Buyuk geografik kashfiyotlar



Download 23,86 Kb.
bet1/11
Sana16.07.2021
Hajmi23,86 Kb.
#120924
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JAHON TARIXI MUSTAQIL ISHI 1


FARG’ONA DAVLAT UNVERSITETI TARIX FAKULTETI

2-KURS 19.76 B GURUHI TALABASI ISLOMIDDIN MUSOJONOVNING JAHON TARIXI FANIDAN “BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU: BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

REJA:


  1. Buyuk geografik kashfiyotlarga tarif

  2. Buyuk geografik kashfiyotlarning tarixiy ahamiyati

  3. Buyuk geografik kashfiyotlarning tarix fanidagi o’rni

  4. Buyuk geografik kashfiyotlarning geografiya fani uchun qo’shgan ulkan xissasi

  5. Xulosa



Buyuk geografik kashfiyotlar —15—17-asr oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-asr oʻrtalari — 16-asr oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.

Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari boʻlgan.

Buyuk geografik kashfiyotlar yuz yillik davrining muhim voqealari . 1488 yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va boshqalar). 1492-1494 yillarda X. Kolumb Bagama orollarini, Katta va Kichik Antil orollarini kashf qildi; 1497—1499 yillarda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Jan. Afrika boʻylab Hindistonga uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502 yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Jan. Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy (Braziliya) qirgʻogʻini 25° j.k.gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar. 1513—1525 yillarda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar (V. Nunyes de Balboa) va LaPlata koʻltigʻini, Florida va Yukatan yaarimorollarini va Meksika qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika va Markaziy Amerikani (E. Kortes va boshqalar) zabt etdilar, Jan. Amerikaning Atlantika soxilini toʻliq tekshirdilar. 1519—1522 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab birinchi sayohat qiddilar. 1526—1552 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Jan. Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini 10° shahri k.dan 40° j. k. kacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar. Fransuz dengizchilari J. Verratsano (1524), J. Kartye (1534-1535) Shim. Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi togʻlarining jan.ni va Qoyali togʻlarning jan.ni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini oʻrgandilar (1540—1542).

Buyuk geografik kashfiyotlar ikki yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—1584) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya shahriga (1601) asos solingandan soʻng rus sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639 yil I. Moskvitin). 17-asr oʻrtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga yarim orollarini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib, Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594 yil Novaya Zemlya o.ning gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596 yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631 yillarda Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J.Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar). Fransuzlar 1609—1648 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S. Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606 yil Yangi Gvineya o.ning jan. qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa 1606—1644 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlarini kashf qildilar.

Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boʻylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargʻona vodiysining Koson shahriga kelgan, soʻngra Qizilqumdan oʻtib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin togʻlaridan oʻtib, 126 yilda vataniga qaytib kelgan (15 ming km yoʻl bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-asrda 16 yil (629—645) davomida Chjan Syan yoʻlidan yurib, Balx shahrigacha borgan, soʻng Hindukush togʻlaridan oshib, Haybar darasidan oʻtib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni oʻrgangan, Panjobdan Bengaliyagacha boʻlgan yerlarni kezgan, soʻngra Amudaryo boʻyiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz boʻylab sayohatga chiqqan. Sumatra o.ga borgan, soʻng Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va koʻrganlarini batafsil yozib qoldirgan.

9—10-asrlarda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, Oʻrta Osiyoning buyuk togʻlari, Shim. va Jan. Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya o.lari, Afrika, Madagaskar o. haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlishgan. Faqat Yevrosiyoning shim. ularga uncha aniq emas edi. 10-asrning birinchi yarmida arab sayyohi, olim Masʼudiy butun Gʻarbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava o. va Xitoyda ham boʻlgan degan maʼlumotlar bor. 13-asr boshida arab geografi va sayyohi Yoqut Hamaviy Oʻrta dengiz, Fors qoʻltigʻi, Eron togʻligi va Turkistonda boʻlgan. Yoqut Hamaviy "Mamlakatlar lugʻati"ni tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325 yil Iskandariyaga kelgan, soʻngra Nil daryosi boʻylab suzib, birinchi sharsharaga (Asvon yaqinida) borgan. Keyin Suriya (Shom), Kichik Osiyo ya. o., Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, soʻng Zanjibar o. orqali Hoʻrmuz boʻgʻoziga kelgan, Bahrayn o.laridan oʻtib, Jan. Eronda boʻlgan, u yerdan Misrga qaytgan. Soʻngra Suriya va Kichik Osiyo ya. o. orqali Kora dengiz boʻyiga, Qrimga, Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin Oʻrda poytaxti Saroy Berkaga borgan. Keyin Xorazmga, Buxoro, Samarqandga oʻtgan. Jan.ga burilib Amudaryodan oʻtgan, Hindukush togʻlaridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342 yil Xitoyga bora turib Jan. Hindiston, Shri Lanka, Maldiv o.lariga oʻtgan, undan Xitoyga, Tayvan o.ga borib, 1349 yil vataniga qaytgan. Soʻng Ispaniyaga borgan. Niger daryosi oʻrta oqimiga, Air, Axaggar togʻliklariga (Sahroi Kabirda) borgan. Hammasi boʻlib (quruqlikda va suvda) 130 ming km yoʻl bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim maʼlumotlar qoldirgan.

Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoʻshgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy "Surat alarz" "Yer tasviri" asarini yozgan, 7 iqlimga taʼrif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016 yilda Sharkda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, oʻlchadi, dunyo haritasini tuzdi, Gʻarbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Hisrav Magʻrib shahriga, jan.da Nubiya choʻli, Makkagacha, sharkda Moʻlton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming km dan ortiqyoʻl bosgan. Hofizi Abru (14—15-asrlar) Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida boʻlgan, Hindistonda Gang daryosi qirgʻoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417—20 yillarda yozgan geografik asarida dunyoning doyrashaklidagi haritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hozirgi Kojikode) dengiz yoʻli (Arabiston dengizi) orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib oʻtgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geograf-sayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos boʻlgan deyish mumkin.

Ana shunday qiziqishlardan biri Italiyalik Monax Morko Poloning Markaziy Osiyoga sayohati, Ispaniyalik Run Klavixoning Samarqandga Amir Temur saroyiga elchi bo`lib kelishida o`z ifodasini topadi. 1254-94 yillarda Venetsiyadan chiqqan Marko Polo Kichik Osiyo, Eron, O`rta Osiyo orqali Xitoyga borgan. Sharqiy va janubiy Hitoy dengizlari, Hindiston, Hind okean iva Eron, Turkiya orqali yana qaytib kelgan. Qariyb 45 yillik sayohat «Marko Polo Kitobi»da aks etib, Yevropaga bu o`lkalarning geografiya shu kitob orqali tarqaldi Marko Polo kitobidan Xristofor Kolumb ham Xitoy, Hindiston, Mo`g`iliston haqidagi ma`lumotlarni o`qigan. Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb nomlanadigan XV-XVI asrlarda chinakamiga yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Yer planetasining dengiz va quruqlik joylanishi, ularning qiyofasi, dunyo okeanining bir butunligi isbotlandi. Bu kashfiyotlar va fandagi yuksalish uyg`onish-Rekessane-jarayoni bilan bog`liqdir.



Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish