
"Yigirmanchi asrning ko'pchiligida sinxron tilshunoslik dixronik tilshunoslikdan oldin qabul qilindi va tarixiy lingvistlar oldingi davrda sinxron tilshunoslik ishlariga asoslanib, turli sohalarda tillarning tavsiflarini to'plashlari kutilgan edi. turli senkronik holatlarni solishtirib, sodir bo'lgan o'zgarishlarni o'rganib chiqdilar va ular bir necha alohida voqealardan ketma-ket voqealar ketma-ketligini ishlab chiqishga harakat qiladigan fotosuratchi kabi harakat qildilar. bu shunchaki shunday edi: tilshunoslar sinxronik tavsiflarni amalga oshirib, buni anglamasdan, tilni o'zgartirishni tushunish uchun zarur bo'lgan tushuntirishning bu aspektlaridan chiqishdi ".
Sotsiolingvistika
Ijtimoiy lingvistika (sotsiolingvistika) sinxron va diaxron asosda o’rganiladi.
Frantsuz tilshunos olimi F. de Sossyur bu masalada to'xtalar ekan, tilning hozirgi holatiga nima aloqador bo'lsa , ularning barchasi sinxron , uning harakat , dinamik evolyutsiyasiga , butun taraqqiyot jarayoniga nima aloqador bo'lsa , ularning barchasi diaxron hodisadir , deb ta'kidlaydi .
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda , til qurilishi va uning ifoda vositalari o'rtasidagi bog'liqlik sinxron va diaxron aloqalari jarayonini o'zaro bog'lashga xizmat qiladi .

Til sistemasidagi o'zgarishlar butunligicha mavjud ekan , ularning tarixiy til qatlamlari va ularning evolyutsion taraqqiyo saqlanib kelinmoqda va til ichki taraqqiyotida samarali ta'sir qilmoqda. F. de Sossyur ta'limotiga ko'ra , sinxroniya , diaxroniya bilan birgalikda ijtimoiy til faktorlari axroniya , naxroniya singari aspektlarda o'rganilib kelinadi . Xullas , sotsiolingvistika sinxron , diaxron tarzda o'rganilar ekan , bu o'z - o'zidan hozirgi va tarixiy ijtimoiy tilshunoslik nomi bilan atalib , ular ijtimoiy til masalalarini o'rganishga asos bo'ladi .


Sinxron sotsiolingvistika ma'lum bir tamoyilga asoslangan til shaklining funktsional ajratish asosida paydo bo'lishidir . Ko'pgina hozirgi ijtimoiy tilshunoslikka bag'ishlangan ilmiy ishlarda tilning yashash tarzi , u yoki bu hollarda davlatlarda til vujudga kelishi kabi masalalar chuqur talqin etilayapti . Bu kabi masalalar sinxroniya va diaxroniya muammolarini o'rganishda ularni ajratib o'rganmaslik lozimligini e'tirof etadi . Yuqorida F. de Sossyur sinxroniya va diaxroniyani ajratib xato qiladi . Negaki , ular aloqada sinxroniya ichida diaxroniya , diaxroniya ichida esa sinxroniya mavjud . Bundan maqsad tilning butun tizimi va uning qismlarini sinxron aloqada va munosabatlarini o'rganishdan iborat bo'lsa , til va uning qismlarining butun tarixiy taraqqiyoti , harakat evolyutsiyasini birgalikda tekshirishning murakkablik xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqdir . Sinxron sotsiolingvistika til tizimi va uning komponentlarini turli davrlarga xos tarzda o'rganadi . Aytaylik , VI asr eski o'zbek adabiy tili VII - XIX asrlardagi o'zbek tili hamda XX asr boshlaridagi o'zbek adabiy tili va uning taraqqiyot qonuniyatlarini sinxron ( hozirgi davr ) nuqtai nazaridan o'rganish mumkin. Sinxron sotsiolingvistikani metodologik jihatdan tahlil qilganda , til tizimi va uning qurilishidagi hamda turli xil til vositalarini tahlil qilish asosida tekshirishini e'tirof etish joiz bo'ladi .
Chunki sinxronik tekshiruvlarda hozirgi til qurilishida tub o'zgarishlar , sifat va samaradorlik kabi masalalar muhim o'rin egallamoqda . Holbuki , hozirgi ijtimoly tilshunoslikning vazifaviy doirasi ancha kengayib bormoqda. Buni o'zbek tili va uning keyingi yillardagi mavqeini oshib borishi orqali ham ko'rish mumkin.
Sinxron sotsiolingvistikaning obyekti: hozirgi butun dunyo tili, til regionlari, davlat va xalq tillarining hozirgi hayotini, tilda hozir nima mavjud bo'lsa, shularning barchasini o'rganishdir. Lekin sinxroniyani hozirgi davr bilan to'la - to'kis chegaralash mumkin emas. Butun til taraqqiyotini sinxron qismlarga bo'lib o'rganish ham mumkin. Masalan: XII - XIV, XIV - XV, XVI - XVII, XI asr oxiri va XX asr boshlari, 1930-1970 , 1992-2000 yillar o'zbek tili taraqqiyoti bilan bog'liq masalalari ham o'rganish va tekshirish hamda sinxron qismlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, sinxron sotsiolingvistika tilning vazifaviy jihatlarini umumtil qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda tekshiradi (xususiy va umumiy ijtimoiy funktsiyasini), tilning shakl jihatdan xoslanishi, til tizimidagi harakter va xususiyatini, uning umumiy jihatlarini, funktsional xususiyatlarini, til vaziyati va holatining metod va yo'nalishlarini ijtimoiy lingvistika qonuniyatlari asosida o'rganishda sinxron lingvistika muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, sinxron sotsiolingvistika tilning ijtimoiy vazifasini, tilning hozirgi davrdagi ko'rinishlarini, so'zlashuv tili, adabiy til va uning shakllari, koyne, mahalliy va sotsial dialektlar, pidjin, kreol, argo til va boshqalarni o'rganadi.


Download 153,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish