Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Kafedra mudiri: dots.Xayitov SH.N



Download 1 Mb.
bet2/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

Kafedra mudiri: dots.Xayitov SH.N

Fanning o‘quv uslubiy majmuasi «Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari» fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan.



(2020 yil ________ sonli bayonnoma).

Fakultet kengashi raisi: prof. Djuraev X.F.

O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig‘i: dots.Quliyev
M U N D A R I J A:



1. Fan bo‘yicha maruza matni




2. Amaliy mashg‘ulotlarning materiallari (masalalar,seminarlar va h.k.).



3. Glossariy




4. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni



5.Referat mavzulari




6.Nazorat savollari




7. Ilovalar




  • Fanning o‘quv dasturi







  • Taqdimot materiallari




  • Fanning test savollari




8.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati














MA’RUZA MAVZULARI

"Iqtisodiyot " fanidan ma`ruza mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo`yicha taqsimlanishi:


Mavzu nomi

Talabaning o‘quv yuklamasi, soat

Umumiy yuklama hajmi

Auditoriya mashg‘ulotlari

Mustaqil ta

Jami

Jumladan

Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Lab.ishi

Seminar

Kurs ishi




Iqtisodiyotga kirish

10

4

2

2










6

Iqtisodiy tizim turlari

10

4

2

2










6

Talab, taklif, bozor muvozanati. Elastiklik

10

4

2

2










6

Iste’molchilar tanlovi nazariyasi

10

4

2

2










6

Ishlab chiqarish va xarajatlar

10

4

2

2










6

Mukammal bozor va monopoliya. Monopolistik raqobat va oligopoliya

10

4

2

2










6

Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va samaradorlik

10

4

2

2










6

Davlatning iqtisodiy roli

10

4

2

2










6

Ish haqini aniqlash

10

4

2

2










6

Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik. Ishsizlik

10

4

2

2










6

Makroiqtisodiyotga kirish. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

10

4

2

2










6

Iqtisodiy o‘sish. Qisqa muddatli iqtisodiy o‘sish. Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish modellari

10

4

2

2










6

Pul-kredit tizimi. Bank tizimi. Pul, inflyasiya

14

6

2

4










8

Jamg‘arma, investitsiya

10

4

2

2










6

Moliyaviy tizim. Davlat byudjeti va fiskal siyosati

14

6

2

4










8

Biznes va uning sikllari

10

4

2

2










6

Xalqaro savdo. Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta kursi

12

4

2

2










8

JAMI:

180

72

34

38










108


«IQTISODIYOT NAZARIYASI»
FANIDAN


NAZARIY MATERIALLAR




1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH

Reja:

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi



2. Iqtisodiyotning fan sifatida shakllanishi

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi

Iqtisodiyot fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal, muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi.

Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi.

Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan.

Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida

iqtisodiyot – uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida

«iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki iqtisodiyot mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari,

ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa resurslarning

barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga etishini oldindan bashorat qilish mumkin.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish