Buxoro muhandislik- texnologiya instituti



Download 1,2 Mb.
bet3/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Ijtimoiy ehtiyojlar - hayot va insonlarning jamiyat dagi munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlar. Bu ehtiyojlar jamiyatda o'rnashgan talablarga rioya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ma`naviy va kasbiy munosabatlarni qo'llab-quvvatlaydigan ehtiyojlardir.
Ijtimoiy ehtiyojlar quyidagicha tasniflanadi:

  • Nufuzli ehtiyojlar - nufuz, ijtimoiy o'rni va imijni belgilaydigan ehtiyojlar.

  • Jamiyat talablariga rioya qilish ehtiyojlari - davlat, jamiyat va boshqa ijtimoiy guruhlar oldidagi majburiyatlar va javobgarlikni his etish ehtiyojlari.

  • Iqtisodiy ehtiyojlar - iste`molchilar, tadbirkorlar va tashkilotlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini ta`minlashga qaratilgan ehtiyojlar. Ushbu ehtiyojlarni qondirish vositalariga pul, qimmatli qog'ozlar, moliyaviy xizmatlar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilish darajasi jismoniy va yuridik shaxslarning to'lovga qoballigi bilan belgilanadi.

  • Mehnatga ehtiyoj - mehnat faoliyati orqali kishining o'zini namoyon qilishini ta`minlaydigan ehtiyojlar. Mehnatga ehtiyoj yoshlikdan namoyon bo'lsada, kishining etuklik davrida bu ehtiyoj murakkablashib, iqtisodiy ehtiyojlar bilan chambarchas bog'lanadi.

  • Texnologik ehtiyojlar - ishlab chiqarish jarayonlarini zarur resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan ehtiyojlar. Ushbu ehtiyojlar asosan korxona va tashkilotlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Ammo ba`zida oddiy iste`molchilar ham taom pishirishda yoki konservalashda texnologik ehtiyojlarini qondiradilar.

  • Tashqi himoyaga ehtiyoj - davlatning va fuqarolarning ichki va tashqi dushmanlardan himoyalanishga bo'lgan ehtiyoji. Bu ehtiyojlar turli ijtimoiy xizmatlar: mudofaa, IIB, maxsus xavfsizlik bo'limlari tomonidan qondiriladi.

Ruhiy ehtiyojlar - kishining ruhiy faoliyat qonunlariga binoan vujudga keladigan ehtiyojlar. Ruhiy ehtiyojlar qulaylik, o'ng'aylik hislarini uyg'otish va qoniqmaslik hissini kamaytirishga qaratilgan.
2.1-chizma

Ruhiy ehtiyojlarning tasniflanishi:

  • Organoleptik ehtiyojlar - kishining hissiyot a`zolari orqali sezishi orqali qoniqishga qaratilgan ehtiyojlar. Bu ehtiyojlar ruhiy-fiziologik holat bo'lib, insonning hissiyot a`zolari: ko'rish, ta`m, hid bilish va eshitish orqali oladigan axborotni miyada qayta ishlashiga asoslanadi. Organoleptik ehtiyojlarni atrof olamdagi barcha narsalar yordamida qondirish mumkin.

  • Ergonomik ehtiyojlar - insonning antropometrik tavsiflariga mos bo'lish hisobiga erishilgan qulaylik va qoniqish hislarini taqozo etadigan ehtiyojlardir.

  • Estetik ehtiyojlar - atrof olamning go'zalligi va chiroyini anglash istagini taqozo etadigan ehtiyojlar. Ular organoleptik ehtiyojlar bilan bog'liq, ammo his etiladigan hissiyotlar bilan farqlanadi. Estetik ehtiyojlar kishida ko'ngilchan ko'tarinkilik va eyforiya hissiyotlari uyg'otadi.

  • Zavqlanish ehtiyojlari - kishilarning qiziqishlarga, yangi taassurotlarga ishtiyoqi va turli hissiyotlarga intilishi bilan belgilanadigan ehtiyojlar. Zavqlanish insonlarga ma`lum bir vaqtga bo'lsa ham, muammolarini unutish va yangi hissiyotlarni boshlaridan kechirishga imkon beradi.

  • Rekreatsion (dam olishga) ehtiyojlar - kishining hayot kuchlarini tiklash (rekreatsiya) muhimligini taqozo etadigan ehtiyojlar. Bu ehtiyojlar insonning asab tizimini tiklash bilan bog'liq. Rekreatsion ehtiyojlarni qondirish vositalariga sport tovarlari, mehmonxona, turistik va sog'lomlashtirish xizmatlari kiradi.

  • Ruhiy faollikka ehtiyoj - insonga xos bo'lgan ruhiy faoliyatning ko'rinishlarini amalga oshirishga qaratilgan ehtiyojlar. Ushbu ehtiyojlar kishilarning bir-birlari bilan muloqotda bo'lishga intilishdan kelib chiqadi hamda ijtimoiy hatti-harakatga ehtiyoj sifatida qaralishi mumkin.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish