Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Marketingni tashkil etish



Download 1,2 Mb.
bet24/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

6.3. Marketingni tashkil etish
Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkiliy ko’rinishi bo’lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo’ysunish va javobgarlikni belgilaydi.
Bugungi kunda ko’p sondagi marketing bo’limlarining tashkiliy tuzilishlari ma’lum: bajariladigan funksiyalar bo’yicha, geografik hududlar bo’yicha, tovarlar, markalar va(yoki) bozorlar bo’yicha. Demak, marketingni tashkil qilish korxonada bir necha yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Funksional tashkil etish. Korxonada marketing bo’limini tashkil etishning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga qo’shiladi. Ushbu funksiyalarni bajaruvchilar korxonaning marketing bo’yicha vise-prezidentiga bo’ysunadilar.18
Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo’linmalarning boshqarishdagi soddali, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:

  • tovarlar bo’yicha maxsus bo’limlarning yo’qligi;

  • bozorning hududiy segmentlari bo’yicha maxsus bo’limlarning yo’qligi;

  • bozor talablarining o’zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi;

  • marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi.

2. Tovarlar tamoyili bo’yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo’shiladi. Bunda tovar ishlab chiqarishni tovar assortimenti bo’yicha rahbar boshqarib, unga barcha tovar guruhlari bo’yicha boshqaruvchilar bo’ysunadi, o’z navbatida ularga har bir alohida tovar uchun boshqaruvchilar bo’ysunadi. Har bir tovar bo’yicha boshqaruvchi ushbu tovarni ishlab chiqarish bo’yicha rejalar tuzadi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi, natijalarni tekshiradi, kerak bo’lsa ushbu rejalarni qayta ko’rib chiqadi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo’lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti keng bo’lgan firmalarda o’zini oqlaydi. Birinchi bor tovar bo’yicha tashkil etish 1927 yilda “Procter & Gamble” firmasi tomonidan qo’llanilgan. Ularning “Camay” nomli yangi atir sovuni bozorda yaxshi ketmayotgan edi va keyinchalik kompaniya prezidenti bo’lgan bir yosh mutaxassis Neyl X. Makelroyga ushbu tovarni qayta ishlash va sotuvini rag’batlantirish vazifasi yuklatildi. Ish muvaffaqiyatli kechganidan so’ng, kompaniyada tovarlar bo’yicha boshqa boshqaruvchilar ham vujudga keldi. 19
Tovar tamoyili bo’yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o’ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo’yicha guruhlar ishchilari o’z majburiyatlarini samarali bajarish uchun yetarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo’lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi.
3. Bozor tamoyili bo’yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo’yicha boshqaruvchilar qo’shiladi. Bozor tamoyili bo’yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o’z tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo’lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlar yoki turli tovar afzalliklariga ega bo’lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko’ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati bo’limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.
Marketing xizmatining tuzilmasi qaysi usul va tamoyil bo’yicha tashkil etilmasin, uning asosiy funksiyasi va vazifasi quyidagilardir:
- firma faoliyati holatini tizimli va kompleks tahlil qilishni o’tkazish, muvaffaqiyatsizlik sababini va zaxiralarini aniqlash, marketing siyosati va marketing faoliyatida tajriba va yutuqlardan foydalanish;
- marketing strategiyasini ishlab chiqish, asosiy marketing maqsadini aniqlash, ishlab chiqarishni istemolchi talabiga moslashtirish, yangi maqsad, strategiya va taktikalarni an iqlash va shakllantirish;
- marketing faoliyatining amalga oshuvini tashkil etish, firma turli xizmatlar va bo’limlari faoliyatini koordinasiyalash, konyuktura - baho ishini amalga oshirish, bozorni va uni rivojlantirish istiqbollarini o’rganish, raqobatchi firma tovari strategiyasini o’rganish;
- reklama ishini tashkil etish, reklamaning nisbatan eng maqbul kanal va variantlarini tanlash, reklama matni va badiiy bezalishini amalga oshirish, kelishilgan reklama materiallarini bevosita bajaruvchilar bilan amalga oshirish;
- istemolchi tovar va xizmatlar bilan tanishuvini amalga oshirish maqsadida ko’rgazma va yarmarkalar tashkil etish, ularni o’tkazish, vaqti va joyini aniqlash, turli matbuot konferensiyalari, uchrashuvlar, simpozium va seminarlarni tashkil etish;
- patent konyuktura tadqiqotlarini amalga oshirish, yangi tovarlarni yaratishni tashkil qilish va unda ishtirok etish, mahsulot sifatini oshirish;
- tovar va xizmatlarni samarali sotishni uyushtirish, etkazib berishni nazorat qilish, zaxiralarni optimallashtirish, samarali tovar harakatini amalga oshirish;
- doimiy marketing nazoratini uyushtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining tahlili va ular samaradorligi, reklama faoliyati ustidan nazorat, barcha “xarajat – natija” mezoni bo’yicha marketing xarajatlarining doimiy nazorati;
- marketing faoliyatida hisob kitob yuritishni tashkil qilish, faoliyat baho ko’rsatkichlarini aniqlash va hisoblash, marketing xizmati faoliyatini baholash, har bir marketing xodimini rag’batlantirish.
Marketing rejalarini tayyorlash va ularni amalgam oshirishda marketing xizmati rahbari faqat o’z sheriklari manfaatlarinigina emas, balki firma ichidagi guruhlar , oily boshqaruv, moliyaviy xizmat, ilmiy izlanish, tajriba-konstruktorlik ishlari xizmati, ta’minot xizmati, ishlab chiqarish va buxgalteriyaning manfaatlarini ham hisobga olish kerak. Ular firmaning boshqa bo’limlari bilan ham uzviy hamkorlikda ishlashi kerak. Masalan, moliyaviy xizmat xodimlari vositalardan foydalanish va naqdlilik muammolari bilan qiziqadilar, bu marketingning rejalarini hayotga tadbiq etish uchun muhimdir. Ilmiy izlanish, tajriba - konstruktorlik ishlari xizmati mahsulot ishlab chiqarish metodlarini ishlab chiqish va konstruktorlash muammolari bilan shug’ullanadi, natija ular marketing xizmatlaridan tovarlarga buyurtmalar oladilar, bu buyurtmalarda tovarlarningparametrlari, ularning sifatlari va xossalari o’z ifodasini topadi.
Korxonaning marketing xizmati tajriba eksperiment ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xom ashy ova materiallarning mavjud miqdorining mavjud bo’lishi, ularning yaratish va amalgam oshirish bilan ham shug’ullanadi. Ishlab chiqarish kerakli miqdordagi tovar ishlab chiqarish uchun javobgarlikni o’ziga oladi. Buxgalteriya xizmati daromad va xarajatlarni kuzatib boradi. Ish naqadar muvaffaqiyatli borayotganini marketing xizmatiga bildirib turadi, barcha ko’rsatkichlar bo’yicha kerakli axborotni beradi. Bu bo’linmalar faoliyati u yoki bu darajada marketing xizmati rejalarida ham, harakatlarida ham o’z aksini topadi, ular o’z navbatida oldiga qo’yilgan masalalarni hal etishga yordam beradi.



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish