Buxoro muhandislik texnologiya


Ishlab chiqarishda eng ko'p qo'llaniladigan manometrlarning texnik



Download 5,86 Mb.
bet37/75
Sana15.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#672209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
So\'z boshi

Ishlab chiqarishda eng ko'p qo'llaniladigan manometrlarning texnik


xarakteristikalari



Nomlanishi

Turi

Yuqori o'lchash
chegarasi

Aniqlik
toifasi

Qo'llanish

joyi

Ko'rsatuvchi manometrlar

TM(MT)

0,16; 0,25;
1,0; 1,6;
10,16; 25; 40

0,4;
2,5;

0,6;
4,6;

4

Suyuq va gazsimon moddalarning bo-simini
o'lchaydi




AMU

0,6; 1; 1,6; 2,5; 4; 16
va 10

1,5

Ammiak
o'lchash uchun

bosimini




M1D

0,16…10; 16 va 25

2,5

Havo bosimini o‘lchash
uchun




MM

4 va 25

4

Kislorod
o‘lchash uchun

bosimini




MP

0,16; 0,25; 0,4..10; 16
va boshqalar

1,5

Turli xil gazlar bosimini
o‘lchash uchun

Signal beruvchi
manometrlar

EKM

0,1 va 10

1,5

Suyuq gaz va bug‘larning bosimini o‘lchash uchun




MED

0,1 va 1,6

1,5

Suyuq gaz va bug‘larning
bosimini o‘lchash uchun

NAZORAT SAVOLLARI:





  1. Bosim deb nimaga aytiladi ?

  2. Induksion manometrning ishlash usuli ?

  3. Elektr manometrlar ?

  4. Silfonli manometrlarnmg ishlash usuli ?

  5. Deformatsion (prujinali) manometrlar to‘risida tushuncha bering ?

  6. Bosimning turli o'lchov birliklari orasidagi munosabat ?

V - bob. SUYUQLIK VA SOCHILUVCHAN MODDALARNING SATHINI


O'LCHASH

Reja:


  1. Sath haqida tushuncha.

  2. Sath o‘lchagichlarning klassifikatsiyasi.

  3. Qalqovichli sath o‘lchagichlar.

  4. Gidrostatik sath o‘lchagichlar.

  5. Sochiluvchan moddalar sath o‘lchagichlari.



Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. YUsufbekov N.R., Muhammedov B.E., G‘ulomov SH.M. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. Toshkent. ―O`qituvchi‖, 1997.-704 b. (136 – 154 b).

  2. Usmonov A.U., SHomurodova D.M. Avtomatika asoslari. Toshkent. ―O`qituvchi‖, 2001. – 127 b. (52 – 59 b).

  3. Muxammedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarni o‘lchash usullari va asboblari. Toshkent. ―O`qituvchi‖, 1991. – 319 b.

(197 – 217 b).

  1. YUsufbekov N.R. va boshqalar. Avtomatika va ishlab chiqarishprotsesslarining avtomatlashtirilishi. Toshkent. ―O`qituvchi‖, 1982. – 351 b. (118 – 129 b).

Sanoatning barcha tarmoqlarida texnologik jarayonlarning borishida moddaning sathini bir xilda saqlash asosiy o'rin tutadi. Asosan omborxonalarda keladigan xom- ashyolarni, tayyor mahsulotlarni saqlashda ularning sathini doimiy saqlab yoki tekshirib turish talab etiladi.


Ishlash usuliga ko'ra sath o'lchagichlar quyidagilarga bo'linadi: Ko'rsatish oynasi, qalqovichli, gidrostatik, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va vaznli sath o'lchagichlar.
Suyuqlikning sathini o'lchashda asosan ko'rsatish oynasi, qalqovichli hamda gidrostatik sath o'lchagichlar qo'llaniladi.
Sathni o'lchashda qo'llaniladigan tuzilishi jihatidan eng sodda asbob ko'rsatish oynasi hisoblanib, bug' qozonlarida hamda turli xil sig'imlarda tozalangan suyuqliklar sathini o'lchashda ishlatiladi. U sathi o'lchanayotgan suyuqlik solingan idish bilan birlashtirilib, trubka sath o'lchov birligida darajalangan shkalaga ega.

QALQOVICHLI SATH O'LCHAGICHLAR


Qalqovichli sath o'lchagichlar turli xil suyuqliklar sathini o'lchashda keng qo'llaniladi. Qalqovichli sath o'lchagichlar o'z navbatida ikki turga bo'linadi:



  • qalqovichi doimiy qalqib turuvchi sath o'lchagich;

  • qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagich.

Birinchi turdagi sath o'lchagichlarda (45- rasm) yumshoq trosning bir tomoniga qalqovich 1, ikkinchi tomoniga esa uni tortib turish uchun yuk osilgan. Yukning yon tomoniga ko'rsatgich 4 o'rnatilgan bo'lib, sathning o'zgarishiga qarab reykali shkala bo'ylab harakatlanadi. Trosning harakati esa 3 roliklar yordamida boshqariladi.



        1. rasm. Qalqovichli sath o'lchagich.

Ikkinchi turdagi sath o'lchagichning sxemasi 46- rasmda keltirilgan bo'lib, u sath o'zgarishini masofaga uzatishi bilan oldingilaridan farq qiladi. Qalqovich vazifasini esa silindr shaklidagi metall trubka bajaradi. Qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagichning ishlashi metall trubkaning suyuqlikka cho'kish chuqurligiga qarab uning og'irligining o'zgarishiga asoslangan.


Sathi o'lchanayotgan suyuqlik solingan idish 1 ga richag mexanizmi 4 orqali o'tgan yumshoq tros 3 ga metall trubka 2 osilgan. Idishda suyuqlikning sathi o'zgarsa, metall trubkaning trosga beradigan og'irlik kuchi o'zgarib, richag mexanizmi yordamida sterjenli torsion trubka 5 ni burilishga olib keladi. Torsion trubkaning burilish burchagi suyuqlik sathining o'zgarishiga proporsionaldir. Sterjen uchiga o'rnatilgan to'siq asbob ishlashi uchun beriladigan siqilgan havo yo'lini berkitadi (suyuqlik sathi ko'paygan holatda). Pnevmatik qurilma 7 dan beriladigan siqilgan havo bir paytning o'zida shkalasi o'lchov birliklarida darajalangan o'lchov asbobi 8 ga uzatiladi.




        1. rasm. Qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi sath o'lchagich.




Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish