Buxoro muhandislik texnologiya instituti



Download 1,08 Mb.
bet14/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Soliq imtiyozi – soliq to`lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to`lashdan to`liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli.

Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.

Soliq krediti – byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasini ma`lum muddatga kamaytirish, kechiktirish, bo`lib-bo`lib to`lash yoki soliqni qaytarish shakli.

Ma`lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo`li­shi bilan bog’liqdir, ya`ni davlat o`zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba si­fatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi ob`yektiv zaruratdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub`yektlar ham real sektorda, ya`ni ishlab chikarish sohasida faoliyat ko`rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo`lgan sohalar ham mavjudki, ular soliqlarning ob`yektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatning norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshqa) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlar ob`yektiv amal qilishini zarur qilib qo`yadi. Vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo`ladi.

Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta`minlash zarurligi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.Soliqlarga quyidagi funksiyalari xos:

1.Soliqlarning fiskal (xazina) yoki taqsimlash funksiyasi.Soliqlar xazinaga –byudjetga tushadi.Ya`ni yalpi ichki mahsulot qiymati yoki korxonadagi daromadlarni avval taqsimlamasdan turib, ularni to`g’ridan-to`g’ri byudjetga o`tkazib yuborish holati bo`lmaydi. Avvalo, ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini ta`minlab, so`ng daromaddan bir qismini xazinaga olish zarur. Shuning uchun fiskal funktsiyasini taqsimlash funktsiyasi deb ham yuritiladi.

2.Soliqlarning boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi funksiyasi.

3.Soliqlarning nazorat funksiyasi.

4.Soliqlarning davlat xarajati to`g’risida axborot funksiyasi.

Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko`p bo`lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba`zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo`qola borsa, yangi vazifalar paydo bo`la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta`minlanganlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko`p bolali onalar va boshqalarni mablag’ bilan ta`minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi, bundan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta`minlanganlarga moddiy yordam ko`rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a`zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o`zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag’ sarflaydi, qolaversa, fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o`rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko`plab mablag’ yo`naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo`lgan soliqlarni ob`yektiv zarur qilib qo`yadi.

Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo`lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo`llanilgan emas. Demak hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo`lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga xam tegishli, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.

Soliqlar majburiy to`lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliqto`lovchilar bilan ularni o`z mulkiga aylantiruvchi davlat o`rtasida bo`ladi. Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.

Soliqlar to`g’risidagi qarashlar tarixan ob`yektiv va sub`yektiv omillarning ta`sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta`riflarni tahlil qilish, ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo`lgan soliqtamoyillarini belgilash hamda soliqtizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo`lgan soliqlarning tutgan o`rnini aniqlash zarurdir. Chunki davlat paydo bo`lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo`lib hisoblanib kelgan. Davlat tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir vaqtda soliqtizimi o`zgargan va takomillashtirilgan. Soliqtizimining o`zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig’ib olish usullari xilma-xil bo`lganligi bilan asoslanib kelgan. Masalan, Sharqmamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshkalar uchun «zakot» sifatida olingan.

Davlat faoliyatining barcha yo`nalishlarini mablag’ bilan ta`minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliqtizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliqsolish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta`sir etuvchi usul hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi.

Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o`rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e`tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O`sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlarga uzviy bog’langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatiga ko`ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o`rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo`lmoqda.

Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo`lgan majburiy to`lovlar sifatida, davlat paydo bo`lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko`rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.

Soliqni to`lash xo`jalik yurituvchi sub`yektlar va fuqarolar bilan davlat o`rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror-bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tash­kil etishning asosiy vositasi bo`libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda investitsiyalarni ko`paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko`paytirishga, kichik biznesni rivoj­lantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog’liq bo`lgan bozor infratuzilmasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o`zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to`playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliqto`lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo`lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta`sir ko`rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta`minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.

Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni e`tiborga olgan holda kamaytirib borish o`z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, ish)lar bilan to`ldirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes sub`yektlari shaklidagi soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulot va davlat byudjetining daromadlar hajmida yil sayin o`sish ta`minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, shuningdek, uning tarkibi bo`yicha ham sezilarli ravishda ko`zga tashlanmoqda.

Soliq yuki darajasining soliq turlari bo`yicha kamayish tendensiyasini oxirgi o`n yil bo`yicha ko`radigan bo`lsak, 2000 yilda bevosita soliqlar bo`yicha 7,8 foizdan 2011 yilga kelib 5,8 foizga, bilvosita soliqlarga nisbatan soliq yuki 16 foizdan 10,6 foizga, shuningdek, resurs soliqlari bo`yicha ham kamayib 4,7 foizdan 3,9 foizgacha kamaygan. Respublikamizda soliq yukining kamayishi bu faqat ayrim soliq turlari bo`yicha soliq stavkalarining kamaytirilishi, soliq imtiyozlarining kengaytirilishi evaziga emas, balki hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda keng qamrovli tarkibiy o`zgartirishlarni ta`minlaydigan aniq maqsadli davlat dasturlarini izchillik bilan amalga oshirish hisobidan soliq tushumlariga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o`sish darajasi o`rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi.

Aksariyat rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarda, soliq yuki darajasi 29-50 foizni tashkil etayotganini ko`rish mumkin. Xususan, eng rivojlangan davlatlar hisoblangan AQSH, Italiya hamda aksariyat Yevropa ittifoqi davlatlarida soliq yukining darajasi respublikamizdagi darajadan ancha yuqori. Hozirgi kunda Italiya, Gretsiya, Islandiya davlatlarida byudjet taqchilligi bilan bog’liq muammolarni hal etish yo`li sifatida soliq yukini oshirishga oid takliflarning ushbu davlatlarning parlamentlari tomonidan ma`qullangani jahon bozori kon’yukturasiga jiddiy ta`sir etishi bashorat qilinmoqda.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish