Buyum materiali va konstruksiyasi haqida ma'lumot



Download 381,44 Kb.
bet1/8
Sana03.04.2022
Hajmi381,44 Kb.
#526585
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bek bosim ostida


Mundarija

  1. Kirish.

  2. Buyum materiali va konstruksiyasi haqida ma'lumot.

  3. Buyum materialini kontaktli payvandlash usuli bilan payvandlashning mohiyati.

  4. Payvandlash rejimini hisoblash.

  5. Kontaktli payvandlash mashinasi va uning texnik xarakteristikasi.

  6. Kontaktli payvandlash mashinasining elektrodlari va ularning materiallari.

  7. Yig‘ish-payvandlash qurilmalari.

  8. Buyumni yig‘ish va payvandlash texnologik jarayoni.

  9. Texnologik jarayonning sifat nazorati.

  10. Payvandlash operasiyalarini me'yorlash.

  11. Ish joyi rejasi.

  12. Xulosalar.

  13. QoMlanilgan adabiyotlar ro‘yhati.

  14. Spesifikasiyalar.

  1. Kirish.

Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash usuli eng ko'p qoTlaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan uskunalaming deyarli 97% ana shu usulning hissasiga towgri keladi.
Bosim bilan kontakli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi, ingliz fizigi E. Tompson birinchi bo'lib 1877-yilda amalda qoTladi. 1887-yilda rus ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi.
Birmuncha keyinroq, N.N. Bernardes tomonidan, hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
1903-yilda eritib kontaktli uchma-uch payvandlpsh ishlab chiqildi.
Kontaktli payvandlash yigirmanchi asrning birinchi choragidayoq keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi (ayniqsa AQShda). Kontaktli payvandlashning MDX mamalakatlarida taraqqiy etishi kontaktli payvandlash mashinalari ishlab chiqarish rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Dastlabki kontaktli payvandlash mashinalari 1920 yilning oxirida "Elektrik” zavodida ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik elektr payvandlash mashinasozligining bu turi anchagina rivojlandi, bu esa sanoatning birqator tarmoqlarida, ayniqsa mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda kontaktli payvandlash keng qokllanila boshlashiga yordam berdi.
A.A. Alekseyev, A.S. Gelman, K.A. Kochergin E.D. Orlov, V.P. Nikitin va boshqa ko‘pgina ixtirochi konstruktorlarning ilmiy ishlari tufayli MDX mamlakatlarida kontaktli payvandlash mashinalarming barcha asosiy turlari ishlab chiqarilardi.
0‘zbekistonda kontaktli payvandlash avtomobilsozlik zavodida keng qoTlanilmoqda.
Bosim ostida payvandlashda tanavorlarni biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo'yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi.
Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi.Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi.
Materiallarni payvandlash deb, ular atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari touyinmagan erkin bogMarga ega bo‘ladi, bu bog4ar atomlararo kuchlarning ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metalining mustahkamligi bilan barobar bo4adi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o4z-o4zidan yuz beradi.
Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, hatto katta kuch bilan bosilganda ham o'zaro birkmaydi. Qattiq metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi halaqit beradi, ular yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov berilgan boMmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo‘ladi.
Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar - oksidlar, yog‘ pardalari va bosqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta’sir qiladi. Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1-108 mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab turish mumkin.
Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish va bosimdan foydalaniladi.
Qizdirilganda harorati ko‘tarilishi bilan metall plastik boMib qoladi. Haroratni yanada ko‘tarish orqali metalining erishiga erishish mumkin. By holda suyuq metalining hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o‘z-o‘zidan birlashadi.
Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa boshlaydi. Metall ajralish yuzasi bo^ylab siljib o‘zi bilan iflosliklar, pardalar va singigan gazlar bo‘lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib qolayotgan yangi qatlamlar bir-biriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil qiladi. Payvandlash usuliga qarab metallda plastik deformatsiya yoki erish jarayonlari sodir bo4lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan krisstallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.
Bosim ostida payvandlashning asosiy usullari tasnifining sxemasi 1.1.1- rasmdako ‘ rsati Igan.



Download 381,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish